Ayollar milliy ko’ylagini bichish va tikish

Ayollar milliy ko’ylagini bichish va tikish

(K 110sm; AVeng uzunligi65sm )

Beva ayolga yaqinlik qilish savobmi?

Ba’zan: “Beva ayollarga jinsiy muomala qilish savob bo‘ladi. Bu xuddi chanqab turgan daraxtga suv berganday gap-da”, deyilgan gaplarni eshitib qolamiz.

Bu nechog‘lig‘ to‘g‘ri so‘z? Rostan ham shundaymikan?

Musulmon kimsalar uchun dasturul amal bo‘lmish Qur’oni karim va Sunnati nabaviyyaga murojaat qilamiz.

Alloh taoloning kalomida marhamat qilingan:

«Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki u buzuqlik va yomon yo‘ldir». [Isro surasi, 32-oyat].

Demak, Alloh taolo zinoni harom etgan va ajratib “bevaga joiz, boshqaga harom”, deb aytmagan. Zino barcha musulmonlar uchun eng yomon yo‘l ekan va zino qilmaslik, hatto unga yaqin bormaslik buyurilgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kimki zino qilsa yoki xamr ichsa, xuddi inson boshidan ko‘ylagini yechib olgandek, Alloh undan iymonni yechib oladi”. (Hokim rivoyati).

Hadisda zinokor kimsa (agar halol deya) zino qilsa iymonidan ayrilishi aytilmoqda.

Musulmonlar uchun iymondan ayrilishdan-da qo‘rqinchli holat yo‘q. Zotan, iymonsiz kimsa do‘zaxda abadiy qoladi.

Ato rahimahulloh jahannam haqida bunday degan: “Uning yettita darvozasi bo‘lur” (Hijr, 44), oyatining tafsiri: “Bu darvozalarning eng g‘am-tashvishli, qayg‘uli, eng issiq va eng badbo‘yi – bilaturib qasda zino qilgan zinokorlar kiradigan darvoza bo‘ladir”.

“Beva va miskinlarni boqish yo‘lida sa’y-harakat qiluvchi kimsa, xuddi Alloh yo‘lida jiddu jahd qiluvchi kishidek va kunduzi ro‘zador, kechasi esa ibodatda qoim bo‘lgan kishidek (ajr-savobga ega bo‘lar)”. (Buxoriy va Muslim).

Ushbu hadisga diqqat qilaylik. Unda beva ayolga yordam beruvchi go‘yoki Alloh yo‘lida jiddu jahd etuvchi kimsadek savoblarga erishar, tunlari qoim va kunduzlari ro‘zodor kabi savobga ega bo‘lar ekan.

Bu hadislardagi ulkan savoblar beva ayollarga xolis Alloh rizosi uchun yordam qiluvchilargadir!

Zero, eri vafot qilgan va moddiy qiyinchilikdagi mushtipar onaga yordam qilish eng katta savob ishlardan biri bo‘ladi.

Palid va eng jirkanch kimsa esa, beva ayollarni kamsitib, ular bilan zino qilish payida yuradi.

Bir tafakkur qilib ko‘raylik, Alloh taqdiri ila o‘zimizning opa-singlimiz, qiz-nabiramiz beva bo‘lib qolib, kimdir uni zinoga chorlasa bizga yoqarmidi? Hech qachon!

Qolaversa, ulamolarimiz haromni halol va halolni harom degan kimsa dindan chiqib, iymonidan ayrilishini aytishgan.

Zinoni savob bo‘ladi deya aytish, iymondan ayrilishga olib boradi.

Musulmonlar biron sabab ila ersiz qolgan mushtipar beva ayolga to‘shak o‘yida emas, Alloh rizosi uchun beg‘araz yordam qilishlari lozim.

