Kiyimlar mavzusida uchta gap tuzing

Kiyimlar mavzusida uchta gap tuzing

Anjuman – keng ko‘lamli, katta yig‘ilish.

-mashq. Uyga topshiriq. «Men ardoqlaydigan fazilat» mavzusida matn

117-mashq.
Uyga topshiriq. «Men ardoqlaydigan fazilat» mavzusida matn
tuzing. Undagi gaplar tarkibida kelayotgan bo‘laklarga diqqat qiling.
33-d a r s.
KESIM
1-topshiriq. Oqidim, kording, aytdi so‘zlari ishtirok etgan uchta gap
yozing. Yuqoridagi so‘zlarning gapdagi o‘rnini va qaysi shaxsda ekanini
aniqlang.
2-topshiriq. Oquvchisiman, oquvchisisan, oquvchisidir so‘zlari ishtirok
etgan uchta gap yozing. So‘zlarning shaxsi o‘zgarishi bilan gapning qaysi
qismi o‘zgarayotganini bayon qiling.
Shaxs-son ma’nolarini ifodalab, nima qil (-di, -yapti va
boshq.)?, nima bol (-di, -yapti va boshq.)?, kimdir?,
nimadir?, qayerdir? so‘roqlariga javob bo‘luvchi mustaqil
so‘zlar gapda kesim vazifasini bajaradi.
Kesim gapning mazmuniy markazidir. U boshqa bo‘lak-
larsiz ham gap bo‘la oladi. M a s a l a n: Yaxshimisiz? Keldi.
118-mashq.
Nuqtalar o‘rniga gap mazmuniga mos kesimlarni qo‘ying,
so‘ng ularni daftaringizga ko‘chiring.
?
!!

40
1. Bahor kelishi bilan qaldirg‘ochlar. . 2. Dalalarda boychechak,
chuchmoma, binafshalar. . 3. O‘lkamizga Navro‘zi olam. . 4. Nuroniy
onaxonlar doshqozonda sumalak. . 5. Bolalar raqsga. , qo‘shiq. .
119-mashq.
Gaplarni o‘qing, tagiga chizilgan so‘zlarning nima sababdan
kesim hisoblanishini tushuntirib bering. Sizning orangizda ham shunday odobli
qizlar bormi?
– Odobli qiz o‘rnidan turganida eng avval joyini yig‘adi, – deb
gap boshladi Sanam, – undan keyin yuz-qo‘lini yuvadi, undan keyin
hovli supuradi.
– Barakalla, qizim, ko‘p odobli ekansan.
– Nonushtaga o‘tirishganda, kattalardan oldin qo‘l uzatmaydi.
– Barakalla, qizim, ofarin!
– Undan keyin. yana aytaveraymi, bobojon? Yana aytaversam,
odobli qiz kiyimlarini hamisha ozoda tutadi. aka-ukalarini sizlab
chaqiradi. (X. To‘xtaboyev)
120-mashq.
Himoya qilamiz, sayraydi, oqiysizmi, ketmoqchiman so‘z-
lari ishtirokida gaplar tuzing.
*
121-mashq
. Boshqotirmani to‘g‘ri yechsangiz, o‘zbek xalq maqollari-
dan birini topasiz. Gapning kesimiga diqqat qiling.
Savol va topshiriqlar
1. «Gapning mazmuniy markazi» tushunchasini izohlang.
2. Quyidagi fe’llarga mos shaxs qo‘shimchalarini qo‘shing. Farqini
ayting.
B i r l i k
K o‘ p l i k
I shaxs bora.
bordi.
bora. bordi.
II shaxs bora.
bordi.
bora. bordi.
III shaxs bora. bordi.
bora. bordi.
122-mashq.
Uyga topshiriq. «Dam olish kunida» mavzusida kichik hikoya
yozing. Undagi gaplarda ishlatilgan kesimlarni izohlang.
T
o‘
d
i
e
g‘
r
g
r
i
i
o‘
t
o‘
z
z
a
a
d
i
?

41
34-d a r s.
FE’L KESIM VA OT KESIM
Topshiriq. Quyidagi so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, gap tuzing.
1. Do‘st, achitib, gap.
2. Inson, inson. do‘st.
Gapning to‘g‘ri bo‘lishi uchun nimalarni qo‘shganingizni ayting.
Kesim qanday mustaqil so‘zlar orqali ifodalanishiga ko‘ra
ikki xil bo‘ladi: fe’l kesim va ot kesim.
Fe’l orqali ifodalanib, nima qilmoq?, nima bolmoq? so‘-
roqlariga javob bo‘luvchi kesimlar fe’l kesim hisoblanadi.
M a s a l a n: Qushlar sayraydi.
Fe’ldan boshqa so‘zlar orqali (ot, sifat, son, ravish, olmosh)
ifodalanib, kim?, nima?, qanday? so‘roqlariga javob bo‘luvchi
kesimlar ot kesim sanaladi. M a s a l a n: Osmonimiz musaffo.
123-mashq.
Urush yillarida 15 ta bolani boqib tarbiya qilgan Mahkam
aka tilidan berilgan hikoyani o‘qing. Kesimlarni topib, ularga izoh bering.
Yoshim bir yerga borib qolganida, yurtim boshiga kulfat tushdi.
La’nati urush kattalargamas, begunoh norasidalarga ham changalini
soldi. Qarab turolmadik. Baholi qudrat shulardan bir nechtasini
bag‘rimizga oldik. Endilikda qurbim yetib, ana shu toychoqlarga o‘zim
taqa bo‘la olsam, shular toymay, qoqilmay, yiqilmay yurib ketsa,
gurs-gurs bosgan qadamlarining ovozi quloqlarimga kirib tursa,
dunyodan bearmon o‘tardim. Niyatim – shu!
(Rahmat Fayziy)
124-mashq.
Tushirib qoldirilgan kesimlarni topib, maqollarni to‘ldi-
ring. Kesimlarning turini aytib bering.
1. Ko‘pdan quyon qochib. 2. Do‘stlik barcha boylikdan. 3. Tikan
zahri. dushman zahri. 4. Ko‘z . qo‘l . 5. Eldan ayrilguncha,
jondan. 6. Izlaganga tole.
125-mashq.
Mashq «Xatosini toping» deb nomlanadi. Kesimlari noto‘g‘-
ri berilgan gaplarni topib, to‘g‘rilang va daftaringizga ko‘chiring.
!!

