3-sinf Matematika
803 mm = 8 dm 3 mm
Математикадан очиқ дарс
a) ta’limiy maqsad: o’q uvchilarni uch xonali sonni ikki xonali songa qoldiqli bo’lishni va shu mavzu asosida misol va masalalar yechishni o’rgatish.
TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
FK1: arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalanilgan holda bo’lish amalini bajara olish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning bir-biriga o’zaro hurmat ruhida tarbiyalash.
TK4: atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob- axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash;
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarda mantiqiy va mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirish.
FK2: o’rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi:suhbat, guruhlarda ishlash,”Aql charxi” mashqi, savol- javob.
Dars jihozi: darslik,rasmlar, tarqatmalar, rag’bat kartochkalari,AKT.
I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish.
Ma’rifat gulshanin gulu lolasi,
Jannatmakon yurtning o’tli bolasi.
Shukronalar aytib boshlayman darsni,
Salom, bog’larimning totli mevasi.
Kimlar kelmadi qizim?
Sababli yo sababsiz,
Balki buni bilarsiz?
A yting oy kun sanani,
Jalb etaylik hammani.
Qaysi muhim sanani?
Jamdur barcha o’quvchi,
Bugungi darsga tayyor.
Muhim sanalar bisyor.
Mart oyida nishonladik
She’rlarni ko’p yod oldik.
Yana nishonladik biz
Navro’zi olam bayramin
Balli tashakkur sizga,
Egallang o’z joyingiz
Siz matematika darsining
Qani, o’g’il – qizlarim,
Yana avvalgi darsda
Qanday mavzu o’tgandik?
O’quvchilar birgalikda:
Vaqt, masofa, tezlikni,
Burchak, tomon, shaklni.
Bel bog’lab doim tikka.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Uyga berilgan vazifani tekshirish.
Ifodalarni taqqoslang:
47*10+47*3 va 47*10*3
720:10:6 va 720:60
III. Dars borishi: O’quvchilar guruhlarga bo’lib olinadi
I guruh “Aylana”
II guruh “Kvadrat”
III guruh “Uchburchak”
Guruhlarni baholashda sichqon yili kirib kelganligi sababli sichqon va pishloqlardan foylananib rag’batlantirib boriladi.
3-sinf Matematika
Ta’limiy: O’quvchilarni “Uzunlik o‘lchov birliklari orasidagi munosabatlar ” xossalari bilan tanishrirish, bilim ko`nikma hosil qilish.
Tarbiyaviy: Sport bilan shug`ullanishni targ`ib qilish, ish bajarishda tozalikka, ozodalikka, tartibga rioya qilishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni, yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish. O’quvchilarning faolligini oshirish, olingan bilimlarini hayot bilan bog’lash
Fanga oid kompetensiyalar: sodda real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullarining samarali ekanligini tushuna olish.
Metodi: savol javob, tushuntirish
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar.kitob
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. Salomlashish, davomotni aniqlash, `o`quvchilarni o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish, aylanma daftarlarni almashtirish.
II. Otgan mavzuni so’rash va mustahkamlash . O`tilgan darsda “Uzunlik o‘lchov birliklari” yuzasidan savol-javob o`tkazish, uy vazifasini bajarilishini tahlili o`tkazilib no`to`g`ri bajarilgan misollar yuzasidan ko`rsatma beraman.
III Yangi mavzu bayoni: Uzunlik o‘lchov birliklari orasidagi munosabat
1. Uzunlik o‘lchov birliklari orasidagi munosabatlarni tushuntiring:
1
Kattaliklar ustida amallar bajarish uchun kattaliklar bir xil o‘lchov birligida ifodalanishi kerak.
000 mm = 100 cm = 10 dm = 1 m
300 cm = 30 dm = 3 m
420 cm = 42 dm = 4 m 2 dm
504 cm = 5 m 4 cm
758 cm = 7 m 5 dm 8 cm = 7 m 58 cm
2. 340 mm =3 dm4 cm
567 mm = 5 dm 6 cm 7 mm
803 mm = 8 dm 3 mm
320 cm =3 m 2 dm = 3 m 20 cm706 cm = 7 m 6 cm459 cm =4 m +5 dm +9cm =4 m 59 cm
842 cm =8 m +4 dm+2 cm = 8m42 cm
Diagramma asosida oila a’zolarining bo‘ylari orasidagi farqni toping:
4. a) A va B nuqtalarni belgilang. Ular orqali to‘g‘ri
chiziq o‘tkazing.b) D va E nuqtalarni belgilang. Ular orqali 2 ta egri chiziq o‘tkazing.
5. Rasm asosida masala tuzing va yeching:
VI. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa: Darsda faol qatnashgan, doskada misol masala bajargan va birinch bo`lib bajargan o`quvchilarni baholayman.Uyga vazifani e`lon qilaman.
Uyga vazifa 6-7 misol. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.
6. a) Toshkentdan Xivagacha bo‘lgan masofani qaysi o‘lchov birligida ifodalash qulay?
b) Futbol maydoni o‘lchamini-chi? d) Yozayotgan ruchkamizning uzunligini-chi?
7. 164 + 2 ∙ 349=862 (132 + 176) ∙ 2= 616 3 ∙ (104 + 229)=999
884 – 3 ∙ 235=814 (976 – 762) ∙ 4= 856 5 ∙ (442 – 258)=920
8. Rasm asosida masala tuzing va yeching.
JAVOB: 360+X+720=1500 X=1500-1080 X=420
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
3-sinf darsliklarining elektron variantlari
Maktab o’quvchilari va o’qituvchilar uchun 3-sinf darsliklar elektron shakllari. 3-sinf Elektron darsliklarni yuklab olish.
Yo’riqnoma.
Kerakli tildagi darslikni yuklab olish uchun o’sha darslik nomi yozilgan so’zga bosing va oson yuklab oling.
Yuklab olish.
На узбекском | На русском |
Ona tili | Ona tili |
O‘qish kitobi | O‘qish kitobi |
O’qish (metodika) | O‘zbek tili |
Matematika | Matematika |
Tabiatshunoslik | Tabiatshunoslik |
Odobnoma | Odobnoma |
Tasviriy san’at | Tasviriy san’at |
Musiqa | Musiqa |
Rus tili | |
Jismoniy tarbiya | Jismoniy tarbiya |
Ingliz tili | Ingliz tili |
Ingliz tili (daftar) | Ingliz tili (daftar) |
Fransuz tili | Fransuz tili |
Fransuz tili (daftar) | Fransuz tili (daftar) |
Nemis tili | Nemis tili |
Nemis tili (daftar) | Nemis tili (daftar) |
Texnologiya | Texnologiya |
Qiziqarli malumotlar
3-sinf Matematika