Xalqaro huquqning ma nosi
Xalqaro nizolarni hal qilishning muqobil usullari (ADR)
Xalqaro xususiy huquq darslik
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
1948 yil, 10 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 217 A (III) ko’rsatmasi orqali qabul qilingan va e’lon qilingan.
MUQADDIMA
Insoniyat oilasining hamma a’zolariga xos qadr-qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligini e’tiborga olib;
inson huquqlarini mensimaslik va uni poymol etish insoniyat vijdoni qiynaladigan vahshiyona ishlar sodir etilishiga olib kelganini, kishilar so’z erkinligi va e’tiqod erkinligiga ega bo’ladigan hamda qo’rquv va muhtojlikdan holi sharoitda yashaydigan dunyoni yaratish insonlarning ezgu intilishidir deb e’lon qilinganligini e’tiborga olib;
inson oxirgi chora sifatida zulm va istibdodga qarshi isyon ko’tarishga majbur bo’lishining oldini olish maqsadida inson huquqlari qonun kuchi bilan himoya etilishi zarur ekanligini e’tiborga olib;
xalqlar o’rtasida do’stona munosabatlarni rivojlantirishga ko’maklashish zarurligini e’tiborga olib;
Birlashgan Millatlar xalqlari insonning asosiy huquqlariga, shaxsning qadr-qimmatiga, erkak va ayolning teng huquqliligiga, o’z e’tiqodlarini Nizomda tasdiqlaganliklari hamda yanada kengroq erkinlikda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilashga ko’maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib;
a’zo bo’lgan davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda inson huquqlari va asosiy erkinliklarini yalpi hurmat qilish va unga rioya qilishga ko’maklashish majburiyatini olganligini e’tiborga olib;
mazkur huquqlar va erkinliklarning xarakterini yalpi tushunish ushbu majburiyatlarning to’liq ado etilishi uchun katta ahamiyatga ega bo’lishini e’tiborga olib;
Bosh Assambleya
mazkur Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim bo’lgan vazifa sifatida e’lon qilar ekan, bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma’rifat va ta’lim yo’li bilan bu huquq va erkinliklarning hurmat qilinishiga ko’maklashishi, milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar orqali ham uning bajarilishi ta’minlanishiga, Tashkilotga a’zo bo’lgan davlatlar xalqlari o’rtasida va ushbu davlatlarning yurisdiktsiyasidagi hududlarda yashayotgan xalqlar o’rtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga intilishlari zarur.
1-MODDA
Hamma odamlar o’z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo’lib tug’iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo’lishlari kerak.
2-MODDA
Har bir inson irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat’i nazar ushbu Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquq va barcha erkinlikka ega bo’lishi zarur.
Bundan tashqari, inson mansub bo’lgan mamlakat yoki hududning siyosiy, huquqiy yoki xalqaro maqomidan, ushbu hudud mustaqilmi, vasiymi, o’z-o’zini idora qiladimi yoki boshqacha tarzda cheklanganligidan qat’i nazar biror bir ayirmachilik bo’lmasligi kerak.
3-MODDA
Har bir inson yashash, erkin bo’lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir.
4-MODDA
Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha ko’rinishlari taqiqlanadi.
5-MODDA
Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo’rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak.
6-MODDA
Har bir inson qayerda bo’lishidan qat’i nazar, o’zining huquq sub’ekti sifatida tan olinishiga haqli.
7-MODDA
Barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir tafovvutsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqiga egadir. Barcha odamlar ushbu Deklaratsiyaga zid bo’lgan har qanday kamsitishdan va shunday kamsitishga undaydigan har qanday gij-gijlashdan teng himoya qilinish huquqiga egadir.
8-MODDA
Har bir inson unga konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga ega.
9-MODDA
Hech kim asossiz qamalishi, ushlanishi yoki quvg’in qilinishi mumkin emas.
10-MODDA
Har bir inson huquq va burchlarini belgilash va unga qo’yilgan jinoiy aybning qanchalik darajada asosli ekanligini aniqlashi uchun to’liq tenglik asosida uning ishi oshkora va adolat talablariga rioya qilingan holda mustaqil va xolis sud tomonidan ko’rib chiqilishi huquqiga ega.