42
Men darsdan keyin uy ishlarida onamga qarashamiz. Siz o‘zingiz-
dan kichiklarga yordamlashaman. Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyoning
durdonasiman. Biz o‘lkamiz tarixini o‘rganishga ahd qilgansiz.
*
126-mashq.
Har bir gapda to‘rttadan so‘z bor. Ularning tartibi
buzilmagan. Faqat ustunchalar ichidan mos so‘zlarni topsangiz bo‘ldi.
Gaplarning kesimiga e’tibor bering.
Savol va topshiriqlar
1. Fe’l kesim va ot kesim ishtirok etgan ikkita gap tuzing.
2. Fe’l va ot kesimlarning o‘zaro farqini ayting.
127-mashq.
Uyga topshiriq. «Odamning qo‘li gul» deganda, nimani
tushunasiz? Gul so‘zini yana nimalarga nisbatan ishlatish mumkin? Gaplar
tuzing.
35-d a r s.
EGA
Topshiriq. Berilgan so‘zlardagi shaxsga ishora qiluvchi qo‘shimchalar aso-
sida kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi so‘zlarni qo‘yib gap tuzing.
Pishdi, kelgansiz, o‘quvchisan.
Kesim bilan bog‘lanib kim?, nima?, qayer? singari so‘-
roqlarga javob bo‘ladigan bo‘lak ega deyiladi.
Tahlilda eganing ostiga bir to‘g‘ri chiziq, kesimning ostiga
esa ikki to‘g‘ri chiziq chiziladi. M a s a l a n: Bulbul sayradi.
Ot kesim tarkibida shaxs-son qo‘shimchalari qo‘llanilmasa,
yozuvda egadan keyin tire qo‘yiladi. M a s a l a n: Toshkent –
gozal shahar.
Oltin
ham
og‘zimga
yotmas
Devorning
uyda
mingga
o‘lim
Bolali
olma
bir
berma
Birga
boshga
duo
bor
Dushmanga
pish
qulog‘i
egizak
Bir
hech ham
siringni
tush
Aql
vafo
sir
ol
Olma
bilan
adab
vafo
?
!!

43
128-mashq.
Gaplarni o‘qing. So‘roq berib, egani toping va uni o‘zi
bog‘langan so‘z bilan birga daftaringizga ko‘chiring.
Yuz yoshga kirgan va qaddi yoydek egilgan bir qariya hassaga tayanib
borar edi. Yosh bir yigit uni masxara qilib dedi:
– Ey qariya, ushbu hassani qanchaga sotib olding?
Qariya unga darhol javob berdi:
– Agar uzoq yashasang, sabr qilsang, senga ham shunday hassani
tekinga berishadi.
*
129-mashq.
Arslon izidan qaytmas, yigit – sozidan. Siz o‘z so‘zingiz-
ning ustidan chiqa olasizmi? Bu haqda o‘ylab ko‘rganmisiz? Berilgan gapning
egasini toping.
130-mashq.
Inson so‘zini gapning egasi qilib eng ko‘p gap tuzuvchilar
musobaqasini uyushtiring.
N a m u n a: Inson (Kim?) – koinot gultoji.
131-mashq.
Gaplarning egalarini toping. Ularning gapdagi o‘rnini aniqlang.
Gaplarda ilgari surilgan g‘oya haqida o‘ylab ko‘ring.
1. Aqlli qariya – oqib turgan daryo. 2. Ota-onasini ulug‘lagan insonni
bir kuni kelib bolalari ham boshiga ko‘taradi. 3. Qarisi bor uyning
barakasi bo‘ladi. 4. Ko‘pni ko‘rgan chol – jonli tarixning o‘zi. 5. Qadr
ko‘raman desang, qarilarni e’zozla. 6. Duo olgan omondir, qarg‘ish
olgan yomondir.
(Sharq hikmatlaridan)
Savol va topshiriqlar
1. Ega qaysi bo‘lak bilan bog‘lanadi?
2. Ega qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
3. Ega bilan kesim o‘rtasida qanday holatda tire qo‘yiladi?
4. Ega bilan kesim orasida tire qo‘yilishi lozim bo‘lgan uchta gap
tuzing.
?

44
132-mashq.
Uyga topshiriq. Rasm asosida «Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi»
mavzusida matn tuzing. Uni tuzish jarayonida egalarga alohida e’tibor bering.
T a y a n c h s o ‘ z l a r: ota, bobo, ertak, maqol, nasihat, meros,
hurmat, izzat, mehnat qilmoq, quloq solmoq, amal qilmoq, o‘rganmoq
36-d a r s da nazorat diktanti o‘tkaziladi.
37-d a r s.
SODDA YIG‘IQ VA SODDA YOYIQ GAPLAR
1-topshiriq. Nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi so‘z keltiring.
2-topshiriq. Yuqorida keltirgan so‘zingizni kim?, qachon?, qayerda?,
qanday qilib? so‘roqlariga javob bo‘luvchi so‘zlar bilan kengaytiring.
Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo‘lgan gap
yig‘iq gap hisoblanadi. M a s a l a n: Qara. Men keldim.
Kesimning boshqa bo‘laklar bilan kengayishidan hosil bo‘lgan
gap yoyiq gap deyiladi. M a s a l a n: Men uni kordim.
133-mashq.
Matnni o‘qing. Yig‘iq va yoyiq gaplarni topib, ularni izohlang.
– Men sizga hamma bilgan ertaklarimni aytib beraman. Har kuni
bittadan. Siz menga qishlog‘ingizni tomosha qildirasiz, dalalarga olib
chiqasiz. Bo‘ptimi?
!!

45
– Bo‘pti, olib chiqaman! – dedim sevinib.
– Lekin bitta shart bilan. O‘zingiz ham kitob o‘qiysiz. Shundoq
qilmasak, bo‘lmaydi. Men juda qattiqqo‘lman, tekshirib turaman,
maylimi?
– Mayli, o‘qiyman!
– Yashang!
(N. Fozilov)
*
134-mashq.
Keldim, bordik so‘zlarini matn ichida avval yig‘iq gap,
so‘ngra yoyiq gap shaklida keltirib, izohlang.
135-mashq.
O‘qing, yoyiq va yig‘iq gaplarni izohlang.
– Saxovatli deganingiz nima?
– Bilmaysanmi?
– Bilmayman.
– Saxovatli qo‘li ochiq, xayr-ehsonli degani. Mana, bog‘laring katta,
uzumlaring ko‘p-a? Hammasini yeb tugata olmaysizlar, to‘g‘rimi?
– To‘g‘ri.
– Bobong uzumning yarmini beva-bechoralarga, yetim-yesirlarga
tarqatadi. Ana shuni saxovat deyishadi, endi tushundingmi?
(X. To‘xtaboyev)
Savol va topshiriqlar
1. Sodda yig‘iq gap deganda nimani tushunasiz?
2. Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?
3. Aytdi so‘zini kim?, qachon?, qayerda?, nimani? so‘rog‘iga javob
bo‘luvchi so‘zlar bilan kengaytirish yo‘li bilan gap tuzing. Uning
qanday gap ekanini ayting.
136-mashq.
Uyga topshiriq. «Yurtimizni bog‘ga aylantiramiz» mavzusida
hikoyacha tuzing. Unda yig‘iq va yoyiq gaplardan foydalaning.
38-d a r s.
HOL
1-topshiriq. Ketdi kesimini qachon?, qayerdan?, qanday qilib? so‘roq-
lariga javob bo‘luvchi so‘zlar bilan kengaytiring.
2-topshiriq. Savollarga javob berish orqali gap tuzing. Kim?, qachon?,
qancha?, nima qildi?
?

