AVESTO”DA TA’LIM-TARBIYAGA OID FIKRLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

AVESTO”DA TA’LIM-TARBIYAGA OID FIKRLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

olov, er, suv va havo muqaddas sanaladi. Ulami yomon, yovuz narsalar bilan aralashtirmaslik lozim. «Avesto» tarbiyaviy manba sifatida.

AVESTO HAQIDA

AVESTO HAQIDA Eng qadimiy kitob qayerda paydo bo’lgan? Bu savolga yaqinyaqinlargacha aniq javob berib bo‘lmasdi. Tarixchi olimlar haqiqatni izlab topmoqdalar.

Ularning tad qiqoti natijasida, eng mo’tabar, qadimgi qo’lyozma Avesto ekanligi ma’lum boTdi. Bu nodir kitob uzoq zamonlarda bizning ona zaminimizda, aniqrog’i Xorazmda vujudga kelgan.

U ayni vaqtda 0‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Eron va Ozarbayjon xalqlarining birinchi yozma yodgorligidir. Avestoda ana shu xalqlarning qadimgi davrdagi iqtisodiyij timoiy hayoti, diniy tasavvurlari, urfodatlari, tabiat va jamiyat haqidagi bilim va qarashlari bayon etilgan. Avesto maxsus yozuvda yozil gan.

Bu yozuv sanskrit deb atalgan yozuvga yaqin. Kitob o‘sha zamonlardayoq boshqa tillarga tarjima qilingan. Avestoning asl nusxa si muqaddas yozuv sifatida zardushtiy ru honiylari qo‘lida saqlangan.

Kitobda keltirii gan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2mingyillik oxiri, 1mingyil lik boshiga oid. Avesto tarkibiga turli diniy urf odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonunqoi dalar va boshqalar qo‘shilib borgan. Avestodagi ko‘p ma’lumotlar asosan og’zaki tarzda avloddanavlodga o’tib kelgan.

Dast labki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisi ga yozilgan deb rivoyat qilinadi. U axamoniy lar sulolasining poytaxti Sheroz yaqinidagi Taxti Jamshidda saqlangan. Makedoniyalik Iskandar Eronni zabt etganda bu nusxa kuy dirib yuborilgan.

Hozir fanda ma’lum bo‘lgan Avesto milodiy 6asrda Sosoniylar shohi Hus rav I Anushirvon davri(531579)da yozib ol ingan. 7asrda arablar Sosoniylarni maglubiyatga uchratgach, zardushtiy ruhoniy larning bir qismi Hindistonga o’tib ketgan. Ul arning avlodlari hozirgi Avestoning asl nusx asini saqlab kelmoqda. Bizgacha yetib kel gan Avesto 27 jilddan iborat boTib, ular asarn ing yettidan bir qismi xolos.

Avesto yana shu jihati bilan qimmatliki, unda ilk falsafiy talimotlar bilan tanishasiz. Bu talimotga ko’ra, olam ikki qaramaqarshi kuch, ya’ni yoruglik bilan zulmatning, yaxshi lik bilan yomonlikning to‘xtovsiz kurashidan iborat.

Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahura mazdo yer, o’simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik tim soli Anxramaynu Ahuramazd®ga qarshi to’xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojiZlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi.

Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yo monlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylash gan, yer sahni esa kurash maydonidir. Hayot dagi turli o‘zgarishlar qaysi kuchning g’alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o’zaro kurashidan iborat.

Avesto ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Go vamard (ho‘kizodam; forscha Gayumars). Undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o’lim bo’lmagan, Axuramazdo doimiy bahoryaratgan. Kishilar bekamu ko‘st, bax tiyor yashagan.

900 yil o‘tgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anxramaynu hukmida gi kuchlar bosh ko’taradi.

Olamni muzlik qoplaydi. Yima Axuramazdo amri bilan odam lar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qoiish uchun qo‘rg‘on qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshi lik va yomonlik) o’rtasidagi kurash davri bo’lgan ikkinchi davr boshlangan.