11-MODDA
1. Jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha imkoniyatlar ta’minlangan holda, ochiq sud majlisi yo’li bilan uning aybi qonuniy tartibda aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishga haqlidir.
2. Hech kim, sodir etilgan vaqtda milliy qonunlar yoki xalqaro huquqlarga ko’ra jinoyat deb topilmagan xatti-harakati yoki faoliyatsizligi uchun jazoga hukm qilinishi mumkin emas. Shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qo’llanishi mumkin bo’lgan jazoga nisbatan og’irroq jazo berilishi mumkin emas.
12-MODDA
Hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o’zboshimchalik bilan aralashish, uy-joyi daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi sirlarga yoki uning nomus va sha’niga o’zboshimchalik bilan tajovuz qilinishi mumkin emas. Har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzdan qonun orqali himoya qilinish huquqiga ega.
13-MODDA
1. Har bir inson har bir davlat doirasida erkin yurish va yashash joyi tanlash huquqiga ega.
2. Har bir inson har qanday mamlakatdan, xususan o’z mamlakatidan chiqib ketish va o’z mamlakatiga qaytib kelish huquqiga ega.
14-MODDA
1. Har bir inson ta’qib tufayli boshqa mamlakatlardan boshpana izlash va o’sha boshpanadan foydalanish huquqiga ega.
2. Bu huquqdan nosiyosiy jinoyat sodir etish uchun yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsad va printsiplariga zid xatti-harakat tufayli ta’qib paytida foydalanish mumkin.
15-MODDA
1. Har bir insonning fuqaro bo’lish huquqi bor.
2. Hech kim o’zboshimchalik bilan o’z fuqaroligidan yoki o’z fuqaroligini o’zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.
16-MODDA
1. Balog’at yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati yoki diniy belgilari bo’yicha hech qanday cheklashlarsiz nikohdan o’tishga va oila qurishga haqli. Ular nikohdan o’tishda, nikohda turgan vaqtlarida va uni bekor qilish vaqtida bir xil huquqdan foydalanadi.
2. Nikohdan o’tayotgan har ikki tomonning erkin va to’liq roziligi asosidagina nikoh tuzilishi mumkin.
3. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi sanaladi va jamiyat hamda davlat tomonidan himoya qilinishga haqli.
17-MODDA
1. Har bir inson yakka holda, shuningdek, boshqalar bilan birgalikda mulkka egalik qilish huquqiga ega.
2. Hech kim zo’ravonlik bilan o’z mulkidan mahrum etilishi mumkin emas.
18-MODDA
Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega; bu huquq o’z dini yoki e’tiqodini o’zgartirish erkinligini va ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish, o’z dini yoki e’tiqodiga yakka o’zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish erkinligini o’z ichiga oladi.
19-MODDA
Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir tusqsiz o’z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g’oyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’i nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o’z ichiga oladi.
20-MODDA
1. Har bir inson tinch yig’inlar o’tkazish va uyushmalar tuzish huquqiga ega.
2. Hech kim biror bir uyushmaga kirishga majbur qilinishi mumkin emas.
21-MODDA
1. Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali o’z mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega.
2. Har bir inson o’z mamlakatida davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega.
3. Xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo’lishi lozim; bu iroda davriy va soxtalashtirilmagan, yalpi va teng saylov huquqidan, yashirin ovoz berish yo’li bilan yoki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o’tkaziladigan saylovlarda o’z aksini topishi lozim.
22-MODDA
Har bir inson jamiyat a’zosi sifatida milliy kuch-harakatlar hamda xalqaro hamkorlik vositasida va har bir davlatning tuzilishi, shuningdek, resurslariga muvofiq ijtimoiy ta’minotga va o’zining qadr-qimmatini saqlash, shaxsining erkin rivojlanishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqini amalga oshirishga haqli.
23-MODDA
1. Har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli va qulay ish sharoitiga ega bo’lish va ishsizlikdan himoya qilinish huquqiga ega.
