Amaliy geografiya kitob

Amaliy geografiya kitob

Geografiya darslarida intеrfaol mеtodlar va ularning tavsifi
97
16.

5-sinf “Geografiya” darsligi takomillashtirilib qayta nashr etildi

Takomillashtirilgan oʻquv dasturi asosida 5-sinf “Geografiya (Tabiiy geografiya boshlangʻich kursi)” qayta nashr etildi.

Unda asosiy eʼtibor STEAM taʼlim dasturi asosida darslikni xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratildi.

5-sinf “Geografiya (Tabiiy geografiya boshlangʻich kursi)” darsligidagi oʻzgarishlarni kitobni qoʻlga olgan zahoti sezish mumkin. Darslikning muqovasidan tortib mavzulardagi koʻplab illyustratsiyalargacha zamonaviy rasmlar bilan almashtirilgan.

Avvalgi darslikka nisbatan nazariy mavzular soni 8 ta kamaydi va amaliy mavzular soni 8 taga ortdi.

Geografik kashfiyotlar va hozirgi zamon geografiyasi, joy balandligi, tabiat zonalari geografik koordinatalar kabi yangi mavzular kiritildi.

Asosiy eʼtibor oʻquvchilarni olgan bilim, koʻnikma va malakalarini amalda qoʻllay olishlariga qaratildi. Jumladan, darslik ufq tomonlarini joyda turib, yulduzlar va quyoshga qarab aniqlash, azimutni kompas yordamida aniqlash, berilgan koordinatalarga qarab xaritadan geografik obyektlarni topish, havo harorati va bosimi, havoning sutkalik, oylik va yillik amplitudasini, shamolning yoʻnalishi va kuchini aniqlash, havo namligi va namlanish darajasini hisoblay olish kabi amaliy koʻnikmalarni shakllantiradi.

Har bir mavzu yakunida beriladigan savol va topshiriqlar qismida PISA, TIMSS xalqaro baholash tadqiqotlarga asoslangan amaliy topshiriqlar kiritildi.

Shuningdek, darslikka favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish hamda atrofdagilarga oʻz vaqtida yordam berishdan iborat “Hayot xavfsizligi asoslari” kursi singdirildi.

Ushbu darslik milliylik va zamonaviylikni bir vaqtning oʻzida mujassamlashtirganligini unga tanlangan dizayn va illyustratsiyalar, qahramonlar misolida koʻrish mumkin. Darslikda qiziqarli maʼlumotlar “Laylakvoy”, savol va topshiriqlar “Sayyoh”, tayanch soʻz va tushunchalar esa oʻquvchi qiz nomidan beriladi. Bu esa, albatta, oʻquvchilarning qiziqishini yana-da oshiradi.

Shu bilan birgalikda darslikdagi 17 ta mavzuga QR-kod belgilari oʻrnatilgan boʻlib, ularni skanerlash orqali mavzuga oid maʼlumotlar, multimedia materiallarini yuklab olib, foydalanish mumkin.

Darslikdagi oʻlcham birliklari nomi va belgilanishi xalqaro oʻlchamlar tizimi (SI) ga muvofiqlashtirildi. Masalan, avvalgi nashrdagi “sm” oʻrniga “cm”, “50%” emas “50 %” , “gr” oʻrniga “g” belgisi, “mm sim. ust” esa “mm Hg” bilan almashtirildi.

Amaliy geografiya

3
Mazkur o’quv qo’llanmada geografiya fanining o’ziga hos jihatlari,
o‘rganish va unda geografiyaning amaliy masalalariga katta ahamiyat berilgan.
Gеografiya fanini amaliyot bilan bog’liqligi, tеvarak-atrofda sodir bo’layotgan turli
jarayon va hodisalarning gеografik nuqtai nazardan baholash masalalari yoritilgan.
O’quv qo’llanma akademik litsey va kasb hunar kollejlari o’quvchilari uchun
mo’ljallangan.

Данное
учебное пособие посвящено изучению и применению
географических знаний на практике, особенностей взаимосвязей и
взаимодействий природы и общества, географической оценки происходящих
процессов и явлений в окружающей среде.
Учебное пособие предназначено для учящихся академических лицеев и
профессиональных коллежей.

This textbook is devoted to learn and adopt of geographical knowledge at
practical, features interconnections and interactions of nature and socialiti, the
geographical marning of processes and phenomenon in environmental condition.
This textbook intends for students of academic lyceum and professional
colledges.

Taqrizchilar: A.A.Fozilov – G’allaorol sanoat kasb-hunar kolleji amaliy
geografiya fani o’qituvchisi

F.Saidmurodova – O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Toshkent yuridik kolleji amaliy geografiya fani o’qituvchisi

O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil
26 dekabrdagi 507 sonli buyrug’iga asosan nashrga ruxsat etildi.

