O‘qishingiz kerak bo‘lgan ruhiyat haqidagi 35 kitob

O‘qishingiz kerak bo‘lgan ruhiyat haqidagi 35 kitob

17. Zigmund Freyd. Tushlar izohi

Hayotiy kitoblar

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabr kuni qabul qilingan PQ-3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Jumladan, joriy yilning 10 sentyabr kuni Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi va Qashqadaryo standartlashtirish metrologiya boshqarmasida “Qashqadaryo ko‘zgusi nashriyoti va kitob savdosi media markazi” UK bilan hamkorlikda navbatdagi kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Unda mamlakatimizning yetakchi nashriyotlari tomonidan chop etilgan bolalar adabiyotlari, ilmiy nashrlar, milliy va jahon adabiyotini o‘zida jamlagan 140 dan ziyod kitoblar savdoga qo‘yildi.
Yarmarkada barcha xodimlar va ularning oila a’zolari qatnashdilar. Yarmarkada taqdim etilgan ko‘plab adabiyotlar jumladan Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyev asarlari, taniqli adiblarimiz Abdulla Oripovning she’rlar tuplami, Tohir Malikning asarlar tuplami, Zulfiya, Primkul Kodirov asarlari va boshqa adabiyotlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Yarmarka davomida ishtirokchilar tomonidan ko‘plab adabiyotlar xarid qilindi.
Kitobga oshno kishidan hech vaqt yomonlik chiqmaydi. Farzandlarimizga kitob o‘qishni targ‘ib etishimiz emas, balki ularga o‘rnak bo‘lishimiz lozim.

Axborot xizmati

© 2011-2023 “O’zstandart” agentligi
Ushbu saytdan olingan ma’lumotlardan foydalanilganda,
O’zstandart agentligi rasmiy saytidan olinganligi ko’rsatib o’tilishi shart. 100174, Toshkent sh.,
Metro: Beruniy bekati
Avtobuslar: № 14,10,88,131
“Standart” bekati
Forobiy ko’chasi, 333 «A»
Email uzst@standart.uz
Devonxona: (998-71) 202-00-11 (1036)

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmasini bosing

O‘qishingiz kerak bo‘lgan ruhiyat haqidagi 35 kitob

Insonning o‘zgarishi, ruhan kamol topishi uchun ba’zan kichik bir kitob ham asosiy omil vazifasini o‘tab berishi mumkin. Hayotingizni o‘zgartirishga qodir bo‘lgan, qarashlaringizga yangilik baxsh etadigan ushbu kitoblar ro‘yxati esa sizga ham bu borada yordam beradi.