Ayollar milliy ko’ylaklarini tikish va bichish

O’zbekcha kiyimning ko’p asrli boy tarixi bor. Unda xalqimizning o’tmishi, iqlim sharoitimiz, turmush tarzimiz ko’zguda aks etgandek ifoda topgan. A.Makedonskiy yurishlari, mug’ullar bosqinchiligi, Temuriylar yurishlari va hukmronligi, nihoyat, mustabidlik davri- bularning hammasi kiyimda o’z aksini topdi.

Antik dunyo davrida (miloddan avvalgi IV asrdan milodning VI asrigacha) ayollar ko’ylagi yunoncha xitonga o’xshash, lekin o’ziga xos xususiyatlari bo’lar edi: old va ort bo’laklar etagining yon burchaklari o’zaro biriktirilib, bu faqat antik sharq uchungina xos bo’lgan muayyan drapirovka kurinishi xosil bo’lib turadi. Ayollarga u paytlarda lozim kiyish odat edi. Bosh kiyim sochni turmaklash shakllari xar xil bo’lardi.Tillaqoshlar, shokilalar, jevaklar, bilakuzuklar taqilardi.[11]

Ilk o’rta asrlar davrida ( V-VIII asrlar) ayollar gavdaga juda yopishib turadigan tunikasimon bichimli ko’ylak va faqat chap tomon qaytarmali, ko’ndalang taxlamalar ichiga kiritib qo’yiladigan uzun yenglari bor tunikasimon ust kiyimda yurishardi. Kiyimni yorqin guli va sernaqsh shoyi gazlamalardan tikishar edi. Sochlarini silliq tarab, cheka qismini quloqlar ustidan yopishtirib o’tkazib, soch o’rimiga qo’shib qo’yishar, zargarlik buyumlaridan juda xilma-xil taqinchoqlar taqishar edi.

Ko’ylak yenglari keng va uzun bo’lib, ular barmoqlarni ham berkitib turgan . Markaziy Osiyoni Rossiyaga qo’shilishi natijasida ayollar ko’ylaklarida tik yoqalar urf bo’lla boshladi. XIX asr oxirlarida ko’ylakda koketkalar paydo bo’ldi, ya’ni ko’krak burma ko’ylaklar kiyish odat tusiga kirdi va hozirgi kungacha bunday ko’ylaklar kiyiladi. 1920 yilda o’zbek ayollar kiyimi yangi zamonga, yangicha turmush tarziga, zamonaviy modaga muvofiq rivojlanishida davom etdi. Uzunasiga yaxlit, koketkali an’anaviy ko’ylak milliy mansublik simvoli bo’lgani uchungina emas, balki asosan xalq kiyimida iqlim xususiyatlariga, tevarak-atrofidagi tabiatga va turmush tarziga to’g’ri keladigan ratsional shakllar, bichimlar bir necha asrlardan beri saralanib kelgani uchun saqlanib qoldi. Ayollar ko’ylagida yorqin ranglar mutanosibligi o’lkazimiz tabiatiga monand tushgan bo’lib, shaklning bemalol tushib turishi jazirama quruq iqlim sharoitiga mos keladi( bunda kiyim tagi qatlamidagi xavoning ventilyatsiyasi yaxshi).

Moda «shabadasi» ayollarning an’anaviy ko’ylagiga xech ayamay zamona o’zgarishlarini kiritib boradi. Koketkalarning uzunligi va shakli ( oval,to’g’ri, to’rtburchak, burchak), ko’ylakdagi uzunlik, shakl ( to’g’ri to’rtburchak, trapetsiyasimon) va shakl xosil qilish prinsiplari ( burmalar, taxlamalar,plese, gofre, qiya bichiq, quyosh, qiyiq bo’laklar) ,yeng uzunligi, shakli va bichimi ( o’tkazma, reglan, yaxlit bichilgan) o’zgarib bormoqda; yoqa turlarining ( ingilizcha klassik, sholsimon, tik, qaytarma, yaxlit bichilgan va hokoza) va yoqa umuzining ( tunikasimon, oval, kare, qayiqcha va boshqalar) nixoyatda ko’p xilma- xilligi ko’zga tashlanadi. Ishlatiladigan dekorativ bezak turlari ham turli-tuman: kashta, qo’yma burma, kant va boshqalar. Qiziqarli yangiliklardan biri taxlama burma sifatida ko’ylak pasti tomonining yuqori qirqimini ozroq- ozroq terib qo’yilishi . Ishlatiladigan materiallar turi, ulardagi rang boyligi va naqshlar yechimi butunlay moda yo’nalishiga qarab hal qilinadi. Lekin an’anaviy xonatlas hamisha bir xilda mashxur bo’lib keladi. Uning naqsh motivi ham zamon ,voqeli davr ta’sirida o’zgarib turadi. [10]

