Davlat va huquq asoslari 8 sinf darslik
Ta`limiy: o`quchilarga Davlatning boshqaruv shakli mavzusi bo`yicha bilim berish;
8-sinf o’quvchilari uchun O’zbekiston davlati va huquq asoslari fanidan «Bilimlar bellashuvi» ga tayyorlanishi uchun test
SHUHRATBEK.UZ > O’QUVCHILARGA > “Bilimlar bellashuvi” ga tayyorlanmoqchimisiz? > 8-sinf o’quvchilari uchun O’zbekiston davlati va huquq asoslari fanidan «Bilimlar bellashuvi» ga tayyorlanishi uchun test
8-sinf o’quvchilari uchun O’zbekiston davlati va huquq asoslari fanidan «Bilimlar bellashuvi» ga tayyorlanishi uchun test
On 12.03.2017 By shuhrat In “Bilimlar bellashuvi” ga tayyorlanmoqchimisiz?, O’QUVCHILARGA 0 fikr
8-sinf o’quvchilari uchun O’zbekiston davlati va huquq asoslari fanidan «Bilimlar bellashuvi» ga tayyorlanishi uchun test
8 – sinf “ DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI “ fanidan test savollari I variant
1. Huquq tizimini tarmoqlarga bo’lishning ikki asosini ko’rsating.
A) Huquqiy tartibga predmeti va usuli;
B) Yuridik normalarni huquqiy instituglarga birlashtirish va tasiflash;
S) Huquqiy normalarning uzviy birligi va barqarorligi;
D) Huquqiy tartibga solish printsiplari va shakllari.
2. Sub’ektlarning huquqiy normalar talablari asosidagi munosabatlarini nima keltirib chiqaradi?
A) Huquqiy muomala layoqati;
B) Huquqiy munosabat ob’ekti;
S) Huquqiy munosabat maqsadi;
D) Yuridik faktlar.
3. Huquq normasi nima?
A) Diniy manbalarda berilgan iloҳiy tasavvurlardan kelib chiquvchi qoidalar;
B) Odamlarning ezgulik va yovuzlik, adolat, insonning jamiyat oldidagi burchi haqidagi tasavvurlariga muvofiq ravishda jamiyat hayotida shakllangan qoidalar;
S) Davlat tomonidan belgilangan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy qoidalar;
D) Ko’p marta takrorlash natijasida shakllangan va odat tusiga kirgan xulq-atvor qoidalari.
4. Quyidagilardan huquq tarmoqlarini aniqlang.
A) Ma’muriy, fuqarolik, jinoyat, oila, mehnat;
B) Davlat, ma’muriy, mehnat qilish, dam olish, oila;
S) Ma’muriy, dam olish, jinoyat, oila, fuqarolik;
D) Davlat, saylash, saylanish, oila, mehnat, jinoyat ;
5. Huquqbuzarlik nima?
A) Huquq qoidalariga rioya etmaslik;
B) Qoidani bajarmaslik;
S) Ahloq qoidalariga rioya etmaslik;
D) Intizom qoidalarini bajarmaslik.
6. Fuqarolik to’g’risidagi qonunlar qanday munosabatlarni tartibga soladi?
A) Mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni;
B) Oiladagi mulkiy va shaxsiy munosabatlarni;
S) Korxonalar o’rtasidagi mulkiy munosabatlarni;
D) Barcha mulkiy munosabatlarni;
7. Fuqarolik huquqiy layoqat nima?
A) Yashash, mol-mulkka ega bo’lish huquqi;
B) Yashash, merosga, saylash huquqiga ega bo’lish;
S) Yashash, fikrlash huquqi;
D) Sud, tergov organlarida javobgar bo’lish;
8. Fuqarolik muomala layoqati nima?
A) Harakatlari bilan huquqiy munosabatda bo’lish;
B) O’z harakatlari orqali oldi-sotdi ishlarni bajarish;
S) O’z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish va amalga oshirish;
D) O’z harakatlari asosida u yoki bu ishni bajarish;
9. Mehnat qonunlarining amal qilish doirasini aniqlang.
A) O’zbekiston va Qoraqalpog’iston hududlarida amal qiladi;
B) O’zbekistonda amal qiladi;
S) O’zbekiston Res’ublikasining butun hududlarida amal qiladi;
D) Qonun bilan belgilangan hududlarda amal qiladi;
10. Mehnat huquqlarini himoya qilish qanday amalga oshiriladi?
A) Tekshiruv va nazorat qiluvchi organlar himoya qiladi;
B) Sud organlari himoya qiladi;
S) Qonun har bir shaxsning mehnat qilish huquqlarini himoya qiladi;
D) Mehnat nizolarini ko’ruvchi organlar himoya qiladi;
11. 18 yoshga tolmagan xodimlarning ish vaqtini aniqlang?
