Informatika elektron darslik

Informatika elektron darslik

4-bo’lim. Dasturlash asoslari

E`tibor qarating!

Ushbu sahifada keltirilgan ma`lumot 2018-2019 o`quv yili qabuliga oid.
Joriy o`quv yiliga oid ma`lumotlar bilan Qabul 2019 sahifasidagi tegishli sahifada tanishishingiz mumkin.

Magistraturaga kirish sinovlari

1-bo’lim. Informatika va axborot texnologiyalari

Axborot texnologiyalari va ularning turlari. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi roli. Axborotni o’lchash va tasvirlash. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o’lchovlari. Shaxsiy kompyuter tuzilishining axboriy- mantiqiy asoslari. Shaxsiy kompyuterlarning funksional-tuzilmaviy tashkil etilishi. Dasturiy ta’minotning holati va rivojlanish tendensiyalari. Dasturiy mahsulotlar, ularning asosiy tavsiflari va klassifikasiyasi. Operasion sistema va uning turlari. Arxivlashtirish dasturlari: fayllarni arxivlashtirish xaqida umumiy ma’lumot, RAR va ZIP arxivator dasturlar. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash, disklarni fragmentasiyasini bekor qilish, ularning ishini tezlashtirish. Corel Draw grafik prosessori. Word matn prosessori va matnli hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi. Excel jadval prosessori va elektron hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari (MOBT): asosiy tushunchalar va funksional imkoniyatlari. Access MOBTda ishlash texnologiyasi asoslari. Zamonaviy axborot texnologiyalari: bir tildan ikkinchi tilga o’girish texnologiyalari, skanerlash texnologiyasi va boshqalar. Kompyuter tarmoqlari. Mahalliy, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari. Internet global tarmogi, uning tuzilishi va adreslash tizimi. Internet Exploler va unda ishlash asoslari. Elektron pochta. Outlook Express bilan ishlash. Videokonfirensiyalar, uning tuzilishi asosiy funksiyalari va faoliyati. World Wide Web va HTML.

2-bo’lim. Informatikani o’qitish metodikasi

Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish uslubiyoti kursi va uning bo’lajak informatika o’qituvchisining uzluksiz ta’limi tizimidagi o’rni. Kursning predmeti, maqsadi, vazifasi va mazmuni. Informatika va axborot texnologiyalarini va ularnin o’qitish uslubiyoti tarixi. O’qitishning asosiy didaktik tamoyillari va ulardan informatika va axborot texnologiyalari o’qitishda foydalanish. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning uzluksiz tizimi. O’rta umumta’lim maktablarida informatika va hisoblash texnika asoslari kursining tizimi va mazmuni. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» kurslarining mazmuni. Akademik lisey, kasb-hunar kollejlari va o’rta umumta’lim maktablarida informatikani o’qitishda o’quv-metodik va dasturiy ta’minoti Informatika va axborot texnologiyalarini kurslarini o’qitishning metodik tizimi va uning komponentlarining tavsifi. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslarini o’qitish maqsadi va vazifalari. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslarining mazmuni. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslarini o’qitish shakli va uslublari. Informatika kursining o’qitish uslublarini muammolari. O’qitishning an’anaviy shakllari va ularning tavsifi. O’qitishning interaktiv uslublari. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslarini o’qitishning vositalari. Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari – o’qitishning vositalari sifatida. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslari bo’yicha amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini maqsad va vazifalari, mazmuni va o’tkazish metodikasi. Zamonaviy informatika xonasini vazifalari va maqsadi. Zamonaviy informatika xonasini jixozlash. O’qituvchi va o’quvchi ish joylari. Texnika xavfsizlikligi talablari. Zamonaviy informatika xonasida o’quv-tarbiya ishlarining tashkil etish. Zamonaviy informatika xonasida Internet, Intranet va lokal tarmog’i asosida o’quv-tarbiya ishlarining tashkil etish. Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo’yicha o’quv jarayonini rejalashtirish. Informatika darslariga va zamonaviy informatika xonasida darslarini o’tkazishga tayyorlash va rejalashtirishning ajralib turuvchi xususiyatlari. O’quv jarayonini tematik va xar bir darsni rejalashtirish. Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darsdan tashqari ishni tashkillashtirish tamoyillari. Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiadalar o’tkazish.

3-bo’lim. Sonli usullar.

Xatoliklar, xatoliklar arifmetikasi. Xatoliklarni aniqlashda differensial hisobni qo’llash. Algebraik va transsendant tenglamalarni taqriban yechish usullari. Vatar, urinma va oddiy iterasiya usullari, uning yaqinlashish shartlari. Yechimning xatoligini baholash. Chiziqli tenglamalar sistemasini yechish usullari. Gauss usuli. Uning algoritmi. Kvadrat ildizlar usuli. Tenglamalar sistemasi uchun iterasiya usuli, yaqinlashishning yetarli shartlari. Interpolyasiya bosh masalasining qo’yilishi, uning geometrik interpretasiyasi. Lagranj interpolyasion formulasi. Xatolikni baholash. Interpolyasion formulaning yagonaligi.Nyutonning I interpolyasion formulasi. Xatolikni baholash. Sonli differensiallash. Lagranj va Nyuton ko’phadlarini differensiallash. Xatoliklarni baholash. Aniq integralni taqriban hisoblash formulalari. Aniqlikni baholash. Funksiya hosilasiga ko’ra yechilgan birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar uchun Koshi masalasini taqriban yechish. Eyler va Runge-Kutta usullari. Taqribiy yechimning geometrik ifodasi. Matematik statistika elementlari. Kuzatish natijalariga ishlov berish. o’rta qiymatlar va eng kichik kvadratlar usullari. Chiziqli dasturlash masalalarining qo’yilishi va unda qo’llaniladigan modellar. Chiziqli dasturlash masalasini yechishning grafik usuli. Chiziqli dasturlash masalasini simpleks usulda yechish. Simpleks jadvallar usuli. Sun’iy bazis usuli. Chiziqli dasturlashning o’zaro ikki yoqlama masalalari va ularning matematik modellari. Transport masalasi va uning qo’yilishi. Transport masalasini yechish usullari.