46
Fe’lga bog‘lanib, qachon?, qayerda (-ga, -dan)?, qanday
(qilib)?, nima uchun?, nima maqsadda? singari so‘roqlarga
javob bo‘luvchi gap bo‘lagiga hol deyiladi.
Hol fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki
bajarilmaslik paytini, o‘rnini, tarzini, sababini, maqsadini bildiradi.
Tahlil jarayonida hol ostiga nuqtalardan iborat chiziq (. )
chiziladi: Maktabga ketdi.
137-mashq.
O‘qing. Gaplardagi holni topib, unga izoh bering.
Ayiqpolvonnikiga Arslon mehmon bo‘lib kelibdi. Ayiq mehmonni
yong‘oq bilan siylamoqchi bo‘lib, katta o‘g‘liga yong‘oqqa chiqishni
buyuribdi. U ko‘nmagach, o‘rtancha, so‘ngra kichik o‘g‘lidan iltimos
qilibdi. Ular ham otasining gapini rad etishibdi. Arslonning jahli chiqib:
– Bolalarim odobli degan eding-ku! – debdi. Shunda Ayiqpolvon:
– Yong‘oq tagidan sal nariroq ketaylik, – debdi.
Ular yong‘oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar daraxtga tirmashib
chiqishib, birpasda mehmonning oldiga yong‘oq uzib qo‘yishibdi. Arslon
bundan ajablangan ekan, Ayiq:
– Sababini katta o‘g‘limdan so‘ra, – debdi.
Katta o‘g‘il:
– Otamiz daraxt tagida edi. U turgan joyda uning tepasiga chiqish
odobdan emas, – deb javob beribdi.
(Ertakdan)
138-mashq.
Quyidagi qoliplar asosida gaplar tuzing va ularni dafta-
ringizga yozing.
139-mashq.
Gaplardagi tushirib qoldirilgan hollarni so‘roqlari asosida
toping va ularni izohlang.
(Qayerda?) baland va hashamatli binolar ko‘p. Tuyaqush (qayerda?)
yashaydi. (Qachon?) yangi yilni kutib olamiz. O‘rtog‘im kecha (qayer-
dan?) keldi. Biz (qayerga?) sayohatga chiqmoqchimiz.
!!
Kim?
qayerda?
nima qiladi?
.

47
Savol va topshiriqlar
1. Hol deganda nimani tushunasiz?
2. Gapirdi kesimini qachon?, qayerda? so‘roqlariga javob bo‘luvchi hollar
bilan kengaytiring.
3. Qachon?, qayerda?, qanday qilib?, nima uchun?, nima maqsadda?
so‘roqlari nimalarni aniqlash uchun beriladi?
140-mashq.
Uyga topshiriq. O‘zingiz sevgan o‘zbek allomalaridan birining
hayoti va faoliyati haqida gaplar yozing. Unda holdan foydalaning.
39-d a r s.
TO‘LDIRUVCHI
1-topshiriq. Oldi yig‘iq gapini kim?, nimani?, kimdan? so‘roqlariga javob
bo‘luvchi so‘zlar bilan kengaytirib, yoyiq gap tuzing.
2-topshiriq. Quyida berilgan gap bo‘laklarining har biriga so‘roqlar bering.
Ustoz otangdan ulug.
Fe’lga bog‘lanib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?,
kimni?, nimani?, kim bilan?, nima bilan? singari so‘roqlarga
javob bo‘luvchi bo‘laklarga to‘ldiruvchi deyiladi.
Tahlilda to‘ldiruvchi ostiga uzuq chiziqchalar ( )
chiziladi: Bu so‘zdan Hamid ajablandi. (X. Sultonov)
141-mashq.
Maqollarni ko‘chiring. To‘ldiruvchilarni topib, tagiga chi-
zing. Maqollarda ilgari surilgan fikrlarga hayotingizdan misollar keltiring.
1. Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, yomon bilan yursang,
qolarsan uyatga. 2. Yosh kelsa – ishga, qari kelsa – oshga. 3. O‘zingga
o‘zingni maqtagandan qo‘rq. 4. Saqlay desang o‘zingni, yomondan
yum ko‘zingni.
142-mashq.
Matnni o‘qing, nuqtalar o‘rniga kerakli qo‘shimchalarni
qo‘yib, to‘ldiruvchilarni izohlab bering.
Abu Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotganida, uning huzuriga
shogirdlaridan biri kiribdi. U ustozining umri tugayotgani . sezib,
?
!!

48
ko‘ngli . ko‘targan bo‘libdi. Kutilmaganda Beruniy un . bir savol
berib qolibdi.
– Avval sog‘ayib oling, shu savol . javob . bilishingiz shartmi? –
deb so‘rabdi shogird ustozining qiynalishi . istamay.
– To‘g‘ri, umrim tugayapti, ammo shu savol . javob . bilmasdan
ketgan . ko‘ra bilib ketganim yaxshi-da,– deb javob beribdi Beruniy.
143-mashq.
«Birni kessang, o‘nni ek!» deganda, nimani tushunasiz? Shu
haqda bahs tashkil qiling.
Savol va topshiriqlar
1. To‘ldiruvchi deganda qanday bo‘lakni tushunasiz?
2. Quyida berilgan chiziqlar o‘rniga tegishli gap bo‘laklarini qo‘ying.
*
144-mashq.
Uyga topshiriq. Bo‘sh kataklarni unlilar bilan to‘ldirsangiz,
to‘ldiruvchi ishtirok etgan gap hosil bo‘ladi. Gapni topib, izohlang.
40-d a r s.
TO‘LDIRUVCHINI HOKIM BO‘LAKKA
BOG‘LOVCHI VOSITALAR
1-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga tegishli bog‘lovchi vositalarni qo‘yib
ko‘chiring.
Ukam. daftar oldim.
2-topshiriq. Quyida berilgan gapda to‘ldiruvchining hokim bo‘lakka
nimalar vositasida bog‘langanini ayting.
Mashina bilan (nima bilan?) terdi. Mashinada (nimada?) terdi.
To‘ldiruvchi hokim bo‘lakka kelishik qo‘shimchalari yoki
ko‘makchilar yordamida bog‘lanadi.
145-mashq.
Savollarga javob bering. So‘ng tuzgan gaplaringizni daftari-
ngizga ko‘chirib yozing. To‘ldiruvchilarning ifodalanishiga diqqat qiling.
1. Kimga jonimiz fido? 2. Kim bilan do‘st tutinish lozim? 3. Inson
nima bilan faxrlanishi mumkin? 4. Bola o‘z ota-onasini nima bilan
xursand qilishi mumkin? 5. Nimadan ehtiyot bo‘lish kerak?
?








y
r
l
g
n
n
y
q
y
r
b
l
n
g
n
n
b
r
y
r
!!

49
146-mashq.
«Davom ettiring» o‘yinini tashkil qiling. Tuzgan gapla-
ringizda to‘ldiruvchilardan foydalaning, ularni izohlang.
N a m u n a: 1-o‘quvchi: Suv bilan yer ko‘karadi,
2-o‘quvchi: duo bilan – er.
3-o‘quvchi: Bu gapda 2 ta to‘ldiruvchi bor: suv bilan,
duo bilan (nima bilan?), ular ko‘makchi bilan hokim
so‘zga bog‘lanyapti.
147-mashq.
«O‘quvchi xandasi»ni o‘qing. To‘ldiruvchilarni izohlang.
Geografiya darsida muallim Umidjondan so‘rab qoldi:
– Qani, Umidjon, ayt-chi! Bizga Oy yaqinmi, Amerikami?
– Oy! – deb javob berdi u.
– Nega Oy deb o‘ylaysan?
– Chunki Oyni ko‘rsa bo‘ladi, Amerikani esa yo‘q.
148-mashq.
O‘qing. Nuqtalar o‘rniga kerakli vositalarni qo‘yib, mazkur
so‘zlarga savol bering. To‘ldiruvchilarning gapdagi o‘rnini izohlang.
SAXOVATLI ODAM
Bir muruvvatli, saxiy odamning juda ko‘p doni bor edi. U turgan
shaharda oziq-ovqat tanqisligi boshlandi. Saxiy odam bor g‘allasi .
beva-bechoralar. ulashib tugatdi. Tanqislik kuchaygach, o‘zi ham
don . muhtoj bo‘lib qoldi. Odamlar u. malomat qilishdi.
– Bilib turib nega donlaringning hammasi. ulashib yubording?
Saxiy kishi dedi:
– Xalq och bo‘la turib, men rohat. yashasam, insofsizlik qilgan
bo‘laman. Ochlik azobi. xalq. barobar tortish. xalq qayg‘usi.
sherik bo‘lishni vijdonim buyurdi. Men vijdonim amri. itoat etdim.
(Rivoyat)
Savol va topshiriqlar
1. To‘ldiruvchi qanday hokim bo‘lakka bog‘lanadi?
2. To‘ldiruvchi qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanadi?
149-mashq.
Uyga topshiriq. «Vatanimga xizmat qilaman» mavzusida hikoya
tuzing. Unda to‘ldiruvchilar ishtirok etsin.
41-d a r s da testlar ustida ishlanadi.
?
4 – Ona tili, 5-sinf

