Shukur Xolmirzayev Bir ko’rgan tanish

Shukur Xolmirzayev Bir ko’rgan tanish
shukur xolmirzayev bir korgan tanish 65ca8b5c2dae0

shukur xolmirzayev

Shukur Xolmirzayev Bir ko’rgan tanish

DO`STLARGA ULASHING:

Shukur Xolmirzayev
Bir ko’rgan tanish
 
Maktabda yaxshi o’qirdim. Sinfdoshlarim meni hurmat qilishar, muallimlarim: «Salom, Toshboyjon», deb so’rashishar, qo’shnilarimiz: «Yaxshi odam bo’ladi», deyishardi. Lekin faqat bir kishi — tabiiyot muallimimiz — maktabimizning direktori Zokir O’rinovich menga e’tiborsiz qarar, hech vaqt: «Salom, Toshboyjon» demas, hatto ro’paralaridan chiqib, ko’zlariga tikilib salom berganimda ham, oddiygina bosh qimirlatib, o’tib ketardilar. Men, g’ashim kelib, nima qilsam bu kishi ham menga boshqacha ko’z bilan qaraydilar, nomimni aytib so’rashadilar, deb o’ylardim.

Kunlardan bir kun, erta bozor oqshomi toqqa, tog’amning ovuliga somonga ketdim: otam aravadan olako’z, oriq otni chiqarib, «boyloq»qa tashlagandilar (Men uni har erta o’tloqqa eltib bog’lardim, kechqurun olib kelardim). Tog’dan kelsam, yangi yerga ko’chib ketgan qo’shnimizning hovlisiga o’sha kishi — Zokir O’rinovich ko’chib kelib, joylashib olibdilar.

Men nima qilib bo’lsa ham niyatimga yetish payiga tushdim: maktabdan qaytishim bilan ko’chaga chiqaman, muyulishdagi aravaning shotisiga o’tirib olib, kitob o’qishga «sho’ng’iyman». Qarshimda o’rtoq Zokir O’rinovichning darvozalari! Albatta, bunaqa o’qishda miyaga bir narsa kirmaydi. Bir ko’zing direktorning darvozasida bo’lgandan keyin ahvoling shu-da.

Ikki kun shunday qildim: bir ish chiqmadi. O’rtoq direktor xiyobondan sap-sariq barglarni qisir-qisir bosib, hafsala bilan yurib keladilar-da, shu yurishda darvozadan kirib ketadilar. Meni payqamaydilar ham. Bo’ynimni cho’zib qarayman. «Balki hovlidan qarayotgandirlar»… Yo’q, darvoza past bo’lsa ham hech kim ko’rinmaydi. Aytmoqchi, u kishining bo’ylari anchagina past, men bilan bab-baravar. Lekin boshlari juda katta, quloqlari ham shalpangroq, burunlari ham uzunroq. Kiyim masalasida, bizning farqimiz yer bilan osmoncha.

Yakshanba kuni arava yonidan jilmaslikka qasd qildim.

Tong otdi, kun botdi: o’rtoq direktorning tirnoqlari ham ko’rinmadi.

Qosh qorayganda, yig’lamoqdan beri bo’lib, uyga kirdim.
— Otni obkeldingmi?
— E-ee… — O’tloqdan otni keltirishni ham unutgan ekanman. O’tloqqa yugurdim: ot yo’q! Bu qorong’ida filni ham topib bo’lmaydi. Buning ustiga, hammayoq tog’, archazor, jardara… Uyga borsam, otam terimga somon tiqadi.

Bitta toshni topib, o’tirib oldim. O’tiraverdim. Ustim yupqa edi, toshdan sovuq o’tdi. Qo’zg’almoqchi edim, yirokdan kelayotgan tuyoq tovushini eshitib qoldim: tap-tap-tap… Olako’zning qadam tashlashiga o’xshaydi. Olako’z! Bitta o’zi emas, kimnidir ko’tarib kelyapti. Yerdan bir changal ho’l tuproq olib baqirdim:
— Tush otdan!

Otliq fonarini yoqib, menga tutdi.
— Oliftalik qilma!

«Olifta» yerga tushib, ipni uzatdi.
— Qochib borayotgan ekan, ushlab oldim.