A) Haftasiga 35 soat;
B) Haftasiga 24 soat;
S) Haftasiga 36 soat;
D) Haftasiga 30 soat;
12. Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb tan olish asoslari.
A) Nikoh yoshiga yetmagan shaxsning, uning ota-onasining yoki vasiysining, prokurorning talabi bilan;
B) Xotinning talabi bilan;
S) Homiylarining talabi bilan;
D) Oila a’zolarining talabi bilan;
13. Voyaga yetmaganlar javobgarligi uchun jinoiy jazo tizimini aniqlang.
A) Jarima, mol-mulkni musodara qilish;
B) Ahloq tuzatish ishlari, maxsus vazifadan ozod qilish
S) Ozodlikdan mahrum qilish, jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq;
D) Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo’natish;
14. Ahloq tuzatish ishlari voyaga yetmagan jinoyatchilar uchun necha yoshdan qo’llaniladi?
A) 14 yoshdan;
B) 16 yoshdan;
S) Qonunda yoshi ko’rsatilmagan;
D) Sud hukmi hal qiladi;
15. Voyaga yetmaganlar 13 yoshdan 16 yoshgacha uncha og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etsalar necha yilgacha jazo beriladi?
A) 2 yilgacha;
B) 1 yilgacha
S) 3 yilgacha;
D) Sud hukmi hal qiladi;
16. Oila kodeksi qachon joriy qilingan?
A) 1998-yil 30-aprel
B) 1998-yil 1-sentabr
S) 1998-yil 12-dekabr
D) 1996-yil 1-sentabr
17. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qaysilar kiradi?
A) Bosqinchilik, talonchilik.
B) O’zlashtirish,firibgarlik.
S) O`grilik, davlat va hususiy mulkka qarshi jinoyatlar
D) Tuhmat qilish, o’zlashtirish
18. Jamiyat bu-
A) jamlangan
B) muayyan hududda yashovchi kishilarning ma’lum tarzda tashkil topgan jamoasi
S) majbur qilish kuchiga ega bo‘lgan tashkilot
D) partiya
19. Murakkab ittifoqdosh davlatnind tuzilish nomi va belgilarini ko`rsating
A) unitar davlat. Yagona konstitutsiya va qonunchilik tizimi, yagona armiya
B) Konfederetsiya. Muayyan davlatlar biror bir maqsad uchun birlashadilar. Yagona fuqarolik mavjud bo`lmaydi.
S) Federativ. Ittifoq konstitutsiyasining mavjudligi, subyektlar hududining, ittifoq konstitutsiyasining mavjudligi
D) Ittifoq a`zolari o`z konstitutsiyasiga va qonunchilik tizimiga ijro hokimiyatiga ega
20. Davlatning tuzilish shakliga ko`ra bo`linishi…
A) monarxiya, respublika
B) unitar, federativ, konfederetiv
S) federatsiya, konfederatsiya
D) respublika
21. Unitar davlatning belgilarini ko`rsating
A) yagona konstitutsiya va qonunchilik tizimi, yagona armiya
B) hudud va chegara
S) yagona fuqarolik, yagona pul birligi
D) umumiy soloqlar va kredit siyosati
22. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usuli qanday nomlanadi?
A) hokimiyatni amalga oshirish usuli.
B) davlat tuzilish shakli
S) davlat boshqaruv shakli.
D) davlat idorasi
23. Davlatning tashqi funktsiyasini ko`rsating?
A) tabiatni muhofaza qilish
B) mamlakatni tashqaridan bo`ladigan hujumlardan himoya qilish, jahon mamlakatlari bilan atrof muhitni, insoniyatning tinchligini himoya qilish yuzasidan hamkorlik
S) bozor iqtisodiyotini rivojlantirishni ta`minlash
D) fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish
24. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilingan yilni belgilang.