Xonatlasdan tikilgan ko’ylaklar ustida olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha, undagi rapportning kattaligi, rasmlarining aniq- ravshanligi va qat’iyligi bu kiyimni ko’p bo’laklardan tikishga imkon bermaydi, uning shakli aniq, to’g’ri to’rtburchakka yaqin bo’lishi kerak. Rang tuslarining turlari va naqshgul yechimlari boy bo’lgani sababli ko’ylak kompozitsiyasiga bezak tariqasida boshqa materiallar, kashta gullar ( xatto lyureks – yaltiroq qoplamali ingichka iplar) aralashtirish tavsiya etilmaydi. Xonatlas ko’ylaklarni modellashga material rasmidan qiziqarli qilib foydalanish, detallarning shakli aniqligi mutanosibligi va yoqaning hilma- hilligi hisobiga erishiladi.

Lozim ayollar kiyimining ajralmas qismi bo’lib kelgan. Ayollar kiyimining bu turi milod boshlaridagi xotin-qizlar tasvirida uchraydi. Lozimning ham o’z tarixi bor. U shakl, ishlatiladigan materiali, dekori jihatidan o’zgarib turgan bo’lsa ham, teskari trapetsiyasimon bichimini saqlab qolgan. XX asr ikkinchi yarmidan boshlab, kengligini kamaytirish maqsadida, lozim bichimini ayollar shimi loyihasiga yaqinlashtirish boshlangan. Lozimni ko’ylak bilan bir xilda modellash kerak, chunki ular gavdaning idrok etilishida bir butunni tashkil etadi. Bunda shakl jihatidan ham, mutanosiblik, rang, ishlatiladigan materiallar va dekor jihatidan ham bir xillilik bo’lishi kerak. Shuning bilan birga gazlama tanlashda gigiyenik talablarni ham hisobga olish mumkim bo’ladi.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Ayollar milliy kо‘ylagi detallari

Ayollar milliy kо‘ylagi detallari. Har qanday kiyim detallardan iborat bо‘lgani kabi, ayollar milliy kо‘ylagini loyihalash uchun avvalom bor uning detallarini о‘rganish talab qilinadi. Quyida xotin-qizlar milliy kо‘ylagini tayyorlash uchun zarur bо‘lgan detallar keltirilgan (6-jadval).

Ayollar milliy kо‘ylagi detallari

Old koketka avrasi 1 detal

Ushbu jadvaldan kо‘rinib turganidek, old koketka tayyorlashda koketka avrasi, astari, koketkaning kо‘rinmasi, ort koketka uchun ort koketka avrasi, astari hamda koketka kо‘rinmasi bichib olinishi, milliy kо‘ylak old va ort etaklari 1 detaldan, kо‘ylak yengi esa 2 dona qilib olinishi kerak.

ayollar milliy kо‘ylaklarini tayyorlash uchun gazlama tanlash

Xotin qizlar milliy kо‘ylaklari uchun gazlama tanlashda shaxsning yoshi albatta e’tiborga olinishi kerak. Ayollar milliy kо‘ylaklari asosan gulli gazlamalardan tayyorlanib, u havo о‘tkazuvchan, gigiyenik talabga javob beradigan bо‘lishi kerak. Milliy kо‘ylaklar gullar, shakllar aks ettirilgan matolardan tikilishi mumkin. 15-20 yoshgacha bо‘lgan qizlar uchun asosan guldor, qizil, sariq rangdagi gazlamalar tanlanadi. 30-50 yoshdagi ayollar uchun о‘ta qizil ranglar xush kо‘rinmaydi. 50-80 yoshdagi ayollar uchun odmiyona, kо‘k, kulrang, oq-qora rang aralash gazlamalar tanlanadi.

