CSS-ni o’rganish uchun 5 ta bepul o’yinlar
CSS-ni o’rganishga yordam beradigan bir nechta o’yinlar mavjud. Men o‘zimga foydali bo‘lgan ushbu bepul o‘yinlardan bir nechtasini jamladim, CSS-ni zerikmasdan o‘rganishingizga yordam beradi degan umidaman!
1. Flexbox Defense
Bu oʻyin sizga align-items, justify-content, flex-direction, align-self kabi moslashuvchan xususiyatlardan qanday foydalanishni oʻrganishga yordam beradi. 12 ta bosqichlari mavjud.
O`yin: http://www.flexboxdefense.com
GitHub: https://github.com/channingallen/tower-defense
Dasturchi: Channing Allen
2. CSS Diner
Turli CSS selektorlarini o’rganish uchun kichik o’yin. Selektor mutaxassisi bo’lish uchun 32 darajani bajarishga harakat qiling.
O`yin: http://flukeout.github.io
GitHub: https://github.com/flukeout/css-diner
Dasturchi: Luke Pacholski
3. Flexbox Froggy
Ushbu o’yin sizga align-items, justify-content, align-content, flex-direction, align-self, flex-wrap, flex-flow kabi moslashuvchan xususiyatlarni organishga yordam beradi. 24 ta bosqichdan iborat.
O`yin: https://flexboxfroggy.com
GitHub: https://github.com/thomaspark/flexboxfroggy
Dasturchi: Codepip
4. Grid Garden
Bu o`yin sizga CSS Grid Layout-ni qiziqarli tarzda o`rganishingizga yordam beradi. O`yin 28 ta bosqichlardan iborat.
O`yin: https://cssgridgarden.com
GitHub: https://github.com/thomaspark/gridgarden
Dasturchi: Codepip
5. CSS Battle
CSS Battle o’yinida siz berilgan rasmni iloji boricha kamroq kod bilan takrorlashingiz kerak. Siz boshqa o’yinchilar bilan raqobatlashishingiz ham mumkin.
O`yin: https://cssbattle.dev
Dasturchilar: Kushagra Gour и Kushagra Agarwal
Agar siz boshqa shunga o’xshash o’yinlarni bilsangiz — izohlarda qoldiring!
Umumiy Dasturlash
CSS-ni o’rganish uchun 5 ta bepul o’yinlar