4-bo’lim. Dasturlash asoslari

Algoritm haqida tushuncha. Algoritmning asosiy hossalari, algoritm ijrochilari, algoritmlarni tasvirlash usullari, algoritm turlari, Algoritmning asosiy tiplari: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlar. Dasturlash tillari va ularning klassifikasiyasi, mashinaga mo’ljallangan va proseduraga mo’ljallangan dasturlash tillari, yuqori darjali dasturlash tillari, interpretatorlar va kompilyatorlar, dasturlarni translyasiyalash. Paskal tili sintaksisi. Kattaliklarning asosiy turlari. Paskal tilidagi programmalarning strukturasi. Paskal tilining operatorlari. Qiymatlarning skalyar turlari: tartib­langan, sanab o’tiluvchi va chegaralangan turlar. Jadval kattaliklar. Prosedura. Prosedura-funksiya. Fayllar va ular bilan ishlash. Massivlar bilan ishlash. Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash tillari. Delphi dasturlash tilining ishchi muhiti, undagi oynalar. Komponentlar palitrasi. Bo’sh forma va uning modifikasiyasi. Delphi da nomlanishlar, forma xossalarini o’zgartirish, formaga yangi komponent joylashtirish va unda komponent xossalaridan foydalanish, xodisa tushunchasi, loyiha va modul strukturasi, dastur elementlari. Tiplarning ahamiyati, qatoriy (String) va simvolli (Char) tiplar, ularning berilishi va ular bilan bajariladigan amallar. If…Then…else shartli operatori. Tanlash(case) operatori. Goto o’tish operatori, label (belgilar) xizmatchi so’zidan foydalanish qoidalari bilan tanishish. Delphi dasturlash tilida sikl operatorlari. Delphi dasturlash tilida massivlar, massivlarni tavsiflash. Massivlarni berilish usullari, Array, of, xizmatchi so’zlari, Random (max) funksiyasi bilan tanishtirish. Delphi dasturlash tilining grafik imkoniyatlari, Delphidagi maxsus TCanvas, TFont, TPen, Tbrush klasslari. TFont klassi xossalari: Color, Name, Size, Style. TPen klassi xossalari: Color, Mode, Width, Style. TBrush klassi xossalari: Bitmap, Color, Style. Pedagogik faoliyatda psixologiyaning ahamiyati. Faoliyat va motivlar. Faoliyatning asosiy turlari. Motivasiya sohasilari. SHaxsi eksperimental tadqiq qilish metodlari. Pedagogik jarayonni boshqarish. Ta’lim va aqliy taraqqiyot. Pedagogik qobiliyat va uning turlari. O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar. Ilmiy tadqiqot ob’ektlari va metodlari. Ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uning uzviyligi, uzluksizligi. O’tmish va zamonaviy pedagogikaning asosiy yo’nalishlari. Ilg’or pedagogik qarashlar. Jahon ta’lim tizimi. Pedagogik jarayondagi integratsiyalar. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta’lim va tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari, birligi, differensiyasi, yagona pedagogic jarayon. Ta’lim nazariyasi (didaktika)ning asosiy komponentlari: konsepsiyalari, paradigmalari. Ta’lim prinsplari. Talim metodlari, texnologiyalari. Ta’lim turlari va bosqichlari. Jamoada, oiladagi tarbiya hamda o’z-o’zini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari. Ta’limni boshqarish shakllari. O’quv-me’yoriy hujjatlar. Pedagog kasbining o’ziga xos xususiyatlari. Pedagogning kommunikativ qobiliyati, uning vositalari. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligi, ilmiy manbaalarni tahlil qilish metodlari: ilmiy bilish metodlari; induksiya, deduksiya, analogiya; pedagogik kompetentlik, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish shakllari, metodlari hamda vositalari; ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini ta’minlashni bilish, mashg‘ulot olib boriladigan fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va ob’ekti, fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni va ahamiyati; fan taraqqiyotining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bog‘liqligi; foydalaniladigan asosiy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va elektron adabiyotlar; fan mazmunini ishlab chiqishda o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal uzviylikning ta’minlanishini baholash; fanning istiqboldagi taraqqiy etishi muammolari va ularning yechimlari haqida bilim va layoqatga egalik.

Magistraturaga kirish sinovlarini baholash

1) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma’lum bo’lganda qo’yiladi: Savollar mazmunini to’liq yoritgan; Qonunlar, tushunchalar mazmuni to’liq yoritilgan, atamalardan to’g’ri va o’z o’rnida foydalanilgan; Mazmuni yoritishda qo’shimcha materiallar, fan yangiliklaridan foydalangan; Fikrni dalillashda kuzatish va tajribalardan foydalangan, uning natijalari jadval, sxema tarzida ifodalangan. 86-100 ball. 2) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma’lum bo’lganda qo’yiladi: Savollar mazmunini to’liq yoritishda izchillikka amal qilmagan; qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritishda muayyan kamchiliklarga yo’l qo’ygan, atamalardan foydalanishda noaniqliklarga yo’l qo’yilgan; Mazmunini yoritish va fikrini dalillash, kuzatish va tajribalar natijalarini bayon etishda xatolikka yo’l qo’ygan. 71-85 ball. 3) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma’lum bo’lganda qo’yiladi: Savollar mazmunini to’liq yoritishda izchillikka umuman amal qilmagan; Qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritishda jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’ygan, atamalardan foydalanish qoidalariga amal qilmagan bo’lsa; 56-70 ball. 4) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma’lum bo’lganda qo’yiladi: Savollar mazmunini to’liq yoritmagan; Qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritish, atamalardan foydalanishda qo’pol xatoliklarga yo’l qo’ygan. 0-55 ball. Magistraturaga kirish sinovlarini test shaklida o’tkazilganda har talabaga 50 ta test beriladi va har bir to’g’ri javob 2 balldan jami 100 ball bilan baholanadi.