2. Har bir inson hech bir kamsitishsiz teng mehnat uchun teng haq olish huquqiga ega.
3. Har bir ishlovchi kishi o’zi va oilasi uchun insonga munosib yashashni ta’minlaydigan adolatli va qoniqarli daromad olishga, zarur bo’lganda ijtimoiy ta’minotning boshqa vositalari bilan to’ldiriluvchi daromad olish huquqiga ega.
4. Har bir inson kasaba uyushmalari tuzish va o’z manfaatlarini himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga kirish huquqiga ega.
24-MODDA
Har bir inson dam olish va bo’sh vaqtga ega bo’lish, shu jumladan ish kunini oqilona cheklash huquqi va haq to’lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.
25-MODDA
1. Har bir inson o’zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan turmush darajasiga ega bo’lish, jumladan kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va zarur ijtimoiy xizmatga ega bo’lishga hamda ishsizlik, kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga borliq bo’lmagan sharoitlarga ko’ra tirikchilik uchun mablag’ bo’lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga ega.
2. Onalik va bolalik alohida g’amxurlik va yordam huquqini beradi. Barcha bolalar, nikohda yoki nikohsiz tug’ilishidan qat’i nazar, bir xil ijtimoiy himoyadan foydalanishi kerak.
26-MODDA
1. Har bir inson ta’lim olish huquqiga ega. Ta’lim olishda hech bo’lmaganda boshlang’ich va umumiy ta’lim tekin bo’lishi lozim. Boshlang’ich ta’lim majburiy bo’lishi kerak. Texnik va hunar ta’limi hammaning qurbi etadigan darajada bo’lishi, oliy ta’lim esa har kimning qobiliyatiga asosan hamma uchun etarli imkoniyat doirasida bo’lmog’i kerak.
2. Ta’lim inson shaxsini to’la barkamol qilishga va inson huquqlari hamda asosiy erkinliklariga nisbatan hurmatni kuchaytirishga qaratilmog’i lozim. Ta’lim barcha xalqlar, irqiy va diniy guruhlar o’rtasida bir-birini tushunish, xayrixohlik va do’stlikka xizmat qilishi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash borasidagi faoliyatiga yordam berishi kerak.
3. Kichik yoshdagi bolalari uchun ota-onalar ta’lim turini tanlashda imtiyozli huquqqa egadir.
27-MODDA
Har bir inson jamiyatning madaniy hayotida erkin ishtirok etishga, san’atdan bahramand bo’lishga, ilmiy taraqqiyotda ishtirok etish va uning samaralaridan foydalanish huquqiga ega.
28-MODDA
Har bir inson ushbu Deklaratsiyada bayon etilgan huquq va erkinliklar to’liq amalga oshirilishi mumkin bo’lgan ijtimoiy va xalqaro tartib bo’lishi huquqiga egadir.
29-MODDA
1. Har bir inson jamiyat oldida burchlidir, faqat shu holatdagina uning shaxsi erkin va to’liq kamol topishi mumkin.
2. Har bir inson o’z huquqi va erkinliklaridan foydalanishda o’zgalarning huquq va erkinliklarini demokratik jamiyatda etarli darajada bo’lishini hamda hurmat qilinishini ta’minlash, axloq, jamoat tartibi, umum farovonligining odilona talablarini qondirish maqsadidagina qonunda belgilangan cheklanishlarga rioya etishi kerak.
3. Ushbu huquq va erkinliklarni amalga oshirish Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsad va printsiplariga hech zid bo’lmasligi kerak.
30-MODDA
Ushbu Deklaratsiyadagi hech bir narsa biror bir davlat, kishilar guruhi yoki alohida shaxslar mazkur Deklaratsiyada bayon etilgan huquq va erkinliklarni yo’q, qilishga yo’naltirilgan faoliyat bilan shug’ullanishi yoki harakat qilishi mumkin deb talqin etilmasligi kerak.
Xalqaro huquqning ma’nosi
Xalqaro huquq davlatlar o’rtasidagi kelishuvlarni, xalqaro urf-odatlarni va xalqaro huquqning umumiy tamoyillarini tartibga soluvchi kod.
