Oliy fizika darslik
Kirish imtihonlariga mustaqil tayyorlanadigan abituriyentlarda ushbu qo‘llanmadan boshqa hech qanday adabiyotga ehtiyoj bo‘lmaydi!
Abituriyentlar va o’quvchilar uchun fizika fanidan unikal o’quv qo’llanma
Fizika fanidan o‘rta ta’lim maktablarining 9–10–11–sinf o‘quvchilari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalariga kiruvchilar uchun mo‘ljallangan yangi o‘quv qo‘llanmasi Qarshi DU qoshidagi Shaxrisabz akademik litseyi direktori fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Abduqaxxor Gadoyevich G‘aniyev tomonidan yaratildi. O‘quv qo‘llanmasi 3 ta qismdan tashkil topgan:
I-qism. Mexanika va molekulyar fizika.
II-qism. Elektromagnetizm.
III-qism. Optika. Atom va yadro fizikasi.
Qo‘llanmada umumta’lim maktablarining 6-7-8-9 sinflari darsliklaridan o‘rin olgan, аkademik litsey va kasb-hunar kollejlari, tashkil qilinayotgan 10,11-sinflar uchun “Fizika” fani o‘quv dasturlarida belgilangan va ushbu dasturlarga mos zamonaviy fizika yutuqlari haqidagi eng so‘nggi ma’lumotlar bayon qilingan. Har bir mavzudan keyin:
– sinov savollari;
– o‘zbekcha-ruscha-inglizcha asosiy atamalar lug‘ati
– masalalar va ulalrning yechimlari;
– test savollari berilgan.
Lug‘atni to‘la o‘zlashtirgan o‘quvchi qo‘llanmadagi ma’lumotlarni rus va ingliz tillarida o‘qib o‘rganishi va fikrini bayon qila olishi mumkin.
Qo‘llanmada V. I. Lukashik, Ye. V. Ivanovalarning, “Сборник задач по физике” (“Fizikadan masalalar to’plami”), A. P. Rimkevichning “Физика-задачник 10-11″ (“Fizikadan masalalar to’plami 10-11″) kitoblaridagi masala va mashqlarning o‘zbek tilidagi yechimlari, shuningdek, inglizcha, ruscha va o‘zbekcha adabiyotlarda, jurnallarda keltirilgan besh yuzga yaqin qiziqarli savollar javoblari bilan, oxirgi besh yilda DTM sinov testlarida foydalanilgan testlar javoblari bilan, III qism oxirida 2017-yilda test sinovlarida foydalanilgan testlar tahliliy yechimlari bilan va so‘nggi sinovlar uchun o‘ttiz oltitalik testlar keltirilgan.
Kirish imtihonlariga mustaqil tayyorlanadigan abituriyentlarda ushbu qo‘llanmadan boshqa hech qanday adabiyotga ehtiyoj bo‘lmaydi!
Qo‘llanmani sotib olish bo‘yicha +998 90 615-90-09 va +998 97 772-92-26 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Qo‘llanma bo‘yicha barcha mulohazalarni fizika.1011@mail.ru elektron pochtaga yuborishingizni so‘raymiz. O‘quv qo‘llanmaning namunaviy mavzularini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
1. Dinamika. Jismlarning o‘zaro tasiri. Yuklab olish
2. Elektrodinamika asoslari. Elektr zaryadining saqlanish qonuni. Yuklab olish
3. Optika. Yorug‘lik haqidagi ta’limotning rivojlanishi. Yuklab olish
Muallif haqida
Muallif fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Abduqaxxor Gadoyevich G‘aniyev. Qarshi DU qoshidagi Shaxrisabz akademik litseyi direktori.
N. A. Sultanov fizika kursi
0 ‘ ZBEKISTON R E SPU B L IK A SIO L IY VA 0 ‘RTA M AXSUS
T A ’LIM VAZIRLIGI
N.A.SULTANOV
FIZIKA KURSI
O ‘zbekiston Respublikasi O liy va o ‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan oliy texnika o ‘quv yurtlari uchun
darslik sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT – 2007
N. A. Sultanov. Fizika kursi. Oliy o ‘quv yurtlari uchun darslik. –
Т., «Fan va texnologiya», 2007. 304 bet.