50
42-d a r s.
ANIQLOVCHI
1-topshiriq. Gapdagi qanday? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi bo‘lakni toping.
Yoqimli hid taraldi.
2-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan qo‘shimchani qo‘ying va
ko‘chiring.
Kitob. muqova.
Qanday qo‘shimchalar qo‘shganingizni ayting.
Hokim bo‘lakdan anglashilgan narsaning qandayligi, kimga
yoki nimaga qarashli ekanini bildirib, qanday?, qanaqa?,
qaysi?, qancha?, nechta?, kimning?, nimaning? kabi so‘-
roqlarga javob bo‘luvchi gap bo‘lagiga aniqlovchi deyiladi.
Aniqlovchilar ma’nosiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1. Sifatlovchi aniqlovchi. 2. Qaratqich aniqlovchi. Tahlilda
aniqlovchilar ostiga to‘lqinli chiziq ( ) chiziladi.
150-mashq.
O‘qing. Matndan o‘zingizga qanday xulosalar chiqarasiz?
Bir kishining Ali va Vali ismli ikki o‘g‘li bor edi. Ali qanoatli, Vali
qanoatsiz edi. Bir kuni otasi bozordan olma olib kelib, bolalarini
sinamoq uchun chaqirib: «Mana, sizga olma beraman», – dedi. Vali
tezlik bilan kelib: «Otajon, menga hammasini bering», – dedi. Ali
sekingina kelib: «Menga bitta olma bersangiz bo‘ladi», – dedi. Otasi
Alining qanoatiga ofarin o‘qib, quchog‘iga olib, peshonasidan o‘pdi
va ikkita olma berdi. Ammo Valiga olma bermak qayda, balki:
«Qanoatsiz bo‘lma!» – deb dakki berdi.
Qanoat birla qorin to‘ydirursiz,
Qanoat bo‘lmasa, ko‘p och bo‘lursiz.
Qanoatsiz kishi bag‘rini dog‘lar,
Qanoatlik kishi og‘zini yog‘lar.
(Abdulla Avloniy)
1-topshiriq. Matn mazmuniga mos sarlavha toping. Qanoat yoki
qanoatsizlik haqida hadis va maqollar keltiring.
2-topshiriq. Qanday?, qancha?, nechta?, kimning? so‘roqlariga javob
bo‘lib, otga bog‘langan so‘zlarni so‘z birikmasi shaklida ko‘chiring.
!!

51
151-mashq.
Matnni ko‘chiring. Aniqlovchilarni topib, ostiga chizing.
Mana, poliz o‘rtasidagi supachada o‘tiribmiz. Oqshom salqin.
Osmonda yulduzlar kul bosgan cho‘g‘dek miltillaydi. Qo‘shni polizdagi
bolalarning qiyqirig‘i, itlarning vovullashi, qayerdandir yoqimli ashula
tovushi eshitiladi. (N. Fozilov)
152-mashq.
Kuz fasli to‘g‘risida kichik matn tuzing. Unda ishlatilgan
aniqlovchilarni toping.
153-mashq.
Gaplardagi to‘ldiruvchi va hollar oldiga ularga mos aniqlovchi
qo‘yib ko‘chiring.
N a m u n a: Elyor maktabda o‘qiydi. – Elyor bizning maktabda
o‘qiydi.
1. Kecha uyingizga borgan edik. 2. Alisher she’rini bizga o‘qib
berdi. 3. Qushlarni boqish menga yoqadi.
Savol va topshiriqlar
1. Aniqlovchi deganda, nimani tushunasiz?
2. Sinf xonangizdagi jihozlar to‘g‘risida aniqlovchilar ishtirokida uchta
gap tuzing.

Kiyimlar mavzusida uchta gap tuzing

Ответ:

Dushanba kuni bolalarning barchasi maktabga borishadi.

Seshanba kunida men tugarakga boraman.

Chorshanba kuni singlim bog’chaga boradi.

Men payshanba kunini yaxshi kuraman.

0 votes Thanks 1
More Questions From This User See All
ogaypavlovna August 2022 | 0 Ответы

pozhalujsta pomogite sostavit 8 predlozhenij na uzbekskom yazyke na temu zoopark

ogaypavlovna August 2022 | 0 Ответы

1 v odnoj korobke 26 konfet a vo vtoroj na 4 konfety bolshe skolko konfet vo

ogaypavlovna August 2022 | 0 Ответы

kuz va qish fasllari haqida nimalarnibilasiz pomogite pozhalujsta poskorej

ogaypavlovna August 2022 | 0 Ответы

Kerakli harflarni qo’yib, so’zlarhosil qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing.

ogaypavlovna July 2022 | 0 Ответы

napisat ne skolko predlozhenij pro navruz kak gotovimsya k uborke na uzbekskij ya

ogaypavlovna July 2022 | 0 Ответы

kiyimlar mavzusida uchta gap tuzing pomogite pozhalujsta

ogaypavlovna July 2022 | 0 Ответы

pomogite pozhalujsta sostavit 4 predlozheniya na temu leto na uzekskom yazyke

ogaypavlovna July 2022 | 0 Ответы

kerakli harflarni qo’yib, so’zlar hosil qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing.

ogaypavlovna November 2021 | 0 Ответы

pomogite sostavit predlozhenie na uzbekskom yazyke na slova muhandislik

ogaypavlovna September 2021 | 0 Ответы

napisat 3 4 predlozheniya na uzbekskom yazyke pro odnogo domashnego zhivotnogo

рекомендуемые вопросы

rarrrrrrrr August 2022 | 0 Ответы
danilarsentev August 2022 | 0 Ответы
myachina8 August 2022 | 0 Ответы
ydpmn7cn6w August 2022 | 0 Ответы
millermilena658 August 2022 | 0 Ответы
MrZooM222 August 2022 | 0 Ответы
timobila47 August 2022 | 0 Ответы
ivanyyaremkiv August 2022 | 0 Ответы
sarvinozwakirjanova August 2022 | 0 Ответы

Helpful Links

Helpful Social

Copyright © 2023 SCHOLAR.TIPS – All rights reserved.

