Qo’rqma kitobi
O‘zbek adabiyotidan Komil Sindorovning detektiv asarlari, Ibrohim G‘ofurov tarjimasidagi Dostoyevskiy, Chingiz Aytmatovning bir qator asarlarining kontrafakt nusxalari chiqib ketdi. Kitobning yuzi, muqovasi o‘zgartirilgan, ammo ichki ko‘rinish, dizaynlari bizning kitobimiz bir xil bo‘lgan holatda bosib chiqarib sota boshlashgan. Taqqoslasangiz, suvtekinga sotishayotganiga guvoh bo‘lasiz. Bu bizning zararimizga ishlamoqda.
“Millionlab xarajat bilan kitob chiqarasiz, ayrim ‘savobtalab’lar esa elektron shaklini tarqatib yuborishadi” — O‘zbekiston noshirlari mualliflik huquqi muammolari haqida
O‘zbekistonda noshirlik faoliyati havas qilgulik darajada emas. Kitobxon bo‘lyapmiz, deymiz-u, lekin aksarimiz aynan noshir ishiga xalal berayotganimizni o‘ylamaymiz. Bir kitobni ming mashaqqat bilan tayyorlab, o‘quvchiga tutqizayotgan, goh moddiy, gohi ma’naviy zarar ko‘rayotgan nashriyotlar zahmatini o‘sha kitobni nusxalab yoki elektron shaklda “savob uchun” tarqatayotganlar o‘zari bilib-bilmay qonunni buzayotganlari — mualliflik huquqini poymol etayotganlarini yaxshi tushunishsa-da, buni tan olgilari kelmaydi.
“Daryo” o‘zbek noshirlari yurtimizdagi mualliflik huquqini qanday baholashi, qonunga rioya etishda kimlar yoki nima asosiy tayanch bo‘lishi, muammolar qanday bartaraf etilishi xususida “Akademnashr”, “Hilol Nashr”, “Yangi asr avlodi” nashriyotlari, Asaxiy Books kabi kitob loyihalari vakillaridan javob oldi.
Sanjar Nazar, “Akademnashr” nashriyoti direktori, noshir
“Bizda kitob narxi uning sahifalari miqdoriga qarab belgilanadi. Bu noto‘g‘ri”
Mualliflik huquqi masalasi noshirlik sohasining ustunlaridan biridir. Kitobning asosi — asar. Muallif iste’dodi, tafakkuri, tajribalarini o‘zida jamlagan turli asarlar kitob holida chop etiladi. Ilm, ijod, iste’dod mashaqqati va qadri uchun to‘lanadigan haq mualliflik haqqi hisoblanadi. Unga bog‘liq huquqlarning bari esa mualliflik huquqi bo‘lib, u kitob chop etilganda ham himoya qilinishda davom etadi.
Aslida har bir kitobning dunyoga kelishi muallif bilan muzokaralardan boshlanishi kerak. “Akademnashr”da muallif-u, tarjimonlar bilan shu qoida asosida ishlab kelmoqdamiz. Qalam haqlarining to‘lanishi, mualliflik huquqlariga rioya qilinishiga jiddiy e’tibor qaratiladi.
Sanjar Nazar Foto: “Daryo”/ Ma’murjon Obrahmatov
Nashriyotimizda deyarli barcha tarjima asarlari mualliflik huquqi olingan holda chiqariladi. Imkon qadar arzonga olishga harakat qilamiz. Chunki O‘zbekistonda kitob narxi rivojlangan mamlakatlar bilan qiyoslanganda, ancha arzon. Biz oladigan huquq narxi tufayli kitoblarimizning bozordagi narxi boshqalarnikidan jiddiy farq qilmasligi kerak.
Ma’lumot uchun: Mualliflik huquqi asarlarning keng turdagi kreativ, intellektual, artistik shakllarida namoyon bo‘lishi mumkin. Ular qatoriga she’r, tezis, sahna va boshqa adabiyot asarlar, film, xoreografik asar (raqs, balet), musiqiy kompozitsiya, audio yozuv, rasm, chizma, EHM dasturlari, radio va teleko‘rsatuvlar va boshqalar kiradi.
O‘zbekistonda kitob narxi uning sahifalari miqdoriga qarab belgilanadi. Aslida bu juda noto‘g‘ri. Axir kitob faqat qog‘ozdangina iborat emas-ku. Deylik, 320 betlik kitoblarning bozordagi o‘rtacha narxi bor. Chiqaradigan kitobingiz shundan keskin farq qilmasligi kerak. Baribir tafovut bo‘ladi-kuya, lekin farq jiddiy bo‘lmagani ma’qul.