Darslikda oliy texnika о ‘quv yurtlari uchun tasdiqlangan о ‘quv
dasturi asosida umumiy fizika kursirting nazariy asoslari qisqa
bayon etilgan. M uallif bu darslikni tayyorlashda о ‘zining oliy о ‘quv
yurtlarida talabalarga dars berish jarayonida orttirgan boy
tajribasidan foydalandi, Darslik oliy texnika o’quv yurtlari uchun
mo ‘Ijallangan bo ’lib, undan shu sohada ishlovchi mutaxassislar ham
foydalanishi mumkin.
Taqrizchilar: M. Ulug’bek nomli O’zbekiston Milliy universiteti,
fizika fakulteti, umumiy fizika kafedrasi mudiri,
prof. U. Abdurahmonov;
Farg’ona Davlat universitetining umumiy fizika
kafedrasi professori, f-m., f.d., Beruniy muko-
fotining lauriati B.Otaqulov; «Nazariy fizika»
kafedrasi mudiri, f-m., f.d., professor R. Rasulov;
Farg’ona
Politexnika
institutining
«Elektr
yuritma» kafedrasi mudiri, tf.d., N. Aripov;
«Fizika» kafedrasi mudiri, fiz-m at f.d., prof.
N.X. Yuldashyev, dots. A.X.Haydarov
ISO N 9 7 8 – 9 9 4 3 – 1 0 – 0 3 5 – 0
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2007.
SO‘Z BOSHI
Oliy texnika o’quv yurtlari uchun mo’ljallangan ushbu darslikda umumiy
fizikaning uslubiy dasturida ko‘zda tutilgan nazariy asoslari bayon etilgan.
Fizika kursini qisqa muddatda bir yoki ikki semestr o‘qitiladigan yo’nalishlami
inobatga olgan holda uslubiy dastur asosida eng zarur bo’lgan nazariy va amaliy
m a’lumotlarni qisqa muddat ichida samarali o’zlashtirib olishga imkon bera
oladigan fizika kursi darsligi zaruriyati tug’ildi,
Shu munosabat bilan tavsiya qilinayotgan «fizika kursi» kichik hajmda (bir
tomlik) yozilgan va unda oliy matematikaning eng sodda hosilalar va
integrallarining jadvallarida berilgan formulalaridangina foydalanilgan xolos.
Ko’pgina fizikaviy qonuniyatlaming matematik ko’rinishlarini keltirib chiqarilishi
sodda shaklda berilgan. 0 ‘rganilayotgan fizik jarayonlar va hodisalami yaxshiroq
tushunib olish uchun keltirilgan misollar ishlab chiqarishi bilan bog’liq bo’lgan
sohalardan olingan.
Ushbu darslikda fizikaviy kattaliklarning faqat bitta birliklar sistemasi (Sl)dan
foydalanilgan bo‘lib, bu birliklar bilan bir qatorda sistemaga kirmaydigan (litr,
millimetr, simob ustini, angstrem, elektronvolt va shunga o’xshashlar) berilgan.
Taqdim qilinayotgan kitob yetti bo’limdan iborat. Birinchi boiim da
klassik
mexanikani fizik asoslarining sistemali bayoni va nisbiylik nazariya asoslari
berilgan. Ikkinchi bo’lim, asosan, statistik fizika va termodinamikaga bag’ishlanadi.
Uchinehi bo’limda elektrostatika, o’zgarmas elektr toki va elektromagnetizm
o’rganiladi. T o‘rtinchi bo’lim tebranishlar va to‘lqinlar, elektromagnit va mexanik
tebranishlarni parallel qarab chiqishga bag‘ishlanadi. Beshinchi bo’limda to’lqin
optika va nurlanishning kvant tabiati qarab chiqiladi. Oltinchi bo‘lim atomlar.
molekulalar va qattiq jism kvant fizikasi elementlariga bag’ishlanadi. Yettinchi
bo’limda yadro va elemental- zai’rachalar fizikasi bayon etiladi.
Muallif ushbu kitobni yozishda, uning sifatini yaxshilash maqsadida o’zlarining
qimmatli fikr va ko’rsatmalarini bergan hamda katta yordam ko’rsatgan Farg’ona
politexnika instituti «fizika» kafedrasining barcha professor – o’qituvchilariga va
yordamchi xodimlariga chuqur minnatdorchilik bildirishni o’zining burchi deb
hisoblaydi.
