Методик тавсия (бошлангич синф укитувчиларига)

Методик тавсия (бошлангич синф укитувчиларига)

TEXNOLOGIYALARIDAN

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DARSLARNI TASHKIL ETISH

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan qanday ish olib borish va dars jarayonida nimalarga e’tibor berish to‘g‘risida.

27 октября 2020 YAKUBOVA SULTANPASHSHA NAZIROVNA
788 39 0 0

Содержимое публикации

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DARSLARNI TASHKIL ETISH

Yakubova Sultanpashsha Nazirovna

Xiva tumani 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining

II toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Xiva, Xorazm, O‘zbekiston

Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan qanday ish olib borish va dars jarayonida nimalarga e’tibor berish to‘g‘risida.

Kalit so‘zlar: o‘qituvchi, ta’lim, o‘quvchi, boshlang‘ich ta’lim, maktab.

Boshlang‘ich sinflarda darslarni tashkil etishda umumiy o‘rta ta’lim maktab-larida bir necha usullardan foydalaniladi. Ammo, ularning tuzilishi asosan darsdan ko‘zlangan maqsadga bog‘liq. Pedagogik nuqtai nazaridan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan hamkorlikda ishlash mazmunining takroriy umumlashtiruvchi dars tuzilishida, birinchidan, darsning tashkiliy qismi, ikkichidan, darsning maqsad va vazifalarini belgilab olish, uchinchidan, o‘quv materiallarini umumlashtirish va tizimlashtirish, to‘rtinchidan esa dars yakuni va uyga vazifalarga ahamiyat berish zarur.

Boshlang‘ich sinf darslarini tashkil etishning murakkab jihati shundaki, unda o‘quv materiallar aniq belgilab olinishi, asosiy g‘oya, tushuncha, qoida, unga mos mashq topshiriqlarini ajratib olish lozim. Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, darsda nutqning ega, kesim, ikkinchi darajali bo‘laklari qaytariladi. Vaqtning chegaralanganligi sababli, ularning har biriga alohida to‘xtalib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham tanlangan mashq va topshiriqlarda nutqning tarkibiy qismlari o‘zaro aloqador shaklda bo‘lishi kerak.

Qaytarish jarayonida darsning tarbiyaviy jihatiga e’tibor kuchaytiriladi. Bunda o‘quv materiallari ko‘proq qiziqarli hodisa, voqea va dalillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda pedagogik hamkorlikning mazmunini tizimlashtirish va umumlashtirish darsining o‘ziga xos hususiyatlaridan biri shundaki, o‘qituvchining o‘zi tushunib, o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqaradi. Asosan har bir o‘quv predmetining materiallari boblarga, qismlarga, bo‘laklarga va alohida mavzularga bo‘lib o‘rganiladi. Umumlashtiruvchi darslarni esa tarkibiy qismlarga bo‘lib, o‘rganilgan materiallarni umumlashtirishga, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va yaxlitlikni anglab yetishga yordam beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki o‘quvchilarda idrok, tasavvur, mantiqiy, dunyoqarashi kengayadi, murakkab topshiriqlarni bajara olish ko‘nikmalari rivojlanadi.

Boshlang‘ich sinf darslarini to‘g‘ri tashkil etishda pedagogik maqsad va vazifalarni chuqur tushungan holda didaktik qoidalarga va darsning asosiy vazifalariga rioya qilib, har bir dars jarayonida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshirishga qaratish asosiy o‘rinni egallaydi.

Yo‘ldoshev Z. Usmonov A. “Pedagogik texnologiya asoslari”, T.,2004;

Mavlonova R. “Pedagogika”, T.,2001.

Методик тавсия (бошлангич синф укитувчиларига)

Бу илмий методик тавсия укитувчиларга дарсларини кизикарли ташкил килишларида амалий ердам беради.

Nishonova Gulbahor Hamidjanovna , 27.04.2020

Содержимое разработки

Namangan viloyati

Uychi tumani

3 – umumta’lim maktabining

boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Nishonova Gulbahorning

Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun

ilmiy metodik tavsiyasi

Ushbu metodik tavsiya Uychi tuman xalq ta’limi bo’limi ga qarashli 3 – sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Gulbahor Hamidjanovna Nishonova tomonidan tayyorlangan.