Shuning uchun biz mualliflik huquqi qimmat turadigan kitoblarni sotib olmaslikka harakat qilamiz. Masalan, “Garri Potter” juda qimmat turadi. Uni o‘zbek bozoriga olib kirmoqchi bo‘lgan odam muallifning o‘ziga bir dona kitob uchun 50 yoki 70 ming so‘mdan to‘lab berishiga to‘g‘ri keladi.
Deylik, sotib olindi ham. Ustiga tarjima va nashr xarajatlari qo‘shilib, kitob chidab bo‘lmas darajada qimmatga aylanadi. Shularni nazarda tutgan holatda arzonroq yo‘llarini topishga harakat qilamiz. O‘ta qimmat kitoblar, quruq bestsellerlarga xaridor bo‘lmaymiz.
Bizdan eng katta qalam haqi olgan muallif kitobi uchun 200 million so‘mga yaqin daromad ko‘rdi. Bu hali hammasi emas. Kitob sotilishda, qalam haqi to‘lanishda davom etmoqda va yakunda summa bir necha barobar ko‘p bo‘lishi tayin.
Ma’lumot uchun: Mualliflik huquqi — inglizchada copyright g‘oya (fikr) yoki ma’lumotning ma’lum bir ko‘rinishdagi ifodalanishini tartibga soluvchi huquqlar majmuidir. Ular asosan cheklangan muddatli bo‘ladi. Mualliflik huquqi belgisi © bo‘lib, ba’zi bir manbalarda qo‘shimcha ravishda (c) yoki (C) bilan ham ifodalanishi mumkin.
Mualliflik huquqini himoya qilish belgisi. Butundunyo mualliflik huquqini himoya qilish konvensiyasiga ko‘ra ushbu belgi qo‘yilgan har bir asar qonun himoyasidadir. Foto: “kindpng.com”
“10 yillar avval mualliflarga qalam haqi to‘lasak, ustimizdan kulishardi”
“Akademnashr” nashriyoti 2010-yildan mualliflik huquqiga qat’iy amal qilishni boshlagan. O‘shanda bu masalaga jiddiy qaralmas, qalam haqi to‘lash degan tushuncha unutilayozgan edi. Biz hech qursa, arzimagan miqdorda bo‘lsa-da, berishga harakat qilganmiz.
Boshqa nashriyotlardan “Ortiqcha daxmazaning nima keragi bor, qonunda bo‘lgani bilan u ishlamasa, birov so‘ramasa, boshingni ortiqcha og‘ritib nima qilasan?” degan mazmunda munosabat bo‘lar, orqavorotdan shunga ham boshini og‘ritib turibdi, deb kulishardi. Ammo o‘zim ijodkor bo‘lganim uchun bu masalaga yengil qaray olmaganman.
Oradan 10 yillar o‘tib vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa, 2021— 2022-yildan bu masalaga ko‘p nashriyotlar e’tibor bera boshlashdi. Shu yili mart oyida Turkiyada mualliflik huquqlari savdosi bo‘yicha muzokaralar uchun o‘tkaziladigan “Istanbul 7-Xalqaro noshirlar haftaligi” bo‘lib o‘tdi. Unda son jihatdan mezbon Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinda O‘zbekiston noshirlari bo‘lishdi.
15 ta nashriyot ishtirok etdi. Bu nashriyotlar uchun xalqaro doiradagi mualliflar bilan kelishuvga erishib, mualliflik huquqlarini sotib olish uchun maydon ham bo‘ldi. Bu ham nashriyotlarning mualliflik huquqiga munosabati o‘zgarganining yaqqol isboti.
Ma’lumot uchun: Mualliflik huquqi bo‘yicha munosabatlar har bir davlatga xos qonunlar va xalqaro konvensiyalar bilan tartibga solinadi. O‘zbekistonda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunda mualliflik huquqlari mezonlari belgilab berilgan. Intellektual mulk agentligi tomonidan esa ular tartibga solinib, nazorat qilib turiladi.
“Ular mualliflikning — tafakkur va iste’dodning qotillaridir”
O‘zbekistonda mualliflik huquqining himoya qilinish darajasi haminqadar. Bilishimcha, mamlakatimiz Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishi uchun eng katta to‘siqlardan biri — intellektual mulk himoyasidagi kamchiliklarimiz. Bu borada dunyodagi ahvol eng yomon bo‘lgan 23 mamlakatdan biri hisoblanarkanmiz.
