Ko‘z atrofidagi ajinlarni ukolsiz yo‘qotish uchun tavsiyalar
- 3.1 Oqartiruvchi smetana
- 3.2 Bodringli yuz niqobi
- 3.3 Limon bilan smetana
- 3.4 Sepkillarni yo’qotish uchun xamirturushli niqob
- 3.5 Asal bilan limon
Sepkil paydo bo’lishining sabablari va ularni yo’qotish usullari
Teri va sochlarning rangi uchun melanin pigmenti javobgardir. Moddalarning muvozanatsizligi, stress va vitamin yetishmovchiligi bilan teri hujayralari pigmentatsiyaga ega bo’lishi mumkin. Sepkillar paydo bo’lishining asosiy sabablari ota-onadan bolaga o’tadigan irsiyat bilan bog’liqdir.
Sepkillar kasallik emas, ularning «efelidlar» degan ilmiy atamasi mavjud. Shuning uchun ular sog’liqdagi jiddy og’ish emas, terining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Sepkillarni ketkazish usullari turlicha bo’lishi mumkin:
- Dori vositalarini qo’llash orqali bartaraf etish;
- Xalqona vositalar va kremlar yordamida oqartirish;
- Zamonaviy kosmetika vositalari bilan yashirish.
Kurashni to’g’ri taomnoma bilan boshlash kerak: unga C va PP vitaminini kiriting. Sitruslar guruhiga mansub mevalar, malina, olxo’ri, banan va uzumlar C vitamini bilan to’yingan, shuning uchun ularni kundalik ratsioningizga qo’shing. Vitamin PP mol jigari, pishloq, baliq, tuxum va sutda mavjud.
To’g’ri mahsulotlar qatoriga sabzavotlarni ham qo’shamiz: sabzi, kartoshka, pomidor va brokkoli. Odatda, barcha sabzavotlar va mevalar foydali, ular faqat 100 g mahsulotdagi vitamin miqdori bo’yicha farqlanadi. Quyosh eng faol bo’lgan mart-sentyabr oylaridagi taomnomaga e’tibor berish muhimdir.
Teri himoyasiga ham e’tibor bering. Yozda, ayniqsa, ta’tilning issiq mavsumida, SPF ko’rsatkichi (quyosh nurlaridan himoya qilish indeksi) 50 dan kam bo’lmagan quyoshdan himoyalovchi kremlarni ishlatish kerak. Keng aylanali ajoyib shlyapalar va panamalar ham yordam beradi.
Kosmetik oqartiruvchi kremlar
Kosmetichkada zarur bo’lgan «quyosh bo’sasi»ga qarshi vosita — sepkillarni ketkazishga yordam beruvchi maxsus kremlardir. Kosmetik mahsulotni tanlayotganda, tarkibiga e’tibor bering — uning tarkibiy qismlariga tabiiy vositalar ham kiritilgan bo’lishi kerak (o’simlik damlamalari, vitaminlar, o’simlik ekstraktlari). Papaya, kokos suti va laymli vositalar yaxshi yordam beradi. Ushbu elementlarning ta’siri tufayli to’q sariq rangdagi joylarda melanin kontsentratsiyasi sezilarli darajada kamayadi.
Sepkillarga qarshi samarali vosita — terini tez oqartiradigan gidroxinon saqlagan oqartiruvchi ta’sirga ega kremlar. Krem va niqoblardan har kuni foydalanish qonning to’g’ri aylanishini ta’minlaydi, hujayra vazifasini yaxshilaydi, sog’lom va yorqin ko’rinish bag’sh etadi.
Yuzni oqartirish haqida batafsil→
Sepkillarga qarshi uy sharoitida tayyorlanadigan 5 samarali niqoblar
Agar sizni sepkillarni uy sharoitida qanday ketkazish mumkinligi savoli qiynayotgan bo’lsa, siz terini oqartisih va holatini yaxshiroq qilishni xohlasangiz, xalq tibbiyoti maslahatlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Oqartiruvchi smetana
Smetandan tayyorlanadigan niqob har qanday turdagi teriga mos keladi. Yog’li teri uchun u prostokvasha yoki kefir bilan almashtiriladi.
