Qanday qilib oʻzingizda ijodiy fikrlashni rivojlantirish mumkin?

Qanday qilib oʻzingizda ijodiy fikrlashni rivojlantirish mumkin?

Qanday qilib oʻzingizda ijodiy fikrlashni rivojlantirish mumkin?

Mundarija скрыть
Qanday qilib oʻzingizda ijodiy fikrlashni rivojlantirish mumkin?
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Ijodiy fikrlashni rivojlantirishning yana bir yoʻli – sanʼatga boʻlgan ehtiros. Misol uchun, musiqa asboblarini oʻynash barmoqlarning mayda motorika koʻnikmalarini rivojlantiradi. Ulardan impulslar miyaga keladi. Shu sababli musiqachilar koʻpincha juda aqlli boʻlishadi.
Siz, bu biroz xayolparast qandaydir aqldan ozganga oʻxshash, ozgina muvozanatini yoʻqotib yuradigan, oʻz tasavvurlari ichida yuradigan kishi qayerdan kelib qoldi deb oʻylayapsizmi? Menda ajoyib yangilik bor. Siz ham shundaysiz! Har bir insonda – katta yoki kichik boʻlishidan qat’iy nazar – ijodiy fikrlash qobiliyati bor. Biroq, koʻpchiligimiz ijodiy fikrlashga ega boʻlsak-da, (koʻp vaziyatlarda eng oddiy harakatlar bilan uni uygʻotish mumkin boʻlsa-da) koʻpincha uni harakatsiz qoldirib ketamiz.
Oʻzingizda ichki olamizdan yozuvchi, kompozitor, rassom, oshpaz, lirik asarlar muallifi, tadbirkor, kino ijodkori, komediyachi topish uchun quyidagilarni bajaring.
Birinchidan, oʻzingizga ijodiy fikrlashga ruxsat bering.
Birinchidan, oʻzingizga ijodiy fikrlashga ruxsat bering.
Birinchidan, oʻzingizga ijodiy fikrlashga ruxsat bering.
Barchamizda fantaziya yoki gʻoyalar bor. Men ularga boshqacha nom beraman: “urugʻlar“. Bu urugʻlar – qisqa hikoyalar, qoʻshiqlar, rasmlar, loyihalar, kashfiyotlarni kurtaklari boʻlishi mumkin. Masalan hayolingizga toʻsatdan kelib qolgan mashina uchun yangi gadjet fikri yoningizdagi mashinadagi haydovchini telefon vositasisiz, mashina haydashdan chalgʻitmasdan siz bilan bogʻlab tura oladigan boʻlsa, bu biznes uchun yangi gʻoyaning “urugʻi” boʻlishi mumkin. Zerikarli korporativ uchrashuv paytida chizilgan qingʻir qiyshiq rasmlaringiz yangi badiiy loyihaning urugʻi yoki barbekyu sousining piyoz va limon bilan aralashmasi keyingi, ajoyib tez pishadigan taomning gʻoyasining urugʻi boʻlishi mumkin.
Lekin tez-tez, ayniqsa yoshimiz ulgʻaygan sari, ijodkorlik tovushlarini eshitsak-da, buni tushunmasdan, ularni eʼtiborsiz qoldiramiz, yoki ularni koʻrmaymiz – tasavvur qilishdan va ijodkorlikdan qoʻrqamiz yoki, yana ham yomoni, ularga: “Yoʻq“ deymiz.
Oʻzingizda ijodingizni topishga kuch toping.
Koʻpincha, odamlardan qoʻshiq aytish, rasm chizish yoki hech boʻlmasa ovozni chiqarib roman o‘qishni soʻrashganida javoban: “Men rasm chiza olamanmi?”, “Men qoʻshiq ayta olamanmi?“ yoki “Men koʻpchilikni oldida gapira olamanmi?” degan oʻziga o‘zi bergan savollarni eshitishimiz mumkin. Bu savolga javob har doim ijobiy boʻlishi kerak, oʻzingizga ozgina ijodiy boʻlishga ruxsat bering. Fikrlaringizni birinchi mukammal boʻlmagan xatolarga to‘liq “urugʻ” holatida koʻrishda oʻzingizda kuch toping. Hech qaysi fikr birinchi holatida mukammal boʻlmagan. Binobarin, uni oʻzingiz rivojlantirishingiz kerak.