Mualliflik huquqining buzilishi ko‘p uchraydi. Yaqinda bir kitobni tarjima qilayotib, tarjimon huquq egasi bilan gaplashsa, O‘zbekiston uchun hali bo‘sh, berishimiz mumkin degandi. Keyin birdan bilib qoldikki, bu kitob uch yildan beri O‘zbekiston bozorida sotilayotgan ekan. Qaysidir nashriyot muallifning ruxsatisiz kitobni nashr etgan.
Muayyan bir kitobning soxta, qaroqchi nusxalari chiqib ketishi avj olgan. Ba’zan kitobingizdan nashr ma’lumotlarini olib tashlab chiqarishsa, gohida tamg‘alaringiz, nashr ma’lumotlaringiz bilan qo‘shib soxta nusxa bosishadi.
Ular mualliflikning — tafakkur va iste’dodning qotillaridir. Bu kabi holatlarga to‘qnash kelganimizda muzokara yo‘li bilan muammoni bartaraf etishga harakat qilamiz. Andisha, ishonchsizlik sabab biror ishni hali sudgacha olib bormadik.
O‘zgartirish uchun rivojlangan, masalan, Yevropa davlatlarining tajribasini o‘rganishimiz mumkin. Avvalo harakat quyidan, manfaatdor tomon o‘laroq muallif-u, noshirlarning o‘zlaridan boshlanmog‘i kerak. Hozircha bu borada sal yovvoyiroq jamiyatga o‘xshab ketamiz.
Firuz Allayev, Asaxiy Books loyihasi asoschisi
“Xalqaro standart bo‘yicha ishlashga harakat qilamiz”
Nashriyotlarda tarjima huquqini sotib olish bilan yurist shug‘ullanadi. Odatda mualliflarning mualliflik huquqi bilan shug‘ullanuvchi agenti bo‘ladi. Biror kitob tanlangach, huquqshunos avval nashriyoti tarjima qilmoqchi bo‘lgan tili, deylik, o‘zbek tili uchun mualliflik huquqi bo‘sh yoki bo‘sh emasligini tekshiradi. Agar bo‘sh bo‘lsa, muzokara boshlaydi.
Firuz Allayev Foto: Facebook
Ular bir-biriga narxlar borasida o‘z xohish-u, fikrlarini bildirishadi. Kitob nechta nusxada, qachon chiqishi, tarjimani kim qilishi haqida ma’lumotlar taqdim etiladi. Muallif taraf esa undan kitobini so‘rayotgan nashriyotning maqsadi qanchalik jiddiyligi, shu paytgacha nimalarni chiqarganini tekshirib, talabgorga qay darajada ishonish mumkinligini tekshirib oladi.
Agar ikki taraf bir-birining xohish-shartlarini qabul qilsa, elektron shartnoma tuziladi. Muallif to‘lovnoma taqdim etadi. Nashriyot tomonidan bank orqali rasman deklaratsiya qilinib, to‘lov amalga oshiriladi. Shu bilan ikkinchi taraf mualliflik huquqini oladi va kitob chiqarish jarayonini boshlashi mumkin. Faqat muallifga nechta kitob, qanday holatda chop etilgani to‘g‘risida doimiy ma’lumotlarni berib boradi.
Asaxiy Books loyihasi doirasida qoidasiga ko‘ra, har bir tarjima asarni muallifidan rasman ruxsat olib chop etamiz. Faqatgina jamoatchilik mulkiga aylanganlari bundan mustasno.
Odatda G‘arb davlatlarida ish shu qoida bo‘yicha ketadi. Ayrim joylarning o‘z mahalliy qoidalari bo‘lib, farqlanishi mumkin.
O‘zimizning o‘zbek tilida ijod qiladigan yozuvchilar bilan har qaysi nashriyot turlicha shartnoma qilishi mumkin. Bilishimcha, bizning nashriyotlar ko‘pincha bitta nashrga bir martalik shartnoma qiladi. Shuning uchun bitta yozuvchining kitobini ba’zida o‘n martalab turli xil nashriyot chiqarish hollari uchraydi. Asaxiy Books loyihasida xalqaro standart bo‘yicha ishlashga harakat qilmoqdamiz.
