Tarix Fanidan Video Darslar

Tarix Fanidan Video Darslar

Mustahkamlash – “Insert”, “B.B.B usuli”, “Tashhis xaritasi”

Tarixdan video darsliklar

Informatika 8-sinf
Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
Matn: Hisoblash texnikasi rivojlanish , bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga ega ekanligini ko’rish mumkin. Amaliy asos o’sha davrda texnika erishgan yutuqlar bo’lsa, nazariy asos fanlar sohasida olingan natijalardir. Hisoblash texnikasi nazariy tomondan pozitsiyali sanoq sistemasining rivoji, qat’iy tartib qoida va mantiq nazariyasiga asoslangan.

Eramizdan avval IV asrda yashab o’tgan Arastu (Aristotel) o’zining asarlarida inson fikrlashi va mantiqiy xulosalar chiqarish usullarini tahlil etgan. Bu yo’nalishning rivojiga Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716) belgili mantiq yo’nalishini kashf etish bilan katta xissa qo`shdi. Ingliz matematigi Jorj Bul (1815-1864) Leybnitsning bu g’oyasini “Mantiqning matematik tahlili” asarida (XIX asr) yanada rivojlantirdi. E’tiborli tomoni shundaki, Jorj Bulning asaridagi har qanday miqdor va mantiqiy amallar natijasi faqat 0 yoki 1 qiymatni qabul qiladi. Shunday qilib matematikada Bul algebrasi yo’nalishi vujudga keldi. Bul algebrasi hisoblash mashinalari kashfiyotchilari uchun juda katta imkoniyat ochib berdi. Chunki, zamonaviy kompyuterlar faqat 0 va 1 qiymatlarni tushunadi va shularga asoslanib mantiqiy bog’liqlik asosida ishlaydi.

Hisoblash texnikasining Muhammad al-Xorazmiy “Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”, “Hind hisobi haqida kitob” va “Qo‘shish va ayirish haqida kitob” asarlari orqali (IX asr) katta hissa qo’shganligini e’tirof etmaslik mumkin emas. Muhammad al-Xorazmiy o’z asarlarida hindlarning sanoq sistemasini tartibga solgan va mukammallashtirgan, arifmetik amallarni bajarish tartib qoidalarini ishlab chiqqan hamda algoritm nazariyasiga turtki bergan va algebra faniga asos solgan. Al-Xorazmiy asarlari oradan 300 yil o’tgach Yevropaga tarqaldi va shundan keyin pozitsiyali sanoq sistemasi butun dunyoga yoyildi. Ma’lumki, zamonaviy kompyuterlarda pozitsiyali sanoq sistemalari qo’llaniladi.

Hisoblash texnikasi tarixi, asosan, 4 davrga bo’lingan. Ular bir-biridan hisoblash vositalarining ishlash prinsipi (tamoyili), tezligi va boshqa imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

1. Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr;

2. Mexanik mashinalar davri;

3. Elektromexanik mashinalar davri;

4. Elektron hisoblash mashinalari davri.

Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davr . Insoniyat hisoblashga ehtiyoj seza boshlaganda dastlabki hisoblash vositasi sifatida barmoqlardan foydalangan. Shu sababli inson tabiiy hisoblash vositasi hisoblanadigan qo‘l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Lekin, bilasizki, bu vositalar yordamida ikki yoki undan ortiq raqamli sonlar ustida oddiygina qo‘shish amalini bajarish ham juda qiyin ish yoki buni umuman imkoni yo’q. Hisoblash bilan bog’liq muammolarni hal etish uchun insonlar asta-sekin turli sun‘iy hisoblash vositalarini ixtiro eta boshlashdi. Shubhasiz, birinchi hisoblash vositalari eramizdan 6-5 asr avval foydalanilgan cho’pxat (ya’ni, birka – belgi qo’yib biror narsa hisobi olib boriladigan tayoqcha, taxtacha) va eramizdan 5-4 asr avval yunonlar (qadimgi greklar) foydalangan abakdir. Abakka o’xshash vosita boshqa xalqlarda ham foydalanilgan bo’lib, yaponlarda – serobyan, xitoylarda – , ruslarda – cho’t deb atalgan.