Adabiyotlar

  1. A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev. Axborot texnologiyalari Akademik lisey va kasb-hunar kolledjlar uchun darslik. – T.: O’zbekiston, 2001 y.
  2. M.Aripov va boshqalar. Informatika va informasion texnologiyalar. Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik T. 2005-y.
  3. A.Axmedov, N.Tayloqov. Informatika. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlar uchun darslik. – T.: O’zbekiston, 2001. – 272 b.
  4. Yuldashev U.Yu , Boqiev R.R., Zokirova.F.M. Informatika.- Kasb-hunar kollejlari uchun darslik T, 2002 y.
  5. Aripov M. Internet va elektron pochta asoslari.- T.; 2000 y.
  6. T. X. Xolmatov. Amaliy matematika, dasturlash va kompyuterning dasturiy ta’minoti. – T.: 2000.
  7. N.V.Makarova. Informatika. Darslik. –T.: 2005.
  8. Boqiev R., Mamarajabov M., Ashurov M., Primkulova A. Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv-metodik qo’llanma. – T.: 2006
  9. M.Aripov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. o’quv qo’llanma. – T.: 2009.
  10. Yuldashev U.Yu., Bokiev R., Zakirova F. Informatika. Kasb-xunar kollejlari uchun darslik.-T., 2002.
  11. Yuldashev U.Yu., Bokiev R., Zakirova F. Informatika uqitish metodikasi. Uquv qullanma.-T., 2005.
  12. Yuldashev U.Yu., Zakirova F. Metodika prepodavaniya informatiki. Uchebnoe posobie dlya pedagogicheskix vuzov..-T., 2005.
  13. F.B.Badalov. Optimallash nazariyasi va matematik programmalashtirish.-T.:O’qituvchi, 1989.
  14. Yuldashev U.Yu., Boqiev R.R., Karimov O. Matematik dasturlash(ma’ruza matnlari) T.: TDPU, 2000.
  15. A.A.Abduqodirov va boshqalar. hisoblash matematikasi va dasturlash.-T.:O’qituvchi, 1996.
  16. K.Safoyeva, N.Beknazarova. Operasiyalarni tekshirishning matematik usullari. 2-qism.-T.:O’qituvchi, 1990.
  17. Nemnyugin S. A. Turbo Passal. Uchebnik. – M.,2002.
  18. Kultin N. B. Osnovi programmirovaniya na Delphi – M..2003.
  19. Sh.Nazirov Dastrurlash tillari T.2007 y.

Bizni ijtimoy tarmoqlarda kuzating

Informatika elektron darslik

Informatika va Axborot texnologiyalari bo’yicha eng birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz!

About
Blog
Apps
Platform

Informatika va AT
12.4K subscribers

Simli yoki simsiz sichqoncha, qaysi biri ma’qul
#tanlov

Kompyuter sichqonchasini sotib olishda, uning imkoniyatlari, qulayliklari, tezligi, tashqi ko’rinishidan tashqari, yana uning ulanish bo’yicha ham tanlov mavjud. Ulanishi odatda 2 xil ko’rinishda bo’ladi: simli, simsiz(bluetooth, wi-fi orqali).

Qaysi birini olish kerak? degan savol har doim turadi, hoh u kompyuter sohasiga endi kirib kelgan bo’lsin, hoh professional bo’lsin.

Ushbu postda yuqoridagi savolga javob qidirib ko’ramiz, demak birinchisi simli ulanish:
Avzalliklari:
— Signallar uzatish tezligi ancha tez, so’nishlar yo’q desa ham bo’ladi;
— ishlash davomiyligi uzoq va ishonchli;
— harakatlanishdagi aniqlik;
— narxining biroz arzonligi.

Kamchiliklari:
— Sim orqali ulanish, ishlash uzoqligini cheklab qo’yadi, maksimum 2-3 metr;
— simlarning osilib yotishi;
— sim ancha chang yig’adi, uni tozalab turish lozim;
— tartibsiz ishlatish natijasida, ulanish joylaridagi nosozlik.

Simsiz ulanishga ega bo’lgan sichqoncha uchun:
Avzalliklari:
— 10m masofagcha uzoqlikdan turib foydalanish mumkin, ayniqsa proyektrlar bilan ishlaganda bu bilinadi;
— odatda ixcham ko’rinishda ishlab chiqariladi;
— tozalash ishlari kam bajariladi, kompyuterdan uzib turish ham talab etilmaydi;

Kamchiliklari:
— Narxi biroz qimmat;
— har xil svetodiodlar bilan bezalmagan, chunki batareyani ortiqcha sarflashdan saqlanish lozim;
— batareya(akkumlyator) quvvatini nazorat qilib borish lozim;
— bluetooth bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar bilan signallar tutashishi(помех) mumkin;
— aniqlik darajasi simliga qaraganda past, chunki havo orqali so’nishlar bo’ladi;
— har xil qo’shimcha tugmalar kamroq bo’ladi, bu ham batareya quvvatini saqlash uchun.

Yuqoridagi sabablarni tahlil qilib, o’zingizga keragini tanlayverasiz, qaysi sohaga qaysi tur sichqoncha kerakligi haqida, qiziq bo’lsa, keyinroq yozib o’taman.