Muallif: Gulbahor Hamidjanovna Nishonova Uychi tuman XTB ga qarashli boshlang’ich sinf o’qituvchisi.

Taqrizchi: Ahmedova Dilnoza Uychi tuman XTB boshlang`ich ta`lim metodisti.

Taqrizchi: Uychi tuman XTBga qarashli 3 – sonli umumta`lim maktabining birinchi toifali boshlang`ich sinf o`qituvchisi Rahmatullayeva. Nigora.

Mazkur metodik tavsiya Uychi tumani X.T.B. uslubiy kengashining 2019 yil ________оyidagi ____-sоnli qarоri bilan tasdiqlanib, fоydalanish uchun tavsiya etilgan.

“ O’ylab top” ta’limi o’yini………………………

O’ylab top ta’limiy o’yinini maqsadi va qo’llanilishi……

“ To’g’ri- noto’g’ri” o’yini .

“ So’zlar tahlili” ta’limiy o’yini .

Agar maqsadsiz bo’lsang hech narsa qilolmaysan,

maqsading kata bo’lmasa buyuk ish qilolmaysan.

Deni Didro.

Har bir xalqning, millatning ertangi kuni o’sib kelayotgan insonlar yosh avlodning bugun qanday ta’lim – tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo’lib yetishishlariga bog’liq.Bunday ma’suliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon o’qituvchisi,ayniqsa,boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan o’z kasbiy mahoratlarini oshirib borish, ilg’or pedogogik texnologiyalar mohiyatini anglash va ulardan o’z darslarida unumli foydalanishni taqozo etadi. Zamonaviy o’qituvchi ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik tehnologiyalarni puxta egallagan, ularni tahlil qilish va amaliyotga joriy eta olishi lozim.

Boshlang’ich sinfda ona tili ta’limi o’quvchilarda tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish,erkin fikrlay olish, o’zgalar fikrini anglash, o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo’la olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

JARANGLI UNDOSH HARFLAR

JARANGSIZ UNDOSH HARFLAR

UY HAYVONLARI

YOVVOYI HAYVONLAR

JAMI: _______ BAL

Boshlang’ich ta’limda ta’limiy o’yinlar vositasida darslarni tashkil qilish o’quvchilarni aqliy faoliyatiga tezroq kirishishlari adabtatsiya hosil qilishlariga ham ko’mak beradi.O’tilgan darsni mustahkamlashda yoki yangi darsni boshlanishida ta’limiy o’yinlardan foydalanib o’quvchilarni qiziqishlarini darsga yanada oshirish mumkin. Ta’limiy o’yinlarning ahamiyati boshlang’ich ta’limda qo’llash yaxshi samara beradi. Ta’limiy o’yin boshlang’ich sinf o’quvchilarida ma’lum sifatlarni shakllantirish uchun o’qituvchilar tomonidan qo’llaniladigan usuldir. O’yin vositasi bilan o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish jarayoni mustahkamlanadi, shuningdek bolalarda muomala madaniyati shakllanadi. Quyidagi ta’limiy o’yin boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim jarayoniga qiziqishini yanada oshiradi. Mazkur didaktik o’yinni 3 – 4 sinf ona tili darslarida foydalanishyaxshi samara beradi.

“ O’ylab top” ta’limiy o’yini o’quvchilarni nutqi, fikrlash doirasi, muomala madaniyatini shakllanishida yaxshi samara beradi. Bu o’yindan o’qish, ona tili, odobnoma darslarida ham keng foydalanish mumkin. O’yin qoidasi. So’zda tushirib qoldirilgan a va o harflarini quyidagi berilgan grafaga + belgisi bilan belgilanadi.

Berilgan so’zlarni unli va undosh grafasiga quyidagicha joylashtiriladi.

So’zdagi jarangli va jarangsiz undosh harflarni aniqlab grafaga quyidagicha belgilanadi.

