𝑨𝒃𝒅𝒖𝒍𝒍𝒂 𝑸𝒐𝒅𝒊𝒓𝒊𝒚𝒏𝒊𝒏𝒈 » 𝑶’𝒕𝒈𝒂𝒏 𝒌𝒖𝒏𝒍𝒂𝒓 » 𝒓𝒐𝒎𝒂𝒏𝒊 insho
DO`STLARGA ULASHING:
𝑨𝒃𝒅𝒖𝒍𝒍𝒂 𝑸𝒐𝒅𝒊𝒓𝒊𝒚𝒏𝒊𝒏𝒈 » 𝑶’𝒕𝒈𝒂𝒏 𝒌𝒖𝒏𝒍𝒂𝒓 » 𝒓𝒐𝒎𝒂𝒏𝒊
𝐑𝐞𝐣𝐚:
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. “Otkan kunlar” romanida ufurib turgan milliy ruh
2. Kumush va Zaynab taqdirida muhabbat fojeasi
3. Taqdirlar to’qnashuvi
III. Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
#1𝒓𝒆𝒋𝒂
𝐊𝐢𝐫𝐢𝐬𝐡
Inson ongini zabt etib, uni komil va barkamol shaxs darajasiga olib
chiqadigan ilohiy bir kuch bor, bu adabiyotdur. Aynan shu kuchli qurol bizni
hayotda o’z o’rnimizni egallab olishimizda yaqindan ko’mak beradigan beminnat
yo’lboshchimiz hamdir. Adabiyot inson va uning kamoloti uchun xizmat qilar
ekan, demak u -xalq mulki. Hech birimiz har qanday davrda, har qanday sharoitda
adabiyotsiz yashay olmaymiz. Zero, inson doimo tarbiyaga, ma’rifatga va badiiy
zavq olishgada muhtoj. Shunday ekan, tarbiyaviy- estetik ahamiyatga ega bo’lgan
asarlar hech qachon o’z qiymatini yo’qotmaydi. Bunday durdona asarlarni
yaratish uchun esa ijodkorda nihoyatda katta bilim va ko’nikma bo’lmog’i lozim.
O’zbek romanchiligiga asos solib, milliy nasr uchun yangi davrni boshlab bergan,
adabiyotimizni zamonaviy jahon badiiyati yuksakliklariga yaqinlashtirgan ijodkor
Abdulla Qodiriyni shunday yuksak iste’dod egasi deb baralla aytishimiz mumkin.
Bu noyob iste’dod sohibi XX asr o’zbek adabiyoti tarixida faxrli o’rin egallaydi.
A.Qodiriy qanchalik mohir shoir, publisist, hikoyanavis va qissanavis, o’tkir
hajvchi bo’lmasin, u eng avvalo tom ma’noda buyuk romannavis sifatida o’z xalqi
adabiyoti tarixida alohida o’rin egallaydi.1 Abdulla Qodiriy 1909-yildan boshlab
ijod bilan shug’ullana boshladi. Dastlab kichik-kichik she’rlar, maqolalar, hajviy
asarlar bilan matbuotga qatnashdi. O’sha kezlarda “Ahvolimiz”, “Millatimga”
singari she’rlari “Baxtsiz kuyov” pyesasi, “Juvonboz”, “Uloqda”, “Jinlar bazmi”
va boshqa hikoyalarini yaratdi. U o’zining asarlari bilan barcha jadidchilar kabi
xalqni ezgulikka, ilm-ma’rifatli bo’lishga chorlardi. Abdulla 1917-yildan so’ng
dastlab jurnalistika sohasida faoliyat ko’rsatdi. 1923-yildan boshlab”Mushtum”
jurnalida ma’sul lavozimda ishladi. Felyeton , maqola va hajviy hikoyalari bilan
jurnalga faol qatnashib, birinchi o’zbek satiriy jurnalining asoschilaridan biri
sifatida tanildi. 1924-yilda Moskvada V.Bryusov nomidagi Oliy Adabiyot
institutida olingan tahsil qodiriy ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. U Moskvadan qaytgach, yana matbuot sohasida ishladi va o’zbek jurnalistikasining asoschilari
qatoridan munosib o’rin oldi. Rus tilini mukammal bilgan yozuvchi 1927-1939-
yillarda ruscha-o’zbekcha lug’at tuzish, rus tilidagi darsliklarni o’zbekchaga
o’girishda faol ishtirok etgdi. A.Chexov, N.Gogol, Mark Tven, Emil Zolya, Deni
Didro kabi yozuvchilarning bir qancha asarlarini tarjima qilgan.
Qodiriyning asarlari badiiy mahorat namunasidir. Uning asarlarida asosiy g’oya
doimo yaqqol ifoda qilinadi, odamlar va ularning turmush tarzi “ko’z oldimizda
turgandek’’ tasvir etiladi, bu asarning sujeti doimo qiziqarli, tili boy va shirali
bo’ladi.2 Qodiriy asarlarini zo’r ishtiyoq bilan o’qilishining asosiy sababi ham
aynan shunda, ya’ni uning xalqchil tilda sodda qilib yozilganidadir. Xar bir
yaratilayotgan asar eng avvalo xalq uchun uning ma’rifati uchun xizmat qilmog’i
lozim. Buni chuqur idrok etgan adibning deyarli barcha asarlari xalqni qiynayotgan
muammolarga qaratilgan edi va bu muammolarni keltirib chiqaradigan asosiy
sababni ilmsizlikda ko’rardi. Aynan ilmsizlik, ma’rifatsizlik nafaqat birgina
insonni, balki butun boshli xalqning tannazuliga olib kelishini asarlari bilan
isbotlashga harakat qilardi. Shuning uchun ham, uning asarlari har qanday
davrda bo’lmasin, o’zining chin muxlislarini topa oladi. Qisqasi, Qodiriy xalq
dardini kuylagan mohir so’z ustasi, adabiyot deb atalmish gulzorda o’zining
xushbo’y gullarini eka olgan bog’bon, so’zlarni bir-biriga nihoyatda ehtiyotkorlik
bilan terib, undan nafis dur yasay olgan zargardir!
@uzjoku_unversiteti
𝑨𝒃𝒅𝒖𝒍𝒍𝒂 𝑸𝒐𝒅𝒊𝒓𝒊𝒚𝒏𝒊𝒏𝒈 » 𝑶’𝒕𝒈𝒂𝒏 𝒌𝒖𝒏𝒍𝒂𝒓 » 𝒓𝒐𝒎𝒂𝒏𝒊 insho
Related Posts