Fanning maqsad va vazifalari
7
2.

Amaliy geografik tadqiqotlar
11
3.

Tabiiy geografik jarayonlar
16
4.

Jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri
24
5.

Tabiat komplekslari va ularning o’zgarishi
31
6.

Geografik bashorat
38
7.

Geografik-ekologik ekspertiza asoslari
49
9.

Insoniyatning global muammolari
54
10.

Ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy asoslari
60
11.

Tabiiy va inson resurslari, ularni iqtisodiy-geografik baholash
68
12.

Geosiyosatning nazariy asoslari
72
13.

O’zbekistonning geosiyosiy o’rni va kelajagi. O’zbekistonning xalqaro
tashkilotlar bilan o’rni.
81
14.

Hozirgi zamon geosiyosiy muammolari. Davlatlarning o’zaro
geosiyosiy munosabatlari
89
15.

Geografiya darslarida intеrfaol mеtodlar va ularning tavsifi
97
16.

Amaliy geografiya fanida qo’llaniladigan testlar to’plami
108

Bugungi kunda akademik litsey va kasb hunar kollejlarida geografiya fanining
o‘rganish doirasi ancha o‘zgartirilgan va unda geografiyaning amaliy masalalariga
katta ahamiyat beriladi. Geografik masalalar va muammolarning o‘rganilishi va
yechimiga qaratilgan “Amaliy geografiya” fanida zamonaviy fan-texnika yutuqlari,
ekologik muammolarning geografik jihatlari, ularni o‘quvchilarga yetkazib berishda
zamonaviy pedagogik texnologiyalar keng joriy etilishi davr talabidir. Kadrlar
tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda sifat va samaradorlik ko‘rsatgichlariga
erishish uchun ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni takomillashtirish, yangi shakl
va usullarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish orqali
amalga oshirish hozirgi kunning muhim masalalaridan biridir.
Dasturni amalga oshirishning asosiy talabi bo‘lgan DTS, darsliklar, o‘quv fan
dasturlari qanchalik takomillashtirilmasin, o‘rta ta’lim muassasalari moddiy bazasi
qanchalik mustahkamlanmasin, unda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning
kasbiy bilimi, ko‘nikma va malakasi, pedagogik mahorati, intelektual salohiyati va
o‘quvchilarning faolligiga bog‘liq ravishda ta’lim berishning yangi pedagogik
texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish talab etiladi.
Uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan akademik litsey,
kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan “Amaliy geografiya” fanini o‘quvchilar
tomonidan atroflicha va mukammal o‘rganishlari maqsadga muvofiq. Chunki,
umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi tabiiy geografiya va iqtisodiy-ijtimoiy
geografiya kurslari o‘quvchilar tomonidan to‘liq o‘rganiladi, bu jihatdan ular
geografiya fani bo‘yicha barcha nazariy bilimlarni oladilar. Akademik litsey va kasb
– hunar kollejlarida o‘qitiladigan amaliy geografiya o‘quv fani esa o‘quvchilarning
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘zlashtirgan geografiya fanidan bilim, ko‘nikma
va malakalarni amalda qo‘llashga, olingan bilim va ko‘nikmalarini umumlashtirish,
xulosa chiqarish va tizimlashtirishni amalga oshirishga yordam beradi.

O‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida olgan nazariy bilimlari asosida
amaliyotga chiqishlari, ya’ni geografiya kursining amaliyot bilan bog‘liqligi, tabiiy
muhitda sodir bo‘layotgan turli jarayon va hodisalar amaliy geografik nuqtai
nazardan yondashgan holda ularni foydali va tabiatga zararsiz tomonga yo‘naltirish
yoki ularning oldini olish hamda bashoratlash haqida o‘zaro fikr almashish, tabiiy
muhit ifloslanishining eng elementar texnologiyasini ko‘z oldiga keltira olish, undan
foydalanishning meyoriy, andozali ko‘rsatkichlarini bilish, “Geosiyosat” va uning
nazariy asoslarini, O‘zbekistonning geosiyosiy o‘rni va kelajagini, hozirgi zamon
geosiyosiy muammolarini, tabiiy va inson resurslari, ulardan foydalanish va ularni
baholash hamda bashoratlash, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining
texnik-iqtisodiy asoslarini, ularni iqtisodiy geografik nuqtai nazardan baholash
usullari va yondashuvlaridan xabardor bo‘lishlari zamon talabidir.
O‘quvchilarni kasbiy yo‘naltirish nafaqat ta’lim mazmuniga, balki kelgusida
egallaydigan kasbi haqida ma’lumot berish, mazkur kasb talab etadigan bilim,
ko‘nikma va malakalar, shuningdek, shaxsiy sifat va fazilatlarni shakllantirish
nazarda tutiladi.