Jarangli undosh harflar

Jarangsiz undosh harflar

Berilgan so’zlarni turiga qarab uy va yovvoyi hayvonlar grafasiga maxsus + belgisi bilan quyidagicha belgilanadi.

Har bir grafa kerakli belgilar bilan belgilanib bo’lingach o’quvchi o’qituvchi nazoratidan so’ng o’z – o’zini 10 ballik sistemada baholaydi. O’quvchi quyidagi grafaga necha savolga to’g’ri javob bergan bo’lsa shu balni grafaga yozib qo’yadi.Bu o’yindan guruhlardan foydalaniladi.

Jami: 10 bal

Maqsad; “O’ylab top” ta’limiy o’yini pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u talim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (so’z) lar erkin, ochiq o’ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.

Qo’llanishi; mazkur metod turi xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar ,fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “O’ylab top” ta’limiy o’yini aniq obyektga yo’naltirilgan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miyya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mazmunning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlaydi.

TA’LIM JARAYONIDA

ILG’OR PEDAGOGIK VA

AXBOROT – KOMUNIKATSIYA

TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv – uslubi jarayonini didaktik jixatdan ta’minlash umumiy o’rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ko’rsatilgan.

Jami; _______bal

81:9=9 72:8=9 54:6=9 42:6=7 28:4=7

So’z yasovchi qo’shimchalar

So’zlarni o’zaro bog’lovchi qo’shimchalar

Gulchi, Bo’zchi, temirchi.

Gulchi, Bo’zchi, temirchi so’zlarini tahlil qilish uchun quyidagi jadval o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga taqdim qilinadi. O’quvchilar har bir grafaga kerakli so’zlarni, belgilarni sonlarni, shartiga ko’ra jadvalga joylashtiradilar.

“ So’zlar tahlili ta’limiy o’yini” o’quvchilarni nutqi, fikrlash doirasi, muomala madaniyatini shakllanishida yaxshi samara beradi. Bu o’yindan o’qish, ona tili, odobnoma mehnat, tabiat, darslarida ham keng foydalanish mumkin. O’yin qoidasi: Gulchidan so’zini asosini topib kerakli jadvalga quyidagicha yoziladi

So’zdagi so’zlarni o’zaro bog’lovchi qo’shimchalar kerakli jadvalga quyidagicha yoziladi.

So’z bog’lovchi qo’shimchalar

So’zdagi bo’g’inlar soni aniqlanib grafaga quyidagicha joylashtiriladi.

Harflar, tovushlar va harf birikma ham shu zyilda jadvallarga belgilanadi.

Darsni mustahkamlash jarayonida “O’ylab top”, “To’g’ri – noto’g’ri”, “So’zlar tahlili” shu kabi didaktik o’yinlaridan foydalanish yaxshi samara beradi.

Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, yosh avlodning ta’lim – tarbiyasini to’g’ri tashkil etish bugun har doimgidan ham ustuvor masala. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham ta’lim tizimida ilg’or pedagogik tehnologiyalarini joriy qilish va o’zlashtirish zarurligi ta’kidlanadi.Pedagogik tehnologiya o’quv jarayonini tehnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriyadir. Shu boisdan ta’lim – tarbiya jarayonida o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy – psixologik va do’stona muhitni yaratishning pedagogik shatr – sharoitlari vujudga kelgach, mazkur muhitni yanada mustahkamlash maqsadida fan asoslarini o’qitishda pedagogik tehnologyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. O’quv jarayonini quyidagi metodlar asosida olib boorish o’quvchi uchun an’anaviy darsni tashkil etish uslublaridan ko’ra samaraliroq natijalarga erishish jihatdan foydalidir.

Uychi tuman XTB boshlang`ich ta’lim metodisti

D. Ahmedova

Fikr va mulohazalar

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Qaydlar uchun.

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Foydalanilgan adabiyotlar

Boshlang`ich ta`lim jurnali.

www. Kitobxon.uz

Ona tili – 2 – sinf. (O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma) “Toshkent – 2015 .

Qiziqarli malumotlar
Методик тавсия (бошлангич синф укитувчиларига)