Ranglar bilan ishlashingizda yordam beradiagan veb-saytlar ro’yxati
Ranglar bilan ishlashingizda yordam beradiagan veb-saytlar ro’yxati
Maqola orqali sizga ranglar bilan ishlashingizda ko’plab qo’shimcha imkoniyatlarni taqdim qila oladigan veb-saytlar ro’yxatini keltirmoqchimiz. Veb-saytlarni 20dan ortiq saytlar ichidan tanlab olib sizga taqdim qilmoqdamiz, o’zingiz uchun eng maqbullarini tanlab oling va ranglar bilan ishlash jarayoningizni yengillashtiring.ColorHexa? ColorHexa orqali siz istalgan rang haqida to’liq (qanday hosil bo’lish, konversiya, rangning muqobillari, turli xil holatlarda qanday ko’rinishi, soyalar va boshqa) ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Shuningdek sizning dizayningizga mos keladigan rang palitralarini hosil qilishingiz va rangni bir necha xil formatdagi kodini olishingiz mumkin.Havola: https://www.colorhexa.com/ColorDropColorDrop orqali siz bir-biriga mos tushuvchi ranglarni topishingiz va ranglar kombinatsiyasini saqlab qolishingiz mumkin. Istalgan ketma-ketlikni tanlab, rang ustiga bosing va rangning kodi avtomatik tarzda ko’chiriladi. Ayniqsa, bir-birga tushuvchi ranglarni topishda qiynaladiganlar uchun ajoyib manba.Ctrl yoki Command + D bosib bookmarklarga qo’shib olish esdan chiqmasin ;)Havola: https://colordrop.io/PALETTABLEPALETTABLE bilan millionlab dizaynerlarning tajribasidan foydalangan holatda chiroyli ranglar politrasini hosil qilishingiz mumkin. Ranglar politrasini tayyorlab bo’lib, uni kelasi loyihalarda ishlatish uchun rasm holatida saqlab olish ham mumkin ekan. Kerakli manba.Havola: https://www.palettable.io/C9DE85ColorFavs? ColorFavs sizga ranglar bilan ishlash uchun juda ko’p hizmatlarni taqdim etadi. Keling bularni ba’zilarini sanab o’taman:1) Istalgan rasmdagi ranglarni bilib olish uchun shunchaki rasmni yuklash yoki url manzilni kiritish kifoya ekan.2) Chiroyli va mashxur rang palitralarini doimiy taqidm qilib boradi.3) Random tarzda kreativ rang palitralarini ham hosil qilib bera oladi. (Sizdan faqat nechta va qanday savollarini so’raydi)4) Birga ishlatganda “yeydigan” politralarni topib bera oladi.5) Yana bir qator boshqa imkoniyatlar.Havola: http://www.colorfavs.com/ Dasturlash va Dizayn bilan shug’ullanuvchilar uchun boshqa foydali manbalar va maslahatlarni @the_muhammadbobur kanalida o’qib borishingiz mumkin. uiGradients? Bir-biriga mos tushuvchi ranglarning qo’shilishidan hosil bo’lgan chiroyli gradientlarni topishingiz uchun yaxshi manba. Veb-sayt orqali gradientni css kodini oson ko’chirib olish va .jpg rasm formatida yuklab olish ham mumkin.Havola: https://uigradients.com/#InstagramWeb Colour DataUshbu loyiha bilan istalgan veb-saytda foydalanilgan ranglarni osonlik bilan bilib olish mumkin. Veb-saytning url manzilini kiriting, u esa sizga har bir rangdan qay darajda foydalanilganligi haqida to’liq ma’lumot beradi.Havola: http://webcolourdata.com/Material Design? Material Design — sizga loyihangizga mos tushuvchi ranglar ketma-ketligini ishlab chiqishingizda yordam beradi. Veb-saytning ba’zi imkoniyatlari:1) Rangdan foydalanish va politralar2) Loyiha uchun ranglar ishlab chiqish3) Ranglarni tanlash uchun vositalarHavola: https://material.io/design/color/the-color-system.html#color-usage-and-palettesColllorRanglar bilan ishlash va ajoyib rang politralarini hosil qilishingiz uchun ajoyib veb-sayt.Havola: http://colllor.com/Dasturlash va Dizayndagi faoliyatingizga omad tilagan holda, sizga yangi va foydali manbalarni taqdim qilib borishni davom ettiramiz. Birinchilardan bo’lib o’qish uchun @the_muhammadbobur kanalini kuzatib boring.
Dasturlash va Dizayn bilan shug’ullanuvchilar uchun, ranglar bilan ishlashda yordam beradigan top veb-saytlar ro’yxati.
Bilasizmi, Биласизми?
Ranglar bilan ishlashingizda yordam beradiagan veb-saytlar ro’yxati
Related Posts
Dasturlar, Dasturlash
Ranglar bilan ishlashingizda yordam beradiagan veb-saytlar ro’yxati