Suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldirishga yordam beradigan tavsiyalar

Suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldirishga yordam beradigan tavsiyalar

Suhbatdoshingizni uchinchi shaxs nomidan maqtang

Ishga joylashish uchun suhbatdan muvaffaqiyatli o’tish sirlari, qanday savollarga tayyor bo’lish kerak va kiyinish madaniyati

Hammaga salom! Siz bilan yana men, Tuychiyeva Malika. Yodingizda bo’lsa, oldingi maqolamizda rezyume yozish hamda ishni qanday qidirib topish kerakligi haqida gaplashgan edik. Mukammal rezyumeyingizni yozib, o’zingiz xohlagan ishni topdingizmi? Tezroq suhbatdan o’tib, o’zingiz orzu qilgan lavozimga ariza yozmoqchimisiz? U holda davom etamiz.

Uzoq va qiyin ish qidirish jarayonining birinchi bosqichining munosib yakuni bu – suhbatga taklif qilinishingiz bo’ladi.

Suhbatdan qanday o’tish mumkin? O’zingizni qanday tutishingiz kerak? Suhbatdan o’tishning qanday qoidalari bor? Bu savollarning barchasi ish joyiga murojaat etuvchilarni juda qiziqtiradi. Ammo, bu savollarga javob berishdan oldin, keling, ish beruvchi bilan suhbat o’zi nima ekanligini ko’rib chiqaylik.

Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )

  1. Ishga qabul qilishdan oldingi suhbat
  2. Suhbatga qanday tayyorgarlik ko’rish kerak
  3. Suhbat uchun kiyinish madaniyati
  4. Suhbatga kirganda o’zingizni qanday tutishingiz kerak
  5. Suhbat vaqtida eng ko’p beriladigan savollar
  6. Siz va ish beruvchi: 7 ta muvaffaqiyat qoidasi
  7. Xulosa

Ishga qabul qilishdan oldingi suhbat

Ishga qabul qilishdan oldingi suhbat – talabgorning tajribasini, shuningdek uning shaxsiy fazilatlarini bilib olishga ko’maklashadi, ya’ni u bilan tanishish usulidir.

Ish qidirish bo’yicha katta tajribaga ega bo’lsangiz ham, har bir yangi suhbat uchun oldindan tayyorgarlik ko’rishingiz kerakligini unutmang.

Ko’pincha, mutaxassisning professionallik darajasi qanchalik past bo’lsa, u suhbatga shunchalik yomon tayyor bo’ladi. Shuning uchun, har safar suhbatga taklifni olgach, quyida ko’rsatib o’tadigan maslahatlarimizdan foydalaning.

Suhbatga qanday tayyorgarlik ko’rish kerak

Suhbatga tayyorgarlik ko’rish uchun oldindan “razvedka” qilish juda muhimdir. Siz uchrashadigan odamlaringiz haqida imkon qadar ko’proq ma’lumot to’plashingiz kerak.

Foydali ma’lumotni turli yo’llar bilan olish mumkin. Agar katta korxona haqida gapiradigan bo’lsak, uning mahsulotlari yoki xizmatlari bilan tanishib chiqing. Ko’pgina tashkilotlar o’zlarining loyihalarini va reklama broshyuralarini tarqatadilar. Ushbu tashkilot haqida gazeta yoki jurnallardan maqolalar topishga harakat qiling.

Siz ishga kirmoqchi bo’lgan tashkilotda ishlaydigan yoki ishlagan shaxs bilan suhbatlashishingiz mumkin. Undan juda ko’p foydali narsalarni bilib olish imkoniyatiga ega bo’lasiz, lekin siz bunday axborotni sub’ektiv tomonini ham hisobga olishingiz kerak bo’ladi.