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI LUG‘ATINI FAOLLASHTIRISH USULLARI

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga so‘z ma’nosini tushuntirish va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari lug‘atini faollashtirish usullari bayon qilingan. В данной статье излагается методика обяснения значений слов учащимся начальных классов и пути активизации словарья младших школьников.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishning asosiy yo‘nalish-laridan biri so‘z ustida ishlash, ya’ni lug‘at ishidir. Ona tili va o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at ishi o‘quvchining so‘z boyligini oshirishda muhim ahamiyat-ga ega. M. R. Lvovning ma’lumot berishicha, IV sinfgacha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlashtiradigan yangi so‘zlarning yarmi o‘quvchilar lug‘atiga ana shu darslar orqali kiradi. “Lug‘at ishi ‒ o‘qituvchi faoliyatidagi bir lavha emas, balki rus tili kursining barcha bo‘limi bilan bog‘langan tizimli, yaxshi tashkillashtiril-gan, pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tuzilgan ishdir” ‒ deb yozgan edi taniqli metodikachi olim A. V. Tekuchev [9].

Lug‘at ishi bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1) so‘z ma’nosini tushuntirish, 2) so‘zni faollshtirish, 3) so‘zni nutqda qo‘llash.

O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish ‒ ona tili va o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at ishining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuning uchun o‘qituvchining vazifasi ‒ o‘quvchi lug‘atidagi nofaol so‘zlarni faol lug‘at zaxirasiga o‘tkazish uchun o‘quvchiga nofaol so‘zlarning birikuvchanligi va qo‘llanish sohasini o‘zlashtishga yordam berishdan iborat. O‘quvchi biror so‘zni o‘z qayta hikoya-lashi, hikoyasi, suhbati, xati, bayoni, inshosida atigi bir marta qo‘llasa ham, bu so‘z faollashgan hisoblanadi. So‘zni o‘zlashtirish uning ma’nosi, birikuvchaligi va qo‘llanish doirasini bilishdan iborat.

O‘quvchiga yangi so‘z ma’nosini tushuntirish, uning so‘zni to‘g‘ri tushunishiga erishish zarur. Buning uchun esa o‘qituvchi so‘z ma’nosini tushuntirish usullarini bilishi va ulardan o‘rinli foydalanishi lozim. M. R. Lvov so‘z ma’nosini tushuntirishning quyidagi usullarini ajratadi: ko‘rgazmali, kontekstual, sinonim keltirish, mantiqiy ta’rif berish, batafsil tavsiflash, antonim keltirish, so‘zning yasalish tarkibini tahlil qilish [7, 17‒24].

“Ona tili” va “O‘qish kitobi” darsliklarida o‘quvchilar uchun tushunarsiz va ularning nutqida nofaol bo‘lgan bir qancha so‘zlar uchraydi. O‘quvchilar lug‘atini faollashtirishda asosan ana shu so‘zlar ustida ishlash zarur.

O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:

1.So‘z ma’nosini bir yoki bir necha usul yordamida tushuntirish:

a) kontekst yordamida;

b) shu so‘zning ma’nodoshi yordamida;

d) shu so‘zning antonimi yordamida;

e) tavsifiy yo‘l bilan (lug‘atdan foydalanib yoki o‘qituvchning o‘zi mustaqil ravishda).

2.So‘zni o‘qish va yozish (so‘zning to‘g‘ri talaffuzi va imlosi ustida ishlash).

3.So‘zning qo‘llanish namunalari ustida ishlash (tayyor so‘z birikmasi va gaplar ustida ishlash).

O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘rganilayotgan so‘zlar qo‘llangan tayyor so‘z birikmalari va gaplar bilan tanishtiradi.Ularning ayrimini aytib turib yozdirish mumkin.

4.So‘zning semantik aloqalari ustida ishlash.

O‘quvchilarni so‘zlarning paradigmatik aloqalarni ajratish va o‘zlashtirishga o‘rgatuvchi mashqlar ular lug‘atining boyishiga yordam beradi. Bunday mashqlar kerakli so‘zni tanlash, jumla mazmunini aniq yetkazish, so‘zning ma’no qirralarini tushunish qobiliyatini shakllantiradi.

5. O‘rganilayotgan so‘zlar ishtirokida mustaqil ravishda so‘z birikmasi va gap tuzdirish.

Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish kitobida uchraydigan o‘quvcilar uchun tushunarsiz so‘zlar mazmuniy xususiyatiga ko‘ra turlichadir. Shuning uchun bu so‘zlarning ma’nosini tushuntirishda ularning xususiyatiga mos ravishda eng samarali usulni tanlash lozim. Bu o‘rinda bir necha darslikdagi so‘zlar misolida so‘z ma’nosini tushuntirishning samarali usulini tanlash haqidagi fikrlarimizni bayon qilamiz.

Boshlang‘ich sinf “Ona tili” va “O‘qish kitobi” darsliklarida o‘quvchilarga ma’nosi tushunarsiz bo‘lgan so‘zlar ancha uchraydi. Ularning ma’nosini yuqorida ko‘rsatilgan va boshqa usullar bilan tushuntirish mumkin.

1. Darsliklarda uchraydigan quyidagi so‘zlarning ma’nosini rasmini ko‘rsatish yo‘li bilan tushuntirish mumkin: yalpiz, isiriq, kiyiko‘ti, ermon (1,6), kashta (1,7), garmdori, qal’a, fabrika, raketa (1,17), chang‘i (1,19), qur’on (1,19), so‘na (1,19), so‘gal (1,19), sa’va (1,19), to‘ng‘iz (1,19), turna, sholi (1,21), sharshara (1,21), charos(1,22), shabnam (1,22) gumbaz (1,22), marvaridgul (1,77), soda (1,29), sa’va (1,29), olxo‘ri (1,31), husayni (1,38), chang‘i (1,41), konki (1,41), paroxod (1,42), qayin (1,43), zarg‘aldoq (1,46), do‘lana (1,51), tola (1,67), parovoz, teplovoz, elektrovoz, vagon (1,71), tog‘olcha (1,77), metro (1,78), kamalak (1,79), tuman (1,79), mosh (1,80), binafsha (1,80), chuchmoma (1,80), gulsapsar (1,80), norin (1,80), shilpildiq (1,80), qarag‘ay (1,85) karvon (1,87), zangori (1,90), feruza (1,96), pe-shayvon (1,109), na’matak (1,177), qirg‘iy (1,178), olcha (1,137), saroy (6,7), piyma (6, 11), tunuka (6, 12), po‘stin (6, 14), soy (6,16), arpa (6,16), chuchmoma, yalpiz, jag‘jag‘, ismaloq (6,43), turna (6,44), ko‘za (6, 54), pona (6, 60), chinor (6,102), xarita (3,10), minora (3, 13), chayla (3, 22), umrboqi, ko‘kalapish, doniyor ( 3,22), taqa (3,75), tivit, tovus, beqasam (3,90).

Ko‘rinib turibdiki, bu so‘zlar aniq, ya’ni ko‘z bilan ko‘riladigan narsalarning nomini bildiradi. Ot va sifat turkumiga mansub so‘zlarning ma’nosini tushun-tirganda narsa tasvirlangan suratni, fe’l turkumiga oid so‘zlarni tushun-tirganda esa sujetli suratni ko‘rsatish lozim.