Quloqlarim chippa bitdi: ro’paramda o’sha kishining o’zlari — Zokir O’rinovich turardilar.
— O’lay agar, muallimjon, men sizni boshqa kishi deb o’ylabman.
— Zarari yo’q. — Yurib ketdilar. Kiftlarida ryuk-zaksimon xalta, ustlarida uzun paxtali, boshlarida telpak. Hozir ko’rsa hech kim u kishini direktor deb o’ylamasdi. Men otni yetaklab, shosha-pisha ergashdim. Ichimda otni so’kaman: «Tentak! Borib-borib shu odamga tutqizasanmi?» O’rtoq direktor bir tekis qadam tash-lab borar, bellariga osilgan allanarsalar yonlariga shap-shap urilardi.
— Ovdan kelyapsizmi, o’rtoq muallim? -Ha.
— Uning hammasi kaklikmi? -Ha.
— Shuncha ko’p otdingizmi? -Ha.
— Otam ovga chiqsalar, hech nima otolmay keladilar.

Javob bo’lmadi.
— Muallim, meni kechiring.
— Zarari yo’q.
— O’rtoq muallim… men ham ovni yaxshi ko’raman.
— Yaxshi. Ovning o’zi yaxshi-da.
— Men ham siz bilan chiqsam-chi?
— Marhamat.
— Siz qachon chiqasiz?
— Shanba kuni. Kechqurun.
— Keyin o’sha yokda yotib, ertasi ovlaysizmi? -Ha.
— A, qaerda yotasiz?
— Ovulda.

Azonda otni minib toqqa jo’nadim. Tog’amni o’tin yorayotgan yerida topdim.
— Tog’ajon, shu kelayotgan shanbada kechqurun maktabimizning direktori bilan kelaman. U kishini bilasizmi, Zokir O’rinovich deydilar. Juda zo’r odam. Palovni damlab turasiz-da, tog’a! Uyat qilib ketmasinlar.
— Xo’p, jiyan, otdan tush.
— Darsga kech qolaman, bu o’lgir ot ham imillab yuradi. Tog’a, jon tog’a, miltig’ingizni bering, obkelaman o’sha kuni.
— Jiyanjon… bilasan-ku, irimim bor.

Otamning yiroq bir oshnasidan miltig’ini olib keldim. Bizda miltiq yo’q. Direktorimizga aytgan gaplarim yolg’on, dadam umrida ovga chiqmagan. O’zim ikki yil burun, yangi yerga ko’chib ketgan qo’shnimiz Mirzaqobil ovchiga ergashib ikki marta chiqqandim.

Shanba. Kechqurun. Men o’tlokda otdan tushib, Zokir O’rinovichni qarshi oldim.
— O’rtoq muallim, otga mining.
— Rahmat.
— Mingashaylik bo’lmasa. Siz egarga o’tiring.
— Rahmat. Jo’nadik.

O’rtoq direktor otni o’z holiga qo’yib borar, ara-vaga qo’shiladigan ot — Olako’z charchagan eshakday boshini osiltirib, elan-qaran qadam tashlardi: tap-tap-tap… Ko’nglimga o’t tushdi: «Bu yurishda tog’amnikiga qachon yetamiz?»
— O’rtoq muallim, ot zo’r, qattiqroq haydayvering.
— Hojati yo’q.
— O’rtoq muallim… men kaklikning konini bilaman.
— Yaxshi. Kaklik qaerda ko’p bo’lsa, o’sha yerga boramiz.
— Lekin u yer uzoq-da. Otni tezroq haydasakmi deyman?
— Mayli. Unday bo’lsa, mayli.

Ot jadalladi. Men ham otning biqiniga niqtay boshladim.
— Soat necha bo’pti, o’rtoq muallim?
— O’n. To’g’ri ketyapmizmi?
— Ha. Huv, soydan o’tib, tepaga chiqamiz. Yana ikki tepalikdan oshib, pastga tushamiz. O’sha yer — kaklikning koni.

Mana, oxirgi tepalikka chiqib keldik. Past qop-qora archazor. Yiroqda o’t miltillaydi. Itlarning cho’ziq-cho’ziq hurishlari eshitiladi.
— Soat necha bo’pti?
— Bir. Ohho, tez yetib kelibmiz-u. Shu yermi aytgan joying?
— Shu yer. Pastga tushaylik.
— Hojati yo’q.
— O’rtoq muallim, hov ovulga borsak-chi? Yaqingina.
— Anchadan beri mana shunaqa, yalang yerda — archa-zorda yotmagandim. Mana, ikki kishimiz. Yotamiz. Tush… Juda gashtli bo’ladi. Har gal bir o’zim chiqardim. Ovulda tunardim.
— Men ancha kundan beri ovulda tunaganim yo’q.
— Keyingi kelishda tunaymiz. Qani, tush endi. Bunday kechalarni qadrlash kerak. Hademay sovuq tushib qoladi.