Suhbat uchun kiyinish madaniyati

Siz ish beruvchi bilan birinchi uchrashuvga borasiz. Bo’sh lavozimning tavsifiga ko’ra, hamma narsa sizga mos keladi. Shuning uchun, siz ayniqsa diqqat bilan suhbatga tayyorgarlik ko’rasiz: rezyumega o’zgartirish kiritasiz, aqlli savollarga, to’g’ri kelishi mumkin bo’lgan javoblar haqida o’ylaysiz, va kechalari bilan rus-o’zbek tilida nutqingizni rivojlantirasiz. Nihoyat, navbat tashqi ko’rinishingizga keladi , bu borada esa siz bilan ayrim maslahatlar bilan bo’lishamiz.

Ishbilarmon ayollarga kaltaroq soch turmagini tavsiya etamiz. Chunki, uzun sochlarni turmaklash ham qiyin,ham qimmat. Kalta sochlar esa vaqtingizni tejaydi va bejirim ko’rinish beradi.

Erkaklarga osonroq, sochingiz va soqolingiz o’sib ketmagan bo’lsa kifoya.

Ayollarga ham, erkaklarga ham klassik uslubda kiyinishni taklif etamiz. Bu har zamon va har joy uchun yutuqli variant.

Ayyollar suhbatga ketayotganda kalta yubkalar va ochiq kiyimlardan voz kechishlari kerak. Chunki, bu siz haqingizda noto’g’ri ta’surot paydo bo’lishiga olib keladi.

Erkaklar haddan tashqari yorqin galstuklarni taqmasliklari kerak. Bu suhbatdoshingizni fikrini bo’linishiga olib kelishi mumkin.

Kiyimlaringiz toza va dazmollangan bo’lsa kifoya.

Diqqat! Atir upa ishlatganingizda, judayam o’tkir hidlisini tanlamang! Suhbatdoshingizni boshi og’rishini va u tezda suhbatni tugatishini xohlamasangiz , albatta.

Suhbatga kirganda o’zingizni qanday tutishingiz kerak

Barcha ishlarda tartib- qoida bo’lganidek, suhbat jarayonini ham o’ziga yarasha qoidalari bo’ladi. Ushbu bo’limda, aynan shu haqida gaplashamiz:

Suhbat vaqtida eng ko’p beriladigan savollar

Albatta, hech kim ish beruvchi tomonidan beriladigan savollarni oldindan aytib bera olmaydi. Lekin, tajribadan kelib chiqib, eng ko’p beriladigan savollarga tayyorlanish mumkin. Quyida sizga savollardan namunalarni ko’rsatib o’tamiz:

  1. O’zingiz haqingizda gapirib bering.
  2. Bizni korxonamizni nima uchun tanladingiz?
  3. Boshqa joylardan ham takliflar oldingizmi?
  4. Boshqa korxonalarda ham suhbatdan o’tdingizmi?
  5. Shaxsiy hayotingiz ishlashingizga halal bermaydimi?
  6. Sizning kuchli va ojiz taraflaringiz qanday?
  7. Nima uchun oldingi ishingizdan ketdingiz?
  8. Ish tajribangiz qanday?
  9. Ish haqqingiz qanday bo’lishini xohlardingiz? Va boshqalar.

Yuqorida ko’rsatilgan savollar 98% suhbatlarda beriladi. Oldindan tayyor bo’lishni tavsiya etamiz.

Siz va ish beruvchi: 7 ta muvaffaqiyat qoidasi

1-qoida. Sizga kerak bo’lgan barcha hujjatlarni oldindan to’plang. Yozma tavsiyalar, telefon raqamlari bilan. Shuningdek, diplomingizni, kurslarni tugatish to’g’risidagi guvohnomani (agar mavjud bo’lsa), pasportni, mehnat daftarchasini va rezyumeni unutmang, iloji bo’lsa ikki nusxada oling.

2-qoida. Varoqga taqdimot nutqingizni yozing va uni ko’zgu oldida mashq qiling. Nimani va qanday qilib aytishni oldindan o’ylab qo’ying.

3-qoida. Faqatgina tashqi ko’rinishingiz bilan ijobiy taassurot qoldirishga harakat qilmang. Tabiiy bo’ling! Esingizda bo’lsin, birinchi taassurot juda muhim.