Darslikni ikkinchi nashriga muallifning so‘z boshi
Ushbu ikkinchi nashrda «Fizika kursi» darsligini yangitdan qayta ishlandi.
B a’zi paragraflarga qo’shimchalar kiritildi. Birinchi nashrda yo’l qo’yilgan ba’zi
kamchiliklar bartaraf qilindi.
Masalan. IV bobni oxiriga 4.4-qilib, «Uzluksizlik. Bernulli tenglamasi»
mavzusi kiritildi. Chunki 4.2- Energiya. Energiya saqlanish qonuniga bag’ishlanadi.
Suyuqliklarda esa energiya saqlanish qonunini bajarilishi Bernulli tenglamasida o’z
aksini topadi.
Bulardan tashqari har bir bobni oxirida o’zlashtiruvchi savollar va shu
yuqoridagi boblar temalariga muvofiq masalalar yechish namunalari berilgan.
Bularni
berilishi,
birinchidan,
yuqoridagi
temalami
mustahkamlasa,
ikkinchidan, talabalarni shu mavzularga qiziqishini, e ’tiborini orttiradi. masalalar
yechishga bo’lgan harakatlarini jonlantiradi, qizilishlarini esa kuchaytiradi.
Masala yechish namunalarini berganimizda biz, bizgacha bo’lgan masala
yechish namunalaridagi berilgan fizik kattaliklar bilan, ulaming o’lchov birliklarini
aralashtirib yozilishiga yo‘l qo’ymadik, ya’ni berilganlami yozganda, biz avvalo,
uiami bir sistemaga keltirib oldik. so’ngra masala yechishga kirishdik. Bu holda son
qiymatlari bilan o’lchov birliklarini ifodalovcKi qisqartirilgan harflar (metr – ra:
kilograinmni – kg: sekundni – s va hokazo) aralashib ketmaydi va fikrni chalg’it-
maydi.
Bularni e ’tiborga olib biz ana shu usulga qat’iy yondashdik va yaxshj natijalar
beradi degan umiddamiz.
Masalalar tanlashda juda murakkab masalalar etnas, balki «soddadan-
murakkab»ga prinsipini saqlashga harakat qildik.
Shunungdek, tanlangan
masalalami berilgan mavzlaiga mosligi nazarda tutildi va hokazo.
M uallif bu nashrni tayyorlashda ba’zi kamchiliklami ko‘rsatgan va ulami
yo’qotishga yaqindan yordam bergan fizika kafedrasi professor-o‘qituvchilariga va
taqrizchilarimiz
prof.
N.X.
Yuldashyev
dots.
A.X.
Haydarovga
o‘z
minnatdorchiligini bildirishni lozim deb topdi.
4
KIRISH
Fizika fani va uning boshqa fanlar bilan aloqasi
Biz yashab turgan, hayot kechirayotgan gallaktikamiz (Quyosh va uni atrofida
aylanayotgan to’qqizta planeta va yulduzlar sistemasi) juda ko’p asrlardan beri
mavjud. Yerimiz, tabiatimiz, yetti osmonimiz gallaktikaning bir bo iag i bo iib , tirik
organizmlar va odamzod maskani sifatida paydo bo‘ldi. Tabiat hodisalarini,
jarayonlarini va qonunlarini o ‘rganish juda qadimdan boshlangan. Tabiat sirlarini
o’rganish, qonunlarini ochish asosida insoniyat o ‘zining turmush sharoitini, yashash
imkoniyatlarini yaxshilab bordi. Tabiat sirlarini o’rganish o ‘z navbatida, o ‘z
zamonidagi fikrli, mulohazali, ilg‘or kishilarni o‘ziga tortdi. Qadimgi Yunonistonda
tabiat hodisalarini o ‘rganuvchi tabiatshunoslik fani vujudga keldi.
Fizika yunoncha so‘z b o iib , «phusis» – tabiat degan m a’noni anglatadi. Fizika
fanini birinchi bo’lib, qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel (eramizdan avvalgi 384—
322-yil) o’zining kitoblarida bayon etgan. 0 ‘sha davrda fizikaning tarkibiga hozirgi
kimyo, astronomiya, biologiya, geologiya deb nom olgan bir qator tabiiy fanlar
kirgan. Keyinchalik, ular mustaqil fanlar bo’lib ajralib chiqqan, lekin ular o ‘rtasida
keskin chegara yo‘q, ular doimo bir-birlarini to’ldirib hamisha aloqada bo‘ladilar.