A) 1989 yil
B) 1948 yil
S) 1991 yil
D) 2008 yil
25. “Ishorat va tanbixat” asari muallifi nomi berilgan qatorni belgilang.
A) Abu Nasr Farobiy
B) Moturidiy
S) Abu Ali ibn Sino
D) Abu Rayxon Beruniy
26. Unitar davlatga xos bo‘lgan belgilar to‘liq berilgan qatorni aniqlang.
A) yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimi, yagona armiya, yagona pul birligi, yagona fuqarolik, barcha hududlar uchun soliq va kredit siyosati yagonaligi
B) yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimi, yagona armiya, yagona pul birligi, yagona fuqarolik, barcha hududlar uchun soliq va kredit siyosati yagonaligi, tarkibiy tuzilmalarga bo’linishi
S) yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimi, yagona armiya, yagona pul birligi, ittifoq konstitutsiyasining mavjudligi, umumiy hududning mavjudligi, yagona fuqarolik;
D) yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimi, yagona armiya, yagona pul birligi, yagona fuqarolik, barcha hududlar uchun soliq va kredit siyosati yagonaligi, Ittifoq konstitutsiyasining mavjudligi, umumiy hududning mavjudligi.
27. O’zbekiston hududida dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishi davri …
A) mil. avv. VII- VI asrlar;
B) mil. avv. VII- VI asrlar;
S) mil. avv. I ming yillik;
D) mil. avv. IV- III ming yillik;
28. Davlat hokimiyati bo‘linishi tartibi to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang.
A) qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati;
B) Oliy majlis, vazirlar mahkamasi;
S) ijro etuvchi va sud hokimiyati;
D) qonun chiqaruvchi;
29. Do`stu dushmanligiga qaramay, har joyda ham sipohiylarni hurmat qildim. Chunki ular boqiy mato bo`lgan jonlarini foniy dunyo moli uchun sotadilar. O`zlarini ma’rakmaydon, halokatga otib, jonlarini qurbon qiladilar” ushbu jumlalar kimning qalamiga mansub?
A) Amir Temur “Temur tuzuklari”
B) Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri”
S) Abu ali ibn Sino “Ishorat va tanbixat”
D) Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”
30. Quyidagi davlatlardan respublika boshqaruvidagi davlatlarni ko`rsating.
1) Fransiya, 2) Shvesiya 3) O`zbekiston, 4) Britaniya, 5) Daniya
A) 1,2,3
B) 1,2,3,4,5
S)1,3
D) 1,3,4
31. Huquqiy ong huquqiy madaniyat darajasiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
32.Quyidagi elementlarning qaysi biri huquqbuzarning shaxsini anglatadi?
33. Huquq tizimining boshlang’ich elementi qaysi?
34. Forobiy shahar-davlatni qanday davlatlarga bo’ladi?
35. O’zbekiston Res’ublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi kodeksi qachon qabul qilingan?
36. Ma’muriy huquq tarmog’i qanday munosabatlarni tartibga soladi?
37. Emansipatsiya nima?
38. Umumta’lim maktablarining o’quvchilari 6 kunlik ish haftasida ishlayotgan bo’lsalar, o’quv yili mobaynida necha kun ishdan ozod qilinadi?
39.O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasida davlat suvеrеnitеti prinsipi Konstitutsiyaning qaysi bobida bеrilgan?
40.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qanday umuminsoniy qadriyatlar e’lon qilingan?
Sinf: 8 Fan: O`zbekiston davlati va huquqi asoslari. Mavzu
Inson huquq va manfaatlarini kafolatlash, ta`minlash davlatimizning asosiy vazifalari qatoriga kiradi.Shu maqsadda davlatimizning asosiy qonunida “Davlat o`z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko`zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi” deb ta`kidlab o`tilgan. Yuqorida bildirilgan fikrlarnihulosalab aytadigan bo`lsak, agar davlat mustaqil bo`lmas ekan, insonlarning huquqlarini kafolatli ta`minlay olmaydi.Shuning uchun ham davlatimiz rahbari mustaqillik so`ziga: “Mustaqillik-bu eng avvalo huquqdir”, deb ta`rif berdilar.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu “Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi:
1.Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga mamlakatimizning qo`shilishi bizning milliy
qonunchiligimizga qanday ta`sir ko`rsatdi?
