Mashina aerodinamikasiga ta’sir qiladigan faktorlar
Mashina aerodinamikasiga ta’sir qiladigan faktorlar
/ Avto Olam / От
DO`STLARGA ULASHING:
Mashina aerodinamikasiga ta’sir qiladigan faktorlar
Aerodinamika deganda biz havo obyeklar bilan qanday ta’sirlashishi haqidagi ta’limotni tushinamiz. Havoning qattiq jismlar, Samolyotlar, avtomobillar, binolar va boshqa jismlar bilan o’zaro ta’siri natijasida ham havoning oqimi ham o’sha jism harakati o’zgaradi.
Drag(itarish) koeffitsienti: Bu avtomobil shakli havoni qanchalik samarali kesishini ko’rsatadigan raqamli qiymat. Bu qiymat qancha kam bo’lsa shuncha kam darajada havo tomonidan obyektni itarishi yuzaga keladi va yaxshi yoqilg’i tejamkorligini anglatadi. yumaloq qirralar va old labovoyning nisbatan katta qiyaligi bu koeffitsientnig pastroq bo’lishiga yordam beradi.
Frontal yuza: Avtomobil old qismining qanchalik kichkina bo’lishi havoning shu yuzaga bo’ladigan ta’sirini kamaytiradi.
Korpusning pastki dizayni: mashina tana osti qanchalik tekis bo’lsa turbulentlik holati kamayadi va shuning ortidan mashinani pastga ya’ni yerga yo’nalgan kuch bilan bosadi.
Shinalar: Keng shina o’lchamlari va aynan aerodinamik talablarga yarasha ishlab chiqarilgan shinalar aylanayotganda mana shu aylanish energiyasini yo’qotmaydi va dvigatel tortish kuchiga ijobiy ta’sir qiladi
spoylerlar, qanotlar, diffuzyorlar. Bu elementlarning barchasi katta tezlikdagi qayrilishlar, manyovrlarda mashinani yerga bosib turadi.
P.S keltririlgan sabablar dinamikaga ta’sir qiladigan ba’zi bir faktorlar edi. Sanalmagan faktorlar ham juda ko’p.
@Avtomexanik_07
Mashina aerodinamikasiga ta’sir qiladigan faktorlar