Yosh kitobxon» tanlovidan ko‘nglim qoldi
Darvoqe, yuqoridagi shartda aytilgan parchani topgandan so‘ng asarni uch daqiqa ichida sharhlash kerak. Endi o‘ylab ko‘ring, “Graf Monte Kristo” 2 ta kitob, “Amerika fojiasi” 3 ta kitobdan iborat. Tushungandirsiz? Xo‘p, bu vaqtda asosiy mazmuni, g‘oyasini aytish mumkindir, lekin tanlov shartida sharhlash aytilyapti. Aynan sharhlash! Kechirasizu, menda bir savol yuzaga kelyapti: tanlov shartlarini kim tuzgan?
“Yosh kitobxon” tanlovining 2019-yilgi nizomi tasdiqlandi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining 2019-yilgi nizomi tasdiqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.
Nizomga ko‘ra, tanlov to‘rt bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqich arizalar qabul qilish va saralash bosqichi bo‘lib, unda tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilarning arizalari 15-may kuniga qadar Yoshlar ittifoqining tuman, shahar kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
Ariza topshirgan yoshlar adabiyotlar ro‘yxati asosida o‘zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblar hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga javob berish orqali saralanadi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan beriladi. Test natijalariga ko‘ra 86 va undan yuqori ball to‘plagan 15 nafar ishtirokchi keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Ikkinchi bosqich tanlovning mahalliy bosqichi bo‘lib, iyun oyida tuman, shaharlar miqyosida saralash bosqichida 86 va undan yuqori ballni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar o‘rtasida “O‘zbek adabiyoti bilimdoni” va “Jahon adabiyoti bilimdoni” shartlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Uchinchi bosqich tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib, avgust—sentabr oylarida “Buyuk mutafakkir va adib” hamda “Badiiy asarlar bilimdoni” shartlari asosida teletanlov shaklida bo‘lib o‘tadi. Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 nafardan jami 3 nafar ishtirokchi Respublika bosqichi uchun yo‘llanmaga ega bo‘ladi.
So‘nggi bosqich tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib, har yili noyabr—dekabr oylari davomida “O‘zbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni”, “She’riyat” hamda “Buyuk mutafakkir va adib” kabi 4 ta shart bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tanlovning Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan 3 ta yosh toifasidagi ishtirokchilarning har biri Prezident sovg‘asi sifatida yengil avtomobil, diplom va “Yosh kitobxon” statuetkasi bilan taqdirlanadi.
Uchta toifada 2-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri kompyuter jamlanmasi (monoblok), o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlaridan iborat kitoblar jamlanmasi va boshqa qimmatbaho sovg‘alarga sazovor bo‘ladi. Uchta toifada 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biriga 100 tadan o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari berilib, tashkilotchilarning maxsus sovg‘alarini qo‘lga kiritadi.
«Yosh kitobxon» tanlovidan ko‘nglim qoldi
Yaqinda barcha viloyatlarda tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda men kabi dastlabki saralash va tuman bosqichidan o‘tgan yoshlar ishtirok etdi. Bu yerda tashkilotchilikdagi eng qo‘pol kamchiliklardan biri shuki, tuman bosqichi bir kunda o‘tkazilmadi.
Masalan, avval Narpay tumanida, keyin Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi tumanlarida bo‘lib o‘tdi.
Shuning uchun dastlab tanlov bo‘lib o‘tgan tumandagi qatnashchilar keyingi tumandagilarga savollarni bo‘lishish imkoniga ega bo‘ldi. Chunki tuman bosqichining ikkinchi shartida tuzilgan savollar aynan bir xil. Bundan ko‘rinadiki, tanlovga kelayotgan ishtirokchi savol tugul javobini ham bilib keladi (ehtimol, shunday bo‘lgandir ham). Tashkilotchilar, avvalo, savollarni turlicha qilishi, modomiki bir xildagi savollar ekan, tanlov kunini bir vaqtda belgilashi kerak edi.
Viloyat bosqichi masalasida. Ishtirokchilar uch shart bo‘yicha bellashdi. Birinchi shart – adiblar hayoti va ijodini ikki daqiqada sharhlab berish. Nizom bo‘yicha bunda adibning tug‘ilgan va vafot etgan yilini, asarlarini sanab o‘tishi, adib asarining qisqacha mazmunini bayon etishi, adibni e’tiroflari haqida gapirishi lozim.