- 1 choy qoshiq bo’lguncha yangi petrushkani maydalang.
- 2 choy qoshiq smetana va ko’katni aralashtiring.
- Paxtali disk yordamida yuzga 15-18 daqiqaga surting.
Sut mahsulotlari terini oqartiradi va petrushka hujayrani yangilanishini rag’batlantiradi.
Bodringli yuz niqobi
Vositani tayyorlash oson, bodring tarkibiga kiruvchi filloxinon tufayli sepkillarni oqartirishga yordam beradi.
- O’rta kattalikdagi bodringni qirg’ichning mayda tishidan o’tkazing yoki tilimlarga kesing.
- Teriga qo’llang va 15-20 daqiqa ushlab turing.
- Gorizontal yoki qulay holatida o’tirib, boshni orqaga tashlab, yuzga qo’llang.
Shuningdek yuzni har kuni bodring bo’lagi bilan artish ham oqartiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Limon bilan smetana
Ikkilangan oqartiruvchi ta’sirga ega. Niqobni tashkil etuvchi har ikkala komponent ham terining oqarishiga yordam beradi.
- Limonni po’stlog’i bilan qo’shib maydalang.
- Bir osh qoshiq smetana qo’shing.
- Yog’och qoshiq bilan yaxshilab, limon bo’laklarini idish devorlariga bosib, ezib aralashtiring.
- Yuzda 15 daqiqa ushlang.
Niqobni faqat sovuq yoki biroz iliq suv bilan yuvib tashlang. Xalq vositalari samarali, ammo ishlatiladigan masalliqlarning yangiligiga e’tibor qaratish lozim.
Sepkillarni yo’qotish uchun xamirturushli niqob
- 20 gramm xamirturush, 1 choy qoshiq limon sharbati va 1 osh qoshiq kefirni yaxshilab aralashtiring.
- Tayyor bo’lgan niqboni yuzga surting va 20 daqiqaga qoldiring.
- So’ng iliq suv bilan yuvib tashlang.
Asal bilan limon
Faqat terini oqartibgina qolmay, nafas olishini ham yaxshilaydi va yallig’lanishni bartaraf qiladi.
- Yangi limondan 1 osh qoshiq sharbat siqib oling.
- 1 choy qoshiqda tabiiy asal qo’shing.
- 10-12 daqiqaga toza va nam yuzga qo’llang.
Sitrus va asal tarkibiga kirgan moddalar allergik reaktsiyaga olib kelishi mumkin. Qo’llashdan oldin, vositani bilakka surtib, tekshiring va hech qanday allergiya yo’qligiga ishonch hosil qiling. 15 daqiqa davomida vositani terida qoldiring, agar qizarish bo’lmasa, siz ushbu niqobdan foydalanishingiz mumkin.
Sepkillarni ketkazish uchun niqoblarni uyquga ketishdan oldin qo’llash tavsiya etiladi. Qo’llagandab so’ng, yuzingiz uchun mos keladigan kremdan foydalaning. Niqoblarni qo’llash fanatizmsiz bo’lishi kerak, haftada 2-3 marta yetarli. Agar dastlabki kunlarda ta’sirni his qilmasangiz, tushkunlikka tushmaslik kerak, sizga vaqt kerak bo’ladi (1-2 oylik muntazam muolajalar).
Kosmetologik usullar
Sepkillardan tez va abadiy qutulish mumkinmi? Maskalar va kremlar pigmentlarni oqartiradi, ammo quyosh nurlari yana ta’sir qilganida qayta namoyon bo’ladi. Biroq, sepkillardan abadiy qutqaradigan samarali usullar mavjud.