☝️Yozilmagan qonun bor, har doim eng kerakli paytda, simsiz sichqonchaning batareya quvvati tugab qoladi).
Akmal Xudoyberganov

3.5K views edited 02:32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

Yevropada shunaqa “baklashka” sotib kun ko’rsa ham bo’ladi)

Bu yerda aslida hech qanaqa foyda yo’q iste’molchiga. Suv sotib olayotganda qo’shimcha 0.15€ to’laymiz.

Lekin atrof-muhit uchun foydali. Baklashkalar qayta ishlanadi, faqat talabalar emas, katta-katta amaki-buvilar ham o’zlarini pullarini qaytib olish, qolaversa, tabiatga zarar kamroq yetkazish uchun ham topshirishadi.

Yaxshi innovatsiya! O’zbekistonda joriy qilinsa, bu idishlar har yerga irg’itib ketilmasmidi)

3.5K views edited 15:01

Smartfonni maksimal darajada tezlashtiramiz.

Bilasizmi? Smartfoningiz quvvatini faqatgina faol dasturlar emas, fondagi dasturlar ham isteʼmol qiladi. Siz ularni yopgan boʻlsangiz ham, ular ishlashdan toʻxtamaydi. Bu holatda oddiy zanjir: koʻplab fondagi dasturlar > koʻp batareya quvvatining sarflanishi > sekin ishlaydigan smartfon.

Androidʼda fondagi dasturlarni qanday cheklash mumkin:

1. “Настройки“ (sozlamalar) ga oʻtamiz.

2. “Для разработчиков“ (Ishlab chiquvchilar uchun) boʻlimini tanlaymiz.

3. “Лимит фоновых процессов“ (fon jarayonini cheklash) tugmasini bosamiz va qancha fondagi jarayonni cheklash kerakligini tanlaymiz.

iPhoneʼda ham jarayon deyarli bir xil:

“Настройки“ (Sozlamalar) → “Основные“ (Umumiy) → “Обновить фоновое приложение“ (Fon dasturini yangilash).

Endi smartfoningiz xuddi raketadek ishlaydi, sinab koʻramiz

Рўйхат.docx

Олий суд томонидан экстремистик деб топилган ва тақиқланган ташкилотлар ва сайтлар рўйхати

Юқоридаги сайт, профил ёки телеграм/ютуб каналлардан эҳтиёт бўлинг. Билмасдан аъзо бўлиб, эртага айбсиз айбдор бўлиб қолманглар.

Ўзингиз билиб билмасдан, қайсидир бир постга “лайк” ва “поделиться” босиб қўйманг! Бунинг учун Жиноят кодексини 244-1 моддаси 3-қисмига кўра 8 йилгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси мавжуд.

P.S. Ҳурматли ота-оналар фарзандларизни қўл телефонларини текшириб қўйинглар! Қанчадан қанча ёш, тушунмаган болалар қамалиб кетишмоқда! У каналларда ибрат ва яxшилик йўқ!

8.7K views edited 10:58

Fayllarni saqlash uchun TOP 6 bepul bulutli(cloud) xizmatlar
#foydali

Kerakli xujjatlarni uzoq vaqt saqlash uchun quyidagi saqlash jihozlari mavjud:
— Qattiq disklar (HDD);
— mikrosxemali disklar (SSD, fleshkalar, USB tashqi saqlash qurilmalari);
— lentalar ;
— disklar (DVD, CD, Blu-Ray);

Bular uchun albatta harajat qilish lozim, lekin shunday xizmatlar borki sizga bepul joy beriladi, albatta bepul bo’lgandan so’ng, joy ham chegaralangan. Quyida fayllaringizni saqlash uchun chegaralangan joy taqdim etadigan bulutli xizmatlarni keltirib o’taman:

1. Google Disk(15 GB joy);
2. Yandex Disk(10 GB);
3. Apple iCloud(5 GB);
4. Microsoft OneDrive(5 GB);
5. Mega(50 GB);
6. Dropbox(2 GB);

☝️Bulardan tashqari yana juda ko’p bulutli xizmatlar mavjud, bular sizga joy beradi, lekin uzoq yil saqlab berishni kafolatlamaydi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

Chirigan ga’rbda shunaqa yangiliklar qilinayotgan ekan-a?

Ha, lekin soqoli bor ekan. Ushla.

3.4K views edited 16:09

​Windows tizimini qayta o’rnatishdan oldin, nimalarni saqlab qolish lozim

Odatda, operatsion tizim C diskka o’rnatiladi, bu degani C diskdagi kerakli fayllarni saqlab qo’yish muhim, lekin shu kerakli fayllar qayerda saqlanishni ko’pchilik bilmaydi. Bundan tashqari, ba’zi sozlashlarni ham yozib olish kerak.
Demak, Windows tizimini qayta o’rnatishdan oldin quyidagilarni saqlab qoling:

1. Ish stoli(” Рабочий стол”). Ko’pchilik ish stolida kerakli fayllarni saqlashni yaxshi ko’rishadi, vaholanki tizim qayta o’rnatilganda, bu fayllar o’chib ketadi. Shu sababli ish stolidagi barcha fayllarni boshqa diskka(misol uchun D disk) ko’chirib oling. Ish stolidagi fayllar quyidagi manzilda saqlanadi:
C:Usersfoydalanuvchi_nomiDesktop

2. Download(“Загрузки”). Bu yerda asosan, internetdan ko’chirib olgan fayllaringiz saqlanadi, bu fayllar ham sizga kerak(kerak bo’lmaganda, internetdan traffik ketkazib ko’chirib olmagan bo’lardingiz), ularni ham boshqa disk yoki tashqi saqlash qurilmasiga saqlab oling, tizim o’rnatilganda, bular ham o’chib ketadi. Manzili:
C:UsersuserDownloads

3. “Корзина”. Ba’zilarni bilaman, vaqtinchalik kerak emas fayllar, ko’z oldimda turmasin deb, “корзина”ga vaqtinchalik tashlab qo’yishadi, shu fayllar ham qolib ketmasin.