Masalan, Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari uchun ma’lum yilni kelishdik. Shu muddatda kitob faqat bizda chop etiladi va har bir sotilgan kitobdan muallifga 10 foiz miqdorida gonorar to‘lab turamiz. Yaxshi tarafi — muallif asari uchun bir martagina qanchadir miqdorda summa olmaydi-da, har kitobi chiqqanda unga ma’lum pul kelib turadi. Qolaversa, muallif biz bilan shartnoma muddati tugagandan keyin, boshqa nashriyot bilan hamkorlik qilib bu kitobidan yana daromad topa oladi.
Infografika: “Daryo”/ Dilzoda Hamidjonova
“Kitoblarga ketgan xarajatlarni qoplamasimizdan qalbakilashtirib sota boshlashadi”
Kontrafakt mahsulotlar ko‘plab nashriyotlar singari bizni ham behalovat qiladi. 2021-yilda Uolter Ayzekson qalamiga mansub “Stiv Jobs” asarining qalbakilashtirilgan variantlari chiqib ketdi. “Stiv Jobs” katta kitob, 250 million so‘mdan ortiq xarajat ketgan. Hali-beri qoplay olganimizcha yo‘q. Buning uchun kitob kelgusida ham ancha vaqt sotilishi kerak.
Holat bo‘yicha Intellektual mulk agentligiga murojaat qildik. Ulardan kitob himoyasi bo‘yicha yaxshi reaksiya bo‘ldi. Tushuntirish ishlari olib borishdi. O‘zimiz esa ushbu kitobni sotadigan do‘konlar bilan bir necha bor gaplashib soxta kitoblarni chiqarayotganlar kimligini aniqladik.
Toshkent viloyatidagi “Quyoshli” kitob bozori orqali tarqatilayotgan ekan. Faqat topilganda ular ishni to‘xtatib bo‘lishgan edi. Qo‘limizda aytarli dalil qolmagach, sudgacha borishning imkoni bo‘lmadi. Biroq shu harakatlar bilan asarning soxta variantlari chiqishi va sotilishini to‘xtatishga erisha oldik.
Yana bir holat hali kelajakda chiqaradigan start-aplar uchun muhim bo‘lgan “Zero Plan” bilan sodir bo‘ldi. Kitobning mualliflik huquqi Asaxiy Books loyihasiga tegishli bo‘lsa ham, biz chiqarishimizdan oldin boshqa bir nashriyot tarjima qilib, nashr etayotganini bilib qoldik.
Bunda muzokara yo‘lini tanladik. Ularga huquq aslida bizga tegishli ekani, sotib olish uchun mablag‘ sarflaganimizni aytdik. Muammoni tinch hal qilish yo‘li esa o‘sha nashriyot kitob nashrini to‘xtatishi edi. Shu paytgacha chiqargan kitoblarini o‘zimizning saytimizda sotishimiz, shunda ikki tarafga ham jiddiy zarar yetmasligini taklif qildik. Tushunishdi.
Xoh tarjima, xoh mualliflik asari bo‘lsin, bitta kitobning chop etib chiqarilishi bir necha yuz millionga tushishi mumkin. Siz bu yoqda joningizni jabborga berib millionlab xarajat bilan bir kitobni chiqarasiz, boshqa tarafda esa qog‘oz va chop etishgagina pul sarflagan kimdir asarning soxta variantini chiqarib oladi. Kam pul ishlatilgan mahsulot arzonga sotilishi esa tabiiy. Ikkalasi ham mavjud bozorda ko‘p xarajat ketgan mahsulotingiz emas, arzonroq varianti tanlanadi. Bundan katta miqdorda moliyaviy zarar ko‘rasiz.
Bu faqat bugun qaysidir nashriyotga yetkazilgan zarar emas. Kelajak uchun ham zarar. Chunki biror mahsulotni soxtalashtirish yangiliklar, innovatsiyalarni o‘ldiradi.
“Mahsulotni soxtalashtirish innovatsiyalarni o‘ldiradi”
Asaxiy Books loyihasi mualliflik huquqiga jiddiy qaraydi. O‘z faoliyatimiz huquqlarini himoya qilmasdan turib, rivojlanolmaymiz. Avvalo bir narsani anglab olishimiz kerak — xususiy yoki davlat nashriyoti bo‘lishidan qat’i nazar, bu biznes. Biznes egasi bir mahsulotini chiqarib sotadi, undan ko‘rgan foydasini esa o‘zining operatsion xarajatlariga sarflaydi.