Betma-bet o’tiribmiz. O’rtamizda ovchilarning, yo’lovchilarning doimiy hamrohi — gulxan. Gulxanning ikki chetida ikki baland tosh. Ular ustida yashil kastryulka. Hali zamon choy qaynaydi. Etakda buloq bor edi, o’rtoq direktor buyurdilar, kastryulkada suv olib keldim.
— Ovda kastryul yaxshi, nima deding, ovqat pishirish ham mumkin, choy qaynatish ham.
— Ha, o’rtoq muallim.
— Xafa ko’rinasan?
— O’zim… yo’q…
— Xursand bo’lish kerak. Zavqlanish kerak. Zavqlana bilish ham yaxshi narsa. Qara, mayin shabada esyapti. Ko’klamnikidek yumshoq emas, ozgina dag’al. Kuzniki-da, kuzniki. Xususan, mana shu kunlarniki. Bundan rohatlanish kerak. Zavq olish kerak.

Iljayaman — o’zimni rohatlanayotganday ko’rsatmoqchi bo’laman.

Zokir aka davom etadilar:
— Biz ko’p xato qilamiz. Ko’p zavqli manzaralar qarshisidan beparvo o’tib ketamiz. Ko’p zavqlardan bebahra qolamiz. To’g’ri, turmush tashvishlari bor. Ammo ulardan ustun kelish kerak. Aks holda tashvishlarga ko’milib ketasan. Turmush tatimaydi… Sen nimadandir xafasan?
— Nega, o’rtoq muallim?
— Gapim zeriktirgan bo’lsa, bas qilaman, — kastryulkaning qopqog’ini ochdilar. Oppoq bug’ ko’tarildi. Suv sutga o’xshab ko’rindi. — Hozir qaynaydi. — Ryukzaksimon xaltalaridan quruq choy va krujka oldilar. So’ng allanechuk alahsib, xaltani avaylab titkiladilar-da bir shisha chiqardilar: qornida «Vodka» deb yozilgandi. Araq! Sal kamaygan. Tiqini ham ochilgan.

Demak, oz-moz ichilgan. «Hozir yana ichadilar. Maktab direktori o’z o’quvchisining oldida ichadi! Undan keyin… undan keyin…» Ot kishnab yubordi. Zokir aka beixtiyor miltiqqa qo’l cho’zdi. Shitir-shitir yurib kimdir kelardi. «Tog’am olovimizni ko’rib kelayotgan bo’lsa-ya?»

Umrimda ko’rmagan bir odam keldi. Habashday qop-qora, boshida juni to’kilib ketgan yarg’oq telpak, oyog’ida choriq. Qo’shqo’llab ko’rishdi:
— Yov bismillo, yov bismillo.

Qo’llari juda dag’al edi. Yelkasidan miltig’ini olib cho’kkaladi, boshini egib:
— So’rang, aka, — dedi direktorimizga.
— Siz so’rang, — dedi direktorimiz.
— Yoshingiz ulug’, siz so’rang.

Eski qadrdonlarday so’rashdilar. Kelgan odam faqat: «Shukur, shukur» dedi, direktorimiz, «rahmat, rahmat», dedi.
— Ovga chiqibsizda?
—Ha.
— Biz ham ovga chikdik. — Menga o’girildi. — Siz, inim, Salim mo’ylovning jiyanimasmi?

Men yerga qaradim.
— Yo’q.
— Attang, attang.
— Nima edi? — deb qoldilar Zokir aka.
— Salim mo’ylov degan odam bor-da anavi ovulda. Shunikidan kelyapman. Rayondan jiyani direktorini olib kelmoqchi ekan. Bechora bir qo’y so’yib, osh damlab o’tirdi. Kelishmadi. Ko’p xafa bo’ldi-da mo’ylov.

Endi direktorlar katta odam-da, a, aka? Miltig’in-gizni bir ko’ray. — Miltiqni oldi, nilining uzun-ligini ko’zi bilan chamaladi. — Soz miltiq, soz. — So’ng menikini oldi. — O’-ho’, ichini kir bosib ke-tipti-ku? Moylamapsiz-da, inim-ey.