Ayollar milliy kо‘ylagini tikishda, albatta qaysi faslda kiyilishiga qarab gazlama tanlanadi. Yozning issiq oylarida namni о‘ziga tortuvchi, havo о‘tkazuvchanligi yaxshi gazlamalar (shtapel, chit, batis, lavsan) tanlanadi.

Turli fasondagi ayollar milliy kо‘ylagini tikish uchun avvalo gazlamalar xarid qilinadi. Buning uchun har qanday razmerdagi milliy kо‘ylak uchun ketadigan gazlamalar sarfini bilishimiz zarur.

Gazlamalarni xarid qilishda gazlamaning eniga e’tibor berish lozim. Turli razmerdagi kо‘ylaklar uchun ketadigan gazlama sarfini aniqlash uchun kiyim uzunligiga yeng uzunligi о‘lchami qо‘shilishi kerak. YA’ni

K -kiyim uzunligi;

AVeng uzunligi –yeng uzunligi

Quyida kiyim uzunligi-110 sm, kalta yeng uzunligi-32sm va uzun yeng uzunligi 65 sm bо‘lgan barcha razmerdagi ayollar milliy kо‘ylaklari uchun ketadigan gazlamalar sarfi keltirilgan (7-jadval).
7-jadval

Ayollar milliy kо‘ylaklari uchun ketadigan gazlamalar sarfi

(K 110sm; AVeng uzunligi65sm )

Ayollar milliy kо‘ylagini bichish va tikish

Gazlamani bichish uchun о‘lcham asosida andoza tayyorlab olinishi kerak. Buning uchun u bichuv stoliga tо‘shalib, uning tuklari yо‘nalishi, gullar yо‘nalishi e’tiborga olinishi, gazlamadagi nuqsonlar qirqib tashlanishi kerak. Andozalarni joylashtirishda gazlamadagi gullar yо‘nalishi bir tomonga qaragan bо‘lsa, andozalar ham shu yо‘nalishda bо‘lishi lozim.

Quyida gullari bir xil yо‘nalishda bо‘lgan gazlamalarga milliy kо‘ylak detallarining joylashtirilish tartibi kо‘rsatilgan. .

49- rasm. Ayollar milliy kо‘ylagining detallarinin joylashtirilishi

a) mato gullari bir xil yо‘nalishda; b) gulli gazlamalarga andozalarning qarama-qarshi joylashtirilishi

Chizmada kо‘rinib turganidek, a) holatda xotin-qizlar milliy kо‘ylagining barcha detallari bir xil yо‘nalishda joylashtiriladi. Gulli gazlamalarda esa uning sarf miqdorini tejash maqsadida andozalar qarama-qarshi joylashtiriladi, b) holatda gulli gazlamalarga andozalarning qarama-qarshi joylashtirilish holati aks ettirilgan.

Gazlamaning etak qismi uning bо‘ylama ipi yо‘nalishida olinadi. Milliy kо‘ylak old va ort koketka astarlari chit, satin gazlamalardan bichiladi. Old va ort koketkaning yoqa о‘miz shakli qattiq va bejirim turishi uchun dublerin yoki flezelindan foydalaniladi.

Ayollar milliy kо‘ylagini tayyorlashda texnika va mehnat xavfsizligi hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi lozim.