Keyingi e’tiborli hisoblash vositalari bo’lib shotland matematigi Jon Neperning tayoqchalari (1617 yil), ingliz matematika o’qituvchilari Vilyam Otredning doiraviy va Richard Delameynning to’g’ri burchakli logarifmik chizg’ich (1632) loyixalari hisoblanadi.

2. Mexanik mashinalar davri.

Nemis matematigi Vilgelm Shikkard 1623-yili loyihalashtirgan moslamadan mexanik mashinalar davri boshlandi. Aslida esa Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967-yili Madriddagi milliy kutubxonadan Leonardo da Vinchining nashr etilmagan qo‘lyozmasi topilgan. Qo‘lyozmadagi chizmalar ichida o‘n uchta raqamli sonlarni qo‘sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo‘lib, ular asosida yasalganda qurilma qo‘shish va ayirish amallarini bajaruvchi mashina ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shunga asosan uyg‘onish davrining buyuk rassomi, italiyalik matematik Leonardo da Vinchi (1452–1519-yillar) birinchi hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi.

1642-yilda fransuz matematigi va fizigi Blez Paskal qo’shish va ayirish amallarini bajara oladigan “Paskalina” nomini olgan mexanik mashina yasadi. 1642­–1645-yillarda Paskal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan ziyod shakllarini ixtiro etdi. Ularning 1645-yilda yasalgan eng mukammali «arifmetik mashina» yoki «Paskal g‘ildiragi» deb nomlandi. Bu qurilma sonlarni “eslab” qolardi va 4 arifmetik amalni bajara olardi.

1673 yilda nemis matematigi va fizigi Gotfrid Vilgelm Leybnits ikkilik sanoq sistemasi qo’llangan 4 amal bajara oladigan hamda ildiz chiqara oladigan mashina ixtiro etdi.

Yuqoridagi barcha mexanik qurilmalar qo’l bilan harakatga keltirilar edi. Ingliz matematigi Charlz Bebbij 1822 yilda bug’da ishlaydigan va hisoblash jadvallarini chop eta oladigan ayirmali mashina ixtiro etdi. U dastur bilan boshqariladigan arifmetik, boshqarish, xotira, kiritish va chiqarish qurilmali hisoblash mashinasi g’oyasi asoschisidir. Ch.Bebbijning bu g’oyasi hozirgi kompyuterlarning tuzilishiga asos bo’lgan. U bilan birga ishlagan ingliz matematigi Ada Avgusta Lavleys (Bayron) Bebbij mashinasi uchun birinchi dasturlarni ishlab chiqdi va ba’zi tushuncha va atamalarni kiritdi. Lekin, o’sha zamon texnologiyasining chegaralanganligi sababli g’oya hayotga tatbiq etilmay qoldi.

Yuqoridagi ixtirolar asosida quyidagi savollarga dastlabki javoblar olindi:

1. Sonlarni mashinada qanday qilib tasvirlash kerak?

2. Hisoblash uchun boshlang‘ich qiymarlarni mashinaga qanday usulda kiritish kerak?

3. Arifmetik amallarni mexanik ravishda qanday bajarish kerak?

4. Amal bajarish davomida o‘nliklarni qanday qilib o‘tkazish kerak?

5. Amal bajarish natijasida hosil qilingan sonlarni qanday tasvirlash kerak?

Elektromexanik mashinalar davri . Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo‘l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining ishlab chiqilishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi. 1831 yilda amerikalik J.Genri elektromexanik rele ixtiro qildi. 1918 yilda bir-biridan bexabar holda rus olimi M.A.Bonch-Bruyevich va ingliz olimlari V.Ikklz va F.Jordan trigger deb atalgan elektron rele ixtiro etishdi.