Bunda xodimlarning oyligidan tortib, bino yoki soliq pullarini to‘lashgacha bo‘lgan mablag‘lar kiradi. Agar shu biznes foyda olish u yoqda tursin, xarajatlariniyam qoplolmasdan zararga kirib ketadigan bo‘lsa, tinchgina faoliyatini to‘xtatadi. Kitoblarda mualliflik huquqining himoyalanmasligi ham nashriyotlar uchun ancha yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonda mualliflik huquqi bo‘yicha umumiy holat yomon. To‘liq himoya qilingan, nazoratga olingan soha emas. Istalgan odam bitta kitobni skaner qilib, internetda tekinga tarqatib yuborishi mumkin.
Abdulvohid Sattiyev, “Hilol Nashr” nashriyoti direktori
“Ma’lum shartlar evaziga mualliflik huquqini tekinga ham olamiz”
“Hilol Nashr” nashriyotida chop etiladigan barcha kitoblar muallif bilan kelishilgan holda chiqariladi. Ayrim muallif yoki nashriyotlar ma’lum shartlar evaziga bu huquqni bepulga ham taqdim etishadi.
Diniy tarjima asarlar bo‘yicha Misrning “Dorus Salom”, “Dorul G‘avsoniy”, “Dorul Ma’rifa”, “Dorul salsabil” nashriyotlari bilan ham hamkorligimiz bor. Ular Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining hurmatlari hamda “Hilol Nashr” nashriyoti O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada qilayotgan xizmatlarini inobatga olib, kitoblaridagi mualliflik huquqlarini tekinga taqdim etishgan. Faqat bir qancha shartlari bor.
Masalan, “Dorul G‘avsoniy” va “Dorus Salom” nashrlarining birorta ham harfini o‘zgartirmay chiqarishimiz, kichik xato o‘tib ketsa ham katta jarima to‘lashimiz shartini qo‘yishgan. “Dorus Salom” bilan hamkorlik uch yilda bir beriladi. Har bir qilingan nashrdan “Dorus Salomga” jo‘natib turamiz. “Dorul Ma’rifa” nashriyotining “Tajvidli Mus’haf”igagina qalam haqi to‘laymiz. U ham boshqa nashriyotlarga nisbatan ancha arzonga.
“Sahih ul Buxoriy”, “Sahih ul Muslim”, “Hidoya” asarlarining o‘zbek tiliga tarjimasi chiqarilganda mualliflik huquqi uchun hech kimdan ruxsat olmaganmiz. Sababi, ularning yozilganiga ming yillar bo‘lgan va jamoat mulkiga aylangan.
“Diniy-ma’rifiy nashrlarga ruxsat kamligi kitoblarning soxtalashtirilishiga sabab bo‘lgan”
Qalbaki kitoblar bo‘yicha, afsuski, juda ko‘p muammolarga uchraganmiz. Misol uchun, “Baxtiyor oila” kitobining qalbakilashtirilgan varianti Tataristondan Qirg‘izistonga 5500 adadda kirib kelayotganda bizga ma’lumot yetkazilgan va o‘sha joyda ushlangan.
Odamlar bunday qalbaki kitoblarni chiqarishining ma’lum sabablari ham bor edi. Avvallari nashriyotimiz uchun nashrga beriladigan ruxsat soni kamligi, qolaversa, bosmaxonaning kuchi ko‘p emasligidan kam kitob chiqarishimizga to‘g‘ri kelardi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari, ayniqsa, “Baxtiyor oila”ga talab juda katta bo‘lgan. Qondirilmagach, odamlar kitoblardan turli ko‘chirmalar qilib chiqara boshlashgan.
Ularning asl varianti bilan taqqoslaganda farqlari yaqqol ajralib turadi. Lekin buni xaridorlar farqiga bormasdan sotib olish ehtimoli yuqori bo‘lgan. Qachon shunday holatlarga duch kelsak, o‘z vaqtida prokuratura, Savdo departamenti, Soliq qo‘mitasiga xabar qilganmiz.
Ular o‘ziga yarasha ishlarni olib borgan. Afsuski, hammasi ham muvaffaqiyatli yakunlanmagan. Buning asosiy sababi qalbakilashtirilgan mahsulotlarda hatto Diniy qo‘mita tomonidan beriladigan gologrammalar ham qalbakilashtirilib, yopishtirilgan bo‘lgan. Buni soha mutaxassisi bo‘lmagan odamning ajratishi qiyin bo‘ladi.
