MOXITO TAYYORLASH RETSEPTI — ALKOGOLSIZ

MOXITO TAYYORLASH RETSEPTI — ALKOGOLSIZ

MOXITO TAYYORLASH RETSEPTI — ALKOGOLSIZ

DO`STLARGA ULASHING:

Yozning issiq kunlarida alkogolsiz moxito kokteyli chanqoqni qoldirish uchun ajoyib ichimlik sanaladi.

MOXITO TAYYORLASH RETSEPTI

Tayyorlash vaqti: 5 daqiqa | Portsiyalar soni: 1

Kerakli masalliqlar:

  • Yangi uzilgan yalpiz — 10 g;
  • Laym yoki limon — yarimta;
  • Sprayt — 150 ml;
  • Muz — 8 bo’lak;
  • Shakar — 1 choy qoshiq.

Tayyorlanishi

  1. Laym yoki limoni ikkiga bo’linadi va bokalga solinadi.
  2. So’ng yalpiz va shakar qo’shgan holda ezib aralashtiriladi.
  3. Aralashmaga muz qirindisi solib, sheykerda yaxshilab uriladi.
  4. Tayyor aralashma bokalga solinib, ustidan sprayt quyiladi.
  5. Ichimlik laym bo’lagi va yalpiz bilan bezatiladi. Moxito tayyor.

Sprayt bo’lmagan hollarda shakarli sirop va gazlangan mineral suvdan foydalanish mumkin. Shakarli sirop qaynoq suvga shakar erishdan to’xtagunga qadar solib tayyorlanadi. Kokteylga ta’bga ko’ra qo’shiladi.

2724454496

MOXITO TAYYORLASH RETSEPTI — ALKOGOLSIZ