4. AppData. Bu joyda siz o’rnatgan dasturlar, o’yinlar sozlashlari saqlanadi. Agar tizimni qayta o’rnatganingizdan so’ng, oldin o’rnatgan dasturlarni o’rnatsangiz, sozlashlarni shu katalogdan oladi, demak, sozlashlar uchun vaqt ketkazmalik uchun, bu katalogni ham biror joyda saqlang. Bir narsaga ahamiyat bering, AppData katalogi berkitilgan bo’ladi. Uning adresi:
C:UsersuserAppData

Kerakli fayllarni saqlab oldik, endi kerakli sozlashlarni saqlaymiz.

1. Agar kompyuteringiz simli internet yoki tarmoqqa ulangan bo’lsa, kompyuter ishlatayotgan IP, MAC, Shlyuz adreslarni biror joyga yozib qo’ying.
2. Agar siz torrent saytlar bilan ishlasangiz, torrent fayllarni ham saqlab qoling.
3. Brauzerdagi vkladkalarni saqlang. Kerakli saytlarni esda saqlamaslik uchun, brauzerga vkladka qilib saqlab qo’yiladi. Operatsion tizim qayta o’rnatilganda, brauzer ham o’chadi va vkladkalar ham o’chib ketadi. Har bir brauzerda vkladkalarni export qiladigan menyusi bor, shundan foydalaning.
4. O’rnatilgan kompyuter drayverlarini saqlab qoling. Operatsion tizim qayta o’rnatilgandan keyin, drayverlarni qayta qidirib yurmaslik uchun ularni saqlab qoling. Qanday saqlash haqida keyingi postlarda yozib o’taman.
5. Barcha o’rnatilgan dasturlarni nomini biror joyga yozib qo’ying, tizim o’rnatilganda barcha dasturlar o’chib ketadi, keyin ro’yhat bo’yicha dasturlarni o’rnatib chiqasiz.

Yuqoridagilar asosiy saqlash lozim bo’lgan narsalar, qo’shimchasiga kompyuter ishlatilishiga qarab, internetga ulanish uchun parol, Wi-Fi parol, reestr ma’lumotlari va boshqalarni ham saqlab qo’yish mumkin.
Akmal Xudoyberganov

3.2K views edited 09:09

O’chgan fayllarni qayta tiklovchi dasturlar
#foydali

Fayllar vinchesterda qismlarga bo’linib, bloklar ko’rinishida saqlanadi, agar siz biror faylni o’chirsangiz, shu fayl yozilgan bloklar bo’shatiladi, tozalanmaydi, balki bo’sh deb belgilab qo’yiladi.
Qayta tiklovchi dasturlar shu belgilarni olib tashlab, fayl mavjudligini sizga ko’rsatib beradi. Agar o’chgan fayl yozilgan bloklar ustiga boshqa fayl qismlari yozilib qolsa, bu bloklardagi eski qismlarni katta ehtimol bilan qayta tiklolmaysiz.

Qisqacha, qayta tiklash haqida nazariy ma’lumot berib o’tdim, quyida qayta tiklovchi dasturlar ro’yxatini, o’zining rasmiy saytidan ko’chirib olishingiz mumkin bo’lgan havolasi bilan berib o’taman. Biror faylingizni, bilmay o’chirib tashlasangiz, quyidagi dasturlar qayta tilklashga yordam berishi mumkin:

☝️Xulosa, agar biror faylni bilmasdan o’chirib qo’ysangiz, yoki biror diskni format qilib qo’ysangiz, darhol qayta tiklovchi dasturlar orqali ishni boshlang, vinchesterda fayllar hosil qilishdan yoki fayllar tashlashdan o’zingizni tiyib turing.

Yuqoridagi ko’p dasturlar bepul, ko’chirib olib, tekshirib ko’rishingiz mumkin.
Akmal Xudoyberganov

Notebook akkumlyatorini qaysi dastur ko’p sarflashini aniqlash
#kerak_bolib_qoladi

Agar siz Notebook ishlatishda akkumlyatordan ko’p foydalansangiz, uning zaryadini nazorat qilib borishingiz zarur. Qaysi dasturlardan foydalanganda, akkumlyator zaryadi tezroq ketishini bilish orqali, ushbu dasturdan kam zaryad qolganda foydalanmaslik yoki ushbu dasturni boshqasi bilan almashtirishingizni aniqlab olishingiz mumkin.

Windows 10 tizimida qaysi dastur nechi foiz akkumlyatorni ketkazayotganini quyidagicha aniqlash mumkin:
1. Win+I tugmalari bosgan holda, “Параметры Windows” oynasini ochasiz.
2. “Система” menyusiga o’tasiz.
3. Chap tomondagi menyudan, “Батарея” qismiga kirasiz.
4. U yerdan, “Посмотрите, какие приложения влияют на время работы батареи“(Использование заряда батарей конкретными приложениями) havolasiga kirasiz.

So’ng, ekraningizda dasturlarning akkumlyatorga ta’sir darajasini ko’rishingiz mumkin. “Время” orqali 6, 24 va 1 haftalik statistik ma’lumotlar bilan tanishsangiz bo’ladi.