Bu so‘zlarni isboti sifatida tabiatdan yangi-yangi hodisalarning kashf qilinishi va
ularning amalda qoMlanishi natijasida fizikaviy-kimyo, astrofizika, geofizika,
biofizika kabi birlashgan fanlarning vujudga kelishini ko’rsatish mumkin. Shuning
uchun fizika – barcha tabiiy va amaliy fanlarning poydevoridir deyish mumkin.
Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi ikki tomonlamadir: Bu fanlar fizika
asboblari yordamida taraqqiy qilib, yangi fan cho‘qqilarini egallashsa, o’zining
yutuqlari bilan fizikani ham boyitadi va uni oldiga yangi vazifalar, yangi mukammal
asboblar yaratishni qo’yadi, shu tariqa o ‘zi ham, fizika ham livojlanib boradi.
M asalan: astranomlarga yangi teleskoplarni yaratib berish, osmon jismlarini
mukammalroq o’rganishga, biologlarga elektron mikroskoplarni yaratilishi, hayotni
qanday paydo bo‘lish sirini ochilishiga olib keldi, ximiklarga spektroskopni yasab
berilishi davriy sistemadagi 24 ta elementni kashf etilishiga sabab bo‘ldi va hokazo.
Fizika fani rivojlanishida buyuk o ‘zbek mutafakkir olimlarimizning boy ilmiy
meroslarni ham ahamiyati katta bo’lgan. Ayniqsa, Abu Rayhon Beruniyning falsafiy
qarashlari, dunyo xaritasini yaratishdagi urinishlari «Amerika»-qit’asi borligini
bashorati (Kolumbning Amerikani ochishida asos bo’lgan), shuningdek, Ahmad al-
Farg’oniyning Yer meridianini o’lchab chiqishlari, tutash idish qonunidan
foydalanib Nil daryosi suvini o’lchab beradigan qurilmani yaratgani (u hozirgacha
saqlanganligi), Al-Xorazmiy bilan birgalikda osmon jismlarini o‘rganishdagi
tadqiqotlari hozirgacha ham o’z qiymatini yo‘qotganicha yo‘q.
Bizning atrofimizni o ‘rab olgan moddiy dunyo doimo uzluksiz harakatda
bo’lgan materiyadan iboratdir. Materiya ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi:
1) modda ko’rinishda, masalan, qattiq, suyuq, gazsimon va plazma holatidagi
jismlar;
2) maydon ko’rinishida, masalan,
gravitatsion maydon, elektromagnit
maydon, yadroviy kuchlar maydoni va boshqalar.
Fizika fani materiyaning tuzulishini va materiya harakatining eng oddiy
ko’rinishidan tortib, to eng umumiy ko’rinishlarigacha o’rganadi: mexanik, atom-
molekular, gravitatsion, elektromagnit, atom va yadro ichidagi jarayonlar.
5
Harakat deganda, materiyaning tabiatda bo‘ladigan barcha o ‘zgarishlari, bir
turdan ikkinchi turga aylanishlari, barcha jarayonlar tushiniiadi.
Fizikaviy tadqiqot usullari. Fizika hodisalarini tabiat sharoitida o ‘rganish
kuzatishdan boshlanadi. Hodisalarni sun’iy ravishda laboratoriya sharoitida amalga
oshirib, tajriba o ‘tkazishni eksperiment deb ataladi. Eksperimentni kuzatishga
qaraganda, bir qator afzal tomoni bor, chunki tabiiy sharoitlarda biror hodisa ro‘y
berishi uchun sutkalab, oylab, hatto, yillab kutishga to’g ‘ri keladi. Laboratoriya
sharoitida esa bu hodisani xohlagan qisqa vaqtda amalga oshirish mumkin.
Kuzatish va tajriba natijalaridan hodisani tushuntirish uchun mulohaza va
mantiqiy umumlashtirishlar asosida gipoteza (iltniy faraz) lar yaratiladi. Agar
gipoteza eksperimentda tasdiqlansa, u haqiqiy fizik nazariyaga aylanadi, aks holda
gipoteza sinovdan o ‘tmagan gipotezaligicha qoladi.