1930-yilda Vannevar Bush elektromexanik releda yig‘ilgan hisob­lash mashinasini yasadi. 1941 yilda nemis muhandisi Konrad Suze elektromexanik releda yig’ilgan Z3 nomli hisoblash mashinasini yasadi. Uning mashinasi quyidagi imkoniyatlari bilan ajralib turardi: dastur asosida boshqariladi, ikkilik sanoq sistemasida ifodalangan qo’zg’aluvchan nuqtali sonlar ustida amallar bajaradi, mantiqiy sxemaga asoslangan. 1944 yilda Govard Eyken “Mark-1” nomli elektromexanik releli, dastur asosida ishlaydigan mashina yasadi.

Elektromexanik mashinalar elektromexanik rele asosida yasalgani uchun yetarlicha ishonchli emas edi. Ingliz olimi Jon Fleming 1904 yilda diodni (grek. di – ikki, hodos – yo’l) ixtiro etdi. Amerikalik muhandis Li de Fores 1907 yilda triod – elektron vakuumli lampani kashf etdi. Hisoblash texnikasining keyingi rivojiga diod va triodning kashf etilishi katta ta’sir ko’rsatdi.

Elektron hisoblash mashinalari davri . 1946 yilda birinchi bo‘lib AQSHning Pensilvaniya universitetida Jon Mouchli va Jon Ekkert 70 tonnaga yaqin og‘irlikdagi, 300 kvadrat metrli joyni egallagan, qariyb 18 mingta elektron lampali ulkan elektron hisoblash mashinasi «ENIAC»ni (Electronic Numerical Integrator And Calculator) qurishdi. U sekundiga 300 ta ko’paytirish va 5000 ta qo’shish amalini bajara olardi. Uning tezligi elektromexanik releli mashinalarga nisbatan 1000 marta katta edi. Shu bilan “ENIAC” elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi.

Tarix fanidan video darslar

6-sinf tarix darsligidan O`zbekiston tarixiga taaluqli bo`lgan mavzularning to`liq darsi Assalom alaykum siz bu videodarsimiz orqali .

Tarix fani uchun umumiy tavsiya
Просмотров 15 тыс. 2 года назад

Oliy Maktab Akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion video darslardan foydalanish bo’yicha fan o’qituvchisining .

Tarix fanidan dars ishlanma
Просмотров 3,7 тыс. Год назад
Ushbu videoda Qodirova oyaning mehnat faoliyatidan lavhalar keltirilgan.
7-sinf O’zbekiston tarixi to`liq | [ Ўзбекистон тарихи тўлиқ ]
Просмотров 22 тыс. 8 месяцев назад

7-sinf tarix darsligidan O`zbekiston tarixiga taaluqli bo`lgan mavzularning to`liq darsi Assalom alaykum siz bu videodarsimiz orqali .

Tarix fani uchun metodlar
Просмотров 7 тыс. 9 месяцев назад
Tarix fani o’qituvchisi Tag’oyeva Gulnavozning “OCHIQ DARS”idan lavhalar.
Просмотров 8 тыс. Год назад

Buxoro viloyati Shofirkon tumani 30-umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi Tag’oyeva Gulnavozning “Ochiq dars”idan .

O’zbekiston tarixi fanidan videodarslar to’plami: 1-videodars
Просмотров 258 Год назад

O’qituvchi: Islamova S. Mavzu: Turkistonda 1917 yilgi ijtimoiy siyosiy o’zgarishlar, Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatili .

6-sinf. QADIMGI DUNYO TARIXI. Kirish 1-Mavzu:Qadimgi tarix-taraqqiyotning boshlanishi
Просмотров 79 тыс. 2 года назад
TARIX fanidan tayyorlanuvchi abuturiyentlar uchun vedio darslik.
9-sinf O’zbekiston tarixi to`liq | [ Ўзбекистон тарихи тўлиқ ]
Просмотров 8 тыс. 6 месяцев назад

9-sinf tarix darsligidan O`zbekiston tarixiga taaluqli bo`lgan mavzularning to`liq darsi Assalom alaykum siz bu videodarsimiz orqali .