☝️Dasturlarni yaxshilab sozlash orqali, akkumlyatorga yaxshigina ta’sir o’tkazishingiz mumkin, misol uchun, avtomat yangilanishlarni o’chirish orqali.
Akmal Xudoyberganov

Mavzu: 6-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanidan electron o’quv uslubiy majmua yaratish metodikasi. Reja

Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’limning biror o’quv fanini to’liq ravishda yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib ‘„tsa qanday samara berishini yoki AKTni qo’llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta‟sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko„p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo„lib bormoqda. Akademik litseylar uchun tayyorlanayotgan multimedia vositalari, darsliklar va o’quv qo’llanmalari o’g’il-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, pedagoglar uchun ko„makchi vazifasini ham o„tayotir. Darsliklarning elektron shaklini yaratish soha mutaxassislaridan ijodkorlikni talab etadi. Bu borada markaz mutaxassislari Respublika ta‟lim markazi vakillari bilan hamkorlikni yo„lga qo„ygan. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta‟limiy o„yinlar va boshqa ta‟lim resurslari, metodik qo„llanmalardan ayni vaqtda ko„plab ta‟lim muassasalarida keng foydalanilmoqda. Ta‟lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o„quv-trening vazifasini o„tovchi elektron axborot-ta‟lim resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o„qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia dasturlarini yaratish, rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o„z samarasini bermoqda. Ta‟lim maskanlarida o„quvchilar to„g„ridan to„g„ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ma‟lumotlar bilan tanishmoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o„z salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir. Barchamizga ma`lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‟tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‟lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‟tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‟zini mas`ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.[2] Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Bilimdon va ma`naviy yetuk bo‟lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o‟tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog‟liq bo‟ladi”, deb ta`kidlagan edilar. Mustaqil rivojlanish yo‟lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro‟yobga keldiki, bu xalq xo‟jaligining barcha sohalarida, xususan, ta`lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo‟llanilayotganligi, o‟quvchilarga berilishi lozim bo‟lgan bilimlar ko‟lamining tobora oshib borayotganligi, ta`limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo‟yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta`limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi. O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan “Ta`lim to‟g‟risida”gi qonunda ta`limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta`limni umumiy o‟rta ta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo‟yilgan bo‟lsa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jahonning ilg‟or yutuqlarini e`tiborga olib akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda har tomonlama shakllangan va yetuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy yo‟nalishlari belgilab berilgan. Xalq xo‟jaligining istiqbolli rivojlanishini ilmiy kuzatishlar asosida olib borish kadrlar tayyorlash masalasini to‟g‟ri rejalashtirishga va hal qilishga yordam bermog‟i lozim. Bu esa akademik litseylarda ta`lim tizimining boshqa bosqichlarida ta`lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilashni, ya`ni ta`lim jarayonida yangi pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishni, amaliy vaziyatlarni modellashtirish va ularni yechishning samarali metodlarini izlab topishni, ta`limning shaxsiy va mustaqil shakllarini rivojlantirishni, talabalarni yo‟nalishlari bo‟yicha ijodiy qobiliyatlarini, mustaqil fikrlarini shakllantirish va rivojlantirish hamda ularning analitik va ijobiy fikrlashlarini ilmiy va ilmiy-metodik tadqiqotlarga faol jalb qilishni amalga oshirishni taqozo etadi. Shu bilan birga umuta`lim maktablari, akademik litseylarida informatik ta`limning ham nazariy, ham amaliy jihatdan zamonaviy talab darajasiga ko‟tarilayotganligi, uning amaliy ahamiyatining oshganligi, ta`limni isloh qilish to‟g‟risidagi qonunlari talabalarni yo‟nalishi bo‟yicha mutahassislik tayyorgarligini tubdan yaxshilash zaruratini ilgari suradi.[3] O‟zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlab o‟tganidek: “Umumlashgan holda hozirda bo‟lajak o‟qituvchilar shaxsiga qo‟yiladigan asosiy talablarni: kasbiy bilimdonlik, intellektual va ma`naviy barkamollik deb belgilash mumkin . Qabul qilingan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ta`lim muassasasi va o‟qituvchilar tayyorlovchi muassasalar oldiga katta vazifalar yuklaydi. Hozirgi zamon o‟qitish tizimidagi maktab darslarida nazariyot bilan amaliyot o‟rtasidagi bog‟lanishni kuchaytirish malakasi muhim ro‟l o‟ynaydi. Keyingi o‟n yillar davomida O‟zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‟ng ta`lim sohasida ham qator tub o‟zgarishlar amalga oshirilmoqda “Ta`lim to‟g‟risida”gi qonun, “Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi” akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‟qituvchi va o‟quvchilarining oldiga ham qator vazifalar qo‟ymoqda. O‟quvchilarning informatik bilimlarini o‟z kasbi doirasida, kundalik hayotda qo‟llay bilishi, ularning bilish va fikrlash doiralarini kengaytirish zamon talabidir. Ta`limda talabalarni bilimlarini va ularni nazorat qilishda zamonaviy pedagogik vositalarini qo‟llaganda o‟quvchi eshitish, ko‟rish, ko‟rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‟ladi. Ta`lim jarayonida zamonaviy pedagogik vositalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma`lum bir shart – sharoitlar mavjud. Informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan foydalanib o‟qitish texnologiyasi mavzusi bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir. Bugungi kun o‟quvchisi nafaqat bilim, ko‟nikma, malakalarini o‟zlashtira oladi va shu bilan bir qatorda ular ongiga milliy istiqlol g‟oyasi singdirilib boriladi. Zero, XXI asr axborot texnologiyalari asridir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda fanlar bo‟yicha o‟qituvchilar, talaba o‟quvchilarning bilimlarini doimiy tashkil etish va ularni nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy va o‟quv yurtida informatik ta`limni kelgusi istiqbollarini belgilash va harakatlarni aniqlangan kamchilik va chetlanishlar tomon yo‟naltirish ko‟plab muammolari tez hal qilishga yordam beradi.