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunning 18-moddasiga ko‘ra:
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o‘ziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi ko‘rsatilishiga biror-bir o‘zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar, so‘zboshi, xotima, sharhlar yoki biron-bir tushuntirishlar bilan nashr etish taqiqlanadi.
Ko‘p harakatlar samarasiz yakunlangach, keyinchalik do‘konlarimiz, o‘zimizning sotuvchilarimiz orqali qalbaki mahsulotlar sotayotgan insonlar, kitob sotuvchilariga aloqaga chiqib, qilayotgan ishlari ham shariat, ham qonun jihatidan noto‘g‘ri ekanini tushuntirish ishlarini olib borganmiz.
Yaqin hamkorlarimizdan bu kitoblarni sotmasliklari talab qilganmiz. Vaziyat shuni taqozo etganidan hatto sotgan taqdirlarida o‘zimizda chiqadigan kitoblarni ularga boshqa bermaslik sharti bilan qo‘rqitganmiz ham. Shu bilan bir qanchalari qalbaki kitoblardan voz kechgan. Lekin ta’sir qilmaganlari ham bo‘lar, ayrim do‘konlardan 20-30 talab soxta kitoblarni yig‘ishtirib olib kelardik. Bu kabi holatlar bizga jiddiy zarar yetkazgan.
“Savob deb kitoblarni tarqatishadi, ammo bu birovning haqiga xiyonat ekanini bilishmaydi”
Kitoblarning qog‘oz shaklini yo skanerlab boshqa yo‘llar bilan PDF shaklida tarqatish hollari ham begona emas. “Baxtiyor oila”, “Tafsiri Hilol”, “Hadis va Hayot” kabi 10 dan ortiq kitoblarimiz PDF shaklda turli Telegram kanallari, guruhlari orqali tarqatilganiga guvoh bo‘lganmiz.
Bu kabi muammolarga individual holatda ishlaydigan odamlarimiz ham bor. O‘sha guruh yo kanallariga bu nashriyotning mulki ekanini aytib bog‘lanamiz. Shunda ularning aksari “Hamma ham kitobni sotib olib o‘qiyolmaydi, kitobni tarqatish savob-ku”, deyishadi. Kitoblarga sarflagan mehnat va mablag‘imizni keltirib, ularni bu tarzda tarqatish bizga katta ziyon keltirishini tushuntirganimizda 99 foiz holatda uzr so‘rab, bilmaganliklarini aytib, o‘chirishadi.
Ayrimlar “Hamma tarqatgan, men yagona emasman-ku!” deyishadi. Ular nashriyot ruxsatisiz tarqatgani, “Hilol eBook” dasturi orqali elektron kitoblarni o‘qish PDF’dan ko‘ra ancha qulayligini tushuntiramiz.
“Intellektual mulk agentligidan oladigan patentimiz ham bizni himoya qilolmaydi…”
“Hilol Nashr” nashriyoti bunday mualliflik huquqlarining buzilishiga salbiy munosabatda. Nafaqat o‘zimiz, balki boshqa nashriyotlar uchun ham qayg‘uramiz. Muallif bir asarni qanchadir umri, vaqti va sog‘lig‘ini ketkazib yozadi. Ortida qancha mashaqqat borligini faqat kitob mualliflarining o‘zigina his qiladi, xolos. Muallif nashrga berganda asar kitob holatiga keltirilib, do‘konlarga borgunigacha nashriyotlar qancha mehnat qiladi? Hammasi shu bilan tugab qolmay, kitobxonning qo‘liga borguncha savdo, marketingga oid ishlar ham qilinadi.
Bu juda katta jarayon. Shuncha ishni qilganingizda kimdir savob uchun yoki insonlarning ilmli bo‘lishiga harakat qilib tarqatyapman deyishi juda og‘riqli.
O‘zbekistonda mualliflik huquqining himoyalanishini past baholaymiz. Istalgan sohani oling, yangicha mahsulot chiqsa va yaxshi sotilsa, hamma o‘shaning qolipini olib chiqara boshlaydi. Ammo sifati asl mahsulotnikidan pastroq bo‘ladi. Odamlarda tanlov imkoniyati yo‘qoladi. Aslini ajratolmaydi. Foydalanganda sifatsiz tovarga nisbatan e’tibor va ishonch kamayadi. O‘z-o‘zidan yaxshi sifatda chiqargan dastlabki odam bundan jabr ko‘radi.