Xalqaro huquqning to’g’ri ishlashi uchun bir nechta muammolar mavjud, chunki har bir davlat o’z mamlakatining qonunlariga binoan Konstitutsiya va Fuqarolik Kodeksiga ega. Xalqaro organlar va adliya sudlari vositachiligi ushbu nizolarni hal qilish uchun xalqaro huquq orqali murojaat qiladi.
Bunga qo’shimcha ravishda, ulanishning ko’payishi va chegarasiz ko’rinadigan oqim har bir ijtimoiy, siyosiy yoki tijorat bitimini tartibga solishi kerak bo’lgan qonunlarni tobora tarqoq va murakkablashtirmoqda.
Xalqaro huquqning turlari
Xalqaro huquqning 2 turi mavjud: davlat va xususiy:
Xalqaro ommaviy huquq
Xalqaro ommaviy qonun xalqaro shartnomalarga rioya etilishini ta’minlaydi va xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan masalalarda davlatlarning xatti-harakatlarini nazorat qiladi.
Shtatlar o’rtasidagi bitimlar xalqaro paktlar, konventsiyalar, xatlar yoki shartnomalar shaklida kelishilishi mumkin. Konfliktli vaziyatlarda ular Xalqaro sudga vositachilik qilish uchun murojaat qilishadi.
Xalqaro ahamiyatga molik masalalar turli jihatlarni qamrab oladi, jumladan:
- inson huquqlari,
- qurolsizlanish,
- xalqaro jinoyatlar,
- qochqinlar,
- migratsiya,
- millatlar,
- mahbuslarga munosabat,
- kuch ishlatishdan,
- urushlar paytida o’zini tutish
- dunyo aloqasi
- atrof-muhit va xalqaro suv kabi global umumiyliklarni tartibga solish.
Shuningdek, xalqaro ommaviy huquqqa qarang.
Xalqaro xususiy huquq
Xalqaro xususiy huquq xalqaro fuqarolik huquqi deb ham nomlanadi. Xalqaro huquqning ushbu turi xususiy manfaatlar mavjud bo’lgan hollarda, ya’ni davlatga tegishli bo’lmagan ba’zi turdagi tovar yoki mulkka egalik qilish holatlarida qo’llaniladi.
Shu ma’noda xalqaro xususiy huquq fuqarolik va tijorat masalalarida muzokaralar jarayonida yordam beradi.
Xalqaro xususiy huquq darslik
Ta’lim dasturlari Ochiq eshiklar kuni Bakalavriatga qabul Xorijiy fuqarolar qabuli Qabul komissiyasi bilan bog‘lanish Murojaat qilish Qo‘shma taʼlim dasturi
Elektron kutubxona E-universitet Masofaviy ta’lim Mashg‘ulotlar jadvali Xorijiy talabalarga Stipendiya va grantlar Talabalarga xizmat ko’rsatish markazi Yuridik klinika Street Law Akademik mobillik Xorijiy professorlar Treninglar va mayner kurslar Klub va to‘garaklar, mahorat darslari va festivallar Murojat qilish
Qabul E-university Ilmiy fond Ilmiy nashrlar Ilmiy kengashlar Murojaat qilish
Korporativ pochta E-university Kasaba uyushmasi Elektron kutubxona Malaka oshirish Murojaat qilish
Xalqaro hamkorlik Hamkor OTMlar Xalqaro tashkilotlar Akademik mobillik Murojaat qilish
Xizmatlardan foydalanish
English Русский
Kattalashtirish 0 %
Universitet
Universitetning ustuvor yo‘nalishi Universitet rivojlanishining strategik yo‘nalishlari
Tarkibiy tuzilma
Fakultetlar Boshqarmalar Markazlar Bo’limlar Kafedralar Texnikumlar Yuridik klinika Talabalar turar joylari Ixtisoslashtirilgan filial
Boshqaruv organlari
Vasiylik kengashi Kengash Rektor Prorektorlar
Rasmiy hujjatlar
