Xarid qilganingizdan so‘ng darhol pushaymon bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan 10 ta buyum
Alohida kunlar uchun kombinezon, botfort va boshqa kiyim-kechak hamda poyabzallar
Yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli kredit berishning yangi shartlari belgilanadi
Yosh oilalarga qurilayotgan uy-joylar uchun boshlang‘ich badalning 65 foizigacha bo‘lgan qismini O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi mablag‘idan to‘lash tartibi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida qayd etilgan.
Qayd etilishicha, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berishning quyidagi shartlari belgilanadi:
• shaharlarda ko‘p kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 2 (2020 yil 1 yanvardan boshlab — 1) yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan (2020 yil 1 yanvardan boshlab birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada) va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 (2020 yil 1 yanvardan boshlab quriladigan uy-joylar uchun 10) foizini tashkil etadi;
• qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 2 (2020 yil 1 yanvardan boshlab — 1) yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan (2020 yil 1 yanvardan boshlab birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada) va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal uy-joy smeta qiymatining 25 (2020 yil 1 yanvardan boshlab quriladigan uy-joylar uchun 10) foizini tashkil etadi.
• Yosh oilalarning kvartira sotib olish to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish ushbu Nizomga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi har yili davlat dasturlarida mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalar uchun belgilanadigan uy-joylar sonidan kelib chiqqan holda yosh oilani uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj sifatida hisobga qo‘yadi.
Belgilanishicha, yosh oilalar uchun qurilayotgan 1402 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha bo‘lgan qismi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobiga beg‘araz ajratiladi.
Xarid qilganingizdan so‘ng darhol pushaymon bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan 10 ta buyum
Zamonaviy dunyoda har kuni eng murakkab ehtiyojlarni qondirish uchun juda ko‘p miqdorda tovarlar paydo bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi haqiqatan ham hayotni yaxshilashi mumkin, ammo boshqalar ko‘pincha vaqt, pul va joy oladi.
Choynak kabi “aqlli” oshxona jihozlari
Yangi texnologiyalar rivojlanishi telefon yordamida toster uchun issiqlik darajasini tanlash va ovoz yordamida qahva qaynatgich uchun kapuchinodagi shakar darajasini o‘zgartirish imkonini beradi. Endi hatto eng oddiy choynakni ham mobil telefondan boshqarish, ovozli yordamchiga ulash va jadvalga muvofiq yoqish mumkin.
Biroq foydalanishning birinchi kunlaridan keyin bunday qurilmalar qiziqarli ko‘rinmay qoladi. Oddiy kundalik odatlarni o‘zgartirish qiyin va ko‘pincha mo‘jizaviy choynak egalari uning super kuchini unutib qo‘yishadi.
Alohida kunlar uchun kombinezon, botfort va boshqa kiyim-kechak hamda poyabzallar
Ko‘pincha moda do‘konining derazasi yonidan o‘tayotganda yoki sevimli saytimizda mavsumiy chegirmani ko‘rib, g‘ayrioddiy narsalarni sotib olgimiz keladi: charm kombinezonlar, botfortlar, ajoyib shakldagi ko‘zoynaklar va boshqalar. Shunga qaramay, bunday xariddan oldin o‘ylab ko‘rish kerak — ehtimol, bir yoki ikki marta kiygandan keyin bu narsalarni shkafga solib qo‘yarsiz. Ular kundalik kiyish uchun emasligi aniq.
Lab uchun skrab
Terini parvarish qilish vositalaridan lab skrabi, ehtimol, eng foydasizidir. Birinchidan, undan foydalanishni unutasiz. Ikkinchidan, tish cho‘tkasi bilan ham bunday natijaga erishish mumkin. Cho‘tka o‘lik terini muloyimlik bilan olib tashlashga va lablarni balzamga tayyorlashga yordam beradi.
Undan ko‘ra SPF filtrli yaxshi krem xarid qilgan ma’qul — terini ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilish har doim muhim.