6
Geografiya ta’limi mazmunining majburiy minimumi o‘rta maxsus ta’limida
o‘quvchilar tanlagan va ixtisoslik yo‘nalishlarini nazarda tutgan holda amaliy
geografiyadan berilishi zarur bo‘lgan ta’lim mazmunining minimumini yaratish
kerak. Ya’ni ta’lim mazmunining majburiy minimumida o‘quvchilar amaliy
geografiyaning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy
ob’ektlar, hodisalar va tabiiy geografik jarayonlar hamda geosiyosiy qarashlarni
ixtisoslik yo‘nalishiga qarab yaratilishi mavjud ta’lim sohalari bo‘yicha ishlab
chiqilgan tavsiyalarda o‘z o‘rnini topgan.
Mazkur o’quv qo’llanmada asosiy e’tibor O‘MKHTM da “Amaliy geografiya”
fanini o‘qitish jarayonini takomillashtirish, DTS va yangi pedagogik texnologiyalarni
qo‘llagan holda mashg‘ulotlarni olib borishda o‘quvchilarga bilim, ko‘nikma va
malakalarini shakllantirish, kasbiy sohalarga

yo‘naltirish orqali shaxs sifatida
barkamolligini ta’minlash masalalariga qaratilgan. Bu o’rinda har bir mavzuga
Mashg’ulotning o’qitish texnologiyasi va texnologik xaritasi kiritilishi zamonaviy
ta’lim talablari asosida bajarilgan.
Ta’lim jarayonida “Keys-stadi”, “Blits-so‘rov”, “Muammoli”, “BBB”,
“Kartografik”,
“Aqliy
hujum”,
“Ven
diagrammasi”,
“Klaster”
kabi
texnologiyalaridan foydalanish va ta’lim texnologiyasini takomillashtirish masalalari
keng o‘rin olgan.
O’quv qo’llanmaning 1,2,3,4,5,6 mavzulari N.R.Alimqulov, 7,8,9,10,11
mavzulari I.X.Abdullayev va 12,13,14,15 mavzular esa Sh.A.Holmurodovlar
tomonidan yozildi.
Ushbu o’quv qo’llanmani tayorlashda bevosita ishtirok etgan va qimmatli
maslahatlarini bergan Nizomiy nomidagi TDPU pedagog hamda texnik xodimlariga
muallflar chuqur minnatdorchiligini bildiradilar.

7
Mavzu 1. Amaliy geografiya fanining maqsad va vazifalari
Mashg’ulotning o’qitish texnologiyasi

Vaqti – 80 daqiqa
O’quvchilar soni: 25-30 nafar
O’quv mashg’ulotining shakli
Kirish-axborot ma’ruza – ko’rgazmali

1. Fanning maqsadi va vazifalari.
2. Amaliy geografiyaning fan sifatida
shakllanishi.
3. Amaliy geografiya fanining
o‘rganish ob’ekti, maqsadi va
vazifalari.
4. Boshqa fanlar bilan o’zaro
bog’liqligi.
O’quv mashg’ulotining maqsadi: “Amaliy geografiya” fanining
metodologik asoslari, ilmiy yo`nalishlari va tadqiqot metodlarini hamda
fanning o’rgansh ob’ekti va predmetini asoslash bilan birgalikda jamiyat-
tabiat tuzilishidagi o`zaro ta`sir va aloqadorliklar, tabiiy muhitni
almashtirishning mohiyati va istiqbollari haqida tushunchalar beriladi.

Pedagogik vazifalar:
-o’quv
kursining maqsadi va
vazifalari, o’tiladigan mavzularga
tuzilmaviy mantiqiy chizma asosida
tushuncha berish;
– Amaliy geografiya fanining
o‘rganish manbalarini tahlil etish.
– fanining tarmoqlarini va boshqa
fanlar bilan aloqasini o‘rgatish.
– Amaliy geografiya fanining
rivojlanish tarixini bilish, fanga
qo‘shgan xizmatlari katta bo’lgan
olimlarni tanitish.
-tabiiy
geografik
hodisa
va
jarayonlar haqida bilimlar berish;
O’quv faoliyatining natijalari:
-o’quv
kursining
maqsadi
va
vazifalarini, o’tiladigan mavzularni
tuzilmaviy mantiqiy chizma asosida
sharhlab beradi.
– Amaliy geografiya fanining
predmetini izohlaydi;
– fanning o’rganish ob’ektiga tavsif
beradi va ularning asoschilarini aytib
beradi;

tabiiy
geografik
qonun
va
kategoriyalarga misollar keltiradi;
– Amaliy geografiya fanining boshqa
fanlar bilan o’zaro aloqasini tavsiflaydi.
O’qitish uslubi va texnikasi

