Rim funti va yapon Iyenasi orasida qanday bog‘lik bor?

Rim funti va yapon Iyenasi orasida qanday bog‘lik bor?

Rim funti va yapon Iyenasi orasida qanday bog‘lik bor?

 

rim funti va yapon iyenasi orasida qanday boglik bor 660f038a1300d

Bobilliklarning 0.5453 kilogramm vaznga ega kichik mina nomli o‘lchov birligi, o‘ta yashovchan bo‘lib chiqdi va tarixning ming yillik o‘zgarishlariga bardosh berib, vatani – Bobil podsholigi qulaganidan ming yillardan so‘ng atak-chechak qila boshlagan Rim saltanatining o‘lchov birliklariga ham asos bo‘lib xizmat qildi. Bu metall quymalari bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida ham tangalar ham vazni yozib qo‘yilgan metall qadoq toshlari edi. Bunday ko‘rinishdagi ham bul ham qadoq tosh metallarni qadimgi Lotin Ossk va Sabin qabilalari o‘zaro birlashib, Rim davlatining eng birinchi tamal toshini qo‘ygan davrlarda zarb etishgan.

Rim kuch qudratga to‘lib, ulkan saltanatga aylangan davrda esa, o‘sha Bobil minasi asosida, aniqrog‘i uning teng yarmiga muvofiq qiymat 272.88 grammga teng vazndagi Funt nomli pul birligini joriy etdi. Mazkur funt asosidagi pul birligi tizimi, tarixchilarga ma’lum pul birliklari ichidagi eng qadimiysidir. Rim tanga pullari Funtning teng ulushlarga bo‘linishidan hosil bo‘lgan. Qadimgi Bobilliklarning kichik minasi asos bo‘lgan Rim pul birliklari tizimi, keyin ham taraqqiy etib bordi. Uning eng mashhur va eng yashovchan ulushlaridan biri – Rim funtining o‘ndan bir ulushini tashkil qiluvchi birlik – Unsiya edi. Unsiya keyinchalik boshqa Funtlarning ham asosi bo‘lib xizmat qilgan. O‘zi Rim funtining 1/10 bo‘lib kelib chiqqan bo‘lsa hamki, keyinchalik u eng kichik birlik sifatida qabul qilina boshladi. Rim saltanatiga 12 lik sanoq tizimi kirib kelganida ham, uning asosida yangi Unsiya keltirib chiqarib o‘tirmay, mavjud unsiyani, ya’ni,  272.88 ning 1/10 qismini, 12 ga ko‘paytirib, yangi 327.45 grammli funt chiqarib qo‘ya qolishdi!

Deyarli bir yarim ming yildan so‘ng, mazkur Rim unsiyasi o‘rta asr yevropasining pul birliklari – tilla kvadrupl (vazni taxminan ≈27 gramm, ≈1/10 unsiya) va kumush taler (vazni taxminan ≈28 gramm)ni kelib chiqishiga zamin bo‘lib xizmat qildi. Taler asosida esa, keyingi yuz yilliklarda, jumladan bizning zamonamizda ham muhim o‘rin tutadigan xalqaro valyuta – Dollar kelib chiqdi! Taler shuningdek, siz ishonmasligingiz mumkin bo‘lgan fakt – Yapon Iyenasi va Xitoy Yuanining ham bobokaloni bo‘ladi! Har ikkala sharqiy osiyo mamlakatida qadimgi pullar o‘ta turli tuman shaklda – to‘rtburchak, yarimoy, trapetsiya, va ho kazo ko‘rinishlarda bo‘lgan. Lekin, qandaydir sababga ko‘ra Xitoy va Yaponiyada o‘rta asrlargacha tanga pullar yumaloq shaklda tarqalmagan ekan. Yevropaliklar orqali yumaloq shakldagi tanga pullar, aynan esa biz eslatib o‘tgan kumush taler tangalarining kirib kelishi, mazkur osiyo davlatlari uchun yangilik bo‘lgan va ularni Yaponiyada «Iyena», Xitoyda  «Yuan» deb atay boshlashgan. Har ikkala tildagi mazkur so‘zlarning tub ma’nosi esa – «Yumaloq pul» degani ekan.  Pyotr I zamonida, rus rubli ham Yevropa taleriga tenglashtirilib, qayta qiymatlangan.

Shuni ta’kidlash kerakki, zamonamizdagi o‘lchov birliklari orasida uchraydigan, masalan, qimmatbaho atirlarning unsiyalardagi o‘lchanishi, yoki, dori vositalari, zargarlik buyumlarining unsiyadagi miqdori, rim unsiyasidan bir oz farq qiladi. Misol uchun attorlar, qimmatbaho atir upalarning bir unsiyasini falon pul deb baholashganida 29.5737 sm3 ga teng AQSH unsiyasi, yoki, 28.413 sm3 ga teng Britaniya suyuqlik unsiyasini nazarda tutishadi. Bu ko‘pincha mahsulot yorlig‘ida, yoki, savdo hujjatlarida alohida ko‘rsatib o‘tiladi.

Endi esa topishga urinib ko‘ringchi: qadimgi rim unsiyasi va mashhur uzunlik o‘lchov birligi – dyum o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? Gap shundaki, qadimgi Rimliklar, «unsiya» (uncia) deb, kaft uzunligining 1/12 qismini aytishgan. Britaniya orollari aholisi talaffuzida bu narsa vaqt o‘tishi bilan «inch» shakliga kelib qolgan. Gollandlar esa, uni keyinroq «dyum» deb atay boshlashgan. Dyum esa bosh barmoq bo‘g‘ini uzunligiga teng deb olingan.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Tarixiy ma’lumotlar
Rim funti va yapon Iyenasi orasida qanday bog‘lik bor?

Manba:orbita.uz