Zamonaviy “hayp” krossovkalar
Mashhur sport brendlari ko‘pincha ular uchun navbatda turadigan hayp narsalarni chiqarishga intilishadi. Bunday yangilikni sotib olganingizdan so‘ng bir necha hafta davomida do‘stlaringiz davrasida e’tiboringizni jalb qilasiz. Ammo bir-ikki oydan keyin shov-shuv susayadi. Katta ehtimol bilan kundalik hayotda kamdan kam hollarda bunday krossovkalarni kiyasiz.
Haykalchalar, sun’iy guldastalar va boshqa bezaklar
Sayohatdan turli xil shirinliklar olib kelamiz. Yoki do‘stlarimiz va hamkasblarimizga bayram uchun sovg‘a sifatida olamiz. Turli xil haykalchalar, magnitlar va boshqa bezaklar xonani yanada jonli va estetik qilishi mumkindek tuyuladi. Biroq bu mahsulotlar kamdan kam hollarda nafislik beradi, qaytaga o‘zida chang to‘playdi va xona interyerini buzadi.
Patchlar
Patchlar reklamasida ularni muntazam ravishda ishlatish qizarish va shishni ketkazadi, terini tortadi va ajinlarni kamaytiradi, deb da’vo qiladi. Biroq internet foydalanuvchilari bu fikrga qo‘shilmaydi. Patchlar berishi mumkin bo‘lgan maksimal narsa oziqlanish va gidratsiyadir. Aslida ulardan hech qanday sehrli ta’sir sezilmagan. Har qanday yaxshi ko‘z geli osongina uning o‘rnini bosishi mumkin, qolgani yuz niqoblari va maxsus kosmetik muolajalar bilan ta’minlanishi mumkin.
“Aqlli” soat
Smartfon va planshetlarning yangi modellari bilan bir qatorda, eng yirik elektronika ishlab chiqaruvchilar har yili bozorga aqlli soatlarning yangidan yangi modellarini olib kirishadi. Zamonaviy modellar nafaqat qadamlarni hisoblabgina qolmay, balki yurak urishi tezligini, uyqu rejimini nazorat qiladi va hatto qon bosimini o‘lchaydi.
Foydali ko‘rinadigan funksiyalarning ko‘pligiga qaramay, bunday qurilma egalari sog‘liqlarini muntazam ravishda kuzatib borishlari dargumon.
Efir moyi
Dorixona yoki do‘konda turli xil yog‘lar — o‘rik, limon, lavanda moylari jozibali ko‘rinadi. Biroq bunday moydan foydalanish oson emas: u xushbo‘y hid tarqatmaydi va allergik reaksiyaga sabab bo‘lish xavfi tufayli teriga surtish uchun har doim ham mos kelavermaydi. Buning o‘rniga teri uchun juda ko‘p foydali ingrediyentlarni o‘z ichiga olgan xushbo‘y krem sotib olgan ma’qul.
Sotib olganingizdan so‘ng afsus qilishingiz mumkin bo‘lgan 10 buyum
Zamonaviy dunyoda har kuni eng murakkab ehtiyojlarni qondirish uchun juda ko‘p miqdorda tovarlar paydo bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi haqiqatan ham hayotni yaxshilashi mumkin, ammo boshqalar ko‘pincha vaqt, pul va joy oladi.
Alohida kunlar uchun kombinezon, botfort va boshqa kiyim-kechak hamda poyabzallar — Ko‘pincha moda do‘konining derazasi yonidan o‘tayotganda yoki sevimli saytimizda mavsumiy chegirmani ko‘rib, g‘ayrioddiy narsalarni sotib olgimiz keladi: charm kombinezonlar, botfortlar, ajoyib shakldagi ko‘zoynaklar va boshqalar. Shunga qaramay, bunday xariddan oldin o‘ylab ko‘rish kerak — ehtimol, bir yoki ikki marta kiygandan keyin bu narsalarni shkafga solib qo‘yarsiz. Ular kundalik kiyish uchun emasligi aniq.
Choynak kabi “aqlli” oshxona jihozlari — Yangi texnologiyalar rivojlanishi telefon yordamida toster uchun issiqlik darajasini tanlash va ovoz yordamida qahva qaynatgich uchun kapuchinodagi shakar darajasini o‘zgartirish imkonini beradi. Endi hatto eng oddiy choynakni ham mobil telefondan boshqarish, ovozli yordamchiga ulash va jadvalga muvofiq yoqish mumkin.