Fizik nazariya atrofimizda sodir boMayotgan bir qator hodisalarni, ularning
mexanizmi va qonuniyatlarini tushuntira olishi kerak. Eksperiment asbob –
uskunaiarini zamonaviylashuvi va o ‘sishi bilan yangi hodisalar kashf etiladi, bu esa
o‘z navbatida yangi fizik nazariyaiaryaratilishini taqozo qiladi.
Fizik kattaliklarni o ‘lchash uchun o’lchov birliklari tanlab olinadi. 0 ‘lchash
mumkin bo‘lgan fizik kattaliklaming birliklari etalon (namuna) larga ega. Fizik
kattaliklarning qiymati deganda, mazkur kattalik etalondan (eski uning nusxasidan)
necha marta farql&mshini ko‘rsatadigan son tushuniladi. Har bir fizik kattalik
o ‘lchov birligini boshqa fizik kattaliklarga bog’liq boMmagan holda mustaqil tanlash
mumkin.
Masalan, yettita fizik kattalik uchungina, o’lchov birligi ixtiyoriy tanlanadi. Bu
fizik kattaliklarning o’Ichov birliklari asosiy birliklar deb yuritiladi. Qolgan barcha
fizik kattaliklarning o ‘lchov birliklari bu ularni asosiy kattaliklar bilan boglovchi
qonunlar (formulalar) asosida tanlanadi. Bunday kattaliklarning o ‘lchov birliklari
hosilaviy birliklar deb yuritiladi.
1960-yil oktabrda Xalqaro sistema qabul qilindi.
1961-yilning 24-avgustida sobiq Sovet Ittifoqida «Sistema Internatsionalnaya»
so’zlarini bosh harflari bo’yicha SI «Es-I»deb o ‘qiladi) tarzda belgilangan birliklar
sistemasi tasdiqlandi. SI da yettita asosiy birlik va ik ki qo’shim cha birlik qabul
qilingan:
Asosiy birliklar
Uzunlik, metr (m). Kripton -86 atomining 2rI0 va 5ds sathlari orasida o ‘tishga
mos bo‘lgan nurlanishning vakuumdagi to‘lqin uzunligidan 1650763,73 marta katta
bo’Igan uzunlik 1 metr deb qabul qilingan.
Massa, kilogramm (kg). Kilogrammni xalqaro prototipining massasi 1 kilogramm
deb qabul qilingan.
Vaqt, sckund (s). Seziy – 133 atomi asosiy holatining ikki o ‘ta nozik sathlari
orasidagi o’tishga mos bo‘lgan nurlanish davridan 9192631770 maita katta vaqt / sekund
deb qabul qilingan.
Elektr tokining kuchi, Amper (A).
1 amper tok vakuumdagi bir-bividan lm masofada joylashgan ikki parallel
cheksiz uzun, lekin kesimi juda kichik to‘g‘ri o‘tkazgichlardan o‘tganda
o’tkazgichning har bir metr uzunligiga 2*1 O’7 N kuch ta’sir qiladi.
Termodinamik tcmperatura, Kelvin (K).
Suvning uchlanma nuqtasini xarakterlovchi termodinamik temperaturaning
1/273,16 ulushi 1 kelvin deb qabul qilingan.
Modda miqdori, mol(mol).
Uglerod -12 atomining 0,012 kg massasidagi alomlar soniga teng strukturaviy
element (masalan, atom, molekula yoki boshqa zarra)lardan tashkil topgan
sistemadagi moddaning miqdori 1 mol deb qabul qilingan.
Yorug‘lik kuchi, kandela (kd).
540
1012 Gs chastotali monoxromatik nurlanish chiqaravotgan manba
. yorug’Ugining energetik kuchi 1/683 Vt/sr ga teng bo’lgan yo’nalishdagi yorugMik
kuchi 1 kandela deb qabul qilingan.
Qo‘shimcha birliklar
Yassi burchak, radian (rad).
Aylanma uzunligi radiusga teng bo‘lgan yoyni ajratadigan ikki radius orasidagi
burchak I radian deb qabul qilingan.
