Yangi boshlovchilarning 5 ta xatosi
Dasturchilarning xatolari faqat Error va Exception lar bilan chegaralanilmaydi. Bir talay dasturchining karyerasi rivojiga ta’sir qiluvchi xatolar mavjud. Ushbu maqolada biz siz uchun aynan shulardan 5 tasini keltirdik.
1. Nima uchun bu ingliz tili menga kerak?
Keling, dasturlash tillarining aksariyati ingliz tiliga asoslanganligidan boshlaylik (agar u 1C bo’lmasa). Misol uchun, ingliz tilini bilish ushbu kod qismida nima sodir bo’layotganini tezda tushunishga imkon beradi:
try:
1 / 0
except:
print("You cannot divide by zero!")
Keling, ushbu tillarning aksariyat dasturchilari ingliz tilida muloqot qilishini aytib o’taylik. Bunga qo’shimcha sifatida, Documentationlar !Til yoki biror bir kutubxona,frameworklarni yo’riqnomalari 100% ingliz tilida ekanini eslab o’tamiz.Agar tarjima qilinganlari borku desangiz aynan bizni til uchun tarjima qilingan pichoqqa sop bo’ladigan dasturlash tilining tarjima yo’riqnomalari yo’q! Shuni ham unutmaslik kerakki, ko’plab kompaniyalar autsorsing tamoyili bo’yicha ishlaydi, bu usulda ishlansa chet ellik mijozlar bilan muloqot qilish tabiiydir.
2.Google bu ko’p vaqt! : Yaxshi Abdusattordan so’rayman.
Keling 2-o’rinda hamkasblarimizni vaqtini hurmat qilishni o’rganaylik. Ma’lumot izlashni bilaylik. «Qanday qilib to’g’ri Google’lash» haqida ma’lumot qidiring , toping , o’qing, amalda qo’llang.
3.Testlar? Yo’q, eshitmaganman
Dastur yozishga yozamiz lekin uni har hil sharoitda qanday ishlashini , dastur o’zini qanday tutishi haqida o’ylamaymizham. Biz uchun muhim shior bu «Ishlayapmi ? Tegma!».
TDD (test-driven development) metodologiyasini o’rganing , qisqa-qisqa takrorlanishlar orqali dastur ishini test qilish va uni takomillashtirishga qaratilgan ushbu usuldan foydalaning va dasturlaringiz sifatini yaxshilang.
4.Ko’rib chiqish va refaktoringni o’tkazib yuborish
(CodeReview, Refactoring) : Yozgan kodlarimizni qayta ko’rib chiqishni va uni qayta yozish orqali undagi algoritmlarni kuchaytirishimiz mukin. Oldin ko’rinmagan muammolarni uchratishimiz mumkin.Bu esa yana ham dasturni optimal holatga olib chiqish imkonini beradi.
5.GIT bu g’alati so’z.
Git , BitBucket kabi versiyalarni boshqarish tizimlari haqida bilmaslik lekin shu bilan bir vaqtni o’zida o’zini dasturchi deyish ochig’i kulgili. Bu o’zingiz uchun kulguli bo’lmasada lekin dasturchilar orasida anchagina katta kulgiga sabab bo’lsa kerak!
Biz bu o’rinda nafaqat github,gitlab lar haqida balki umuman dasturchi uchun muhim bo’lgan ko’plab ommalashgan insturmentlar haqida aytyapmiz. Docker, Postman, Kod generatorlari sanasak barmoqlarimiz yetmaydi.
Gap oxirida biz o’zimizga va sizga ham shuni maslahat beramizki dasturchi bu doimiy o’qiydigan va yangiliklarga o’ch inson bo’lishi kerak. Siz unga qiziqib dasturchi bo’lgan yaqiningiz buni o’qiysan buni o’rganma deyishiga qarab qandaydir texnologiyani o’rganmang.
Sohagingizda kelib chiqib u uchun trend bo’lgan TOP narsalarni barchasini egallashga harakat qiling. Esingizdan har bir Bug ni Debug qilish mumkin .Faqat buning uchun kerakli bilim ,qunt e’tibor va jiddu jaht kerak halos.
Umumiy Dasturlash
Yangi boshlovchilarning 5 ta xatosi