4 xil eng mashhur pitsalar to’liq malumot oling

4 xil eng mashhur pitsalar to’liq malumot oling

Bugun sizlarga eng ommalashgan pitsalar va ularni uyda qanday tayyorlash mumkinligi haqida gapirib beramiz.

Pitsani butun dunyoda sevib isteʼmol qilishadi, uni tayyorlash juda ham oson boʼlib, sizdan koʼp vaqtni talab qilmaydi. Аytgancha, butun dunyo boʼyicha bir yilda 5 millard pitsa sotilar ekan.

Pepperoni

4 xil eng mashhur pitsalar 1

10-iyul xalqaro pitsa kuni boʼlib, shu kunda Grande Pizza Co qiziq bir statistikani maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha koʼpchilik aynan pepperoni pitsasini sevib isteʼmol qilar ekan. Boshqa bir statistika maʼlumotlariga qaraganda, har yili dunyoda 114 million kilogram pepperoni pitsasi sotilar ekan.

Uning asosi nimalardan tashkil topadi?

pomidor qaylasi

pishloq

pepperoni kolbasasi (oxotnichnie)

Qanday tayyorlaniladi?

200 gramm pomidor qaylasini 1 bosh mayda toʼgʼralgan piyoz va 1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi bilan aralashtirib olamiz, ustidan quritilgan oregano va quritilgan rayhon solamiz. Taʼbga qarab tuz va murch solib aralashtiramiz.

xamirni yoyib, ustidan qaylani surtib chiqamiz.

ustidan parmezan yoki motsarella pishlogʼini qirgʼichdan oʼtkazib sepamiz, yana ozroq oregano ham sepamiz (oregano ziravorini supermarketlardan topishingiz mumkin).

kolbasani yupqa parrak qilib toʼgʼrab olamiz («Pepperoni» kolbasasi «Myasnыe Delikatesы» savdo belgisidagi mahsulotlarida sotiladi), va pitsaning ustiga terib chiqamiz.

ustidan yana pishloqni sepamiz va 200 C da 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Margarita

4 xil eng mashhur pitsalar 2

Italian pizza Margherita on a wooden table

Italiyada eng sevib isteʼmol qilinadigan pitsa esa bu- «Margarita» pitsasidir. Koʼpchilik goʼsht mahsulotlarini yoqtiradiganlar esa bunday goʼshtsiz pitsani isteʼmol qilgilari kelmaydi.

Uning asosi nimalardan tashkil topadi?

pomidor qaylasi

motsarella pishlogʼi

rayhon

pomidorchalar

Qanday tayyorlaniladi?

pomidorli qaylani yuqoridagidek tayyorlab olamiz va yoyilgan pitsa xamiri ustidan surtib chiqamiz.

200 gramm pishloqni yupqa parrak qilib toʼgʼraymiz va pitsaning ustidan terib chiqamiz.

2 ta oʼrtacha kattalikdagi pomidorni ham parrak qilib toʼgʼraymiz va pitsaning ustidan terib chiqamiz.

200 C darajada 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Tayyor pitsaning ustidan zaytun moyi sepamiz va rayhon yaproqchalari bilan bezatamiz.

Toʼrt xil pishloq

4 xil eng mashhur pitsalar 3

Bu pitsaning tarkibi faqatgina pomidorli qayla va pishloqdan iborat boʼladi. Bizning Toshkentda koʼproq «Gauda» pishlogʼi ommalashgan boʼlsa, Аngliyada – chedder, Frantsiyada esa – bri pishlogʼi sevib isteʼmol qilinadi. Siz esa pishloqlarni taʼbingizga qarab almashtirishingiz ham mumkin.

Uning asosi nimalardan tashkil topadi?

parmezan pishlogʼi

motsarella pishlogʼi

«Dor Blyu» pishlogʼi

«Gryuer», «Gauda» yoki «Bri» pishlogʼi

Qanday tayyorlaniladi?

pomidorli qayla tayyorlab olamiz va pitsa xamiriga surtib chiqamiz.

60 gramm «Dor Blyu» pishlogʼini toʼrtburchak toʼgʼrab olamiz, 60 gramm motsarellani ham xuddi shunday toʼgʼrasak, 60 gramm «Gauda» yoki «Bri» pishlogʼini yupqa parrak toʼgʼraymiz, 60 gramm parmezan pishlogʼini esa qirgʼichdan chiqaramiz.

avval «Dor Blyu» pishlogʼini, soʼng motsarella va «Gauda» («Bri»)ni terib chiqamiz.

qirgʼichdan chiqarilgan parmezanni 1 choy qoshiq timyan ziravori bilan aralashtiramiz va pitsaning ustidan sepamiz.

200 darajada 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Toʼrt mavsum

4 xil eng mashhur pitsalar 4

Bu pitsa hammaning taʼbiga yoqishi aniq. U toʼrtta faslga ajratilgan: bahor, yoz, kuz va qish. Bu pitsaga xohlagan mavsumiy sabzavotlardan solsa ham boʼladi.

Uning asosi nimalardan tashkil topadi?

bahor: bulgʼor qalampiri

yoz: pomidor va rayhon yaproqchalari

kuz: qoʼziqorin

qish: dudlangan goʼsht va zaytun mevalari

motsarella pishlogʼi

Qanday tayyorlaniladi?

pomidorli qayla tayyorlab olamiz va pitsaning ustiga surtamiz.

100-150 gramm motsarella pishlogʼini yupqa parrak qilib toʼgʼraymiz va pitsaning ustiga terib chiqamiz.

1 ta bulgʼor qalampiri, 1 ta pomidor, 20-30 gramm shampinyon, 40-50 dudlangan goʼshtlarni xohishga qarab toʼgʼrab olamiz, 5-10 ta zaytun mevalarini ikkiga boʼlamiz.

asoslarni terib chiqamiz: avval bulgʼor qalampiri, soʼng – parrak qilib toʼgʼralgan pomidorlar, soʼng qoʼziqorin, goʼsht va zaytun mevalari.

ustidan 1 choy qoshiq oregano sepamiz.

200 darajada 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Rayhon yaproqchalari bilan bezab, dasturxonga tortamiz

Pazanda
4 xil eng mashhur pitsalar