1-sentyabr Toshkent hayvonot bog’i tashkil etilgan. to’liq malumot oling
1-sentyabr Toshkent hayvonot bog’i tashkil etilgan.
1997-yil sentyabrda Toshkent hayvonot bog’i tashkil etildi. Hayvonot bog’i, Toshkent hayvonot bog’i (Bog’ishamol ko’chasi, 232-uy) – ma’rifiy va ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradigan muassasa. 1924-yilda 3 gektar maydonda O’rta Osiyo universiteti biolog olimlari tashabbusi bilan chor Rossiyasi general gubernatorining dala hovlisidagi kichik hayvonot burchagi negizida tashkil etilgan. XX asrning 40-yillari oxirida 200 turdan ortiq hayvonlar jamlangan hayvonot bog’iga aylandi. O’zbekiston Respublikasi hukumati qaroriga ko’ra, 1994-97-yillarda Hayvonot bog’i uchun barcha zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan yangi Hayvonot bog’i qurildi. Botanika bog’i yaqinida joylashgan mazkur bog’ga 1997-yil sentyabrda Toshkent Hayvonot bog’i ko’chib o’tdi. Umumiy maydoni 22,7 gektar, 415 turdagi 5000 ga yaqin jonivor, shu jumladan, sutemizuvchilarning 74 turi, qushlarning 101 turi, reptiliyalarning 39 turi, amfibiyalarning 5 turi, baliqlarning 184 turi, umurtqasiz hayvonlarning 17 turi saqlanadi (2009). Akvarium bo’limida dengiz akvasistemasi barpo etilgan bo’lib, unda dengiz jonivorlari , akula va baliqlar, poliplar va boshqa yashashi uchun sharoitlar yaratilgan. Hayvonot bog’i yirtqich qushlarni (qoraqush, kalxat, boltayutar, kondor va boshqalar) ko’paytirishga ixtisoslashgan. Noyob va yo’qolib borayotgan hayvonlar turlarini ko’paytirish bo’yicha ilmiy ishlar olib boriladi. 2006-2007-yillarda 2 ta yangi bo’lim (umutqasizlar, kemiruvchilar) tashkil etildi. Chet ellardagi 86 hayvonot bog’lari bilan hayvonlar va ilmiy axborotlar almashish bo’yicha hamkorlik qiladi. 1998-yildan Yevropa – Osiyo hayvonot bog’lar va akvariumlar mintaqaviy uyushmasiga a’zo. Hayvonot bog’i Ashxobod, Termiz, Dushanbe va Olmaota bog’larining tashkil topishida bevosita ishtirok etgan.

Muhim sanalar

Related Posts