Yii boshlovchilar uchun
Salom. Bilamizki hozirda Yii framework dunyo bo’ylab ancha keng tarqalgandir. Shuning uchun ham shu framework haqida to’xtalib o’tmoqchiman. Bu maqolani davomini o’qimoqchi bo’lgan dasturchi, Web serverlar (Denver, XAMPP) kabilarda ishlay olishi lozim.
Keling avvalo oddiy savolga javob beraylik:
1. Framework nima?
Ko’pchilik yosh dasturchilar CMS bilan Frameworkni ajratishda qiynalishadi. Shuning uchun ham shu savolga javob berib o’tmoqchiman.
Framework bu — web sayt qilish jarayonida qiyinchilik tug’diradigan yoki ko’p takrorlanadigan funksiyalar to’plamdir. Umuman olganda dasturchiga yordamchi funksiyalar.
CMS — Content Management System bu deyrali tayyor saytdir.
Umuman olganda PHP dan framework, frameworkdan CMS, CMS dan Website yasaladi.
2. MVC (Model View Controller, Model Ko’rinish Nazorat) nima?
Bu umumiy tushuncha bo’lib, loyihalash shablonidir.
O’zimizni tilda tushuntirsam (Web sayt holatida),
Model bu — ma’lumotlar bazasidagi biror bir jadval (table) bilan ishlaydigan obyekt (class) dir.
View bu — HTML kodlarni yozasidan fayl yoki foydalanuvchiga (browserda) ko’rinadigan kod.
Controller bu — foydalanuvchi so’roviga mos holda kerakli model bilan ishlab, kerakli viewni foydalanuvchi jo’natadi.
Ana endi asosiysiga o’tamiz. Kelin siz qilmoqchi bo’lgan Yii dagi birinchi saytimiz nomi sayt.uz bo’lsin va shu sayt.uz fayllari /var/www/sayt/ papkasidan joylashsin (Denver uchun: Z:homesitewww, XAMPP uchun: C:xampphtdocssayt).
Avvalo Yii ni http://www.yiiframework.com/download/ ssilkadan ko’chirib olamiz va arxiv ichidan «framework» nomli papkani /var/www/sayt/ papkasi ichiga nusxalaymiz.
Hozi siz sayt.uz ni ochsangiz hech narsa chiqmaydi. Nimadir ochilishi uchun keling quyidagi ishni qilamiz.
/var/www/sayt/framework (Windows da Command line (Командная строка) dasturini ishga tushirib framework) papkasiga kiramiz va
./yiic webapp ../ (windows: yiic webapp ..)
deb yozamiz va yes deb ENTER ni bozamis.
Endi boshdan sayt.uz ga kiramiz, shunda
Ko’rinishidagi sayt ochiladi. Agar ochilmasa shu yerda komment qoldirishingiz mumkin yoki maqolani boshidan o’qib chiqing.
Umuman olganda shu saytni hech qanaqa o’tnatishlarsiz ham yasash mumkin edi. Biz o’rnatgan webapp (web application) bu Yii da misol uchun keltirilgan kichik web saytdir. Keyingi maqolamni shu webapp ni o’rnatmasdan hammasini o’zimiz qo’lda qilishni ko’rsataman.
Shuning bilan Yii haqida birinchi maqola tugadi, bu oxirgisi degani emas.
Texnologiyalar
Yii boshlovchilar uchun