- Sepkillarni lazer yordamida yo’qotish. Ushbu muolaja jarayonida lazer o’ta aniq ishlaydi va odatiy teri hujayralariga ta’sir qilmaydi. Ushbu muolaja medikamentoz usullarga tegishli, shuning uchun u juda qimmat turadi. Biroq, bitta muolajaning o’zi sepkillarni ketkazish imkonini beradi.
- Fototerapiya. Uskunali davolash qisqa muddatli chaqnashlar yordamida pigmentlarni oqartirish orqali sepkillardan tezda xalos bo’lishni taklif qiladi. Bundan tashqari, husnbuzar va akne kabi boshqa muammolarda ham yordam beradi.
- Piling. Pigmentlarning miqdori ko’p bo’lgan terining yuqori qatlamini olib tashlaydigan kislotali preparatlar bilan ishlov berish usuli. Pilingdan so’ng, teri tiklanishi uchun vaqt kerak, shuning uchun kosmetologning tavsiyalarini jiddiy qabul qiling.
Yuzda sepkillardan qanday qutulish kerakligi haqida savollarga javoblar juda ko’p. Eng muhimi, bu jarayonga ehtiyotkorlik bilan yondashish, barcha ijobiy va salbiy tomonlarni o’lchab ko’rish kerak (xalqona yoki kosmetik vositalarini qo’llash).
Kundalik maskirovka (yashirish) usuli
1 kun ichida siz sepkillardan qutulolmaysiz, ammo uni sezilmas qilish va yashirish qiyin bo’lmaydi. Ushbu maqsadda turli markalardagi BB va CC kabi universal kremlar yordam beradi. Ularda 7 ajoyib xususiyat bor:
- Nomukammallikni yashirish;
- Namlash;
- Silliqlik berish;
- Terining rangi kabi rang olish («aqlli krem»);
- Ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish;
- Yog’li yaltirashni qoldirmaslik;
- Yorqinlik bilan to’ldirish.
Sepkillarni yashirishning juda ko’p usullari mavjud, eng muhimi, o’zingiz uchun optimal uslubini tanlash. Ayniqsa, boshqalarning baholashiga e’tibor bermaslik kerak, chunki har bir shaxs individualdir va yondashuv ham to’g’ri bo’lishi kerak. Bir narsani so’zsiz aniqlash darkor — bu terining turi: kombinativ, normal, quruq yoki yog’li. Aynan shunga asoslanib vositalar tanlanadi.
Sepkillarni yo’q qilish kerakmi o’zi? Tabiat sizni o’ziga xoslik bilan ta’minladi. Siz kamchilik o’ylayotgan muammoni qadr-qimmatga aylantiring, joziba va xarizma bilan to’ldiring. Boho uslubidagi kiyimlarni tanlang, ular siz uchun mos keladi, yorqin va takrorlanmas bo’ling. Yashil linzalar sizning «yozgi» xususiyatingizga yanada urg’u beradi, o’rilgan sochlar esa biroz qo’rslik bag’sh etadi. Yuzingizdan sepkillarni davolash haqida tashvishlanmang, o’zingizning jozibangizni yodda tuting.
Ko‘z atrofidagi ajinlarni ukolsiz yo‘qotish uchun tavsiyalar
Ajinlardan qutulish uchun yuzni inyeksiyalar bilan qiynashning hojati yo‘q, quyidagi tavsiyalarga amal qilsangiz kifoya.
Krem
Agar yoshingiz hali 30 dan oshmagan, lekin yuzingizda kichik ajinlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, unda pulingizni turli vositalar, xususan, gellarga sarflamaslik, uning o‘rniga tarkibida retinoid bo‘lgan kremlardan, profilaktika sifatida esa C vitaminiga boy kremdan foydalanish tavsiya qilinadi. Chunki aynan ushbu vitamin kollogen sintezi va hujayralar regeneratsiyasiga javob beradi. Shuningdek, gialurona kislotasi bor bo‘lgan kremlar ham yaxshi foyda beradi.