[4] Bugungi kunga kelib ta`lim jarayonida faqat pedagogning faol mehnat qilishi yetarli samara bermay qoldi. O‟qitish, o‟rganish jarayonida o‟quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlay olishi, mustaqil o‟rgana olishi, mustaqil masalalar yecha olishi ta`lim samaradorligini o‟quvchilarning mustaqil bilim olishlarining ahamiyati katta. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Informatika va AT fanlarini o‟qitish jarayonida talabalar o‟quv – biluv faoliyatini faollashtirishga yordam beradigan, bilim va ko‟nikmalarini yanada mustahkamlovchi elektron darslik texnologiyasidan foydalanish va informatika darslarini o‟qitish hususiyatlari bilan tanishish. Bitiruv malakaviy ishining obyekti: O‟rta va umumta`lim muassasalarida informatikani o‟qitish jarayoni. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Informatikani o‟qitish metodlari va hususiyatlari. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: – Mavzuga oid ilmiy – metodik, pedagogik – psixologik adabiyotlar, me`yoriy hujjatlarni o‟rganish, darslik, dasturlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish; – Mavzuning ilmiy – nazariy, metodik hamda amaliy asoslarini tadqiq qilish yo‟li bilan uning dolzarb muammo ekanligini asoslash; – Informatika ta`limi jarayonida interfaol va zamonaviy pedagogik dasturiy vositalarni tanlash va foydalanish tamoyillari, vositalarini, tashkiliy va metodik shart – sharoitlarini aniqlash va ilmiy jihatdan asoslash; – Informatika ta`limi jarayonida interfaol va zamonaviy pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib, talabalar bilimlarini nazorat qilish samaradorlik darajasini aniqlash; – Informatika fanlarini o‟qitish xususiyatlarini o‟rganish, tahlil qilish va ularni muhim jihatlarini o‟zlashtirish. Bitiruv malakaviy ishim kirish, 2 bob, 7 ta paragraph, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati bo‟limlaridan iborat. 9 I BOB. O‟QITISHNI KOMPYUTERLASHTIRISH. ELEKTRON DARSLIKLAR VA ULARNI YARATISH TAMOYILLARI 1.1-§. O’qituvchi tizimlar va o’qitishni kompyuterlashtirish. Hozirgi vaqtda o‟qitishning faol turlarini izlash har doim ham o‟quv tехnik vosita bilan birgalikda olib borilmaydi. Bunga turli хil sabablar ko‟rsatiladi, ularning asosiylaridan biri sхеmalarda tayyor javob ko‟rsatilgan bo‟lishligidadir. Shunga o‟qituvchi tinglovchilar tarkibiga bog‟liq holda `mеl`dan foydalanish variantini ham galma-gal qo‟llaydi. O‟quv jarayonining unumdorligini oshirish uning ilmiy – mеtodik ta`minotini takomillashtirish yo‟li bilan ham yеchiladi. Mutahassislik va fanlar bo‟yicha o‟quv – uslubiy majmuani ishlab chiqishga katta o‟rin ajratiladi, bu esa mazmunini takomillashtirish va o‟qitish jarayonini tashkil qilish tizimli yo‟lini amalga oshirishni ta`minlaydi. Bu majmuaning butun bir bo‟limi o‟quv jarayonida o‟quv tехnik vositani qo‟llash bilan bog‟liq masalalarga bag‟ishlanishi lozim. O‟quv jarayonini takomillashtirish yo‟llaridan biri – uni intеnsifikatsiyasi hisoblanadi. Bu dеgani yangi o‟quv usullariga o‟tish, zamonaviy tехnik vositalaridan foydalangan holda katta hajmdagi aхborotlarni o‟zlashtirishdir. Grafoproеktor, kadaskoplar yordamida o‟quv jarayonlarini namoyish qiluvchi didkatik matеriallarni ishlab chiqish zarur. Shuningdеk o‟quv jarayonida sхеmalar, jadvallar, diagrammalardan foydalanish o‟rganilayotgan ma`ruza matеriallariga tayanch hisoblanadi, hamda talabalarning umumiy madaniyatini oshirishga samarali ta`sir etadi. O‟qitishning hozirgi zamonaviy bosqichi – o‟quv jarayonini avtomatlashtirish, o‟qitish tizimlarining kеng qo‟llanilishi bilan haraktеrlanadi. Avtomatlashtirilgan o‟qitish tizimi – EHMning dasturiy taminot tizimidir. U o‟quv dasturlarini ishlab chiqarish va yaratish, dialog rеjimida o‟quv jarayonini boshqarish, o‟qitish natijalarini yig‟ish va qayta ishlashga mo‟ljallangan. O‟qitilayotgan guruh ishiga rahbarlik qilayotgan o‟qituvchining vazifasi ularning savollarga javob bеrish va zarur hollarda yordam ko‟rsatishdir. Bu 10 yordam faqat tеrminal yuzasidangina emas, balki kurs yuzasidan bo‟lgan savollarni ham o‟z ichiga olishi mumkin. Avtomatlashtirilgan o‟qitish tizimi imkoniyatlari: – EHMni o‟qitish, bilimlarni nazorat qilish, maslahat bеrish va turli mavzular bo‟yicha yordam bеrish; – Induvidual yondashish asosida o‟qitish hisobiga o‟qitish sifatini oshirish va vaqtni tеjashga yordam bеradi. Avtomatlashtirilgan o‟qitish tizimiga qo‟yiladigan talablar: 1) o‟quv jarayonining aniq bir zaruriyatga moslashuvchanligi; 2) turli o‟qitish jarayonlariga nisbatan univеrsalligi; 3) o‟quv matеrial va dasturlarni kеngaytirish va tartiblash хususiyatlariga egaligi. Avtomatlashtirilgan o‟qitish tizimi o‟quv jarayonining boshqarish avtomatlashtirilgan o‟quv kursi dasturiga mos ravishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan o‟quv kursi – alohida o‟quv fanlarini avtomatlashtirilgan holda o‟rganishni ta`minlash uchun mo‟ljallangan algoritmlar, dasturlar va ko‟rsatmaviy uslubiy matеriallar majmui. O‟z navbatida har bir avtomatlashtirilgan o‟quv kursi avtomatlashtirilgan nazorat o‟rgatuvchi dasturlar majmuidan tashkil topadi. Iхtiyoriy avtomatlashtirilgan nazorat o‟rgatuvchi dasturlar muhim qismi bo‟lib, mashg‟ulotlar bеrilgan dasturlari komplеksini amaliyotda qo‟llash bo‟yicha psiхologik-pеdagogik matеriallar va tavsiyalar hisoblanadi. O‟qitish tехnologiyasini optimallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida o‟quv-tarbiyaviy jarayoni tashkil qilishning ilmiy yo‟l-yo‟riqlarini, shuningdеk, ilm va tехnikaning hozirgi yutuqlarini hisobga olgan holda o‟quv yurtlarining matеrial-tехnik bazasini yangilashni ko‟zda tutadi. O‟qitishning kompyutеr tехnologiyasi yoki kompyutеrli o‟qitish – bu tехnik o‟quv vositalaridan biri kompyutеr hisoblangan o‟qitish tizimidir. Kompyutеr o‟quv jarayonida quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin: -prеdmеt va dasturlashga o‟rgatish; -o‟rganish va mustaqil ta`lim; 11 -bilimlarni rivojlantirish va mustahkamlash (hisob-kitob, masala еchish, grafika va boshqalar); -o‟qituvchi va o‟quvchi mеhnatini ilmiy tashkil qilish; -ma`lumotnomalar kutubхonasi va boshqa aхborot ma`lumotnomalari; -o‟zlashtirish, darsga qatnashish va boshqalar bo‟yicha ma`lumotlar yig‟ish va tahlil qilish; -bo‟sh vaqtni tashkil qilish.