Ayollar milliy kо‘ylagini tayyorlashda 3 ta о‘lchamdan foydalaniladi. Gavdadan о‘lcham olishda uzunlik о‘lchamlari tо‘liq va aylana о‘lchamlarining yarmi yoziladi.

1. B  -Bо‘yin aylanasining yarmi.

Bо‘yinni aylantirib, uning tagidagi chuqurchagacha smli lenta yordamida о‘lchab olinadi (о‘lcham olishda smli lenta tagidan bir barmoq kirib turishi kerak).

2. K  -Kо‘krak aylanasining yarmi.

Qо‘ltiqlar ostidan, kuraklar ustidan, kо‘krakning bо‘rtib chiqib turgan qismidan aylantirib о‘lchanadi. (О‘lcham olishda smli lenta tagidan 2 barmoq kirib turishi kerak).

3. K-Kiyim uzunligi.

Yelkaning yuqori nuqtasidan, kо‘kraklar ustidan о‘tkazib, tanlangan model uzunligigacha bо‘lgan о‘lcham olinadi.

Quyida bо‘yin aylanasining yarmi-18 sm, kо‘krak aylanasining yarmi-48 sm va kо‘ylak uzunligi-130sm ga teng bо‘lgan ayollar milliy kо‘ylagi andozasini tayyorlash texnologiyasi keltirilgan.

1.Bо‘yin aylanasining yarmi- BBо‘yin  -B  18 sm

2.Kо‘krak aylanasining yarmi-KKо‘krak  – K  48 sm (RRazmer)

3.Kо‘ylak uzunligi-Kuzun-K 130 sm

Ushbu о‘lchamdagi milliy ayollar kо‘ylagining ort, old koketkalari, yeng va etak qismi detallarining umumiy holatda joylashishi 50-rasmda keltirilgan.

50-rasm. О‘lchamlari keltirilgan ayollar milliy kо‘ylagining ort, old koketkalari, yeng va etak qismi detallarining umumiy holatda joylashishi

Ayollar milliy kо‘ylagi ort koketkasini tayyorlashda operatsiyalar ketma-ketligi quyida berilgan tartibda amalga oshiriladi.

Ayollar milliy kо‘ylagining ort koketkasini chizmasi.

51-rasm. Ort koketka

Yuqorida berilgan о‘lchamlar asosida ort koketkani tayyorlash uchun avvalo koketka uzunligi va kengligi topib olinadi.

1-qadam. AB-ort koketka enini aniqlash. Buning uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:

2-qadam. AV-ort koketka uzunligini topish. Buning uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:

3-qadam. AA1-Yoqa о‘mizining kengligini aniqlash.

Buning uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:

4-qadam. AA2-Yoqa о‘mizining chuqurligini topish uchun qо‘yidagi formuladan foydalanamiz:

A1 va A2 nuqtalar ovalsimon botiq chiziq yordamida tutashtiriladi.

5-qadam. Yelka qiyaligini aniqlash. B nuqtadan pastga 2,2 sm о‘lchab B1 nuqta qо‘yiladi. YA’ni:

A1B1 nuqtalar tо‘g‘ri chiziq yordamida tutashtiriladi.

6-qadam. Yeng о‘mizi chuqurligini aniqlash. Yelka qiyaligi yeng о‘mizi chuqurligiga tengdir. YA’ni

B1B2:2x nuqtani aniqlaymiz va ushbu nuqtadan 0,5 sm chapda 0,5 raqami qо‘yiladi. B1;0,5;B2 nuqtalarni chizmada kо‘rsatilgandek tutashtiramiz.