Jasoratli boʻling
Ijodiy fikrlashni rivojlantirish bilan albatta siz birdaniga qoʻshiqchi, rassom yoki aktyor boʻlib qolmaysiz. Ijodiy fikrlash sizga matematika yoki fizika fanidan standart yo‘l bilan yecha olmayotgan misolingizni boshqa yoʻl izlab koʻrishga undaydi, adabiyot fanidan yod ololmayotgan asaringizni qandaydir kichik voqealar sanalar yordamida eslab qolishga yordam beradi. Inson ijodiy fikrlash orqali har qanday qiyin masalalarga yechim topa oladi.Hamkasblaridan, jamoasidan ajralib tura oladi va umuman olganda juda qiziq suhbatdosh bo‘la oladi.  Chunki sodda narsalarni gapirish bilan cheklanib qolmaydi.
Ijodiy fikrlashni rivojlantirish nimalardan tashkil topadi?
Albatta, bu isteʼdodga bolalikdan ega odamlar bor. Odatda, bunday odamlar ochiqlik, tashabbuskorlik bilan ajralib turishadi. Eng kamida bunday insonlar – taniqli shaxs va ijodiy fel-atvorli kishilar boʻlishadi.
Ingliz tilida koʻpchilikka tanish “thinking outside the box“ (soʻzma-so‘z “korobkadan tashqarida fikrlash“) degan ibora mavjud boʻlib, u nostandart xatti-harakatlarni aniqlash uchun ishlatiladi. Buni oʻzbek tiliga quyidagicha tarjima qilish mumkin: doiradan tashqarida oʻylash qobiliyati. Barcha bolalar juda ijodiy boʻlishadi – buni koʻplab testlar tasdiqlangan. Lekin vaqt oʻtishi bilan, odatiy fikrlash stereotipi ishlab chiqiladi,va bu nostandart xatti-harakatlarga “yoʻq“ deyilishiga olib keladi. Shu sababli, ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy vazifasi odatiy xatti-harakatlardan qochishdir.
Korobkaning ramkalari, inson fikrlari psixikaning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanish oʻrniga kundan kun odat tusiga kirgan tor, oʻzi yaxshi biladigan yoʻl boʻylab yurganda kelib chiqadi.
Misol uchun, agar biz ham uyga har kuni bitta yoʻldan yurib borishga odatlangan boʻlsak, bir kun boshqa yoʻlni topishimiz va har kuni yangi variantlarni oʻzimiz uchun ixtiro qilishimiz orqali “korobka”dan chiqishimiz mumkin. Yangi joylarda boʻlish, bilmagan narsalarni oʻrganish, yoki bilgan narsamizmi tubdan farq qiluvchi biror boshqa yo‘l orqali bajarishni oʻrganish foydalidir.
Ijodiy fikrlashni rivojlantirishning yana bir yoʻli – sanʼatga boʻlgan ehtiros. Misol uchun, musiqa asboblarini oʻynash barmoqlarning mayda motorika koʻnikmalarini rivojlantiradi. Ulardan impulslar miyaga keladi. Shu sababli musiqachilar koʻpincha juda aqlli boʻlishadi. Sport bilan shugʻullanish, raqsga tushish, koʻproq toza havoda yurish ijodiy fikrlashni rivojlantirishga hissa qoʻshadi.
Istalgan tasvirlarni chizing, jamoaviy oʻyinlarni oʻynang, orzularingizni tasavvur qiling – bu faqat lazzat emas, balki orzularingiz ijrosini taʼminlashi va ijodiy fikrlashni rivojlantirish shaklidagi foydali narsalarni keltirib chiqaradi!

Qanday qilib oʻzingizda ijodiy fikrlashni rivojlantirish mumkin?