2. Quyidagi so‘zlarning ma’nosini ularga sinonim keltirish orqali tushun-tirish mumkin. Istiqlol – mustaqillik, nurafshon – yorug‘, muborakbod etmoq – tabriklamoq, samo – osmon, ko‘k, gulshan – gulzor, sabo – shabada, munosabat – bog‘lanish, dorivor – shifobaxsh, yaproq – barg, hadya etmoq – bermoq, sovg‘a qilmoq, tub – tag, ahil – inoq, huvullamoq – bo‘shamoq, javon – shkaf, dastyor – yordamchi, alloma – olimlar, muhlat – vaqt, darg‘azab bo‘lish – g‘azablanish, shu’la – nur, ehtirom – hurmat, badavlat – boy, tazyiq – zug‘um, an’ana – odat, ta’na – dashnom, ta’ziya – aza, ma’lumot – xabar, ma’yuslanmoq – xafa bo‘lmoq, chashma – buloq, choq – payt, arg‘imchoq – ip, darz – yoriq, ranj – qiyinchilik, ganj – boylik, xazina, sust – sekin, bol – asal, tabassum – kulgi, muddat – vaqt, tasalli – yupanch, musaffo – sof, toza, mutolaa – o‘qish, do‘kon – magazin, zoriqmoq – muhtoj bo‘lmoq, noyob – topilmas, undirmoq – o‘stirmoq, mamnun – xursand, gavjum – to‘la, surkash – surtish, ohista – sekin, et – go‘sht, daromad – kirim, xontaxta – stol, xazonrezgilik – barglarning to‘kilishi, ezgulik – yaxshilik, boldoq – zirak, najot – yordam, mo‘‘tadil – o‘rtacha, sarvqomat – tik, chanqagan – suvsiragan, so‘yla – gapir, so‘zla, toblanmoq – chiniqmoq, gazlama – mato, yo‘ldosh – hamroh, choyshab – ko‘rpa, silliq – tekis, intizom – tartib, olam – dunyo, mug‘ombir – ayyor, chaqa – tanga, parranda – qush, istirohat – dam olish, nishon – mo‘ljal, tebranmoq – qimirlamoq, husn – chiroy, sohil – qirg‘oq, pardoz – bezak, chaman – gulzor, parvarish qilmoq – boqmoq, olishmoq – kurashmoq, urishmoq, jajji – kichkina, mitti, mador – quvvat, g‘ubor – chang, dog‘, jussa – gavda, o‘git – nasihat, yumush – ish, jamlamoq – to‘plamoq, lazzat – rohat, jasorat – jasurlik, ulug‘ – buyuk, tortig‘ qilmoq, sovg‘a qilmoq, suyukli – sevimli, boqmoq – qaramoq, maftun bo‘lmoq – mahliyo bo‘lmoq, beg‘ubor – toza, sof, ko‘lanka – soya, ensiz – qisqa, enli – keng, g‘alati – qiziq, hushyor – sezgir, ziyrak, sayyoh – sayohatchi, turist, ilk – birinchi, tashna – suvsiz, chanqoq, hangu-mang – hayron, bezovta – notinch, maysa – o‘t.

Bu usulni qo‘llaganda o‘qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, so‘zlarni sinonim orqali tushuntirish o‘quvchilar har bir izohlovchi sinonimning ma’nosini yaxshi tushungandagina maqsadga yetadi. Shuning uchun so‘zning ma’nosini tushuntirish uchun keltiraligan sinonim sifatida faqatgina bolalar yaxshi tushunadigan umumiste’mol so‘zlarni tanlash kerak.

3. Darsliklardagi o‘ta umumiy, keng tushunchani bildiruvchi so‘zlarning ma’nosini ular nomlaydigan narsalarni sanab keltirish orqali tushuntirish mumkin.

Hasharot bu – qurt, chumoli, ari, qo‘ng‘iz, o‘rgimchak.

Meva – olma, nok, anjir, o‘rik, shaftoli.

Matn – hikoya, she’r, ertak.

Poliz – qovun, tarvuz, handalak.

Ajdod – ota, bobo, buvi, bobokalon.

Avlod – farzand, nevara, evara, chevara.

Texnika – traktor, mashina, kombayn, televizor, dazmol.

4. Darslikdagi ko‘pgina so‘zlarning ma’nosini ularning tarkibiy qismlari – morfemalar orqali aniqlash mumkin. Shu narsa ma’lumki, kattalar ham, o‘quvchilar ham noma’lum so‘zni bo‘lish va ma’lum bo‘lgan o‘zakdosh so‘z bilan mazmuniy aloqa o‘rnatish asosida ochishga harakat qiladi. 3-sinf darsligida quyidagi so‘zlarni so‘z yasalish tarkibi – o‘zak va yasovchi qo‘shimcha orqali tushuntirish mumkin.

Oromgoh – orom – o‘zak, -goh – so‘z yasovchi qo‘shimcha, joy degan ma’noni anglatadi. Demak, bu so‘z orom, dam oladigan joy ma’nosini bildiradi. Xabardor – xabar – o‘zak, -dor – so‘z yasovchi qo‘shimcha, egalik ma’nosini bildiradi. Demak, bu so‘z xabari bor degan ma’noni bildiradi, qalamkash – qalam – o‘zak, kash – so‘z yasovchi qo‘shimcha, tortmoq, chizmoq degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z qalam bilan ishlovchi kishini, ya’ni shoir, yozuvchilarni bildiradi. Ma’rifatparvar – ma’rifat – o‘zak, parvar – so‘z yasovchi qo‘shimcha, otdan anglashilgan narsani tarbiyalash, shunga yaxshi munosabat kabi ma’nolarini bildiradi. Demak, bu so‘z ma’rifatni sezuvchi, unga intiluvchi degan ma’noni bildiradi. Da’vogar – da’vo – o‘zak, gar – so‘z yasovchi qo‘shimcha, otdan ishlab chiqaruvchi kasb yoki faoliyat egasini bildiruvchi shaxs oti yasaladi. Demak, bu so‘z da’vo qiluvchi degan ma’noni bildiradi. Ta’sirchan – ta’sir – o‘zak, chan – so‘z yasovchi qo‘shimcha, egalik, ortiqlik ma’nosini bildiradi. Demak, bu so‘z ta’siri bor, kuchli yoki ta’sirga tez uchraydigan degan ma’noni bildiradi. Ma’murchilik – ma’mur – o‘zak, -chilik – so‘z yasovchi qo‘shimcha. Bu so‘zning ma’nosini bilish uchun o‘zakning ma’nosini bilish kerak. Ma’mur so‘zi o‘zbek tilining izohli lug‘atida obod, farovon, to‘kin deb izohlangan. Demak, ma’murchilik so‘zi to‘kinchilik ma’nosini bildiradi. Childirimkash – childirma – o‘zak, -kash – so‘z yasovchi qo‘shimcha, kasb-hunar egasi bo‘lgan shaxs oti yasaydi. Demak, bu so‘z childirma chaluvchi degan ma’nonini bildiradi.

Gulchambar – guldan qilingan chambarak.

Sharsimon – shar – o‘zak, -simon – so‘z yasovchi qo‘shimcha, o‘xshash degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z sharga o‘xshash degan ma’noni bildiradi.

O‘quvchilarga so‘z yasovchi qo‘shimchaning ma’nosi bir marta tushuntirilsa, shu qo‘shimcha qo‘llangan boshqa so‘zlarning ma’nosini ularning o‘zi aniqlayveradi.

Serqatnov – qatnov – o‘zak, ser – so‘z yasovchi qo‘shimcha, ko‘p degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘zning ma’nosi qatnoy ko‘p degani.

Serhikmat – hikmati ko‘p, hikmatga boy.

Sohibkor – sohib – o‘zak, -kor – so‘z yasovchi qo‘shimcha, kasb egasi mutaxassislik, mashg‘ulot bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs oti yasaydi. Bu so‘z o‘z kasbining ustasi degan ma’noni bildiradi.