7-qadam. VB2 nuqtalarni birlashtiramiz va 2 ga bо‘lamiz. X bо‘lish nuqtasi dan pastga 1,5 sm о‘lchaymiz hamda V; 1,5; B2 nuqtalarni chizmada kо‘rsatilgandek ovalsimon shaklda birlashtiramiz. Quyidagi jadvalda ort koketkani tayyorlash formulalari, uning chizmasi va koketka detallarining nomlanishi keltirilgan.

nuqtani aniqlaymiz va ushbu nuqtadan chapga 0,5 sm belgilaymiz

nuqtalarni chizmada kо‘rsatilgandek birlashtiramiz

nuqtani belgilaymiz va ushbu nuqtadan pastga 1,5 sm о‘lchaymiz

nuqtalarni chizmada kо‘rsatilgandek ovalsimon shaklda birlashtiramiz

Ayollar milliy kо‘ylagining old koketkasini tayyorlash
Ayollar milliy kо‘ylagi old koketkasini tayyorlashda operatsiyalar ketma-ketligi quyida berilgan tartibda amalga oshiriladi.

1-qadam. Old koketkani tayyorlashda Ortkoketka о‘lchamlaridan foydalanishimiz mumkin. YA’ni bо‘yin о‘mizining kengligi-AA1 yelka qiyaligi A1B1 va yeng о‘mizining chuqurligi B1B2 о‘lchamlarini old koketka andozasiga qо‘yamiz yoki yana formulalardan foydalanishimiz mumkin. AB-koketka kengligini aniqlash uchun (R:34)20sm; AB20 sm

2-qadam. Old koketka uzunligini aniqlash. Yelka kengligi

3-qadam. Yoqa о‘mizining kengligi AA16,5sm

A nuqtadan о‘nggga gorizontal chiziq bо‘ylab 6,5 sm о‘lchab A1 nuqta qо‘yiladi.

4-qadam. Yoqa о‘mizining chuqurligi. Yoqa о‘mizining chuqurligini aniqlash uchun A2 nuqtani topamiz va A2 nuqtada chapga 6,5sm о‘lchab A3 nuqta qо‘yiladi. A1 A2 A3 nuqtalar chizmada kо‘rsatilgandek birlashtiriladi. Masalan: A2 nuqtadan 1,5 sm yuqoriga chiqib 1,5 raqami qо‘yiladi. A1;1,52x teng 2 qismga bо‘linadi. Bо‘lish nuqtasi x dan chapga 1 sm о‘lchab 1 raqami qо‘yiladi. A1;1;1,5; a3 nuqtalar chizmada kо‘rsatilgandek tutashtiriladi.

5-qadam. Yelka qiyaligi. B nuqtadan pastga 2,2 sm о‘lchab B1 nuqta qо‘yiladi. A1B1 tо‘g‘ri chiziq yordamida tutashtiriladi. (Ortelka qiyaligi kabi topiladi.)

6-qadam. Yeng о‘mizining chuqurligi B1B213,5 sm. B1B2 nuqtalar teng 2 qismga bо‘linadi. Bо‘lish nuqtasiga x raqami qо‘yiladi.

X nuqtadan chapga 1sm о‘lchab 1 raqami qо‘yiladi. B1; 1; B2 nuqtalar botiq chiziq yordamida tutashtiriladi.

7-qadam. VB2 nuqtalar tо‘g‘ri chiziq yordamida tutashtiriladi va teng 3 qismga bо‘linadi. Yuqoridagi 1-bо‘lish nuqtasidan pastga 1,5sm о‘lchab 1,5 raqami , о‘rtadagi 2- bо‘lish nuqtasidan 3sm о‘lchab 3 raqami , pastdagi 3- bо‘lish nuqtasidan 2sm о‘lchab 2 raqami qо‘yiladi. B2; 1,5; 3;2,5; V nuqtalar botiq ovalsimon chiziq yordamida tutashtiriladi.

Ushbu nuqtalarni chizmada kо‘rsatilgandek birlashtiramiz

Ayollar milliy kо‘ylagi yengini tayyorlash
Ayollar milliy kо‘ylagi yengini tayyorlashda operatsiyalar ketma-ketligi quyida berilgan tartibda amalga oshiriladi.