4-qoida. Asabiylashmang, chunki, bu darhol seziladi, lekin bundan tashqari, ish beruvchida keraksiz savollar paydo bo’ladi: «Nima uchun bu kishi juda asabiy? U biror narsani yashirmoqchimi? Yoki, o’ziga ishonmaydimi? » o’xshagan.

5- qoida. Rad javobini olishga tayyor bo’ling. Umuman har qanday natijaga ma’nan tayyor bo’lishingiz lozim.

6-qoida. Xushmuomala bo’ling. Ko’p gapirishdan o’zingizni tiying, ko’proq suhbatdoshingizni tinglang.

7-qoida. Qanday tajribaga va professional darajaga ega bo’lishingizdan qat’iy nazar, o’zingizni suhbatdoshingizdan yuqori qo’yib, manmanlik qilmang.

Maslahat! Suhbatdan oldin yaxshilab uyquga to’yib oling, bu muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Suhbatdan oldin hech qanday dori ichmaslikni maslahat berardik.

Ishga joylashish uchun suhbatdan o’tish namunasini quyidagi videoda ko’rishingiz mumkin:

Xulosa

Yaxshi ish kamdan-kam hollarda birinchi urinishda topiladi. Doim o’zingizga ishoning va tanlash imkoniyatidan foydalaning. Umid qilamanki, yuqoridagi maslahatlarimiz sizga orzuyingizdagi ishni topib, suhbatdan muvaffaqiyatli o’tishingizga ko’maklashadi.

Balki sizda qo’shimcha maslahatlar bordir? Izohlarda qoldiring birga muhokama qilamiz. Keyingi maqolalarda ko’rishguncha hayr!

Suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldirishga yordam beradigan tavsiyalar

Inson har kuni muloqotga kirishadi, suhbatlashadi. Biroq suhbat hamisha ham ijobiy yakun topmasligi, ikkinchi shaxsda yaxshi taassurot qolmasligi mumkin. Munosabatlarning mustahkamligi uchun samimiyat va insoniylik tamoyillari muhim ekani aniq, lekin shunday jihatlar borki, ularga amal qilish istalgan insonda simpatiya uyg‘otish va aloqalarning kelajagi bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

Foto: Coffeetuition Suhbatdoshingizni ismini aytib chaqiring

Deyl Karnegi aytganidek, insonga uning ismi aytib chaqirilganidan yoqimli va muhim tovush bo‘lmaydi. Inson ismini aytib murojaat qilinishi va suhbat davomida qayta-qayta takrorlanishi, suhbatdoshda ishonch, simpatiya va boshqa ijtimoiy emotsiyalarni his qilishga sababchi bo‘lishi psixologik jihatdan isbotlangan. Suhbatdoshingiz bilan endi tanishgan bo‘lsangiz, ismini qayta so‘rashdan uyalmang, telefonda gaplashayotgan bo‘lsangiz, yoddan chiqmasligi uchun yozib oling. Siz muloqot qilayotgan inson har gal o‘z ismini eshitganida sergaklanadi va e’tiboringizdan kayfiyati ko‘tariladi. Ishoning, hech qaysi so‘z siz muloqot qilayotgan inson quloqlariga ismichalik yoqimli tuyulmaydi.

Xato qilishdan cho‘chimang

Atrofda hamma mukammallikka intilayotgan bir vaqtda siz boringizcha bo‘ling, ammo shu borligingizda madaniyat va hurmatni mujassam eting. Xato qilishdan qo‘rqmang. Kattadan ham, kichikdan ham nimadir o‘rganish mumkinligini inobatga olib, qarshingizdagi inson darhaqiqat haq bo‘lsa, xatoni tuzatishiga imkon bering. Sizning fikringiz bo‘lgani uchungina uni ma’qullab turmang. Samimiy munosabat va aloqalar qurilishi uchun ikki tomon bir-birini tushunishi va kamchiliklari bilan qabul qilishi, vaqti kelganda fikrini bildirib to‘g‘rilashi kerak.

