Sistit kasalligi

Sistit kasalligi

Sistit kasalligi

DO`STLARGA ULASHING:

Avvaldan tez-tez shamollashga moyilman. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida gripp, tumov, tomoq og‘riqlari ko‘p bezovta qiladi. O‘tgan yili sistit bo‘lgandim. Eshitishimcha, men kabi salga shamollaydiganlarda sistit qaytalanishi mumkin ekan. Shunga aniqlik kiritsangiz?

 

Sistit ba’zilar uchun oddiy xastalikdek tuyuladi. Hatto kuz-qish mavsumi uchun sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan kasalliklar qatoriga kiritilishi ham rost. Aslida esa mazkur xastalik jiddiy yondashuvni talab etadigan va mavsum tanlamas xastalikdir.
QANDAY YUZAGA KELADI?
Tibbiyotda sistit peshob yo‘li va peshob qopchasi yallig‘lanishi bilan kechadigan infeksion turdagi kasallik deyiladi. Xastalik turli bakteriyalar, virus, xlamidioz, zamburug‘lar va ichak tayoqchalari ta’sirida yuzaga keladi. Ba’zan kasallik sababchisi infeksiya emas, jinsiy a’zo va buyrak faoliyati o‘zgarishlari, yallig‘lanishlari bo‘lishi ham mumkin. Aniqlanishicha, sistit erkaklarga nisbatan ayollarda ko‘proq uchraydi. Xastalik gormonal buzilishlar, vitamin etishmasligi, sovqotish, oyoqdan zax o‘tishi, peshob yo‘llari yallig‘lanishi sababli ham avj olishi mumkin.
Belgilari
Har bir organizm individual tuzilganiligini hisobga olsak, kasallik belgisi turlicha boshlanishi mumkin. Engil turi qovuq og‘rishi, peshob ajralish vaqti jiddiy bo‘lmagan yoxud vaqti-vaqti bilan kuzatiladigan bezovtaliklar bilan xarakterlanadi. O‘tkir turida esa qovug‘da sanchiqli og‘riqlar, tez-tez hojatga borish, peshob bo‘shalishi paytida achishish kabilar kuzatiladi.
Nega qaytalanadi?
Birinchi marta sistit bilan to‘qnash kelayotgan bo‘lsangiz, og‘riqsizlantiruvchi preparat qabul qilingda, shifokor huzuriga yo‘l oling. Bir qancha tahlil tekshiruvlaridan so‘ng kasallik sababi aniqlanib, zarur muolaja turi tanlanadi. Chunki o‘zingizcha davo qilishingiz, noto‘g‘ri muolaja, salgina sovuqsirash yoki immunitet sustlashishi yuz bersa ham sistit xurujlari qaytalanishi mumkin.
MUOLAJA DAVOMIY BO‘LSIN
Kasallik turi va darajasiga ko‘ra shifokor tomonidan antibiotik, immunitetni mustahkamlovchi preparatlar hamda uy sharoitida bajarish mumkin bo‘lgan vannalar tavsiya etiladi.
Muolaja vaqti siydik ajralishini faollashtirish uchun ko‘proq suyuqlik ichish lozim. Masalan, na’matak, ko‘k choy, jo‘xori popugidan tayyorlangan damlamalar ayni muddao.
Taomnomadan achchiq, sho‘r, nordon eguliklarni cheklab turasiz. Oyoq va bel sohasini issiq tutib, uzoq vaqt bir joyda o‘tirmaslik, peshob xaltasi to‘lib qolmasligini nazorat qilishingiz lozim.

Sistit kasalligi