52-rasm. Ayollar milliy kо‘ylagi yengini loyihalash chizmasi
1-qadam. Yeng uzunligi. AV-yeng uzunligi  old koketka uzunligi (AV) yoki yelka qiyaligi B1B2213,5 227 sm ga teng;

2-qadam. Yeng kengligi Yeng kengligini aniqlash uchun qо‘yidagi formuladan foydalanamiz (R:3420sm) A nuqtadan о‘ngga 20 sm о‘lchab B nuqta qо‘yiladi.

3-qadam. Yeng о‘mizining chuqurligi Yeng о‘mizining chuqurligini yoki yeng balandligini aniqlashda qо‘yidagi formuladan foydalanamiz (R:3218sm) B nuqtadan pastga 18 sm о‘lchab B1 nuqta qо‘yiladi.

4-qadam. Yeng balandligini aniqlash. AB1 nuqtalar tо‘ri chiziq yordamida tutashtiriladi va bu chiziq 3 qismga bо‘linadi. 1- bо‘lish nuqtasidan 1,5 sm о‘lchab 1,5 raqami qо‘yiladi; 2-bо‘lish nuqtasiga x raqami qо‘yiladi, 3-bо‘lish nuqtasining yuqori tomonidan 2 sm о‘lchab 2 raqami qо‘yiladi. A; 2; X; 1,5; B1 nuqtalar chizmada kо‘rsatilganidek tutashtiriladi.

5-qadam. Yeng buklovini topish. G nuqtadan yuqoriga 2 sm о‘lchab G1 nuqta qо‘yiladi. G1 nuqtadan о‘ngga 2 sm о‘lchab G2 nuqta qо‘yiladi va B1;G2;G nuqtalar chizmada kо‘rsatilgandek tо‘ri chiziq yordamida tutashtiriladi.

Yuqoridagi 1-bо‘lish nuqtasidan 2 sm о‘lchab 2 raqami о‘rtadagi 2-bо‘lish nuqtasi-x, 3-bо‘lish nuqtasidan pastga 1,5 sm о‘lchab 1,5 raqami qо‘yiladi.

nuqtalar chizmada kо‘rsatilgandek birlashtiriladi

Ayollar milliy kо‘ylagining old va orqa etak qismini tayyorlash.
Ayollar milliy kо‘ylagi etagini tayyorlashda operatsiyalar ketma-ketligi quyida berilgan tartibda amalga oshiriladi.

1-qadam. Etak uzunligi. Ayollar milliy kо‘ylak etagining uzunligini topish uchun kiyim uzunligidan(K ) yelka kengligi (A1B2) yoki yeng о‘mizi chuqurligi (B2B3) ni ayiramiz. (130-13,5116,5sm) ixtiyoriy A nuqtadan vertikal chiziq bо‘ylab kо‘ylak etak uzunligi- 116 sm о‘lchab V nuqta qо‘yiladi.

2-qadam. Etak kengligi. Milliy burmali kо‘ylak etagi kengligini hosil qilishda ABRx248×296sm yoki ABRx1,5 48×1,572 sm. formulasidan foydalaniladi. Biz о‘rtacha 75-80 sm deb olamiz (yarim etak 40 sm) olinadi

3-qadam. Etakdagi yeng о‘mizining kengligi Yeng о‘mizining (qо‘ltiq osti о‘yilishini)ning kengligini aniqlash uchun (R:1015,8 sm) formuladan foydalanamiz. B nuqtadan chapga 5,8 sm о‘lchab B1 nuqta qо‘yiladi.

4-qadam. Etakdagi yeng о‘mizining chuqurligi. О‘mizning chuqurligi qо‘yidagi formula yordamida aniqlanadi (R:1026,8 sm) B nuqtadan pastga 6,8 sm о‘lchab B2 nuqta qо‘yiladi.

