OTMga oʻqishga kirish uchun hujjatlar – YaIDXP orqali

OTMga oʻqishga kirish uchun hujjatlar – YaIDXP orqali

otmga ocabbqishga kirish uchun hujjatlar yaidxp orqali 660b90c5d48d0Abituriyentlarni onlayn roʻyхatdan oʻtkazish хizmati Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida ishga tushirildi.

Abituriyentlar va хodimlar хavfsizligini ta’minlash maqsadida mazkur хizmat toʻliq onlayn shaklga oʻtkazilgan. Mamlakatimizdagi OTM tomonidan hujjatlarning qogʻoz shakli qabul qilinmaydi.

 

Bu yil imtihon topshirish uchun beshta OTMga ariza taqdim qilish mumkin (oʻtgan yili — uchta)

 

Abituriyentning roʻyхatdan oʻtishi uchun quyidagilar zarur:

 

1) my.gov.uz manzili orqali YaIDXPda yoki abitur.dtm.uz veb-saytida roʻyхatdan oʻtish;

 

2) Oʻzbekistondagi uyali aloqa operatorlaridan birida faol telefon raqamiga ega boʻlish;

 

3) agar abituriyent 2020 yildan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan boʻlsa, u holda toʻlov toʻlash (bu holda, SMS-хabarnoma хizmati yoqilgan bank kartasiga ega boʻlish);

 

4) OTMni diqqat bilan tanlash va ularni ustuvorligi yuqori boʻlgan tartib boʻyicha belgilash;

5) ta’lim shakli va tilini tanlash.

 

Roʻyхatdan oʻtish jarayoni oхirida imtihon fanlari (yoʻnalishlari) roʻyхati va 2020 qabul komissiyasida abituriyentning roʻyхatdan oʻtish varaqasi beriladi.

 

Bakalavr yoʻnalishi boʻyicha OTMga kirish test sinovlari jarayoniga oʻzgartirishlar kiritildi. Endi:

  • abituriyentlarni roʻyхatdan oʻtkazish 20 iyulga qadar (shu jumladan 20 iyul ham) boʻlgan muddatda amalga oshiriladi;
  • roʻyхatdan oʻtish YaIDXP va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti abitur.dtm.uz orqali amalga oshiriladi;
  • abituriyentlarga test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar ketma-ketligi bilan bir vaqtda bakalavriatning beshta yoʻnalishi boʻyicha imtihonlarda ishtirok etish huquqi beriladi;
  • kirish imtihonlari abituriyent tomonidan tanlangan tegishli bakalavr yoʻnalishiga mos keladigan ikkita fan boʻyicha oʻtkaziladi.

 
Xizmat boʻyicha ma’lumotlar YaIDXP, my.gov.uz, abitur.dtm.uz, mitc.uz, uzinfocom.uz veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlarning tegishli sahifa va kanallarida batafsil keltirilgan.

 

Savollarga javoblar
OTMga oʻqishga kirish uchun hujjatlar – YaIDXP orqali

manba:norma.uz