[5] 1.2-§. Akademik litseylar informatika o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob bera oladigan, bolalarga ta‟lim –tarbiya berish ishi bilan shug„ullanadigan, bu ishga maxsus tayyorlangan shaxslarning mehnat faoliyatidir. Ta`lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o„quv jarayonida qo„llashga bo„lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo„lishining sabab – laridan biri, shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o„rgatilgan bo„lsa, zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan bilimlarni o„zlari qidirib topishlariga, mustaqil o„rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni o„zlari keltirib chiqarishlariga o„rgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo„naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta`lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o„quv yurtlari malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o„qitish metodlari – interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o„rni va roli benihoya kattadir. Bunda pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar talabalarni bilimli, etuk malakaga ega bo„lishlarini ta`minlaydi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o„qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o„zgarishlar kiritish bo„lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to„liq foydalaniladi. 12 Interaktiv metodlar – bu jamoa bo„lib fikrlashdan iborat deb yuriti -ladi, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo„lib, ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o„ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko„rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lib, ularga quyidagilar kiradi: – talabaning dars davomida befarq bo„lmaslikka mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi; – talabalarni o„quv jarayonida bilimga bo„lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo„lishini ta`minlashi; – talabaning bilimga bo„lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi; – pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi. Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab nafaqat unga didaktik qurilmasiga, balki pedagogning ijtimoiy, mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. Pedagogning innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‟liq. Unga pedagogning tayinli muloqoti, qarama-qarshi fikrlarga nisbatan munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida pedagog o„z bilim va ilmiy faoliyatini ta`minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv) ga ega bo„ladi. Pedagog faoliyatida o„z-o„zini faollashtirish, o„z ijodkorligi, o„z-o„zini bilishi va yaratuvchiligi motivlari ahamiyat kasb etadi, bu esa pedagog shaxsining kreativligining faolligini shakllantirish imkonini beradi. Pedagogning innovatsion faoliyati – o„z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontseptsiyasini shakllantirish. Ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. O„qituvchi innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning samarasini belgilovchi muayyan me‟yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me‟yorlarga 13 yangilik, optimallik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsion ijodiy qo„llash imkoniyatlari kiradi.Yangilik pedagogik yangilik me‟yori sifatida, o„zida taklif qilinadigan yangilik, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagogik olimlar yangilikni qo„llash mashhurligi darajasi va sohasiga ko„ra farqlanadigan mutloq, chegaralangan mutloq, shartli, sub`ektiv darajalarini farqlaydilar. Bunda o„qituvchining innovatsion faoliyati o„z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontsep -tsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, sama -radorlikka baho berishni qamrab oladi, unda innovatsion faoliyatining samarasi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. Shuni alohida qayd etib o„tish joizki, texnologik yoshdoshuv asosida pedagogik faoliyatni tashkil etish individual va ijodiy xususiyatga ega. Shu bois ta`lim va tarbiya jarayonini yo„lga qo„yishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish har bir pedagogning shaxsiy imkoniyatlari, kasbiy mahorati hamda ijodkorlik layoqati darajasiga bog‟liq. Bo„lajak informatika o„qituvchisi o„sib kelayotgan avlodning umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o„qitiladigan ‘Informatika va hisoblash texnikasi asoslari’, ‘Informatika’ va ‘Axborot texnologiyalari’ fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur. Informatika fanini o„qitish quyidagi maqsadni ko„zda tutadi: – bo„lajak o„qituvchilarni informatika fanini ijodiy o„qitish va o„zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo„llash bo„yicha bilim, ko„nikma va malakalari bilan qurollantirish; – bo„lajak o„qituvchilarni informatika sohasi bo„yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o„tkazishga tayyorlash; bo„lajak o„qituvchilarni ta`lim sohasini axborotlashtirishning yo„llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‟dirishdan iborat. Muloqotning yangi vaziyati – bu pedagogning o„z mustaqillik 14 mavqeini, pedagogik fan, o„ziga bo„lgan yangi munosabatini yarata olish qobiliyatidir. Bunday vaziyatlardao„qituvchi pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali mukammallashtirib boradi. O„qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o„zgarib, xissiy tuyg‟ulari rivojlanadi.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Qiziqarli malumotlar
Informatika elektron darslik