Suhbatdoshingizni uchinchi shaxs nomidan maqtang

To‘satdan va behudaga maqtash laganbardorlik ekanini unutmagan holda, kerakli va darhaqiqat e’tirof etilishi kerak bo‘lgan vaziyatda suhbatdoshingizni maqtang. O‘zingiz nomingizdan maqtashga xijolat bo‘lsangiz, boshqa shaxs nomidan fikringizni ifodalang. Masalan, “Laziza Baxtiyorovna, do‘stim Farhod Dadabekov sizni shahrimizning eng yaxshi shifokori ekaningizni ta’kidlagani sabab ham sizning qabulingizga yozildim”. Laziza Baxtiyorovnaga sizning do‘stingiz kim yoki uning ismi nima ekanini ahamiyati ham qizig‘i yo‘q, lekin o‘zi haqidagi ushbu iliq fikrni nazaridan chetda qoldirmasligi aniq.

Suhbatdoshingiz bilan “bir kemada” bo‘lishga harakat qiling

Siz muloqot qilayotgan inson qo‘l harakatlari, imo-ishoralar bilan o‘lib-kuyib, jon kuydirib bir nimalarni tushuntirayotgan bir vaqtda sizning oyoqlaringizni chalishtirib, qo‘llaringizni qarsillatib esnab o‘tirishingiz endi boshlangan suhbatning uzoqqa bormasligining garovi. Avvalo, suhbat qanchalik muhimligini aniqlab, avvaldan shunga o‘zingizni tayyorlang va gaplashish davomida vaziyat hamda qarshingizdagi insonning o‘zini tutishidan kelib chiqib javob qaytaring.

Ko‘ylak yenglarini shimaring

Bu sizning kirishimli ekaningiz, xavotirga o‘rin yo‘qligi, suhbatdoshingizga ishonch bildirayotganingiz va undan yomonlik kutmayotganingizdan dalolat beradi.

Suhbatdoshni his eting

Tursa ham, o‘tirsa ham noliyveradigan kishilarni istisno qilgan holda shuni aytish mumkinki, insonlar hammaga ham dardini dasturxon qilavermaydi. Siz bilan bo‘lishyaptimi, demak sizni o‘ziga yaqin oladi. Buni qadrlang va qarshingizdagi inson tuyg‘ulari bilan o‘ynashmang. Muammolarini ma’lum qilsa, uni diqqat bilan tinglang, maslahat bering va hamdardlik bildiring. Samimiy munosabat istasangiz, shunchaki bildirmang, rostan ham tushunish va his qilishga urining.

Qarshingizdagi inson bilan manfaat uchungina munosabatda bo‘lmang

Aksariyat munosabatlar manfaat ustiga qurilgani uchun ham hayotingizda uchraydigan insonlar ko‘p, bir umrlilik qadrdonlar kam bo‘lishi mumkin. Masalan, rahbar qo‘l ostidagi ishchisiga pulini olyapti bajaradi-da, degandek munosabatda bo‘lishi, o‘sha ishchining ham faqat yuklatilgan vazifani bajarish bilan cheklanishi, yangiliklar kiritish haqida o‘ylab ham ko‘rmasligi, bu esa korxona yoki tashkilotning faoliyatida progress bo‘lmasligiga olib kelishi mumkin. Qarshingizdagi insonga ​“Qoyil lekin, do‘ndirib tashlading faqat kichik bir kamchiling. ”​​, — deya xatolarini tushuntiring.

Kerak vaqtda ko‘mak olishdan tortinmang

Rostan ham ko‘makka muhtojlik sezayotgan bo‘lsangiz so‘rang, tortinmang. Siz ishonch bildirib yordam so‘ragan inson o‘zini alohida his qiladi, mas’uliyatni his qilib, ko‘makka oshiqadi. Faqat yordam berar ekan deb boshiga chiqib olmang, qo‘lingizdan keladigan ishni o‘zingiz mustaqil bajaring, darhaqiqat ehtiyoj sezganingizdan keyin murojaat qiling.

