Rogalik bulochka tayyorlash, pishirish resepti

Rogalik bulochka tayyorlash, pishirish resepti

Rogalik bulochka tayyorlash, pishirish resepti

DO`STLARGA ULASHING:

Kerakli masalliqlar:

1. Sut — 200 gr.
2. Tuhum — 4-5 dona
3. Margarin — 250-300 gr
4. Shakar — 3-4 osh qoshiq
5. O’simlik yog’i — 0,5 piyola
6. Achitqi — 1 osh qoshiq
7. Tuz — 1 choy qoshiq
8. Un

Rogalik bulochka
Rogalik bulochka

Tayyorlanishi:

2 stakan unga iliq sut, shakar, achitqi va tuz solinib, aralashtiriladi va 1 soatga issiq joyga o’rab qo’yiladi.

Tuhum va yog’ aralashtirilib, oshgan massaga solinadi. Va qo’lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamir 5 bo’lakka bo’linib, har bir bo’lak yoyiladi.

Margarin 5 bo’lakka bo’linib, yoyilgan hamirlar ustiga surtib chiqiladi. So’ng hamir o’ralib, rulet xoliga keltiriladi va celofan paketga solinib, muzlatkichga 5-6 soatga qo’yiladi.

Muzlatkichdan olingan hamir o’rtacha yupqalikda yoyiladi va 16 bo’lakka bo’linadi. Bu bo’lakchalar ichiga nachinkani solib, o’rab, usti bezatiladi va oldindan qizdirilgan duhovkada pishiriladi.

Nachinka sifatida mak, maydalangan yong’oq, korica yoki iris ishlatishingiz mumki. Ustki bezakka kokos qirindisi yoki shakar ishlatish mumkin.

Rulet xoliga keltirilgan hamir bo’laklarini uzoq muddat saqlab, bittadan xar kuni nonushtaga pishirishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaxa!

pishirish resepti, Rogalik bulochka tayyorlash