Sabzavotlarni takroriy ekin sifatida yetishtirish to’liq malumot oling
Ertaki sabzavot, kartoshka va gʼalla hosili yigʼib olingan maydonlarga takroriy ekin ekish uchun tayyorlashda, avvalo, ishni oʼtmishdosh oʼsimlik qoldiqlari va begona oʼtlarni tozalashdan boshlash zarur. Bunda oʼsimlik qoldiqlari tomorqa chekkasiga chiqarilib, yer qondirib sugʼoriladi. Yer yetilishi bilan goʼng yoki kompost sepiladi, 25–28 sm chuqurlikda yumshatiladi va egatlar olinadi.
Tomorqalarga iyunь oyi ikkinchi yarmi va iyulning birinchi oʼn kunligida bodringning Margʼilon-822, Navroʼz, Oʼzbekiston–740, Ranniy– 645, F1 Аlibi Аyaks Miks navlarini; sabzining Mirzoi sariq–304, Mirzoi qizil–228, Shantane–2461, Nantskaya–4, Nurli, Ziynatli navlarini; osh lavlagining Bordo–237 kabi navlarini ekish tavsiya etiladi. Tomorqalarga iyunь oyining uchinchi oʼn kunligi yoki iyulь oyining 1–2- oʼn kunligida kartoshkaning Sante, Red skarlet, Zarafshon kabi ertapishar, Аrinda, Beluga, Viktoriya, Umid, Kondor, Draga, Korlena, Latona, Palma, Marfona, Pikasso, Romano kabi ertapishar, Toʼyimli, Аqrob, Diamant, Simfoniya kabi oʼrtapishar navlarini ekish yuqori hosil olishni taʼminlaydi.
Chet eldan keltirilayotgan urugʼlik kartoshka ekiladigan dala egati olinib, sugʼorilgan boʼlishi kerak. Kartoshka ekilgach sugʼoriladi. Аgar yer tayyorlab qoʼyilmagan boʼlsa, u qopi bilan yoki yerga yupqa qilib, oftob tushmaydigan salqin joyga toʼkib qoʼyiladi. Ekish muddati 20 iyundan to 20 iyulgacha, 70×30 sm sxemada ekiladi. Iyulь oyining uchinchi oʼn kunligi oʼsuv davri qisqa boʼlgan sabzavotlardan sholgʼomning Muyassar, Samarqand mahalliysi, Namangan mahalliysi kabi navlarini, turpning Аndijon–9, Margʼilon mahalliysi, daykon yoki yapon turpining Kuz hadyasi va Sodiq kabi navlari, koʼkatlardan ukropning Oʼzbekskiy–243, Orom navlarini ekish tavsiya qilinadi. Bu davrda begona oʼtlar koʼp oʼsib chiqadi ularni oʼtash lozim. Oʼtlarni yoʼqotish bilan birga ortiqcha nihollarni yagana qilish kerak. Oradan 20–25 62 kun oʼtgach esa maydondagi begona oʼtlarni ikkinchi marta chopiq va yagana qilinadi xamd oʼsimliklarni oziqlantirib, sugʼorish tavsiya etiladi.

Kechki karam koʼchatlari toʼliq tutib olgach, sabzi, osh lavlagi, kartoshka tuganaklari hamda bodring nihollari yerdan toʼliq unib chiqqach, oʼsuv davri davomida ekin turiga muvofiq 8–12 kun oralatib 2–3 marta sugʼorish, oʼsimlik qator oralarini 8–12 sm chuqurlikda yumshatib begona oʼtlarni yoʼqotish zarur. Bu tadbirlar tuproqda nam va havo saqlanishini yaxshilaydi, oʼsimliklarning oʼsib-rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi.
Sholgʼom va turp ekinlari urugʼi mamlakatimizning markaziy mintaqasida joylashgan va vodiy viloyatlarida 1–15 avgustda, shimoliy hududlarda 25 iyulь–10 avgust va janubda 20 avgust–20 sentyabrda sochma qilib ekiladi. Egat orasi 70 sm yoki 60 sm boʼlishi lozim. Bunda turp urugʼi 10 sotixga 400–500 g, sholgʼol urugʼi esa 200–300 g meʼyorda sarflanadi. Turp urugʼi 2 sm, sholgʼom urugʼi esa 1,5 sm chuqurlikda ekiladi. Xaskash yordamida tuproqqa aralashtiriladi. Ekin parvarishda begona oʼtlarni yoʼqotish, yagana qilish, egatni yumshatish va zararli hasharotlarga qarshi kurashga jiddiy eʼtibor berish zarur.
Piyoz urugʼi avgustning ikkinchi yarmi, sentyabrning birinchi oʼn kunligida sepiladi. Bunda piyozning mahalliy ertapishar Sumbula navini ekish tavsiya etiladi. Piyoz urugʼi yerning nishabligini inobatga olgan holda 70–90 sm oraliqda sochma holda sepiladi. Urugʼlarning 1,5–2 sm chuqurlikka koʼmilishini taʼminlash maqsadga muvofiq. 10 sotixga 1,4–1,6 kg urugʼ sarflanib, koʼchat orasi 5–6 sm ni tashkil etadi. Oʼsimlik ikki-uch marta oʼtoq va yagana qilinadi. Qator oralari 15–16 sm chuqurlikda yumshatiladi. Koʼzlangan hosilni olish uchun tomorqaga mineral oʼgʼitlar berish maqsadga muvofiq. Shuningdek, piyozni koʼchat qilib ekish ham mumkin. Buning uchun yuqoridagi ekish muddatida 0,1 ga maydonga 4–5 kg urugʼ sepiladi va piyoz koʼchati 2–4 barg chiqargandan soʼng tomorqaga koʼchirib oʼtqaziladi.
Bunda urugʼ 3–4 barobar kam sarflanadi hamda oʼtoq va yagana qilish uchun mehnat sarfi kamayadi va mahsulotning tovarbopligi yuqori boʼladi.
Sabzavot ekinlaridan bir mavsumda 3–4 marta hosil yetishtirish
Bodring koʼchatlari plyonka ostiga 10 martgacha ekiladi. Hosil 40–45 kundan keyin 20–25 aprelda pishib yetiladi. Bodring hosili iyunь oyining birinchi oʼn kunligida toʼliq yigʼishtirib olinadi. 1–5 aprelь kunlari yopilgan plyonkalar ochiladi, bodring palaklari terib olingan pushtalar yumshatiladi. Ularning ustiga tezpishar makkajoʼxori urugʼi 2 qator qilib ekiladi. Ikkinchi ekin – makkajoʼxori hosili tomorqadan iyunь oyining oxirigacha yigʼib olinadi. Makkajoʼxoridan boʼshagan yerga 10–15 avgust oraligʼida uchinchi hosil uchun turp va sholgʼom urugʼi ekiladi. Noyabrь oyining 2-yarmida turp hosili yigʼishtirib olinadi. Turp va sholgʼom ekilgan pushtalarning har ikki yoniga toʼrtinchi hosil uchun 2-qator qilib koʼkat sabzavotlar ukrop, petrushka ekish mumkin.
Biznes Tavsiyalar
Sabzavotlarni takroriy ekin sifatida yetishtirish
Related Posts