Yaxshi suhbatdosh bo‘lishning 20 qoidasi

Kishilar o‘zaro suhbat qurganida iliq taassurot uyg‘otishga harakat qilishadiyu ammo har doim ham buni uddasidan chiqaolishmaydi. Yaxshi suhbatdosh bo‘lishga erishish esa insonning o‘ziga bog‘liq. Buning uchun ushbu qoidalar sizga qo‘l kelishi mumkin

1. Suhbatdoshingizning ko‘ngliga yo‘l topishga urining, ishni maqtashdan, yaxshi jihatlarini samimiy e’tirof etishdan boshlang.
2. Suhbatning boshidanoq do‘stona ohangni yaratib uni saqlab qolishga intiling.
3. Suhbatdoshingizga yoqish uchun voqea-hodisalarga uning nuqtai nazari bilan qarang.
4. Suhbatdoshingizning dunyoqarashiga sidqidildan qiziqayotganingizni o‘zi ham sezishiga erishing.
5. Samimiy ohangda uning ismini tez-tez aytib turing, Kishi uchun eng shirin tovush o‘z ismidir.
6. Xushmuomala bo‘lish bilan birga tabassum qilishni unutmang.
7. Hamisha suhbatdoshingiz qiziqadigan mavzuda gapirishga harakat qiling.
8. Sabrli bo‘ling, uning o‘zi to‘g‘risida ko‘proq gapirishga qiziqtiring.
9. Suhbat davomida xazil-mutoyibadan ham foydalaning. Yengil xazil-mutoyiba kishilarni fikran yaqinlashtiradi.
10. Nozik his qilish qobiliyatiga ega kishi bilan suhbatda butun tafsiloti bilan gapirish uning uchun haqoratdek tuyuladi, buni nazardan qoldirmang.
11. Ko‘p gapirish bilan ko‘p fikr aytish umuman boshqa-boshqa narsalardir.
12. Ba’zi donishmandlarning fikricha yaxshi suhbatdosh bo‘lishning faqat bitta usuli bor, bu tinglay bilishdir.
13. Suhbat davomida sertakalluf bo‘ling, suhbatdoshingiz uni nozik didli deb o‘ylayotganingizga ishonsin.
14. Suhbat jarayonida o‘zingizni dadil va uning fikrlariga xayrixohdek tuting.
15. Xech qachon suhbatdoshingizni ochiq tanqid qilmang, kamchiliklarini aytishga to‘g‘ri kelsa avval o‘z kamchiliklaringizni aytib keyin unga o‘ting.
16. Fikringiz jozibali ko‘rinishi uchun siyqasi chiqmagan, kam ishlatiladigan so‘zlardan topib gapiring. Ayniqsa, bir so‘zni takrorlagandan ko‘ra uning ma’nodoshlaridan foydalaning.
17. Muomala madaniyati to‘g‘risidagi o‘quv qo‘llanmalar sizning mahoratingizni tubdan o‘zgartirishi mumkin. Maqsadingiz jiddiy bo‘lsa shunday kitoblarni mutolaa qilishdan erinmang.
18. O‘z qiziqish doirangiz va xobbilaringiz haqida muayyan tasavvurlaringizni shakllantirib oling. Suhbat jarayonida albatta bu haqida gapirishingizga to‘g‘ri keladi.
19. Zamon bilan hamnafas bo‘ling, atrofingizda va dunyoda sodir bo‘layotgan muhim yangiliklarni bilib boring. Bu ham suhbatning bir qismi hisoblanadi.
20. Suhbat yakunida mamnun ekanligingizni bildiring. Yaxshi kayfiyatda xayrlashish bu eng yaxshi nuqta bo‘ladi.
Ba’zan hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun iste’dodlilikdan ko‘ra kishilar bilan xushmuomalada bo‘lish ko‘proq muhimdir. Shunday ekan, sizning qaysi darajada bo‘lishingiz avvalo xohishlaringizga va albatta ta’kidlanganidek o‘zingizga bog‘liq.

 

Qiziqarli malumotlar
Suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldirishga yordam beradigan tavsiyalar