Qora shahzoda shirinligi tayyorlash, pishirish resepti to’liq malumot oling

Qora shahzoda shirinligi tayyorlash, pishirish resepti to’liq malumot oling

Kerakli masalliqlar:

1. Un 2. Tuhum — 6 dona

3. Shakar — 2,5 stakan

4. Qatiq — 1 litr

5. Salat yog’i — 0,5 stakan

6. Kakao (Turciya) — 4 osh qoshiq

7. Qavartma (Razrihlitel’) — 1,5-2 pachka

8. Soda, uksus — 1 choy qoshiq

Qora shahzoda shirinligi tayyorlash, pishirish resepti

Glazur’ uchun

1. Kakao (Turciya) — 3 osh qoshiq

2. Shakar — 4 osh qoshiq

3. Qaymoq — 3 osh qoshiq

qora shahzoda shirinligi tayyorlash pishirish resepti 2

Krem uchun

1. Margarin — 300gr.

2. Qaynatilgan sut (varenniy iris) — 200 gr.

qora shahzoda shirinligi tayyorlash pishirish resepti 3

Propitka uchun

1. Achchiq kofe — 0,5 piyola

Tayyorlanishi:

Qatiqga soda va uksusni solib, achitib qo’yamiz.

Idishda tuhum va shakarni oppoq bo’lgunicha ko’pirtiramiz. Salat yog’i, qavartma, kakao ketma-ketlikda solinib, ustidan achigan qatiqni solib, aralashtiramiz.

Aralashmamiz suyuq kashasimon bo’lgunicha un qo’shiladi. Duhovka listiga ozgina margarin surtib, aralashmani ikkiga bo’lib, qizigan duhovkada o’rta olovda pishiramiz.

Sovutib, propitka qilinib, keyin krem surtamiz. Kremi hohishga qarab.

Eng ustiga glazur’ quyiladi. Ustini hohishga qarab bezatsa bo’ladi.

Yoqimli ishtaxa!

Pazanda
pishirish resepti, Qora shahzoda shirinligi tayyorlash