2.Mustaqillik O`zbekiston Respublikasiga qanday huquqlarni berdi?
3.Mustaqil inson deganda siz qanday insonni tushunasiz?
4.Prezidentimizning“Mustaqillik- bu eng avvolo huquqdir” deb e`tirof etishlarining sababi nimada
- O`quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish;
- Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash;
- Mavzuni o`qib, mavzu oxirida berilgan savollarga javob yozib kelish;
- Yangi mavzu matni bilan tanishib kelish.
Sana: _____________________ 2
Sinf: 8
Fan: O`zbekiston davlati va huquqi asoslari.
Mavzu: Jamiyat.
Maqsad:
Ta`limiy: o`quchilarga Jamiyat mavzusi bo`yicha bilim berish;
Tarbiyaviy:o`quvchilarni siyosiy faollik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Ko`rgazmalilik: 8– sinf “O`zbekiston davlati va huquqi asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Inson huquq va erkinliklariga e`tabor ortib borayotganligiga sabab nimada?
2.“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilinishining ahamiyati haqida gapirib
3. Mamlakat mustaqil bo`lishi uning har bir fuqarosi uchun qanday ahamiyati bor?
4.Inson huquq va erkinliklarini kafolatlash haqida Konstitutsiyamizda nimalar deyilgan?
5. Mustaqillik O`zbekiston Respublikasiga qanday huquqlarni berdi?
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida olib boriladi:
Jamiyat-muayyan hududda yashovchi, o`z ehtiyoj va manfaatlariga ko`ra birlashgan kishilardan iborat jamoa. Jamiyat arabcha so`z bo`lib, jamoa, jamlangan, birlashgan degan ma`nolarni bildiradi.Har qanday jamoa ham jamiyat bo`lavermaydi. Lekin istalgan jamiyat jamoa hisobla-nadi. Jamiyat murakkab tirik tuzilma bo`lib, muttasil o`zgarib rivojlanib turadi.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu “Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi:
1. Iptidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar qanday kun kechirganlar?
2. “Har qanday jamiyat jamoadir” degan fikrni asoslab bering.
3. Jamiyat uchun iqtisodiy munosabatlarning qanday ahamiyati bor?
4. “Jamiyatni boshqaruvsiz tasavvur qilib bo`lmaydi” degan mulohazaga siz qanday qaraysiz?
Fikringizni asoslang?
5.Jamiyat , fuqarolik, davlat boshqaruviga oid g`oyalarni qaysi alloma o`z asarlarida ilgari
- O`quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish;
- Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash;
- Mavzuni o`qib, mavzu oxirida berilgan savollarga javob yozib kelish;
- Yangi mavzu matni bilan tanishib kelish.
Sana: ________________________ 3
Sinf: 8
Fan: O`zbekiston davlati va huquqi asoslari.
Mavzu: Davlat.
Maqsad:
Ta`limiy: o`quchilarga Davlat mavzusi bo`yicha bilim berish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Ko`rgazmalilik: 8– sinf “O`zbekiston davlati va huquqi asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Iptidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar qanday kun kechirganlar?
2. “Har qanday jamiyat jamoadir” degan fikrni asoslab bering.
3. Jamiyat uchun iqtisodiy munosabatlarning qanday ahamiyati bor?
4. “Jamiyatni boshqaruvsiz tasavvur qilib bo`lmaydi” degan mulohazaga siz qanday qaraysiz?
Fikringizni asoslang?
5.Jamiyat , fuqarolik, davlat boshqaruviga oid g`oyalarni qaysi alloma o`z asarlarida ilgari surgan?
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida olib boriladi:
Davlat- majbur qilish kuchiga, ya`ni hokimiyatga ega bo`lgan, o`z fuqarolari, shuningdek,hududida istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan, boshqa davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarni amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilotdir.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu “Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi:
1. Davlat va jamiyat tushunchalarining umumiy va farqli tomonlarini sanab bering.
2. Jamiyat davlatsiz mavjud bo`lishi va aksincha davlat jamiyatsiz mavjud bo`lishi mumkinmi?
3. Davlatning tashkil topishi insoniyatga nima berdi?
4. Mamlakatimiz hududida ilk davlat uyushmalari qachon paydo bo`la boshlagan?
5. Davlatning asosiy belgilarini sanab bering. Bu belgilarni muhimlilik darajasiga qarab
ajratish mumkinmi?