Uqalash
Ajin tushishining oldini olish yoki ularning kamayishi uchun yuzni uqalash yaxshi natija beradi. Agar uqalash zaytun yoki kokos yog‘i bilan amalga oshirilsa bormi, kutilgandan tezroq o‘zgarish seziladi. Chunki ushbu yog‘lar tarkibidagi vitamin E va boshqa antioksidantlar terining oziqlanishi va hujayralarning qayta tiklanishiga sababchi bo‘ladi. Yuzni kuniga bir-ikki marta bir necha daqiqa davomida uqalash tavsiya qilinadi.
Ko‘z atrofiga niqob
Do‘kon to‘la tayyor niqoblar bo‘lishiga qaramay, ularni uy sharoitida o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlash maslahat beriladi. Bu orqali siz ham kimyoviy vositalarsiz tabiiy niqob bilan terini yaxshilagan hamda mablag‘ingizni tejagan bo‘lasiz. Quyida niqoblar retseptini havola etamiz.
Kartoshkali niqob
Kartoshkani bo‘tqa holiga keltiring va yog‘li qaymoq qo‘shing. Aralashmani ko‘zingiz atrofiga surting va 15 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlang.
Tuxum sarig‘idan tayyorlanadigan niqob
Tuxum sarig‘iga limon sharbati hamda bir choy qoshiq zaytun yog‘i qo‘shing. Niqobni ko‘z atrofidagi teriga surting va 20 daqiqadan keyin yuvib tashlang.
Qulupnayli niqob
Qulupnayni bo‘laklarga bo‘lib, bo‘tqa holiga keltiring va bir choy qoshiq asal bilan aralashtiring. Aralashmani dokaga solib, ko‘zingiz atrofiga qo‘ying, 15 daqiqadan keyin iliq suvda yuvib tashlang.
- Quyoshdan himoyalanish haqida siz bilmagan 7 ta fakt
- Soch to‘kilishi, charchoq va husnbuzar. Taomnomani o‘zgartirish kerakligini bildiruvchi belgilar
- Yozda qanday makiyaj qilish kerak?
- Yuz terisi go‘zalligiga ta’sir ko‘rsatuvchi 5 ta mahsulot
- Makiyajda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 10 xato
- Go‘zal tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? 6 tavsiya
Parhez va sportsiz qorinni yo‘qotishning 7 oddiy usuli
Ko‘pchilik qorinni yo‘qotish maqsadida fitnes-zallarga qatnaydi yoki karam barglarini probiotiklar bilan ketma-ket iste’mol qiladi. Albatta, bu jismoniy mukamallikka erishishning to‘g‘ri yo‘li.
Biroq jismoniy mashqlar va ovqatlanish tartibini o‘zgartirishga vaqt ham, asab ham, kuch ham bo‘lmasa, quyidagi oddiy layfxaklardan foydalaning. Ular oz bo‘lsa-da, qorinni yo‘qotishga yordam beradi.
1. Tikka turing
Yodingizga tushishi bilan yelkalaringizni to‘g‘irlab, qorningizni ichingizga torting. Agar esingizdan chiqib qolaversa, umurtqani tekislaydigan korrektor yoki tegishli tibbiy gadjyetni sotib oling.
Biz ko‘p holatlarda qomatni tik tutishning ta’sirini yetarlicha qadrlamaymiz. Umurtqa pog‘onasini to‘g‘irlash qorinni vizual jihatdan bilintirmaslikka, bo‘yni balandroq ko‘rsatishga yordam beradi.
Foto: Depositphotos
Mushaklar xotiraga ega, jumladan umurtqa pog‘onasiga kelganda ham. Shunday ekan, ikki-uch haftadan keyin qorin o‘zingiz istagandek yo‘qola boshlaydi. Har holda, tashqaridan qaraganda shunday ko‘rinadi.