Nizom bo‘yicha kitobxonlar yozuvchi, shoirning hayoti va ijodini gapirib berishsa, hakamlar e’tiroz bildirishganiga guvoh bo‘ldim. Masalan, asarlarni sanab o‘tishni olaylik. Ayrim adiblarning asarlari ko‘p, barcha asarini emas, yarmini sanab o‘tsa, belgilangan vaqt tugaydi. Hakamlarda «Nega boshqa asarlarini aytmading?» degan savolga o‘rin qoladi, kerakli ball olib tashlanadi (shunday bo‘ldi ham).
Asarlarni sharhlash sharti ham shunday: 2 daqiqa yetmaydi. Agar bunda faqat bitta asarini sharhlab vaqtdan yutsangiz, qolgan asarlar sharhlanmadi, degan e’tirozlar bo‘ladi.
Ko‘rib turganingizdek, oddiy va mantiqsiz tuzilgan tanlov tartibi ishtirokchilarni haqqoniy baholash o‘rniga hakamlarda noxolislik qilishga imkon yaratadi. Nazarimda, bu imkoniyatdan hakamlar zavqu shavq bilan foydalandi ham. Har holda ishtirokchi sifatida men ana shu mantiqsiz talabdan aziyat chekdim.
Ikkinchi shartda asardan parcha tushadi. Keyingi mantiqsizlik shundaki, ayrim parchalar nihoyatda umumiy bo‘lib, asarni topishda qiyinchilik yuzaga keltirsa, yana ayrim parchalarda voqealardan tashqari, asar qahramonlari ismi ham bor. Ya’ni, nihoyatda oson. Bu esa ishtirokchilarda turlicha imkoniyat yuzaga keltirdi. Bilimlar bellashuvi emas, lotoreyaga ko‘proq o‘xshab qoldi bu shart. Kimning omadi chopsa, tayyor asar qahramoni ismi yozilgan qog‘oz.
Darvoqe, yuqoridagi shartda aytilgan parchani topgandan so‘ng asarni uch daqiqa ichida sharhlash kerak. Endi o‘ylab ko‘ring, “Graf Monte Kristo” 2 ta kitob, “Amerika fojiasi” 3 ta kitobdan iborat. Tushungandirsiz? Xo‘p, bu vaqtda asosiy mazmuni, g‘oyasini aytish mumkindir, lekin tanlov shartida sharhlash aytilyapti. Aynan sharhlash! Kechirasizu, menda bir savol yuzaga kelyapti: tanlov shartlarini kim tuzgan?
Keyingi e’tiroz. Tanlovning viloyat bosqichi 20 fevraldan 27 fevralgacha o‘tkazildi. Xuddi tuman bosqichlaridagi kabi viloyat bosqichlari ham barcha viloyatlarda har xil sanada bo‘ldi. Tuman bosqichlarida yo‘l qo‘yilgan kamchilik yana takrorlandi.
Agar hakamlar guruhi bitta bo‘lganida tushunish mumkin edi. Ammo unday emas ekan. Xo‘p, nega bo‘lmasa tanlov bo‘lib o‘tgan viloyatdan savollarni boshqa viloyatlarga yetkazish imkoniyati yana yaratib berildi? Nega yoshlarga halol bahsda g‘olib bo‘lish imkoni to‘liq yaratilmadi? Nega 70-80 foiz savollar takrorlandi?
Uchinchi shart erkin mavzu edi. Bunda ham beriladigan savollarga e’tiroz bor. Avvalo, yana takroriy savollar. Ya’ni, ishtirokchi o‘zidan oldingi ishtirokchini kuzata turib ham g‘olib bo‘lishi mumkin. Chunki ba’zi hollarda savollar xuddi o‘sha-da! Menimcha, tanlov tashkilotchilaridagi savollar bazasi o‘ta g‘aribona bo‘lgan.
Yana bir holat shuki, aynan bir xil savol barcha yosh toifasidagi ishtirokchilarga tushyapti. Nahotki, «Yoshlik» jurnaliga oid savolga javob berish barcha yoshdagi o‘quvchi uchun emasligiga tashkilotchilarning saviyasi (uzr) yetmaydi?
Aslida aytiladigan e’tirozlar ko‘p edi. Eng qo‘pol ko‘ringanlarini aytishimdan maqsad keyingi yillarda tanlovning pishiq, puxta o‘tkazilishi. Chunki bunday kamchilik va nuqsonlar baholashda xatoliklar keltirishi bilan birga yosh kitobxonlarning hafsalasini pir qilishi mumkin.
Munisa Shamsiyeva,
yosh kitobxon.
Qiziqarli malumotlar
Yosh kitobxon» tanlovidan ko‘nglim qoldi