Litsenziya va akkreditatsiyalar Nizom Asosiy normativ-huquqiy hujjatlar Lokal hujjatlar Korrupsiyaga qarshi kurashish
Murojaatlar
Rahbariyat qabuli Murojaatlar tahlili
Yutuqlar
Raqamlar va ma’lumotlar Reytinglardagi o‘rinlar
Xaridlar
E’lon I-yarim yillik hisoboti 2022-yil I-chorak hisoboti 2022-yil II-chorak hisoboti 2022-yil III-chorak hisoboti
Kadr
Bog‘lanish
TDYU xalqaro reytinglarda
Umumiy ma’lumot Reytinglarda ishtirok Reytinglar OAVda
Xalqaro aloqalar
Hamkor xorijiy universitetlar Hamkor xorijiy tashkilotlar Xalqaro assotsiatsiyalarga a’zolik Xalqaro olimpiada va tanlovlar Xorijiy professorlar
Akademik mobillik
Qo’shma ta’lim dasturlari University Foundation Program o‘quv kursi Talabalar almashinuvi Professor-o‘qituvchilar almashinuvi Qo‘shma fakultetlar
Ilmiy loyihalar
Xalqaro konferensiya, seminar va davra suhbatlari Xalqaro ilmiy loyiha va grantlar Ekspertlar kengashi (vatandoshlar) Xalqaro stipendiyalar Hamkor OTMlar stipendiyalari
Chet elda amaliyot va qisqa muddatli kurslar
Professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun stajirovkalar Doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun staajirovkalar Yozgi va qishki maktablar
4. SIFATLI TA’LIM
5. GENDER TENGLIGI
English Русский
Kattalashtirish 0 %
Universitet
Universitet haqida
Universitet
Tarkibiy tuzilma
Boshqaruv organlari
Rasmiy hujjatlar
Murojaatlar
Yutuqlar
Xaridlar
Kadr
Bog‘lanish
Ta’lim
Ilmiy-innovatsion faoliyat
TDYU xalqaro reytinglarda
Xalqaro faoliyat
Xalqaro aloqalar
Akademik mobillik
Ilmiy loyihalar
Chet elda amaliyot va qisqa muddatli kurslar
Talabalar hayoti
Qabul 2022
SDG
4. SIFATLI TA’LIM
5. GENDER TENGLIGI
Abituriyentlarga
Talabalar uchun
Doktorantlarga
Xodimlarga
Hamkorlik
O’xshash sahifalar
Ijtimoiy tarmoqlar
“ Xalqaro xususiy huquq ” kafedrasi
Bizning maqsadimiz: Xalqaro xususiy huquq sohasida dunyoning yetuk olimlari faoliyat yuritadigan va xalqaro darajadagi soha vakillarini yetishtirib chiqaradigan dunyoning eng nufuzli maktablaridan biriga aylanish, xalqaro xususiy huquq va unga aloqador bo‘lgan modullar bo‘yicha xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv materiallari yaratish va ulardan foydalanib taʼlim berish.
Bizning vazifalarimiz:
– xalqaro xususiy huquq sohasida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish;
– talabalarda o‘tiladigan fanlar to‘g‘risida qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
– talabalarda xalqaro xususiy huquq normalarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;
– yoshlarga mustaqil taʼlim olish va berish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash uchun imkon yaratish;
– “Xalqaro xususiy huquq sohasida dunyoning yetuk olimlari faoliyat yuritadigan va xalqaro darajadagi yetuk soha vakillarini yetishtirib chiqaradigan dunyoning eng nufuzli maktablari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Bizning fanlar:
Kafedra tomonidan jami 30 ta fan o‘tiladi. Shundan 12 tasi bakalavr 18 tasi magistr fanlari hisoblanadi.
