Giposikloidalar

Giposikloidalar

Giposikloidalar

giposikloidalar 660ef10a14b1cGiposikloida — qo‘zg‘almas aylana ichida joylashgan, radiusi ushbu aylanadan kichikroq bo‘lgan ikkinchi aylanaga tegishli nuqtaning harakati chizadigan trayektoriyalarning umumiy nomidir. Bunda ichkaridagi kichik aylananing, ya’ni harakatlanuvchi aylananing radiusi b bilan; tashqi katta aylana, ya’ni, qo‘zg‘almas aylananing radiusi a bilan belgilanadi. Shuni e’tiborga olish muhimki, giposikloidada har doim a radiusdan b radius kichik (ba) bo‘lishi shart. Ushbu radiuslarning o‘zaro nisbati, ya’ni, a/b ning qiymatiga qarab, giposikloidalarning shakli ham turlicha bo‘ladi. Masalan, a radius b radiusdan ikki barobar katta bo‘lsa, unda kichik aylanadagi nuqtaning harakatidan, katta aylananing diametrini ifodalovchi kesma hosil bo‘ladi. Diametr esa to‘g‘ri chiziq ekanini inobatga olsak, aynan shu holatda, ushbu giposikloida misolida biz to‘g‘ri chiziq (kesma) ham egri chiziqning xususiy holi ekanini ko‘rishimiz mumkin. a/b nisbatning kattalashishi bilan, borgan sari yangi-yangi turdagi egri chiziqli giposikloida shakllar hosil bo‘la boshlaydi. Ushbu giposikloidalarning a/b=n nisbatda, uchlari ham doimo n ga teng bo‘ladi. Quyidagi tasvirlarda ushbu fikrni tasdiqlovchi misollarni ko‘rishingiz mumkin:

giposikloidalar 660ef10b05f85

giposikloidalar 660ef10bb164fgiposikloidalar 660ef10ca1bb9giposikloidalar 660ef10d8a503giposikloidalar 660ef10e7bfd4

n=3 bo‘lgan hosil bo‘ladigan egri chiziqli shaklni deltoida deyiladi. N=4 orqali hosil qilinadigan shakl esa astroida deyiladi.

Agar a/b nisbatning qiymati ratsional (butun emas) son bo‘lib chiqsa, yopiq egri chiziqli yulduzsimon shakllar hosil bo‘ladi. Ulardagi yulduzning uchlari soni har safar a ga teng bo‘ladi:

giposikloidalar 660ef10f88ba1

Agar a/b nisbat natijasi irratsional son bo‘lib chiqsa, masalan √2 ga teng bo‘lsa, giposikloida quyidagicha ko‘rinishda ega bo‘ladi:

giposikloidalar 660ef110592ef

a/b=π bo‘lgan taqdirda esa, giposikloida quyidagicha birmuncha murakkab ko‘rinish oladi.

giposikloidalar 660ef1110d33a

Shunisi qiziqki, aynan ushbu giposikloidaga o‘xshash shaklni Keplerning «Yangi astronomiya» asarida uchratish mumkin. Kepler ushbu asarida Mars sayyorasining trayektoriyasini shunday ifodalagan. Kepler haqiqatan ham Mars shunday harakat qiladi deb hisoblaganmi, yoki, bu bilan, Marsning Yerdan ko‘rinadigan harakat trayektoriyasini ifodalamoqchi bo‘lganmi, bunisi bizga qorong‘u.

Keplerning �Yangi astronomiya� asaridagi Mars trayektoriyasining ifodalanishi

Agar nuqta ichki aylaning aniq chetida, ya’ni, aylana chizig‘ida emas, balki doira ichida joylashgan bo‘lsa, yoki, nuqta aylana chetidan muayyan masofada, tashqarida joylashgan bo‘lsa, uning harakatidan gipotroxoida deb ataluvchi yanada murakkab giposikloidalar hosil bo‘ladi:

giposikloidalar 660ef11295d4b

Odatda biz Ilm-fanning umumiy logotipi sifatida taniydigan atom strukturasi tasviri, xususan, orbita.uz sayti logotipi ham aynan giposikloidadir. Bundan tashqari, giposikloidalarni ba’zi nufuzli xalqaro tashkilotlarning ham logotiplarida ko‘rish mumkin. Masalam, atom energetikasi bo‘yicha xalqaro tashkilot — MAGATEning logotipi ham giposikloidadir.

Atom strukturasi tasviri - Ilm-fanning umumiy logotipi sifatida ommalashgan giposikloidaOrbita.Uz sayti logotipiAtom energetikasi bo�yicha xalqaro tashkilot � MAGATEning logotipi.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

giposikloidalar 660ef1155979eFeysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

giposikloidalar 660ef115e22b0Tvitterda: @OrbitaUz

giposikloidalar 660ef1167542eGoogle+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

giposikloidalar 660ef11707c31Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Matematika
Giposikloidalar

Manba:orbita.uz