Fazoviy burchak, steradlan (sr).
Uchi sfera markazida joylashgan va shu sfera sirtidan radius kvadratiga teng
yuzli sirtni ajratuvchi fazoviy burchak 1 steradian deb qabul qilingan.
Hosilaviy biriiklar
Tezlik, mctr taqsim sekund (m/s).
lm/s tezlik bilan to‘g ‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan moddiy nuqta Is
davomida lm masofaga ko’chadi.
Tezlanish, m etr,taqsim sekund kvadrat (m/ s1)
lm/s2 tezlanish bilan to‘g ‘ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat qilayotgan
moddiy nuqtaning tezlanishi Is da lm /s1 ga o’zgaradi.
Impuls, kiiogramm – metr taqsim sekund (kg.m/s). Ikg.m/s -lm /s tezlik
bilan harakatlanayotgan 1kg massali jism ning impulsi
Kuch, Nyuton (N).
IN- massasi lk g bo’lgan jism ga ta ’sir qilib, unga ta ’sir y o ‘nalishida lm /s2
tezlanishni beradigan kuck.
Kuch impulsi, Nyuton sekund (N.S).
IN .s-Is davomida ta ’sir etuvchi I N kuchning impulsi.
1
M exanika – fizika bo‘limi bo’lib, materiya harakatining eng sodda va eng
umumiy shakllarini o ‘rganar ekan, u jismlarning yoki jismlar qismlarining fazoda
bir-biriga nisbatan siljishini ifodalovchi mexanik harakat haqidagi ta’limotdir.
Mexanikani fan sifatida rivojlanishi eramizdan oldingi III asrlarga borib
taqaladi. 0 ‘sha davrdayoq qadimgi yunon olimi Arximed (287-212 eramizdan
oldingi yillar) richagning muvozanatlik qonunini shakllantirishi uning mexanika
fanini rivojlanishiga dastlabki qo’shilgan hissasi deb qarash mumkin. Mexanikaning
asosiy qonunlarini Italiya olimi Galiley (1564-1642) aniqlagan boisa, ingliz olimi
Nyuton (1643-1727) bu qonunlarni uzil-kesil ta’riflab berdi va fundamental qonun
sifatida shakllantirdi.
Galiley va Nyuton mexanikasi klassik m exanika deb yuritiladi va yorug’lik
tezligiga qaraganda ancha kichik tezliklarda harakat qilayotgan makroskopik jismlar
harakat qonunini o’rganadi.
Yorug’lik tezligiga yaqin tezliklarda harakat qilayotgan makroskopik jismlar
harakat qonunlarini A.Eynshteyn (1879-1955) kashf etgan nisbiylik nazariyasi
o‘rganadi. Mikroskopik jismlar (alohida atomlar va elementar zarrachalar) harakat
qonunlariga kelsak, bularni klassik mexanika tushuntira olmaydi. Ularni kvant
m exanika o ‘rganadi.
Mexanika quyidagi uch bo’limni o‘z ichiga oladi: kinematika, dinamika va
statika.
K inem atika – jismlar harakatini uni vujudga keltirgan sabablarga qarab emas,
balki ularni harakat davomida qoldirgan izlariga (trayektoriyasiga) qarab o’rganadi.
Dinamika – jismlarning harakat qonunlarini uni vujudga keltirgan sabablarga qarab,
ya’ni kuch ta’siridajismlar harakatini o‘tganadi.
S tatika – jismlar sistemasining muvozanatlik qonunlarini o’rganadi. Agar
jismlar harakat qonunlari ma’lum bo‘lsa, ulardan muvozantlik qonunlarini ham
aniqlash mumkin.
I bob. KINEM ATIKA ASOSLARI
1. MEXANIKANING F IZ IK ASOSLARI
1.1. Sanoq sistemasi. M oddiy nuq ta kinem atikasi
Mexanik harakatda bir jismning vaziyati boshqa jismlarga nisbatan o‘zgaradi.
Mexanik harakatning eng sodda ko‘rinishi sifatida moddiy nuqta harakatini
ko‘raylik. K o‘rilayotgan masalalarda shakli va
o’lchamlari hisobga olinmaydigan jism moddiy
nuqta deb ataladi. Moddiy nuqta tushunchasi’
abstrakt tushuncha bo‘lib, tabiatdagi real jismlarni
ideallashtirish natijasida vujudga keladi va uni
kiritilishi
tekshirilayotgan
aniq
masalalami
yechishni yengillashtiradi.