Men Zokir O’rinovichga qaramaslik uchun bu odamdan ko’z uzmasdim. U archadan novda kesib keldi. Tilini chiqarib tishlab, dudama pichog’i bilan novdani bu-talay boshladi.
— Kaklik qalay? — bir ozdan so’ng so’radi Zokir O’rinovich.
— Bor, tovushqon ham bor. Bultur xiyla ko’p edi, burnog’i yil undan ham ko’p edi. Shu shahardan kela-digan o’g’ri ovchilar kamaytirib tashladi. Saratonda ovga keladi-ya. Bo’g’oz tovushqonni ham otadi, tuxum bosib yotgan kaklikni ham. No-marddar. Endi, aka, qasd qildim, boshqa odamlarimiz ham qasd qilgan. Shunday nomard keldimi, g’ippa ushlab hukumatga top-shiramiz. Mana, hozir ovlasin, qishda ovlasin, halo-li bo’lsin. Kaklik ham bor, tovushqon ham. Qoplon ham uchrab qoladi. Ha. Bultur yozda birini o’zim ko’rdim. Qurg’ur qo’limda miltiq yo’q edi. Shu novdaday xivchi-nim bor edi. Buzog’imni axtarib borayotsam, oldimdan chiqib qoldi. Muni qarang, uni urmoqchi bo’lib, shu xivchinni ko’taribman. Taqqa to’xtadi u ham.

Men oldinga surildim. Tizzam tegib, araq ag’anab ketdi. Darrov ko’tardim. Hikoyachi bo’lsa, bir menga, bir direktorimga o’qrayib qaradi-da, miltig’ini olib sekin o’rnidan turdi:
— Aka, biz endi ketsak ham bo’ladi. — Javobni kutmay qorong’ilikka kirdi-ketdi. Zokir aka: «Birodar!» deb chaqirganlaricha qoldilar. Men hayron. Ammo Zokir O’rinovichga qarolmayman.

Ancha vaqt jim qoldik.

Zokir O’rinovich ustma-ust uch krujka choy ichdi-lar. «Nimaga araqni ichmayaptilar? Mendan uyalyapti-larmi? Nega bo’lmasam uni menga ko’rsatdilar? Mana, hali ham oldimizda turibdi. Yashirmaydilar».
— Yot, mizg’ib ol.
— Uyqum kelmayapti, o’rtoq muallim.
— Undoq bo’lsa, men uxlayman. Mana, soat hozir bir. To’rtda meni uyg’otasan.

Uyg’otgim kelmadi. Lekin o’zlari cho’chib uyg’ondilar.
— Yot, endi sen uxlab ol.
— Uyqum kelmayapti.
— Gapni ko’p qilma.

Uyqudan turganimda Zokir aka miltiqlariga o’q joylar, soatlarining mili yettining ustida edi. Tong yorishib qolgan, kakliklarning sho’x-sho’x sayrashi eshitildi. Turayotib araqqa ko’zim tushdi. Kechagidan qittay ham kamaymagan edi: ichmabdilar.

Choshgohgacha archazorni kezdik. Oldimizdan sela-sela kakliklar uchdi, quyonlar qochdi. Biroq hech nar-sa otolmadik. Nishonga olgan kakligimizni ham, ustidan chiqib qolgan quyonimizni ham kechagi odam otib oldi: allaqaerdan yetib kelib, bizga soyaday erga-shib yurdi, lekin biz bilan na so’rashdi, na gaplashdi.

Kakliklarning sayrashi kamaydi, quyonlar ~ g’oyib bo’ldi. Ov «muddati» tugadi. Qo’shxonamizga qaytdik. Endi o’tirgan edik, tepamizdan bir gala ko’k qarg’alar uchib o’tdi. Zokir O’rinovich o’q bo’shatdilar. Bittasi yiqildi. Olib keldim. Zokir O’rinovich bir qo’llariga qarg’ani, bir qo’llariga «araq»ni olib, buloq to-mon ketdilar. Ergashdim. Haligi odam mukka tushib, bulokdan suv ichayotgan ekan. Nariroq bo^edi-da, Zokir O’rinovichga qarab to’xtab qoldi. Zokir O’rinovich qar-g’ani yorib tozaladilar. «Araq»ni ochib, qarg’aning ichiga qulqillatib quya boshladilar.
— Endi bu qotadi, — dedilar menga.
— Qotadi?
— Ha. Bu qotiradigan dori.