- O`quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish;
- Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash;
- Mavzuni o`qib, mavzu oxirida berilgan savollarga javob yozib kelish;
- Yangi mavzu matni bilan tanishib kelish.
Sana: __________________ 4
Sinf: 8
Fan: O`zbekiston davlati va huquqi asoslari.
Mavzu: Davlat funksiyalari.
Maqsad:
Ta`limiy: o`quchilarga Davlat funksiyalari mavzusi bo`yicha bilim berish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Ko`rgazmalilik: 8– sinf “O`zbekiston davlati va huquqi asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Davlat va jamiyat tushunchalarining umumiy va farqli tomonlarini sanab bering.
2. Jamiyat davlatsiz mavjud bo`lishi va aksincha davlat jamiyatsiz mavjud bo`lishi mumkinmi?
3. Davlatning tashkil topishi insoniyatga nima berdi?
4. Mamlakatimiz hududida ilk davlat uyushmalari qachon paydo bo`la boshlagan?
5. Davlatning asosiy belgilarini sanab bering. Bu belgilarni muhimlilik darajasiga qarab
ajratish mumkinmi?
6. Dastlabki bosqichda davlatlar o`z faoliyatini nimaga asosan yuritgan?
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida olib boriladi:
Davlat funksiyalari- davlat faoliyatining asosiy yo`nalishlari bo`lib, ularda davlatning ijtimoiy jihatlari ro`yobga chiqariladi.Davlatning ichki funksiyalariga mamlakat ichida amalga oshiriladigan funksiyalar kiradi.Mamlakat tashqarisida amalga oshiriladigan funksiyalar esa davlatning tashqi funksiyalarini tashkil qiladi.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu“Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi:
1. “Davlat funksiyasi” iborasining mohiyatini tushuntirib bering.
2. Davlat funksiyalari turlarini ajratib ko`rsating.
3. Davlatning asosiy vavifalarini sanab bering?
4. Davlatning vazifalarini “muhim” va “unchalik muhim emas” deb ajratish mumkinmi?
5. Davlat o`z funksiyalarini bajarishi uchun shaxsan siz qanday yordam bera olishingiz mumkin?
- O`quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish;
- Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash;
- Mavzuni o`qib, mavzu oxirida berilgan savollarga javob yozib kelish;
- Yangi mavzu matni bilan tanishib kelish.
Sana: _____________________ 5
Sinf: 8
Fan: O`zbekiston davlati va huquqi asoslari.
Mavzu: Davlatning boshqaruv shakli.
Maqsad:
Ta`limiy: o`quchilarga Davlatning boshqaruv shakli mavzusi bo`yicha bilim berish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Ko`rgazmalilik: 8– sinf “O`zbekiston davlati va huquqi asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”,davlatlar bayroqlari, mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. “Davlat funksiyasi” iborasining mohiyatini tushuntirib bering.
2. Davlat funksiyalari turlarini ajratib ko`rsating.
3. Davlatning asosiy vavifalarini sanab bering?
4. Davlatning vazifalarini “muhim” va “unchalik muhim emas” deb ajratish mumkinmi?
5. Davlat o`z funksiyalarini bajarishi uchun shaxsan siz qanday yordam bera olishingiz mumkin?
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida olib boriladi:
Davlat shakllari deyilganda, davlatning boshqaruv hududiy tuzilishi va siyosiy tartibi jihatidan qanday shakllarga bo`linishi tushuniladi.
Boshqaruv shakli deganda, davlat hokimiyati, uning idoralarining aholi bilan o`zaro munosabatlari, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushiniladi.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu“Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi:
1. Davlatning turlarga bo`linishida nimalar asos qilib olinadi?
2. Boshqaruv shakli deganda nimani tushunasiz?
3. Monarxiyaning asosiy belgilarini sanab bering?
4. Temuriylar davlatchiligida boshqaruv qanday asosda yo`lga qo`yilgan edi?
5. Respublika shaklidagi boshqaruvga ega bo`lgan davlatning asosiy belgilarini sanab bering.
6.Respublikaning qanday turlari mavjud?