Badfe’l – fe’l – o‘zak, bad – so‘z yasovchi qo‘shimcha, yomon degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z fe’li yomon degan ma’noni anglatadi.

G‘o‘zapoya – g‘o‘za – o‘zak, poya – so‘z yasovchi qo‘shimcha. Bu so‘z g‘o‘zaning poyasi degan ma’noni bildiradi. Jangovor – jang – o‘zak, ovor – so‘z yasovchi qo‘shimcha. Bu so‘z kurashchan, faol degan ma’noni bildiradi. Mashinasoz – mashina – o‘zak, soz – so‘z yasovchi qo‘shimcha, tuzatuvchi degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z mashina tuzatuvchi degan ma’noni bildiradi.

Hazilkash – hazil – o‘zak, kash – so‘z yasovchi qo‘shimcha, qiluvchi degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z hazil qiluvchi degan ma’noni bildiradi.

5. Darsliklardagi sinonimi mavjud bo‘lmagan quyidagi so‘zlar ma’nosini o‘quvchilarga tasviriy yo‘l bilan tushuntirish mumkin.

Anjuman – keng ko‘lamli, katta yig‘ilish.

Fuqaro – biror mamlakatning doimiy aholisi.

Ma’vo – turar joy.

Tazyiq – kuch bilan, zo‘rlab o‘tkazilgan ta’sir, siquv.

An’ana – avloddan-avlodga o‘tib boradigan urf-odat.

Ma’rifat – tabiat, jamiyat va inson haqidagi chuqur hamda ezgulikka yo‘naltirilgan bilim.

Qur’on – musulmonlarning Olloh tomonidan Muhammad payg‘ambarga vahiy qilingan (tushirilgan) muqaddas kitobi.

Qit’a – yerning dengiz va okeanlar bilan qurshalgan oltita alohida qismidan har biri.

So‘gal – badanga ko‘pincha qo‘l yoki oyoqda bo‘ladigan qattiq yumaloq o‘simta.

Mo‘jiza – odatdan tashqari kishini hayron qoldiruvchi hodisa yoki ish, narsa.

So‘na – urg‘ochisi hayvonlarning qonini so‘radigan, erkagi o‘t bilan ovqatlanadigan yirik pashsha.

6. Mavhum tushunchani bildiruvchi so‘zlar ma’nosini obrazlar yordamida tushuntirish mumkin. (Bu haqda batafsil qarang: [8].) Bir-ikkita misol keltiramiz.

Adolat so‘zini obrazli ravishda quyidagicha tushuntirish mumkin: «O‘quvchilar, adolat bu odamlarga bir xilda munosabatda bo‘lishdir. Adolat taroziga o‘xshaydi. (O‘qituvchi tarozining rasmini ko‘rsatadi.) Tarozining ikkala pallasiga bir xil yuk qo‘yilsa, uning ikki pallasi teng bo‘ladi. Bir pallasiga og‘irroq yuk qo‘yilsa, tarozining bir pallasi baland, bir pallasi past bo‘ladi. endi hayotdan misol keltiraman. Masalan, bir otaning 2 o‘g‘li bor. Ota bozordan 4 ta olma olib keldi. Ikkala o‘g‘ilga 2 tadan olma bersa, bu adolatdan bo‘ladi. Bir o‘g‘liga bitta, ikkinchi o‘g‘liga uchta olma bersa, bu adolatsizlik bo‘ladi».

Jur’at so‘zini obrazli tarzda quyidagicha tushuntirish mumkin: « O‘ qu v chilar, jur’at – bu xavf-xatar, qiyinchiliklardan hayiqmay qilingan ish. Hayotda ko‘p holda kishiga jur’at kerak bo‘ladi. Masalan, tishingiz og‘rib qolsa, tish shifokoriga borishingiz uchun jur’at kerak. Yoki matematikadan sizga qiyin misol berilgan bo‘lsa, uni yechish uchun ham jur’at kerak. Jur’atni, o‘quvchilar, jarlik ustidan sakrab o‘tayotgan otga o‘xshatish mumkin. Chunki jarlik ustidan sakrab o‘tish uchun katta jur’at, jasorat kerak. O‘quvchilar, hayotda qiyinchiliklardan qo‘rqmay, jur’at bilan ish tutsangiz, ko‘zlagan maqsadingizga erishasiz».

So‘z ma’nosini tushuntirish ‒ hali o‘quvchilar lug‘atini boyitishning birinchi bosqichi xolos. So‘z o‘quvchining “o‘z mulki”ga aylanishi, ya’ni faol lug‘atiga kirishi uchun katta ishni amalga oshirish talab qilinadi. Nutq o‘stirish bo‘yicha tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu borada shablon va rejasizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir dars uchun rejalashtiriladigan so‘z ustidagi izchil, puxta, doimiy ish olib borilishi lozim.

O‘quvchilar uchun tushunarsiz va nofaol so‘zlarni faollashtirishning quyidagi yo‘llari mavjud:

1. Boshlang‘ich sinf “Ona tili” darsliklarida berilgan o‘quvchilar lug‘atini faollashtirishga doir mashqlarni bajartirish.

2. O‘qish darslarida o‘qiganlarini qayta hikoyalash, suhbat, bayon, inshoda yangi va nofaol so‘zlarni qo‘llash.

3. Ona tili va o‘qish darslarida o‘qituvchining o‘zi tomonidan tuzilgan mashq va topshiriqlardan foydalanish.

4. Ona tili darsligidagi mashqlarga qo‘shimcha topshiriqlar ilova qilish.

Biz bu maqolada uchinchi va to‘rtinchi yo‘l haqida so‘z yuritamiz.

Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar lug‘atini faollashtirish uchun o‘qituvchining o‘zi tomonidan tuziladigan quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

1. Har bir qatordagi o‘zakdosh so‘zlarni toping.

Qadrli, aziz, qadrdon;

Vafodor, sadoqatli, bevafo;

Mehrli, xushfe’l, mehribon;

Qo‘pol, qo‘rs, qo‘pollik.

O‘zakdosh so‘zlarni ajratib yozing. O‘zagini belgilang. Shu so‘zlardan istagan birini qo‘llab gap tuzing.

2. Sabr, hurmat, e’tibor so‘zlariga o‘zakdosh so‘zlar toping.

Izohli lug‘atdan bu so‘zlarning ma’nosini o‘qing va eslab qoling.

1) Insonni nima uchun hurmat qilish mumkin?

2) Har qanday odam hurmatga loyiqmi?

3. Har bir so‘zning qaysi turkumiga kirishini aniqlang.

Ishonch, ishonmoq, e’tibor, ishonchli, mehmondo‘st, mazax qilmoq, xafa qilmoq, xushfe’l, bag‘ritosh, nafratlanmoq, yaxshi ko‘rmoq, loqayd, hurmat, halol, rost, rostgo‘y, shafqatsiz, insonparvar.

So‘zlarni uch ustunchaga ajratib yozing: ot, sifat, fe’l. Insonning ijobiy xislatlarini ayting. Bag‘ritosh va mehribon so‘zlarining ma’nosini tushuntiring.

4. Berilgan so‘zlarga qarama-qarshi ma’noli so‘zlar topib yozing.

Dono odam ‒ nodon odam ; xushfe’l yigit ‒…; jasur askar ‒…; shirinso‘z bola ‒…; bag‘ritosh odam ‒…; qahrli nigoh ‒…

Foydalanish uchun so‘zlar: badfe’l, mehribon,qo‘rqoq, qo‘pol, mehrli.