Biroq foydalanishning birinchi kunlaridan keyin bunday qurilmalar qiziqarli ko‘rinmay qoladi. Oddiy kundalik odatlarni o‘zgartirish qiyin va ko‘pincha mo‘jizaviy choynak egalari uning super kuchini unutib qo‘yishadi.
Zamonaviy “hayp” krossovkalar — Mashhur sport brendlari ko‘pincha ular uchun navbatda turadigan hayp narsalarni chiqarishga intilishadi. Bunday yangilikni sotib olganingizdan so‘ng bir necha hafta davomida do‘stlaringiz davrasida e’tiboringizni jalb qilasiz. Ammo bir-ikki oydan keyin shov-shuv susayadi. Katta ehtimol bilan kundalik hayotda kamdan kam hollarda bunday krossovkalarni kiyasiz.
Lab uchun skrab — Terini parvarish qilish vositalaridan lab skrabi, ehtimol, eng foydasizidir. Birinchidan, undan foydalanishni unutasiz. Ikkinchidan, tish cho‘tkasi bilan ham bunday natijaga erishish mumkin. Cho‘tka o‘lik terini muloyimlik bilan olib tashlashga va lablarni balzamga tayyorlashga yordam beradi.
Undan ko‘ra SPF filtrli yaxshi krem xarid qilgan ma’qul — terini ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilish har doim muhim.
Patchlar — Patchlar reklamasida ularni muntazam ravishda ishlatish qizarish va shishni ketkazadi, terini tortadi va ajinlarni kamaytiradi, deb da’vo qiladi. Biroq internet foydalanuvchilari bu fikrga qo‘shilmaydi. Patchlar berishi mumkin bo‘lgan maksimal narsa oziqlanish va gidratsiyadir. Aslida ulardan hech qanday sehrli ta’sir sezilmagan. Har qanday yaxshi ko‘z geli osongina uning o‘rnini bosishi mumkin, qolgani yuz niqoblari va maxsus kosmetik muolajalar bilan ta’minlanishi mumkin.
Haykalchalar, sun’iy guldastalar va boshqa bezaklar — Sayohatdan turli xil shirinliklar olib kelamiz. Yoki do‘stlarimiz va hamkasblarimizga bayram uchun sovg‘a sifatida olamiz. Turli xil haykalchalar, magnitlar va boshqa bezaklar xonani yanada jonli va estetik qilishi mumkindek tuyuladi. Biroq bu mahsulotlar kamdan kam hollarda nafislik beradi, qaytaga o‘zida chang to‘playdi va xona interyerini buzadi.
Efir moyi — Dorixona yoki do‘konda turli xil yog‘lar — o‘rik, limon, lavanda moylari jozibali ko‘rinadi. Biroq bunday moydan foydalanish oson emas: u xushbo‘y hid tarqatmaydi va allergik reaksiyaga sabab bo‘lish xavfi tufayli teriga surtish uchun har doim ham mos kelavermaydi. Buning o‘rniga teri uchun juda ko‘p foydali ingrediyentlarni o‘z ichiga olgan xushbo‘y krem sotib olgan ma’qul.
“Aqlli” soat — Smartfon va planshetlarning yangi modellari bilan bir qatorda, eng yirik elektronika ishlab chiqaruvchilar har yili bozorga aqlli soatlarning yangidan yangi modellarini olib kirishadi. Zamonaviy modellar nafaqat qadamlarni hisoblabgina qolmay, balki yurak urishi tezligini, uyqu rejimini nazorat qiladi va hatto qon bosimini o‘lchaydi.
Foydali ko‘rinadigan funksiyalarning ko‘pligiga qaramay, bunday qurilma egalari sog‘liqlarini muntazam ravishda kuzatib borishlari dargumon.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang
Qiziqarli malumotlar
Xarid qilganingizdan so‘ng darhol pushaymon bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan 10 ta buyum