Ravshan timsoliga tavsif mavzusida insho
Savol:
7-sinf adabiyot darslikdan
Javob:
Ravshan timsoliga tavsif murakkab rejali inshoReja:Kirish. Ravshan dostoni haqidaAsosiy qismRavshan Go’ro’g’libek avlodiRavshanning ishqiRavshan — mard, botir yigitXulosa. Dostondan olgan taasurotlarim»Ravshan» dostoni badiiy jihatdan g’oyat pishiq ishqiy sarguzasht dostondir. Ushbu asarda otashin va samimiy muhabbat kuylanib, islomiy e’tiqod yo’lida sobit tura oladigan iymonli kishirlar madh qilinadi, ezgulik, mardlik va botirlik ulug’lanadi, zulm va zo’ravonlik, adolatsizlik qoralanadi. Asar folklorchi olim Hodi Zarif (1905-1972) tomonidan birinchi marta 1928-yilda Ergash Jumanbulbul o’g’li (1868-1937) so’zidan yozib olingan va 19410yilda nashr ettirilgan. Ergash shoir Ravshanni otasi Jambulbuldan, u esa ustozi Kichik Bo’rondan o’rgangan. «Ravshan» dostoni qofiyali narsning go’zal namunasidir. Deyarli har bir nasriy parcha qofiyali. Dostonning vazni ham o’ziga xos. She’riy qismi asosan, yetti sakkiz va o’n bir bo’g’inli, barmoq vaznida. Baxshi qahramonning ruhiy holati, his-hayajoni, voqea rivojining su’ratiga mos tasvir yo’sinini topadi. Suyukli xalq shoiri Ergash Jumanbulbul o’g’lining ulkan mehnati, iste’dodi hamda dostonni yozib olgan folklorchi va noshirlarning og’ir mehnati tufayli avlodlarga meros bo’lib qolgan. «Ravshan» dostoni kitobxonlarni mustahkam islomiy e’tiqod, chin va pokiza muhabbat, or-nomus, qahramonlik, ona yurt va xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalaydi. Dostonlarimizning asosiy qismi ishqiy sarguzashtlarga bag’ishlanganligi, o’zbek xalqi juda qadim zamonlardan buyon chin insoniy muhabbatni qadrlaganini ko’rsatadi. Dostonlar orasida «Go’ro’g’li» turkumi alohida o’rin tutadi. Bu turkum dostonlar — turkman, qozoq, qoraqalpoq, tatar, turk, ozarbayjon, tojik, arman, gurji xalqlari orasida ham mashhur. O’zbeklar orasida tarqalgan «Go’ro’g’li» dostonlarining o’zi yuztadan oshadi. Zulxumorni qo’lga kiritish maqsadida olis yo’lga yakka o’zi chiqqan Ravshan yoshligi, soddaligi tufayli osongina bandi etilib, zindonga tashlanadi. Ammo u qo’rqoqlik qilmaydi. Yigitlik sha’niga dog’ tushirmaslikka intiladi. Qoraxon a’yonlarining dinini o’zgartirish haqidagi taklifini rad etib, o’z e’tiqodidan, dinidan kechmasligini aytadi. Muhabbat uchun chekilgan iztirob iymon yo’lidagi azobga aylanadi. Chin muhabbat egasi bo’lgan botir yigit o’limdan hayiqmaydi. Dostonda Ravshan tajribasizligi tufayli xatolar qilishi, aldanishi haqqoniy ko‘rsatiladi. Hasanxon — Go‘ro‘g‘lining tarbiyasini olgan dongdor polvon. Zulxumor mayna orqali yo‘llagan maktubni olgan Hasanxon G‘irotda uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib o‘tadi. Hasanxon — Go‘ro‘g‘lining tarbiyasini olgan dongdor polvon. Zulxumor mayna orqali yo‘llagan maktubni olgan Hasanxon G‘irotda uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib o‘tadi. Qoraxon lashkariga qarshi jangga kirgan Hasanxon chinakam qahramonlik namunalarini ko‘rsatadi. Shirvonlik to‘rt og‘a-ini botirlar: Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersaklar ko‘magida Qoraxon qo‘shinini yengadi, o‘g‘lini o‘limdan qutqaradi. Qoraxon lashkariga qarshi jangga kirgan Hasanxon chinakam qahramonlik namunalarini ko‘rsatadi.
Zo‘r rahmat
Rejalar qattan boshlanadi
Hayrli kun!!!
Savollarga javoblar
Ravshan timsoliga tavsif mavzusida insho