U odam esa asta yonimizga keldi, cho’nqaydi, barmog’ini butilkaning og’ziga tegizib hidladi.
— Isi yo’q-ku?
— Yo’q, — dedi Zokir aka. — Kakligingizni bering. Qotirib beraman. Uyingizga qo’yasiz. Xuddi ti-rikday turadi.
— Tirikday? Tirikday tursa, qiziq bo’ladimi deyman-a, aka?
— Qiziq bo’ladi.
— Mana, mana, ichini tozalaymi? Xo’p… mana… e, yashang, kam bo’lmang. Aka deyman, siz ovdan maza qilmadingiz-a? — dedi ma’noli qilib.
— Ha, — dedi Zokir O’rinovich.
— Hozir maza qilasiz. Inim, siz bu tovushqonning terisini shilib turing. Ketdik, aka, to’xtang, bittadan miltiq bo’shataylik… ana uchishdi, qo’zg’ab yubordik. Ketdik.

Quyonning terisini bir amallab shildim, jirriq labini tomosha qilayotgandim, ular kelishdi. Zokir O’rinovichning bellarida bitta quyon va ikkita kaklik osig’liq, u odam kechagi hikoyasining davomini aytib kelardi:
— Ikkovimiz bir-birimizga qarab turibmiz. Oramiz uch qadam. Xivchinni ko’targanimga kulgim keladi. Es ketgan-da, es ketgan. Aka, yo’lbarsda qirq yigitning haybati bor, bir yigitning kuchi bor; qoplonda bir yigitning haybati bor, qirq yigitning kuchi bor, deydilar. Bekor gap ekan. Bir yigitning haybati bo’lsa, mening esim ketarmidi? Keyin desangiz, bir-

birimizga qarab turaverdik, turaverdik. Kiprik qoqqanimiz yo’q. Ishonasizmi, aka, shunda men kiprik qoqsam, qoplon meni olar ekan. Qo’rqqanimdan baqrayib turaverdim-da. Bir vaqt desangiz, asta iziga qayrildi. Ikki qadam yurib, menga yana bir qaradi, ketdi, ha, ketdi. Ana shu mardlikni qarang endi.

Ovqatni yedik. Men ham bir kaklik otdim. Charchab o’tirgan edim, oldimga kelib qo’ndi, otdim.

Qosh qorayishiga yaqin qaytdik. Direktor u kishi bilan oddiygina xayrlashdi. U odam esa bizni uyidan kuzatayotganday:
— Xushvaqt boringlar, — dedi. Balandda, sadaqayrag’ochga o’xshagan archaning yonida uning jikkak gavdasi uzoq vaqt ko’rinib turdi.

Ketyapmiz.

Olako’z qadam tashlaydi: tap-tap-tap… O’rtoq direktor egarda, men egar korsonidan ushlab o’tirib-man. Boshim xam. Bir payt direktorimiz so’rab qoldilar:
— Bu odam senga yoqdimi?

Nima deyishimni bilmay qoldim:
— Sizga-chi, o’rtoq muallim?
— Yoqdi, juda yokdi.
— Nimasi?
— Sofligi, to’g’riligi. Lekin, u, bu kishilarga yoqay deb hatto o’ylaganiyam yo’q. Ko’ngli nimani tusagan bo’lsa, shuni qildi.

Indamay qoldim. Go’yo tildan qolgan edim…

Kunlar o’tdi.

Men shotida o’girib kitob o’qishni ham, ovga chiqishni ham yig’ishtirib qo’ydim; o’sha kunning ertasi tog’am kelib, mendan xo’p ranjidilar. Bir haftadan keyin esa bozorda mo’ylovlarini burab: «Direktoring ovulimizda tunadi», dedilar. Lekin… men xursand bo’lmadim. Mundoq qaraganda, men o’z niyatimga yetgan edim: Zokir O’rinovich ham menga boshqacha ko’z bilan qaraydigan, nomimni aytib, qo’limni tutib so’rashadigan bo’lib qoldilar. Ammo u kishining qarashlari ham, so’rashishlari ham boshqa muallimlarnikidan farq qilardi.

1965

Shukur Xolmirzayev Bir ko’rgan tanish