Birinchi ishlab chiqargan insonning mahsuloti patentlanib, boshqalarga qandaydir cheklovlar qo‘yilsa, bunday holatlar kuzatilmaydi. Intellektual mulk agentligi beradigan ma’lumotnoma ham ham bizni qaroqchilardan asrolmaydi. Agentlik vakillaridan ulardan oladigan ma’lumotnoma bizni qanday himoyalashini so‘raganimizda, siz pul to‘lab ma’lumotnoma olganingizni bilan bu bo‘ladigan noxushliklardan sizni himoyalay olmaydi deyishgan.
Shundan keyin biz o‘zimizda chiqqan kitoblar, ayniqsa, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblariga patent yoki ma’lumot olishdan voz kechgandik.
Dostonjon Tojiyev, “Yangi asr avlodi” nashriyoti Marketing bo‘limi menejeri
“Yangi chiqqan kitob haqida e’lon bersangiz, PDF’ini so‘rab izohlar yozishadi”
“Yangi asr avlodi nashriyoti” shu yili mart oyida Turkiyada bo‘lib o‘tgan “Istanbul 7-Xalqaro noshirlar haftaligi”da ishtirok etib, 100 ga yaqin kitoblarga mualliflik huquqi bo‘yicha shartnoma tuzdi. Ularning teng yarmi Buyuk Britaniya ensiklopedik kitoblari, bolalar adabiyotlari bo‘ldi. Bundan tashqari Turkiyaning bir qator ko‘zga ko‘ringan nashriyotlari, Eronning bolalar tarbiyasiga oid bo‘lgan kitoblari uchun ham mualliflik huquqini oldik. Hozir ularning tarjima ishlari boshlangan.
O‘zbek adabiyotidan Komil Sindorovning detektiv asarlari, Ibrohim G‘ofurov tarjimasidagi Dostoyevskiy, Chingiz Aytmatovning bir qator asarlarining kontrafakt nusxalari chiqib ketdi. Kitobning yuzi, muqovasi o‘zgartirilgan, ammo ichki ko‘rinish, dizaynlari bizning kitobimiz bir xil bo‘lgan holatda bosib chiqarib sota boshlashgan. Taqqoslasangiz, suvtekinga sotishayotganiga guvoh bo‘lasiz. Bu bizning zararimizga ishlamoqda.
Bugun odamlar orasida g‘alati sindrom shakllangan. Ijtimoiy tarmoqlarimizda kitoblarimiz haqidagi post ostiga “Kitobning PDF variant yo‘qmi?”, deb yozishadi. O‘qib turib bir o‘ylanasiz, bir asabiylashasiz. Bugungina nashrdan chiqqan kitobning PDF’ini birdan so‘rashlari biz uchun erish tuyuladi.
Ilm ulashaman deb kitoblar haqida blog yurituvchi odamlar tomonidan o‘sha kitoblarning PDF yoki audio variantlari tarqalib ketadi. Bilasiz, ijtimoiy tarmoqlarda PDF qilingan faylni biridan boshqasiga o‘tkazish va tarqatish erkin, ham juda oson. Bunday holatlar nashr etgan kitobimizni sotib tugata olmasligimiz, ko‘plarining esa omborlarda chang bosib qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Asarning PDF varianti chiqqanda qog‘oz kitobga bo‘lgan talab juda tez so‘nadi. Sababi, PDF variantli elektron kitob og‘irlik tug‘dirmaydi va telefoningizga yillar davomida saqlanib qolishi mumkin. Kitob esa ba’zida odamlarga ko‘tarib yurishga og‘irlik qiladi.
“Muallif va tarjimon bilan bog‘liq bo‘lmagan turli mayda hujjatlar so‘rashganidan sudlarda yutqazganmiz”
“Yangi asr avlodi” nashriyoti kotrafakt mahsulotlar, kitoblarini har xil ko‘rinishda tarqatishga qarshi to‘xtovsiz kurash olib bormoqda. Qarshi davo arizalari kiritmoqdamiz. Lekin shunday holatlar ham bo‘ladiki, aynan sud yo prokuraturaga murojaat qilgan paytimizda ular tomonidan turli hujjatlar so‘raladi. Bizning kitob muallifi yoki tarjimoni bilan kelishuv qilib tuzgan shartnomamiz bo‘lishi mumkin, lekin ba’zi bir holatlarda so‘ralayotgan hujjatlarning o‘zi hech qachon ikki o‘rtada kelishilmagan va tuzilmagan bo‘ladi.
