Vk.com saytidan foydalanish
Vk.com saytidan foydalanish
DO`STLARGA ULASHING:
VK.COM dan foydalanish. Bu mavzu yuzasidan ma’lumotlar juda ko’p va buning oxiri yo’q. Chunki saytni doimiy ravishda programmistlari kuchaytirib, imkoniyatlarni kengaytirib boraveradi. Qolaversa bir insonga hamma imkoniyatlardan foydalanishi kerak emas. Turli kasb egalariga o’zlariga mos imkoniyatlar yaratilgan. Har bir inson o’z maqsadiga mos keladigan holda Vk.com saytidan foydalanadi. Vk.com saytida yangi profil ochish(“Создать аккаунт”). Avvalo Vk.com saytidan akkaunt ochish uchun albatta ish holatidagi telefon raqam kerak bo’ladi. Negaki o’sha raqamga kelgan sms ichidagi kodni kiritish orqali yangi profil ochiladi. Ism, sharifingiz uchun ajratilgan joyga orfografik hatolarsiz yozishingiz kerak, chunki o’zgartirish ko’p vaqtni talab etadi. Lekin ko’pchilikda ism va familiya o’rniga boshqa so’zlar, o’zining rasmi so’ralgan joyga esa boshqa biror rasm qo’yganalarni uchratdim, demak mumkin. Yana o’zingiz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlar so’raladi, o’qigan maktabingiz, ish joyingiz va hokazo. Hohlamasangiz yozmasdan tashlab o’tishingiz mumkin. Vk.com saytida profilni sozlab olish (“Настройка”). Keyingi qilinadigan ish bu — profilni sozlab olish. Bu sizning xavfsizligingizni ta’minlaydi. Buning uchun profilda turgan holda o’ng taraf yuqorida turgan kichik strelkaga bosamiz va paydo bo’lgan menyudan “Настройки” yozuviga bosamiz. Bunda ekranimizda umumiy nastroyka chiqadi. Bu yerda parolni, telefon raqam, elektron pochta va hokazolarni o’zgartirish mumkin. O’ng tarafdagi menyuga qarasangiz nastroykaning o’zi ham bir necha qismdan iborat ekanligini ko’rasiz. Har bir menyu qatoriga bosib kirib o’zgartirib olishingiz mumkin. Vk.com saytida profilni o’chirish (“Удалить”). Profilni “Удалить” qilish uchun yuqorida aytilganidek “Общий настройки”a kirib eng pastiga qarasangiz “Вы можете удалить свою страницу” yozuvi turibdi. Ana shu ko’k rangdagi ya’ni ssilka qo’yilgan yozuvga bosish orqali profilingizni o’chirib yuborishingiz mumkin. Vk.com saytida do’st izlash (“Добавить друзья” ). Chap tomondagi menyudan “Друзья”ga bosilganda “Найты друзей” tugmasiga bosib, do’st izlash mumkin. Bunda hosil bolgan oynadagi foydalanuvchilarning rasmi va profilining nomi(ko’pincha ismi, sharifi) bo’ladi. Profiliga o’tib, shaxsiy ma’lumotlari bilan tanishib, (yolg’on bo’lishi ham mumkin) “Добавить в друзья” knopkasiga bosish orqali do’stlashishga “Заявка” bergan bo’lasiz. Qachonki u foydalanuvchi sizni “Заявка”ngizni qa’bul qilsagina sizning do’stingiz bo’ladi. Yoki u foydalanuvchi “Оставить в подписчиках” ni bosib qo’ysa siz uning “Подписчик”i bo’lib qolasiz. Siz ham shu usul bilan do’st emas sizning yangiliklaringizga a’zo bo’luvchi “Подписчик” yig’ishingiz mumkin. Deylik ko’pchilikga do’stlashish uchun “Заявка” bergansiz, ularga “Подписчик” bo’lib qolishni istamasangiz “Друзья”menyusiga kirganingizdan so’ng, o’ng tarafdagi menyudan “Заявки в друзя” ga bosing. Входящие — bu sizga berilgan “заявка”lar, “Исходящие” siz jo’natgan “заявка”lar. Shu yerdan “Отписаться” tugmasiga bosib подписчик bo’lishdan qutulasiz. Vk.comda do’st izlash uchun o’ng tarafdagi “Параметры поиска” yozuvining yonidagi kichik strelkaga bosib, izlayotgan do’stingizning yoshi, jinsi, o’qigan o’quv yurtlari, ish joyi va hokazolarni kiritib izlashingiz mumkin. Vk.com dagi do’stlarning telefon raqamini bilish uchun chap tomondagi menyudan “Друзья”ga bosib kirib, o’ng taraf yuqoridagi menyudan “Телефонная книга”ni bosib ko’rish mumkin. Foydalanuvchilar telefon raqamlarini hamma yoki faqat do’stlar ko’rishini hohlaganliklari uchun yoki sozlab olmaganliklari uchun bu yerda telefon raqamlari ko’ringan bo’ladi. Vk.com saytida guruh ochish (“Создать группа” ). Vk.com saytida guruh ochishning quyidagi turlari bor: Группа – fikr almashish va muloqot uchun; Публичная страница – yangiliklar va ahbort tarqatish uchun; Мероприятие – konsertar va tadbirlar o’tkazadigan firmalar uchun. Kerakli variantni tanlab bo’lganingizdan so’ng guruh haqidagi asosiy ma’lumot (Основная информация) larni kiritishingiz kerak bo’ladi. Bu yerda gurhning nomini, guruh haqida qisqacha ma’lumot, guruh turi (ochiq yoki chegaralangan), electron manzili va rasmini yuklashingiz mumkin. Vk.com saytida ochilgan guruhni sozlash (“Создать группа” ). Guruh ochilgach guruh rasmining o’ng tomonida 3 ta nuqtaga bossangiz menyu hosil bo’ladi va mana shu menyular orqali yoki “Управление сообществом” menyusiga o’tib guruhingizni sozlab olishingiz kerak bo’ladi.
Vk.com saytidan foydalanish