Onlayn Tarix darslari | Qadimgi tarix – sivilizatsiyaning boshlanishi | 1 – dars
Просмотров 36 тыс. Год назад
Tarix darsining telegram kanali – t.me/Tarix_Rgn Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali .
TARIX. USMONLILAR DAVLATI HAQIDA TO’LIQ MA’LUMOT
Просмотров 69 тыс. 2 года назад

MAVZU: USMONLILAR IMPERIYASI. Agar sizda mavzu bo’yicha savollar va takliflar tug’ilsa, izox sifatida yozib qoldiring.

Тарих фанидан 8 синф очик дарс
Просмотров 1,1 тыс. Год назад
Tarix video dars-1| Turkiston 1917-yil fevral-oktabrda.10-sinf/ Aslida Turkistonda nima bo’lgan edi?
Просмотров 9 тыс. 2 года назад

10-sinf O’zbekiston tarixidan video darslar 1-bob Turkiston o’lkasida Sovet hokimiyatining o’rnatilishi hamda O’zbek xalqining .

Tarix video dars-2| Turkistonda sovet hokimiyati o’rnatilishi.10-sinf/Oktabr inqilobi qanday bo’ldi?
Просмотров 6 тыс. 2 года назад

10-sinf O’zbekiston tarixidan video darslar. 1-bob Turkiston o’lkasida Sovet hokimiyatining o’rnatilishi hamda O’zbek xalqining .

O’Z MIYA FAOLIYATINGIZNI RIVOJLANTIRISHINGIZ UCHUN TARIX FANIDAN TEST SAVOLLAR VA JAVOBLARI N.2
Просмотров 89 тыс. 2 года назад

test savollar va javoblar O’z miya faoliyatingizni rivojlantirishingiz uchun tarix fanidan test savollar va javoblari eng qiyin savollar .

6 – sinf tarix fanidan 1- soatlik ochiq dars ishlanmasi. Mavzu: 33 – 34 § Qadimgi Yunoniston afsonalari

c) Qadimgi yunon va o’zbek xalq ertaklarini o’zaro taqqoslash. Dars tipi : Og’zaki va yozma. Dars shakli: Aralash, noananaviy dars.

Dars uslubi: savol – javob, hikoya, ,,Bingo”, ,,Aqliy hujum”, ,,B.B.B.”, Insert.

Dars jihozi: Darslik, xarita, ko’rgazmali rasmlar, proyektor, ekran, ensiklopediya, vatman, marker, rangli qog’ozlar, doska, bo’r va h.z.

Atamalar:

Titanlar, kentavr, sirena, siklop, mif, Tesey, Ayaks, Gerakl, Axilles.

O’tilgan darsni takrorlash – “Aqliy hujum” , “Bingo mashqi”

Yangi dars mavzusi bayoni – “Interaktiv usulda”

Mustahkamlash – “Insert”, “B.B.B usuli”, “Tashhis xaritasi”

Dars yakunlarini chiqarish: guruhlar ishini yakuni, baholash

  1. Salomlashish jurnaldan yo’qlama qiish.
  2. Tozalikni aniqlash
  3. O’quvchilarni darsga jalb qilish qoidani yod olish.
  4. Ishchi muhitni yaratish bugungi maqsadni e’lon qilish.
  5. O’zbekistondagi eng muhum yangiliklarni aytish

II. O’tilgan mavzuni so’rash: Har bir guruh o’z nomi tarixini bayon qiladi.

1 – guruh: Gerodot.

2- guruh: Aristotel.

3- guruh: Geroklit.

4-guruh: Arximet.

5-guruh: Diogen.

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17 18 19 20

Oz nomlariga oid qoshimcha malumotlar berishlari lozim. ,,Bingo mashqi.
Har bir guruhga alohida rangli varaqlar tarqatiladi va ular tezda javoblarni yozib doskada taqdimot qiladilar.

Savollar muhokamasi tugagach topshiriqni tez va mukammal bajargan guruhga “Rag’bat” oxirida bajargan guruhga “jarima” kartochkasi beriladi.

O’tilgan dars bilan yangi darsni bog’lash (uyga vazifa yangi mavzu bilan tanishib kelish topshirilgan edi) .

III.Yangi mavzu bayoni: Reja.