5-qadam. О‘mizning tutashtirilishi. B1 va B2 nuqtalar tо‘ri chiziq yordamida tutashtiriladi hamda teng 2 ga bо‘linib, ushbu nuqtadan 2 sm pastga 2 raqami qо‘yiladi. B1,2;B2 nuqtalar botiq chiziq yordamida chizmada kо‘rsatilganidek tutashtiriladi.

6-qadam. Etakning old о‘yilishi. (qirqilishi)

A nuqtadan pastga 8-9 sm о‘lchab A1 nuqta qо‘yiladi.

AA1  9sm (AA1  AV old koketka uzunligi -BB2 – 2,3  27-15,7–2,3 9sm). A1B1 nuqtalar tо‘ri chiziq yordamida tutashtiriladi, bu chiziq 3 qismga bо‘linadi 1- bо‘lish nuqtasidan pastga 0.5 sm, 2- bо‘lish nuqtasidan pastga 2 sm va 3- bо‘lish nuqtasidan pastga 1 sm о‘lchaymiz va A1, 0,5; 2, 1, B1 nuqtalarni botiq chiziq yordamida tutashtiramiz.

Quyida milliy kо‘ylak etagi loyihasining umumiy kо‘rinishi berilgan:

53-rasm. Ayollar milliy kо‘ylak etagi loyihasining umumiy kо‘rinishi
Ort va old etak kengligi, uzunligi, qо‘ltiq о‘mizining kengligi va chuqurligi bir xil olinadi, faqat etak yuqori qismining о‘yilishida farq qiladi yoki old etakni tayyorlash kabi ishlar ketma-ketligi amalga oshiriladi.

1-qadam. Etak uzunligi. Etak uzunligini aniqlash(AV-116,5 sm). Yuqoridagi old etakni tayyorlash formulalariga qarang.

2-qadam. Etak kengligi. AB (75-80sm) : 240sm. AB 40 sm. (Rrazmer x 1,5) yoki (Rrazmer x 2 48×296) О‘rtacha 75-80sm olamiz (Yarim etakni 40 sm deb olamiz)

3-qadam. О‘miz kengligi. B nuqtadan chapga 5,8 sm о‘lchab, B1 nuqta qо‘yiladi (R:1015,8sm)

4-qadam. О‘miz chuqurligi. B nuqtadan pastga 6,8 sm о‘lchab, B2 nuqta qо‘yiladi. BB2 6,8 sm.(R:1026,8sm)

5-qadam. О‘mizni tutashtirilishi. B1B2 nuqtalar tо‘ri chiziq yordamida tutashtiriladi va teng 2 qismga bо‘linadi. Bо‘lish nuqtasidan 2 sm pastga 2 raqami qо‘yiladi. B1,2,B2 nuqtalar chizmada kо‘rsatilganidek, botiq chiziq yordamida tutashtiriladi.

6-qadam. Ort etakning о‘yilishi (qirqilishi).

A2B1 nuqtalar tо‘g‘ri chiziq yordamida tutashtiriladi. A2B1 : 2  x nuqtalarni topamiz. X nuqtadan pastga 1 sm qо‘yiladi. A2;1;B1 nuqtalar chizmada kо‘rsatilganidek birlashtiriladi.

ABRx1,548×1,5  72 sm

Biz о‘rtacha 75-80 sm deb olamiz

(yarim etak 40 sm)

A2B1: 3 x nuqtalarni topamiz. Ushbu nuqtalarning 1-bо‘lish nuqtasidan pastga 1,5 sm, 2-bо‘lish nuqtasidan pastga 2 sm va 3-bо‘lish nuqtasidan pastga 1 sm о‘lchaymiz va A2, 1,5; 2, 1,B1 nuqtalarni botiq chiziq yordamida birlashtiriladi

Ort etak ham xuddi old etak

kabi bajariladi, faqat etak

о‘yilishida farq qiladi.

BB2 – 2,3  21-15,7– 2,3 3 sm

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Qiziqarli malumotlar
Ayollar milliy ko’ylagini bichish va tikish