Ko’rgazmali ma’ruza, juftlikda ishlash
O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma
materiallar, geografik kartalar.
O’qitish shakli
Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.
O’qitish shart-sharoiti
Proektor, komp’yuter bilan jihozlangan
auditoriya
Monitoring va baholash
Og’zaki nazorat: savol-javob shakli

8
Mashg’ulotning texnologik xaritasi
Bosqichlar
vaqti
Faoliyat mazmuni
O’qituvchi
O’quvchi
1-bosqich.
Kirish
(10 daq.)
1.1. O’quv mashg’ulotining mavzu va
rejasini ma’lum qiladi. Erishadigan
natijalar bilan tanishtiradi. Mazkur
mashg’ulot an’anaviy tarzda o’tishini
e’lon qiladi.
1.1. Eshitadi, yozib
oladi.
1.2. Tinglashadi
1.3.
Juftlikka
bo’linishadi,
oylashadi,
muhokama
qilishadi
va
savollarga
javob
berishadi.
2-bosqich.
Asosiy
(60 daq.)
2.1. O’quvchilar e’tiborini rejadagi
savollar va ulardagi tushunchalarga
qaratadilar. Blits-so’rov o’tkazadi (1-
ilova).
2.2. Bilimlarni yanada aniqlashtirish
maqsadida
ma’ruzaning
asosiy
mazmunini daftarga yozishni taklif
etadi (2-3-4-5-ilova)
2.3. Muammoli savollarni o’rtaga
tashlaydi
va
ularni
birgalikda
o’qishga chorlaydi:
– Amaliy geografiya fanining
o‘rganish manbalarini tahlil etish.
– fanining tarmoqlarini va boshqa
fanlar bilan aloqasini o‘rgatish.
– Amaliy geografiya fanining
rivojlanish tarixini bilish, fanga
qo‘shgan xizmatlari katta bo’lgan
olimlarni tanitish.

2.1.
Eshitadi.
Navbat bilan bir-
birini takrorlamay
javoblarni aytadi.
Javob beradi va
to’g’ri
javobni
eshitadi.
2.2.
Sxema
va
jadvallar
mazmunini
muhokama qiladi.
Savollar
berib,
asosiy
joylarini
yozib oladi.
2.3. Eslab qoladi,
yozadi,
har
bir
savolga
javob
berishga
harakat
qiladi.
Ta’rifni
yozib
oladi,
misollar keltiradi.
3-bosqich
Yakuniy
(10 daq.)
3.1. Mavzuga xulosa qiladi.
3.2. Rejadagi natijaga erishishda faol
ishtirokchilarni rag’batlantiradi.
3.3. Mustaqil ish uchun vazifa beradi:
“Amaliy
geografiya
fanining
rivojlanish
tarixi”
mavzusida
konspekt yozishni topshiradi.
Eshitadilar,
o’zlarini
to’g’rilaydilar.
Yozib oladilar.

9
1-ilova
Blits-so’rov savollari
1. Amaliy geografiya fanining predmeti nima?
2. Fanning o’rganish ob’ektiga tavsif bering?
3.Tabiiy geografik qonun va qonuniyatlarga misollar keltiring?
4. “Amaliy geografiya” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi
to’g’risida nimalarni bilasiz?

2-ilova

aholisi va uning xo‘jalik faoliyatini o‘rganadi.
Amaliy geografiya fani tabiiy va ijtimoiy muhitning
o‘zgarishini baholash va bashorat qilish bilan shug‘ullanadi.
Insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab jamiyat
taraqqiy etgan sari inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar murakkablashib bormoqda. Buning natijasida
mahalliy

mintaqaviy hamda umumsayyoraviy ekologik
muammolar va inqirozlar paydo bo‘lmoqda.
Ana shunday ekologik muammolar va inqirozlarni
o‘rganish

baholash va ularning sodir bo‘lishini oldindan
bashorat qilishda geografiya fanining o‘rni va ahamiyati
nihoyatda muhimdir.
Mazkur muammolarni o‘rganish va ularning yechimini
topish davomida geografiya fanlari tizimida yangi yo‘nalish

ya’ni amaliy geografiya fani paydo bo‘ldi va u hozirgi paytda
tez suratlar bilan rivojlanmoqda. Amaliy geografiyaning
maqsadi tabiiy muhit va resurslarni baholash

tabiiy va
ijtimoiy muhitning o‘zgarishini bashorat qilishdan iboratdir.

Qiziqarli malumotlar
Amaliy geografiya kitob