1. Afsonalar: haqiqat va uydirma.

2. Qadimgi yunonlarning xudolari

3. Gerakl jasorati.

Titanlar – bu : ( xudolardan tug’ilgan qudratli pahlavonlar)

Sirenalar – bu: ( yarim qush, yarim ayollar)

Kentavrlar – bu: ( yarim ot, yarim odamlar)

Sikloplar – bu: (peshonasida bitta ko’zi bor maxluqlar)

Qadimgi yunonlarning xudolari.

Zevs Oliy xudo va qolgan barcha xudolarning raxnamosi.
Poseydon Zevsning inisi, dengiz hukmdori.
Afina Zevsning qizi, jangari ayol, donishmandlik ilohasi.
Appolon Zesning o’g’li, yorug’lik, musiqa va sheriyat ilohasi.
Gelios Quyosh xudosi.
Demetra Dehqonchilik va hosildorlik ilohasi.
Geya Yer ilohasi.
Femida Adliya ilohasi.
Gefest Temirchilik va hunarmandlar ilohasi.
Afrotida Muhabbat va go’zallik ilohasi.
Ares Urush xudosi.
Diones Sharob ilohasi.
Germes Savdo ilohasi.
Nika G’alaba ilohasi.
Xronos Zamon xudosi.
Artemida O’rmonlar va ovcholik ilohasi.
Eros Sevgi ilohasi.
Gipnos Uyqu ilohasi.

Bu bosqichda – ,,Interaktiv” usulni qo’llash uning texnologik xaritasini tuzib chiqish. I –Chaqiruv bosqichi.

II – Anglash bosqichi.

III – Fikirlash bosqichi.

  1. Chaqiruv bosqichida: Bunda o’quvchilarning yangi mavzuga oid dastlabki tushunchalari aniqlanadi.
  • Dastlabki tushunchalarni aniq va erkin namoyon etish.
  • Fikrni namoyon qila olish.
  • Darsga bo’lgan qiziqishni oshirish kabilardir.

II- ,,Aqliy hujum “

1 – Guruhga topshiriq: 2- Guruhga topshiriq:

Afsonalar va rivoyatlar nima? Titanlar kimlar? Misol keltiring.

3 – Guruhga topshiriq: 4- Guruhga topshiriq:

Sikloplar kimlar ? Kentavrlar-chi?

5 – Guruhga topshiriq: – Sirenalar kimlar?

2. Anglash bosqichi. Bunda o’qtuvchi o’quvchilardan olgan dastlabki tushunchalarga qo’shimcha ma’lumotlarni jamlab, yangi bilim boyitadi.

O’quvchining bilgan va bilmagan ma’lumoti to’ldiriladi.

– dastlabki tushunchalarni yangi bilim bilan to’ldirish.

– o’quvchilar qiziqishini orttirish.

– tahlil qilishga, taqqoslashga o’rgatish.

Fikrlash bosqichi. Bu bosqich darsning Mustahkamlash qismida o’tkaziladi. O’quvchilar darsda o’rgangan ma’lumotlari haqida o’z fikrlarini bildiradi.

Insert” usulini qo’llash.

Insert jadvalini “B.B.B” usulida to’ldirish.

Har bir guruh a’zosi shu mavzudagi o’rgangan ma’lumotlari asosida “Insert” jadvali ni to’ldiradi. Slaydlarda yunon xudolari va ilohalarning rasmlari beriladi bu rasmlarga qarab o’quvchilar ularning nomi va vazifasini topishlari kerak bo’ladi.

V. Xulosa, dars yakunlarini chiqarish :

Dars yakunida bugungi darsdagi natijalar haqida savollar beriladi.

  1. Bugungi darsdan qanday yangilik oldingiz.
  2. Olgan bilimingiz orqali qaysi muammoni yechimini topdingiz?
  3. Yana qanday muammolar paydo bo’ld.
  1. Uyga vazifa : – 33-34 § o’qish, savollarga og’zaki va yozma javob, atamalar ustida ishlash, yangi mavzu bilan tanishib kelish.

255-maktabning tarix fani o’qtuvchisi: Qurbonova N M

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Qiziqarli malumotlar
Tarix Fanidan Video Darslar