Qunut duosini o`qiy olmaydigan kishi

Qunut duosini o`qiy olmaydigan kishi

Qunut duosini o`qiy olmaydigan kishi

DO`STLARGA ULASHING:

SAVOL:

Витр намозида “Қунут” дуосини ўрнига “Ихлос” сурасини уч марта ўқиса бўладими?

2020.03.09

JAVOB:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Vitr vojib namozlardan hisoblanadi. Hanafiy mazhabiga ko‘ra bu o‘rinda quyidagi mashhur duoni o‘qiladi:

اللَّهُمَّ إنَّا نَسْتَعِينُك وَنَسْتَغْفِرُك وَنُؤْمِنُ بِك وَنَتَوَكَّلُ عَلَيْك وَنُثْنِي عَلَيْك الْخَيْرَ كُلَّهُ نَشْكُرُك وَلَا نَكْفُرُك وَنَخْلَعُ وَنَتْرُكُ مَنْ يُفْجُرُك اللَّهُمَّ إيَّاكَ نَعْبُدُ وَلَك نُصَلِّي وَنَسْجُدُ وَإِلَيْك نَسْعَى وَنَحْفِدُ نَرْجُو رَحْمَتَك وَنَخْشَى عَذَابَك إنَّ عَذَابَك بِالْكُفَّارِ مُلْحِقٌ

Bu matnning o‘qilishi quyidagicha:

“Allohumma innaa nastaiynuka va nastag‘firuk, va nu’minu bika,va natavakkalu alayka va nusniy alaykal xoyra kullah, nashkuruka valaa nakfuruka va naxlau va natruku may yafjuruk. Allohumma iyyaaka na’budu, valaka nusolliy va nasjudu, va ilayka nas’aa va nahfidu. Narjuu rohmataka va naxshaa azaabak, inna azaabakal bil-kuffaari mulhiq”.

Ushbu “Qunut” duosini Umar raziyallohu anhudan Imom Abdurrazzoq o‘zining “Musannaf”ida sahih sanad ila rivoyat qilgan.

Qunut duosini bilmaydigan kishilar uning o‘rniga Ixlos surasini o‘qishi joiz emas. Chunki bu o‘rin duo o‘rni. Ixlos surasi esa, duo emas.

Ulamolarimiz qunut duosini o‘qiy olmaydigan kishi uning o‘rniga insonlardan so‘ralmaydigan, faqat Allohdangina so‘raladigan duolarni o‘qisa bo‘ladi, deganlar. Bu haqida Alloma Ibn Obidiyn shunday deydilar:

ومن لا يحسن القنوت يقول ربنا آتنا في الدنيا حسنة وقال أبو الليث يقول اللهم اغفر لي يكررها ثلاثا وقيل يا رب ثلاثا

Ya’ni: «Qunut duosini yaxshi o‘qiy olmaydigan  kishi “Robbana otina fid dunya hasana…” duosini o‘qiydi. Faqih Abu Lays: “Allohummag‘fir liy”ni uch marta aytadi, deganlar. Ba’zilar: “Ya Robb” deb uch marta aytadi, degan” (Raddul Muhtor). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

fatvo hay’ati.

http://fatvo.uz/question-view/75

Qunut duosini o`qiy olmaydigan kishi