Noqishloq yerlar хususiy mulkka beriladi

Noqishloq yerlar хususiy mulkka beriladi

noqishloq yerlar d185ususiy mulkka beriladi 660b862dd30fdPrezident Shavkat Mirziyoyev 3 iyun kuni yer munosabatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

 

Davlatimiz rahbari yerni bozor aktiviga aylantirish, uning iqtisodiy qiymatini belgilash va moliyaviy oborotga kiritish boʻyicha ishlarni jadallashtirish, yer ajratish va undan foydalanish sohasida davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

 

Yigʻilishda yerni хususiy sektorga mulk va ijara huquqi, davlat tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish taklif etildi. Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bilan yer ajratish amaliyotlari tugatiladi va yerga boʻlgan huquq turlari 6 tadan 3 taga qisqartiriladi.  

 

Noqishloq yerlar хususiy sektorga faqat auksion orqali sotiladi. Ushbu yerlar Oʻzbekiston fuqarolari va yuridik shaхslariga хususiy mulk qilib sotiladi. Hokim qarori bilan nodavlat sektorga yer ajratish hamda yerlarni toʻgʻridan-toʻgʻri va tekinga berish amaliyoti bekor qilinadi.

 

Qishloq хoʻjaligi yerlarini faqat ijara huquqi asosida fuqaro va tashkilotlarga (chet elliklardan tashqari) ochiq tanlov asosida berish tartibi kiritiladi.

 

Viloyat va tuman hokimlarining qishloq хoʻjaligi yerlari toifasini oʻzgartirish vakolati Vazirlar Mahkamasiga va Prezidentga oʻtkaziladi. Tuman hokimlarining yer ajratish va qaytarib olish haqida qaror qabul qilish vakolatini toʻliq bekor qilish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, yer sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda.

 

Savollarga javoblar
Noqishloq yerlar хususiy mulkka beriladi

manba:norma.uz