- O`quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish;
- Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash;
- Mavzuni o`qib, mavzu oxirida berilgan savollarga javob yozib kelish;
- Yangi mavzu matni bilan tanishib kelish.
Sana: ___________________ 6
Sinf: 8
Fan: O`zbekiston davlati va huquqi asoslari.
Mavzu: Davlatning tuzilish shakli.
Maqsad:
Ta`limiy: o`quchilarga Davlatning tuzilish shakli mavzusi bo`yicha bilim berish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Ko`rgazmalilik: 8– sinf “O`zbekiston davlati va huquqi asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, davlatlar bayroqlari, mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Davlatning turlarga bo`linishida nimalar asos qilib olinadi?
2. Boshqaruv shakli deganda nimani tushunasiz?
3. Monarxiyaning asosiy belgilarini sanab bering?
4. Temuriylar davlatchiligida boshqaruv qanday asosda yo`lga qo`yilgan edi?
5. Respublika shaklidagi boshqaruvga ega bo`lgan davlatning asosiy belgilarini sanab bering.
6.Respublikaning qanday turlari mavjud?
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida olib boriladi:
Davlatlar tuzilish jihatidan oddiy (unitar) va murakkab (federativ , konfederativ) bo`lishi mumkin. Davlatning tuzilish shakli uning ma`muriy-hududiy tashkil etilishidir. Unitar – lotincha so`z bo`lib, oddiy, yagona degan ma`noni bildiradi. Federativ davlat – bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo`lgan murakkab, ittifoqdosh davlat.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu“Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi:
1. Davlatlarning tuzilish shakllarini sanab bering?
2. Uchala shakldagi davlatlarning umumiy jihatlarini va farqli tomonlarini aytib bering?
3. Unitar davlatlarga misollar keltiring.
4. Federativ davlatlarga misollar keltiring.
5. Konfederativ davlatlarga misollar keltiring.
- O`quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish;
- Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash;
- Mavzuni o`qib, mavzu oxirida berilgan savollarga javob yozib kelish;
- Yangi mavzu matni bilan tanishib kelish.
Sinf: 8
Fan: O`zbekiston davlati va huquqi asoslari.
Mavzu: Siyosiy tartibot (rejim). Davlat organlari. Davlat mexanizmi.
Maqsad:
Ta`limiy:o`quchilarga Siyosiy tartibot (rejim). Davlat organlari. Davlat mexanizmi mavzusi bo`yicha bilim berish;
Tarbiyaviy:o`quvchilarni siyosiy faollik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi:o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Ko`rgazmalilik: 8– sinf “O`zbekiston davlati va huquqi asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”,“Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch”,“Konsepsiya 2010-yil 12-noyabr”,mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Davlatlarning tuzilish shakllarini sanab bering?
2. Uchala shakldagi davlatlarning umumiy jihatlarini va farqli tomonlarini aytib bering?
3. Unitar davlatlarga misollar keltiring.
4. Federativ davlatlarga misollar keltiring.
5. Konfederativ davlatlarga misollar keltiring.
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida olib boriladi:
Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari tizimiga siyosiy tartibot deyiladi.Davlat organi – qonunga muvofiq ravishda o`z tizimiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo`yicha aniq belgilangan vakolatiga ega bo`lgan davlat idorasi yoki muassasasi.Davlat mexanizmi- jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat organlarining yaxlit tizimi.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu“Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi:
1. Siyosiy tartibot nima?
2. Siyosiy tartibot turlarini aytib bering?
3. Demokratik tartibotning asosiy belgilarini sanab bering.
4. Nodemokratik tartibot nima?
5. Siz davlat organi deganda nimani tushunasiz?
- O`quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish;
- Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash;
- Mavzuni o`qib, mavzu oxirida berilgan savollarga javob yozib kelish;
- Yangi mavzu matni bilan tanishib kelish;
Sana: _______________________ 8
Fan: O`zbekiston davlati va huquqi asoslari.
Mavzu: Nazorat ishi – 1
Maqsad:
Ta`limiy: o`quchilarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarning huquqiy va siyosiy tafakkurni shakllantirish;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni olgan bilimlarini mustahkamlash;
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Qiziqarli malumotlar
Davlat va huquq asoslari 8 sinf darslik