Masalan, Komil Sindorovning bir asari uchun dizaynerning kitob dizaynini men qilganman degan, yana bir boshqa kitobda muharrirning bu kitob tahririni men qilganman degan ishonch hujjatini so‘rashgan. Bu sud jarayonida bizning minusimizga ishlagan.
“Ijodkor o‘z huquqlari har tomonlama himoyalanganini bilsagina xotirjam yozaveradi”
Nashriyotimizga asarlarini topshirayotgan muallif yo tarjimonlar bilan suhbatlashsam, kitobimning elektron varianti tarqalib ketmaydimi deb qayta-qayta so‘rashadi. Muallif va tarjimonlar bilan qilgan shartnomalarimiz ham har doim qudratli kuchga ega bo‘lavermaydi.
Kitobxonlik, mualliflik huquqi kafolatlangan, himoyalangan davlatlar, deylik, Buyuk Britaniya, Turkiyada mualliflar hech bir hadiksiz yangi asarlar yarataverishadi. Kuzatadigan bo‘lsangiz, turkiyalik bir qator zamondosh adiblarning yigirma-o‘ttizlab kitoblari bor. Bu ular har tomonlama himoyaga egaligidan, bemalol, qo‘rqmasdan ijod qilayotgani belgisidir.
Turkiyada kitob nashr etiladigan paytda agar kitobning mualliflik huquqi bo‘lsa, mualliflik tomonidan, tarjima asar bo‘lsa, tarjimon tomonidan nashriyotlarga beriladi. Turkiyadan chiqqan muallifning kitobining tarjima huquqini biz o‘zbekistonliklar hech qachon muallifning o‘zi bilan gaplashib ololmaymiz.
Aynan ma’lum nashriyotga murojaat qilib, nashriyotning roziligi bilan, ularga to‘lov qilib olishimiz mumkin. Bu nashriyotlarning obro‘si, qudratini ham oshiradigan narsa. Qolaversa, muallif-u, tarjimonlar huquqi o‘zi birga ishlayotgan nashriyot tomonidan himoyalangan bo‘ladi.
Xoh yirik, xoh o‘rta, uzoq yoki bir necha yillik tajribaga ega bo‘lsin, har bir nashriyot vakilining dardlari, faoliyatidagi to‘siqlari umumiy. “Akademnashr” direktori Sanjar Nazar bejiz: “Mualliflik huquqining buzilishiga istalgan ko‘zi ochiq odamning munosabati o‘ta salbiy bo‘lishi kerak. Bu mualliflikni, fikrni, kashfiyotni o‘ldirish, muallif faoliyatiga daxl qilish bilan barobar. Muallif asardan foyda ko‘rmasa, huquqlari himoya qilinmasa, asar yaratishdan soviydi. Yoki kamida ishtiyoqsiz, yangi va yaxshi asarlar yaratishga befarqroq bo‘lib qoladi”, demagan. Qonun ishlasa, ikki tomon manfaatlari himoya qilinsa, “savobtalablar”ga qat’iy chora ko‘rilsa, muammoning bo‘rtgan tomonlari sal yumshab, vaziyat o‘nglanishiga hech bo‘lmaganda umid uyg‘onadi.
Qo’rqma kitobi
Мы вышлем вам электронное письмо для сброса вашего пароля.
Bizning do’konimizni qidiring
Ommabop qidiruvlar:
Qur’on kitob Sovg’a Atir
Farzand tarbiyasi
kitoblariga 1-7 avgust kunlari chegirma
Hadis kitoblari
SULTAN AL QULOOB
Dubay atiri Attorda yana sotuvda!
Qur’oni karim
Kitoblar
Ibodat anjomlari
Uy va ofis uchun
Sovg’a to’plamlari
Parfyum va kosmetika
Go’zallik
Salomatlik
Yangi mahsulotlar
Eng ko’p sotilgan
To’plamlar
Hadis kitoblar to‘plami
Muslim hadislaridan tortib sahihiy Buxoriygacha bo‘lgan, hadisga oid 32 xil kitoblar to‘plami
Yoz uchun iforlar to‘plami
Yoz oyida atrofga moslashuvchan va iforini issiqda ham ushlab turadigan 83ta mushklar to‘plami
Turk adabiyoti to‘plami
Qardosh xalqlarning adiblari muallif bo‘lgan va bestseller bo‘lgan 64ta kitoblar to‘plami
Qiziqarli malumotlar
Qo’rqma kitobi