Uchinchi davrda Axuramazdo g‘alaba qilib, ezguiik sal tanati barqaror bo’ladi, adolatli jamiyat yuza ga keladi. Ungacha kishilar tinch mehnat, oilaviy turmush bilan mashg’ul bo’lishlari ker ak. Avesto va zardushtiylik dini ta’limoti key ingi barcha dinlarga ta’sir ko‘rsatdi.

Avesto bizning qadim tarixga ega o’lkamizda buyuk davlat, buyuk ma’naviyat bo‘lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjat dir. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka masi UNESKO bosh konferensiyasining 1999yil noyabr oyida bo’lib o‘tgan sessiyasi qaroridan kelib chiqib, 0‘zbekistonda 2001 yilning oktabr oyida Avesto yaratilganligining 2700 yilligini nishonlash haqida qaror qabul qildi.

“AVESTO”DA TA’LIM-TARBIYAGA OID FIKRLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

Ushbu maqolada “Avesto” jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligi, zarrdushtlik e`tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi ekanligi va uning tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turishi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по истории и археологии , автор научной работы — Moxira Raxmonova

“AVESTO”DA NIKOH VA OILA MASALASI
ZARDUSHTIYLIKDA NIKOH VA OILA MASALASI

ISLOM DININING TARQALISHI VA UNING TA’LIM-TARBIYAGA TA’SIRI. QURONI KARIM AXLOQIY-FALSAFIY TA’LIMOTLAR MANBAYI

Yoshlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning ijtimoiy psixologik muammolarini sharq mutafakkirlari tomonidan o’rganilishi

O’RTA OSIYONING QADIMIY E’TIQOD TARIXIDAN
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“AVESTO”DA TA’LIM-TARBIYAGA OID FIKRLAR»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

“AVESTO”DA TA’LIM-TARBIYAGA OID FIKRLAR Moxira Raxmonova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 203-guruh talabasi

Ushbu maqolada “Avesto” jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligi, zarrdushtlik e’tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi ekanligi va uning tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turishi yoritib berilgan.

Tayanch so’zlar: tarix, pedagogika tarixi, manba, davrlashtirish, xalq pedagogikasi, yozma manbalar, «Avesto» asari

«Avesto» – zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki Sharq falsafiy qarashlarmi o’zida aks ettiruvchi manbadir. Unda insormi karnolotga erishuvida mehnat, ezgulik, insoniylik, soflik, bag’rikenglik kabi sifatlaming ahamiyati chuqur ifodalangan. Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan olingan. Uning tug’ilgan joyi noma’lum. Zardusht miloddan awalgi 1-ming yillikning birinchi choragida yashagan. Zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi – mehnat deb ko’rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlami keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg’u beriladi. Zardushtiylik yoyilayotgan davrda ibodatxona ham, maxsus ilohiy kitoblar ham bo’lmagan. Diniy marosimlar ochiq havoda, gulxan yonida ado etilgan. Keyinchalik kohinlar Zardusht va’zlarini yozib borganlar. Zardusht dini kohinlari bunday diniy matalami yod bilganlar va ibodat paytida o’qiganlar, Zardusht vafotidan bir necha asr o’tgach barcha diniy marosimlar, madhiya va duolar kitob holiga keltirildi. Bu zardushtiylar muqaddas kitobi «Avesto» edi. «Avesto» so’zi «qat’iy qonunlar» ma’nosini bildiradi. Zardusht diniga ko’ra, atrofdagi dunyo ikki qismdan tashkil topgan: yaxshilik va yomonlik. Bular o’rtasida azaldan kurash ketadi. Masalan, nur bilan qorong’ulik, hayot bilan o’lim, ezgulik bilan yomonlik, qonun bilan qonunsizlik o’rtasida. Zardushtiylar hayotining asosiy mazmuni xayrli ish, shirin so’z, olijanob o’y-fikrdan xborat bo’lgan. Insonning asosiy burchi adolatli turmush tarzi bo’lmog’i kerak. Yaxshilikning yomonlik ustidan g’alaba qilishini ko’zlab yashash kerak: yo!g’on gapirmaslik, so’zning ustidan chiqmoq, faqat yaxshilik qilmoq. Zardusht dini bo’yicha har bir inson hayot yo’lini o’zi belgilaydi; kimga yon bosmoqlik, kimni himoya qilishni o’zi hal qiladi. Zardushtiylikda

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

olov, er, suv va havo muqaddas sanaladi. Ulami yomon, yovuz narsalar bilan aralashtirmaslik lozim. «Avesto» tarbiyaviy manba sifatida.

«Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma’rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo’lamiz. « Avesto » diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan. Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta’riflanib olov, suv, er, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar-tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi.

Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasmrusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e’tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi.

«Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi.

«Avesto»dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo’lsa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasawurlariga batamom muvofiq bo’lib tushadi. Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasawurlari o’zi mansub bo’lgan jamoa bilan uzviy bog’langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning ham so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

uyg’unligi-urug’chilik jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning har qanday topshirig’ini bajarish uning a’zolari uchun mu-qaddas qonun edi. Uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e’tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G’arb xalqlarining ham muhim ma’naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bolishiga olib kelgan.

Yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash «Avesto»ning bosh g’oyasidir. Yaxshilik ramzi – yakka xudo Axura Mazda, yomonlik ramzi – Ahramandir. Hozirgacha «Avesto»ning ikki varianti mavjud. Birinchisi faqat «Avesto»ning o’zidan iborat . Tisht – xalq o’rtasida asrlar o’tishi davomida «Sust» nomi bilan o’zgargan. O’zbek xalq og’zaki ijodidagi «Sust xotin» qo’shiqlarida Tishtar obrazi yaratilgan. Qurg’oqchilik kelgan yillarida dehqonchilik bilan shug’ullanadigan odamlar Tishtar – yomg’ir tangrisidan yordam so’raganlar. Bu marosim o’ziga xos ko’rinishda o’tkazilgan: dehqonchilik bilan shug’ullaniladigan joylardagi ayollar to’planishib, odam shaklidagi qo’g’irchoqqa kampirning ko’ylagini kiygizishib, «Sust xotin» qo’shig’ini aytishgan va o’z qo’ni-qo’shnilarinikiga kirishgan. Uy egalari qo’g’irchoqqa suv sepishgan, «Sust xotin» qo’shig’ini aytganlarga xayr-sadaqa berishgan. Quyidagi parchada yaratilgan Sust xotin obrazi «Avesto»dagi suv xudosi Tishtar mifologiyasiga bog’lanadi.

Xulosa qilib aytganda, «Avesto» asarida insonning barkamol bo’lib etishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e’tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G’arb xalqlarining ham muhim ma’naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bolishiga olib kelgan.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

1. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik.-T.”Sano standandarf’nashiriyoti. 2017.

2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo q. T., Sharq, 1998.

3. Avesto. O’zbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.)-T.:2001.

4. «Avesto»dan (tarj. M. Ishoqov). O’zbek tili va adabiyoti jurnali, 1999, # 2-4

5. Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.-T.:1969

6. Abu Bahr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy. Buxoro tarixi. – T.: 1966A.

7. Qayumov. Qadimiyat obidalari. – T.: 1971

8. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

9. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 7(6).

10. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 7(6).

11. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 7(6), 616619.

12. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO’JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 7(6), 620-622.

13. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 7(6).

14. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O’RGANILISHI. Scientific progress, 7(6).

15. Do’Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O’RGANISH. Scientific progress, 7(6).

16. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O’RNI. Scientific progress, 7(6).

17. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG’DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 7(6).

18. Ro’Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O’RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O’RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 7(6).

19. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O’RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O’RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 7(6).

20. Хдйдаров, С.А., (2022). За^риддин Му^аммад Бобур: бир цулда муйцалам-у, бир цулда тож. Scientific progress, 3(3).

Qiziqarli malumotlar
AVESTO”DA TA’LIM-TARBIYAGA OID FIKRLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»