5. Berilgan sifatlarning umumiy jihati nimada? Ularning ma’nosida qanday farq bor?

Xushmuomala, shirinso‘z, xushfe’l, nazokatli, odobli, muloyim, kirishimli, dilkash.

6. Lug‘at diktanti.

Birinchi ustunchaga odamlar qanday bo‘lishi kerakligi bildiruvchi, ikkinchi ustunchaga qanday bo‘lmasligi kerakligini bildiruvchi so‘zlarni yozing.

Xushfe’l, qo‘pol, yolg‘inchi, halol, vijdonli, qasoskor, sabrli, shafqatli, to‘g‘ri-so‘z, shafqatsiz.

Shu so‘zlardan uchtasini tanlab gap tuzing.

7.Quyidagi gaplardan to‘g‘ri so‘zining ma’nolarini qiyoslang.

To‘g‘ri odam yolg‘on gapimaydi.Nodirning javobi to‘g‘ri.

Qaysi so‘zlar birinchi gapga, qaysi so‘zlar ikkinchi gapga mos keladi: halol, aniq, insofli, rost.

8.Yumshoq va muloyim so‘zlarini quyida berilgan qaysi otlar bilan bog‘lash mumkin?

Divan, so‘z, odam, mum, kulgi, yostiq, xamir, ko‘rpa, muomala.

9.Qarama-qarshi ma’noli so‘z yozib, ma’nosini izohlang.

shafqatsiz ‒…;

xushmuomala ‒ …;

Boshlang‘ich sinf “Ona tili” darsliklaridagi mashqlarga quyidagi qo‘shimcha topshiriqlarni tavsiya qilamiz:

1. 2-sinf “Ona tili” darsligidagi [4] 25-mashqqa. Inoq, intizom, ilg‘or, ilm, pichan, nihol, koinot so‘zlari ishtirokida so‘z birikmasi tuzing.

Foydalanish uchun so‘zlar: do‘stlar, rioya qilmoq, mamlakat, maktab, o‘rmoq, o‘tqazmoq, cheksiz, olmoq.

Inoq, ilm, nihol, koinot so‘zlariga ma’nodosh so‘zlar toping .

2. 2-sinf “Ona tili” darsligidagi 53-mashqqa. Haykal, hamshira, handalak, hashar, harorat, hoshiya so‘zlari ishtirokida so‘z birikmalari tuzing.

Foydalanish uchun so‘zlar: xushbo‘y, Navoiy, ayol, umumxalq, xona, daftar.

Shu so‘z birikmalaridan uchtasini tanlab gap tuzing.

3. 3-sinf ”Ona tili” darsligidagi [1] 21-mashqqa. Anhor, olxo‘ri, javon, nordon, arqon, poda, beda, sabr so‘zlari ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar: katta, kitob, uzun, qora, tezoqar, ko‘m-ko‘k, olma.

Poda so‘zining uyur, gala so‘zlaridan farqini ayting.

4. 3-sinf “Ona tili” darsligidagi 39-mashqqa. An’ana, marifat, e’tirof, ta’na, ta’ziya so‘zlarining ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang.

Shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing.

An’ana, marifat, ta’na so‘zlariga ma’nodosh so‘zlar toping.

5 . 3-sinf “Ona tili” darsligidagi 40-mashqqa.

Ma’naviyat, ma’rifat, da’vogar, ta’sirchan, ma’murchilik, mas’uliyat, ta’-minot, e’tiqod, ma’yuslanmoq so‘zlarining ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang. Ta’sirchan, ma’murchilik, ma’suliyat, e’tiqod, ma’yuslanmoq so‘zlariga ma’nodosh so‘zlar toping. Shu so‘zlar ishtirokida bittadan gap tuzing.

Mashqda berilgan mazkur so‘zlar ma’nisini 3-sinf o‘quvchisi bilmaydi. Bu so‘zlar ustida lug­‘at ishi o‘tkazilmasa, ular hatto o‘quvchining nofaol lug‘atiga ham kirmay qoladi.

6. 3-sinf “Ona tili” darsligidagi 42-mashqqa. Lu g‘ atdan foydalanib qur’on, qo‘rg‘on, mo‘jiza, da’vat, so‘na, ma’sul, me’mor, qit’a, so‘gal, sa’va, to‘ng‘iz so‘zlarining ma’nosini izohlang.

Shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar: mustahkam, tabiat, hushyorlik, shaxs, o‘qimoq, bino, olti, g‘adir-budur, mitti, ovlamoq.

7. 3-sinf ”Ona tili” darsligidagi 310-mashqqa. (Mashqda “Mening onam” mavzusida 5-6 gapdan iborat matn yozing” deb topshiriq berilgan.) Matnda quyidagi so‘z va iboralardan foydalaning: oq yuvib, oq taragan, mehribon, istamoq, ko‘maklashmoq, tortiq qilmoq.

8. 3-sinf ”Ona tili” darsligidagi 326-mashqqa. Kezaman so‘ziga ma’nodosh so‘z toping.

9. 4-sinf “Ona tili” darsligidagi [2] 94-mashqqa.Teatr, radio, manfaat, kakao, mutolaa, chavandoz so‘zlarining ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang.

Bu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar: aktyor, ko‘rmoq, mohir, ichmoq, kitob, eshitmoq.

10. 4-sinf “Ona tili” darsligidagi 103-mashqqa. Jadval, jayron, jurnal, ijozat, tarjimon so‘zla-rining ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang.

Shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar: go‘zal, ko‘paytirish, olmoq, “G‘uncha”, mohir.

Jayron va jiyron so‘zlarining farqini ayting.

Foydalanilgan adabiotlar:

1. Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili 3-sinf uchun darslik. – Toshkent.: «O‘qituvchi», 2014. – 144 b.

2. Ikromova R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shodmonqulova D. Ona tili. 4-sinf uchun darslik. – Toshkent: «O‘qituvchi», 2015. – 192 b.

3. Matchonov S., Shojalilov A., X. G‘ulomova, Sh. Sariyev, Z. Dolimov. O‘qish kitobi. 4-sinf uchun darslik. – Toshkent: “Yangiyo‘l poligraf servis”, 2015. – 240 b.

4. Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili. 2-sinf uchun darslik. – Toshkent.: «Cho‘lpon», 2014. – 128 b.

5. G‘afforova T., Shodmonov E., G‘ulomova X. Ona tili. 1-sinf uchun darslik. – Toshkent: “Sharq”, 2015. – 112 b.

6. G‘afforova T., Shodmonov E., G‘ulomova X. O‘qish kitobi. 1-sinf uchun darslik. – Toshkent: “Sharq”, 2015. – 112 b.

7. Львов М.Р. Речь младших школьников и пути её развития. ‒ Москва: «Просвещение», 1975. – 176 c.

8. Сафаров Ф. С. Бошланғич синф ўқувчиларига мавҳум тушунчаларни образ воситасида тушунтириш. ‒ “Педагогик маҳорат” журнали. Бухоро, 2013, 2-сон, Б. 50 – 53 .

9. Текучев А. В. Методика преподавания русского языка в средней школе. Москва, 1980. – 224 c .

Qiziqarli malumotlar
Kiyimlar mavzusida uchta gap tuzing