1.Alfred Adler. Inson tabiatini tushunish

2. Erik Bern. Odamlarning o‘ynaydigan o‘yinlari

3.Stanislav Grof. Miya chegarasidan tashqarida

4. Edvard de Bono. Lateral fikrlash. Ijodiy fikrlash qo‘llanmasi

5. Grey Djon. Erkaklar Marsdan, ayollar Veneradan

6. Fromm Erix. Gumanistik psixotahlil

7. Klarissa Pinkola Estes. Bo‘rilar bilan yugurayotgan odam

8. Devid D.Berns. Yaxshi hissiyot: Kayfiyatning yangi terapiyasi

9. Robert Chaldini. Ta’sir etish ruhiyati

10. Mixay Chiksentmixayi. Oqim izlab: Kundalik hayotga qiziqish psixologiyasi

11. Milton Erikson (muallif Sidney Rozen). Mening ovozim siz bilan qoladi

12. Erik Erikson. Bolalik va jamiyat

13. Gans Ayzenk. Shaxsiyat o‘lchovlari

14. Syuzan Foruard. Emotsional shantaj

15. Viktor Frankl. Ongga berilgan erkinlik

16. Anna Freyd. “Men” ruhiyati va himoya mexanizmlari

17. Zigmund Freyd. Tushlar izohi

18. Malkolm Gladuell. Ravshanlik: bir onli qarorlar kuchi

19. Deniel Goulman. Ishdagi emotsional intellekt

20. Tomas E. Xarris. Men – o’key, sen – o’key

21. Erik Xoffer. Haq dindor: shaxs, hokimiyat va ommaviy jamoa harakatlari

22. Karl Yung. Arxetip va timsol

23. Melani Klyayn. Hasad va shukronalik

24. R. D.Leng. Parchalangan Men

25. Karen Xorni. Bizning ichki kurashlarimiz

26. Abraxam Maslou. Inson ruhiyatining uzoq sarhadlari

27. Enn Moyrva Devid Djessel. Miya jinsi: Erkaklar va ayollar orasidagi real tafovut

28. Pavlov I. P. Erkinlik refleksi

29. Uilyam Jeyms. Ruhiyat

30. Frits Perlz. Geshtalt terapiya teoriyasi

31. Jan Piaje. Bolalarning so‘zi va fikrlashi

32. Karl Rodjers. Shaxsning shakllanishi: Psixotarepiyaga nigoh

33. Oliver Saks. Xotinini shlyapa deb qabul qilgan inson

34. Martin Seligman. Yangi pozitiv psixologiya: baxt va hayot ma’nosiga ilmiy nazar

35. Geyl Shixi. Yosh inqirozlari

Omadli rahbarlarning sevimli kitoblari

Mutolaa – yangi ma’lumot, qiziqarli g‘oyalar va hayotiy qimmatli maslahatlar olishning ajoyib usulidir. Shunday ekan, dunyoning yetakchi ishbilarmonlari kitobsevar kishilar ekanligiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Fortune 500 ro‘yxatidan joy olgan yirik korporatsiyalar yoki muvaffaqiyatli faoliyat yurituvchi startaplar rahbarlari kitob o‘qishga vaqt topganda qolganlarning bahonasi o‘tmaydi. Ba’zi magnatlar klassik asarlarni mutolaa qilishni yoqtirishadi, boshqalari esa – karera qurish mavzusidagi qo‘llanmalarni afzal ko‘rishadi, kimlar uchundir detektiv asarlardan yaxshisi yo‘q. InsiderPro Bill Geyts, Jyeff Bezos, Ilon Mask va boshqa rahbarlarning sevimli kitoblariga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Jyeff Bezos: «Kunning qolgan qismi»

Amazon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, badiiy kitoblar uni hujjatli adabiyotlardan ko‘ra ko‘proq narsalarga o‘rgatgan. Bezosning shaxsiy adabiyotlar ro‘yxatida urushdan keyingi Angliyada ro‘y bergan voqealarga asoslangan bosh xizmatkor va uning xotiralari haqidagi roman birinchi o‘rinni egallaydi.

Bill Geyts: «Javdarzordagi jarlik»

Microsoft hammuassisi o‘smirlik davridayoq Selinjyerning asariga mehr qo‘ygan: “Men «Javdarzordagi jarlik» kitobini 13 yoshimda mutolaa qilganman, o‘shandan beri u – mening eng sevimli kitoblarimdan biri. Unda hikmat juda ko‘p!”.

Stiv Jobs: «Hayot strategiyasi»

“Hayot strategiyasi” buyuk ishbilarmon Stiv Jobsning hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan, shunday ekan, siz ham bu kitobni o‘qisangiz, foydadan holi bo‘lmasligi aniq. Kitobda muvaffaqiyat va uni qabul qilishdagi farqlar haqida so‘z boradi. Asar insonni hayotda o‘z yo‘lini topishga undaydi.

Tim Kuk: «Vaqt bilan bellashuv»

Aytishlaricha, Apple bosh direktori o‘z hamkasblari va xodimlariga “Vaqt bilan bellashuv: Vaqt omiliga asoslangan raqobat global bozorlar landshaftini qanday o‘zgartirishi mumkin” kitobi nusxalarini tarqatar ekan. Umuman olganda, bu kitobni mutolaa qilish uchun Apple’ga ishga kirish shart emas: unda siz samaradorlikni qanday oshirish mumkinligi, kun tartibingizni tashkillashtirish va karera qurishga doir tavsiyalarni olishingiz mumkin.

Mark Tsukerberg: «Qashshoqlar portfoliosi: Nochorlar qanday qilib 2 dollar evaziga kun kechiradi?»

Facebook rahbari o‘zining yaqinda chop etilgan mutolaa uchun 23 kitob ro‘yxatida “Qashshoqlar portfoliosi”ni qayd etadi. Uning mualliflari Deril Kollinz, Jonatan Mordach, Styuart Rezerford va Orlanda Rutven 10 yil mobaynida aholining eng kambag‘al qatlamlarining moliyaviy hayotini o‘rganishgan.

Ilon Mask: «Benjamin Franklin. Tarjimai hol»

Ilon Mask — SpaceX va Tesla asoschisi. U boshqa bir omadli inson – bir vaqtning o‘zida o‘n vazifani bajarishning uddasidan chiqqan Benjamin Franklin haqidagi kitoblardan ilhomlanadi. Bu kitob buyuk arbobning hayotiy solnomasi desak yanglishmaymiz, unda Franklinning yozuvchi, ixtirochi, olim va diplomat sifatida shakllanishi to‘g‘risida hikoya qilinadi.

Richard Brenson: «Qafasdagi qush nima uchun sayrayotgani menga ayon»

Brenson o‘z kompaniyasi saytida o‘zining adabiy tavsiyalari jamlangan uzun ro‘yxatni chop etdi. Unda qiziq asarlar ko‘p: “Mahluqlarning yashash joyi”, “Hobbit” bilan bir qatorda Mayya Enjyelouning «Qafasdagi qush nima uchun sayrayotgani menga ayon» asari o‘rin olgan. Bu kitob Bill Geytsning kitoblar javonidan ham joy olgan.

Qiziqarli malumotlar
O‘qishingiz kerak bo‘lgan ruhiyat haqidagi 35 kitob