C# dasturlash tilida satr bilan ishlash uchun String ishlatiladi. String o’zgaruvchisi ikkita tirnoq (» «) bilan o’ralgan belgilar to’plamini o’z ichiga oladi.
string myText ="Hello";
string kalit so’zi String uchun taxallus hisoblanadi, ya’niki string && String so’zlari o’zaro tengdir va qaysi ko’rinishdan foydalanish esa dasturchining xohishiga bog’liq. string tipidagi o’zgaruvchi eng ko’pi bilan 2 Gb ma’lumotni, yoki 1073741791 ta belgini saqlashi mumkin.
C# dasturlash tilida satr bilan ishlash metodlari String sinfida joylashgan va bu sinf satrlarni xavfsiz yaratish, boshqarish va taqqoslash uchun ko’plab metodlarni taqdim etadi.
Misol uchun: Satr uzunligini olish:
int value =myText.Length;//output: value = 5;
String sinfining metodlari:
CompareTo() – berilgan satrni boshqa bir satr bilan solishtiradi va bizga bool ya’ni True/False qiymatda javob qaytaradi
ToLower() – berilgan satrdagi barcha harflarni kichik harflarga o’zgartiradi
string str1 ="Hello, WORLD !";string str2 =str1.ToLower();Console.Write(str2); //output: hello, world !
ToUpper() – berilgan satrdagi barcha harflarni katta harflarga o’zgartiradi
string str1 ="Hello, World !";string str2 =str1.ToUpper();Console.Write(str2); //output: HELLO, WORLD !
Split() – berilgan satrni biz kiritgan belgi ajratib turgan qismlarga bo’ladi va yangi massivga yuklaydi:
string satr="satr,ustun,katakcha";string [] massiv=satr.Split(',');foreach (string a in massiv)Console.WriteLine(a);/* output: satrustunkatakcha*/
Yuqoridagi misolda vergul satr qismlarini ajratuvchi belgi bo’lib xizmat qildi. Gapda so’zlar ko’pincha probel bilan ajratilgani uchun, vergul o’rniga probel ham yozishimiz mumkin. Yoki qavs ichiga hech narsa yozilmasa, Split() metodi bu belgini probel deb tushunadi:
string str ="Hello! How are you?";string[] myString =str.Split();//output: myString[0] ="Hello!"myString[1] ="How"myString[2] ="are"myString[3] ="you?"
StartsWith() – berilgan satr biz kiritgan satr bilan boshlanganmi yoki yo’qligini tekshiradi. bool tipida qiymat qaytaradi.
string str1 ="Hello World";string str2 ="He";bool result =str1.StartsWith(str2);//output: result = True
Contains() – berilgan satr tarkibida ko’rsatilgan satr yoki belgi bor yoki yo’qligini tekshiradi. Agar bor bo’lsa true, aks holda false qiymat qaytaradi.
IndexOf() – berilgan satr tarkibida kor’rsatilgan satrni indeksini topib, bizga int tipida qaytarib beradi. Agar berilgan satr tarkibida biz ko’rsatgan satr mavjud bo’lmasa, -1 ni qaytaradi.
string str1 ="Hello World";string str2 ="lo";int result =str1.IndexOf(str2);//output: result = 3
Substring() – berilgan satrning ko’rsatilgan diapazondagi qismini qirqib olib, bizga qaytaradi
IsNullOrEmpty() – berilgan satrni bo’sh yoki null ekanligini tekshiradi. Agar satr bo’sh bo’lsa yoki qiymati null ga teng bo’lsa true, aks holda false qiymat qaytaradi.
string name ="";bool IsEmpty =String.IsNullOrEmpty(name);//output: True
Concat() – berilgan ikki satrnni birlashtiruvchi funksiya
string FirstName ="Farrukh";string LastName ="Kholmatov";string name =string.Concat(Firstname, Lastname);//output: Farrukh Kholmatov
String.Format && «$» — satr va obyektlar ustida bir vaqtning o’zida ishlash imkonini beradi
string name ="Petr";int year =45;string str =String.Format("Hello {0}, {1}", name, year);// str = "Hello Petr, 45"int a =5;int b =7;string result =$"{a} + {b} = {a + b}";// str = "5 + 7 = 12"
WARNING!
C# dasturlash tilida «+» (qo’shish) operatori orqali ham qo’shish ham birlashtirish mumkin.
int num1 =5;int num2 =12;int result = num1 + num2;//output: result = 17string str1 ="6";string str2 ="9";string result = str1 + str2;//output: result = 69