Masalan: Yerning va boshqa planetalaming
Quyosh
atrofida
harakatlarini
o’rganayot-
ganimizda Yer planetalar va Quyoshni moddiy
nuqtalar deb hisoblash mumkin.
Jismlar harakati fazo va vaqtda amalga
oshadi. Fazo abadiy mavjud, cheksiz katta,
qo‘zg‘almas materiya ko’rinishida tasvirlanadi.
Fazoning xossalari vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi.Vaqt fazoning istalgan nuqtasida
birday o ‘tadi deb hisoblanadi, ya’ni o ‘z-o‘zicha, tekis va biror boshqa borliqqa
bogMiq bo’lmagan holda o’tadi deb qaraladi. Наг qanday fizik hodisa yoki jarayon
fazoning qayerdadir va qachdihdir sodir bo’ladi. Mexanika nuqtayi nazarida harakat
jismlarning fazodagi vaziyatini vaqt o‘tishi bilan o’zgarishidan iboratdir. Moddiy
nuqtaning fazodagi holatini biror ixtiyoriy tanlab olingan sanoq sistemasiga
nisbatan qaraladi.
Fazoda moddiy nuqta holatini to‘g ‘ri burchakli uch o‘lchovli D ek art x, y,
z-
k oord in atalar sistemasi yordamida aniqlash mumkin (1.1-rasm). Bu holda
M
moddiy nuqtani vaqtning istalgan payitidagi vaziyati x, y, z koordinatalar bilan yoki
koordinata boshidan
M
nuqtaga o’tkazilgan radius vektor
r
– orqali, ya’ni sferik
k o o rd in atalar bilan aniqlanadi. Radius vektoming moduli r – kesma bilan,
yo‘nalishi esa в va
burchaklar yordamida ifodalanadi. Bu ikkala koordinatalar
sistemasi moddiy nuqta vaziyatini koordinatalar va radius – vektor orqali ifodalashga
ekvivalentdir. Shuning uchun ham sferik koordinatalardan Dekart koordinatalarga va
aksincha o ‘tishlarni amalga oshirish mumkin.
1)
sferik koordinatalar -г, в,
lard an Dekart koordinatalar -x, u, z larga o ‘tish
quyidagicha amalga oshiriladi:
2) x,u,z lardan /-, в, (p larga o’tish uchun quyidagi ifodalardan foydalanish kerak:
x = rsin ^co s^5
у = rsinOsinq) ’
z = rcos&
(
1
.
1
)
1
z
(
1
.
2
)
J
Harakatlanayotgan moddiy nuqta qoldirgan izi trayektoriya deb ataladi.
Agar trayektoriya to‘g ‘ri chiziqdan iborat
AS
bo‘lsa, harakat to ‘g ‘ri chiziqli, trayektoriya egri
chiziqdan iborat bo’lsa, harakat egri chiziqli delb
ataladi.
Ixtiyoriy trayektoriya bo1 у lab harakatlana
yotgan moddiy nuqtani kuzataylik. Kuzatishni
moddiy nuqta
A
nuqtadagi holatidan boshlaymiz.
0
1.2-rasm.
Biror
At vaqtdan keyin moddiy nuqta V
nuqtaga kelib qolsin, u AS yo’lni
o ‘tadi (1.2-
rasm). Moddiy nuqtaning boshlang‘ich (A) va
oxirgi (V) vaziyatlarini ifodalovchi r va r0 radius
vektorlar ayirmasi
9
r – r 0 = A r
(i.3)
vektor moddiy nuqta ko’chishini ifodalaydi. Moddiy nuqta ko’chishining shu
ko’chishni o’tilgandagi vaqt oialig’iga nisbati harakatning o ‘rtacha tezligi u0v
deyiladi.
Ar
w-
= д Г
( U |
Vaqt oralig‘ini cheksiz kichraytira borsak, ya’ni Дt —Ю deb olsak, (1.4) ifoda
intilgan limitni moddiy nuqtaning oniy tezligi yoki haqiqiy tezligi deb ataladi.
Qiziqarli malumotlar
Oliy fizika darslik