2. Ko‘proq suv iching
Kuniga 8 stakandan suv ichishga oid eslatmalar hammani charchatadi. Biroq bu fakt: suv yetishmovchiligiga birinchi ishoraning o‘zidayoq achchiq evolyutsion tajribaga ega organizm darhol hayotbaxsh namlikni saqlab qola boshlaydi, shu jumladan qorinda ham. Xuddi shu sabab bilan yuzaga keluvchi oyoq va qo‘llardagi shishlar ko‘pchilikka tanish bo‘lsa, press sohasidagi shishlarga kamdan-kam holatlarda e’tibor qaratamiz. Attang! Ko‘pincha qorin chiqishiga aynan shu javobgar bo‘ladi.
Foto: Maxfitnesstoday
3. Hojatxonaga muntazam qatnang
Qorin chiqmasligi uchun bu ham ahamiyatga ega. Inson organizmi — juda sabrli va agar siz hojatxonaga borgingiz kelganda uni chidashga o‘rgatgan bo‘lsangiz, u faqat favqulodda holatlardagina sizni u yerga chorlaydigan bo‘ladi. Qolgan vaqtda peshob pufagi devorlari kengayadi, buning oqibatida esa ko‘p holatlarda qorin ortiqcha hajmga ega bo‘lib boradi.
Kuniga kamida 5-7 marta hojatxonaga kirayotganingizga ishonch hosil qiling. Tibbiyot xodimlari aynan shu raqamlarni normal deb hisoblashadi.
4. Ovqatni yaxshilab chaynang
Tushlik yoki kechki ovqatni qancha sifatli chaynasangiz, u oshqozondan shuncha kam joy oladi. Bu esa oshqozon to‘lib, qorin chiqishiga olib kelmaydi, deganidir.
Bundan tashqari, taomni qancha uzoq chaynasangiz, shuncha kamroq yeysiz, chunki siz chaynagunga qadar miya to‘yganlik haqida signal beradi va siz yeyishdan to‘xtaysiz. Bu ortiqcha kaloriya yig‘maslik imkonini beradi va istiqbolda qorin holatiga ham ta’sir qiladi.
5. Burundan nafas oling
Bir qarashda, g‘alati maslahatdek tuyulishi mumkin, biroq amaliy. Gap shundaki, og‘izdan nafas olinganda biz ichimizga havo yutamiz va bu qorin chiqishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shu sabab ko‘p saqich chaynamaslik tavsiya qilinadi. Ovqatdan keyin saqich chaynash o‘rniga sprey yoki muz-konfetlardan foydalangan ma’qul.
Foto: Emaze
6. Gormonlarni nazorat qiling
Ayollik gormoni hisoblangan estrogenning me’yordan chekinishi ko‘pincha vistseral yog‘ning paydo bo‘lishiga olib keladi – u ko‘proq qorinda to‘planadi. Shu bois shifokorga ko‘rinib, estrogenga tahlil topshirish va zarurat tug‘ilganda uni normal holatga keltirishga erinmang.
7. Tepaga qarab yoting
Tepaga qarab yoting, oyoqlaringizni teparoqqa (masalan, divan suyanchig‘iga) joylashtiring, belingiz tagiga esa rulon qilib o‘ralgan sochiqni qo‘ying. Qorningizga e’tibor bering: bunday holatda u ichga kiradi va tekislanadi. Kuniga 20 daqiqadan shu oddiy gimnastikani bajarsangiz – tez orada qorin mushaklari bunday pozitsiyaga o‘rganib qoladi (mushaklar xotirasini eslang).
Darvoqe, yaponlar bu mashqni chiroyli qomat garovi deb hisoblashadi.
Qiziqarli malumotlar
Ko‘z atrofidagi ajinlarni ukolsiz yo‘qotish uchun tavsiyalar