Bakalavriatda 12 ta fan:
Xalqaro xususiy huquq (Private International Law)
Xalqaro xususiy huquq (Private International Law)
Xalqaro tijorat arbitraji (International Commercial Arbitration)
Tanlov fanlar
Ingliz huquqi asoslari / Introduction to English Common Law tanlov
Islom huquqi (xususiy huquq masalalari) / Islamic Private Law
Qiyosiy xususiy huquq / Comparative Private Law
Ingliz shartnoma huquqi (English Contract Law)
Xalqaro investitsiya huquqi (International Investment Law) tanlov
Xalqaro tijorat arbitraji (International Commercial Arbitration)
Xalqaro tijorat huquqi (International commercial law)
Xalqaro oila huquqi (International Family Law)
Xalqaro xususiy huquq (Private International Law)
Magistraturada 18 ta fan:
Xalqaro tijorat arbitraji (International Commercial Arbitration)
Xalqaro investitsiya arbitraji (International Investment arbitration)
Xalqaro investitsiya huquqi (International Investment Law) (Asosiy fan – Xalqaro tijorat huquqi )
Qiyosiy shartnoma huquqi (Comparative Contract Law)
Xalqaro nizolarni hal qilishning muqobil usullari (ADR)
Sport bukmeykerlik va vositachilik faoliyatining huquqiy tartibga solinishi (Regulation of Sports betting and intermediaries‘ activities)
Yevropa Ittifoqi sport huquqi (EU sport law)
Sportdagi kelishilgan o‘yinlar (Match fixing in Sport)
Sport sohasidagi nizolarni ko‘rib chiqilishi (Dispute Resolution in Sport)
Tanlov fanlar
Ingliz shartnoma huquqi tanlov (English Contract Law)
Qiyosiy fuqarolik va savdo huquqi (Comparative Civil and Trade Law)
Xalqaro arbitrajda advokat ishtiroki (Representation in International Arbitration)
Xalqaro investitsiya huquqi (International Investment Law) (Tanlov fan – Biznes huquqi)
Erkin iqtisodiy zonalar huquqi (Free Economic Zones)
Xalqaro nizolarni hal etishda dalillar va ekspertlik faoliyati (Advocacy in International Dispute Resolution)
Qiyosiy shartnoma huquqi (Comparative contract law) (Tanlov fan – Mehnat huquqi, Intellektual mulk va a. h .,Advokatura, Xalqaro tijorat huquqi)
Xalqaro sport arbitrajlari (International sport arbitrations)
Ilmiy salohiyat
Kafedrada ayni paytda A.Ergashev “Xalqaro xususiy huquqda yuridik shaxslarni qayta tashkil etish va tugatishni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi, Sh . Ishmetova “Xalqaro savdo munosabatlari doirasida xalqaro mehnat taqsimotini huquqiy tartibga solinishi” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi, M . Turdialiyev “Erkin iqtisodiy zonalarning bir turi sifatida xalqaro moliya markazlarini tashkil etish va ingliz huquqini joriy etish masalalari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi, A. Akramov “Meros huquqida ishonchli boshqaruv (Trust) ni fuqarolik-huquqiy tartibga solish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
A. Yakubov 2020-yil 11-noyabrda “Tashqi cavdo munocabatlarini huquqiy tartibga colishni takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini (PhD) himoya qilgan.
Bugungi kunda kafedramizda uch nafar yuridik fanlar doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar ( S . Gulyamov , I. Rustambekov , N . Rahmankulova ), ikki nafar yuridik fanlar nomzodi ( O . Narziyev , N . Imamova ), bir nafar yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (S.Bozarov) 7 nafar xorijiy OTMlarda tahsil olgan o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.
2020-2021-yillarda kafedramiz o‘qituvchilari tomonidan WoS va Scopus jurnallarida 5 ta , OAK jurnallarida 10 ta , xorijiy jurnallarda 15 ta maqola chop etilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xorijiy jurnal va xalqaro konferensiya to‘plamlarida 2 ta maqola chop etilgan.
Shuningdek, kafedra tomonidan 2020-2021-yillarda 4 ta monografiya, 30 ta ilmiy maqola, 5 ta “Scopus” da maqola chop etilgan. Shuningdek, ushbu yillarda 1 ta xalqaro, 5 ta respublika ilmiy konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazilgan.
Bizning dastur va loyihalarimiz:
Yuridik fanlari doktori, professor I. Rustambekov rahbarligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 200,000 yevro miqdoridagi grant bo‘yicha hamkorlik qilish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha mavzusi : “ Содействие развитию международного частного права и права собственности в Республике Узбекистан” Amalga oshirish muddati : 24 oy (2020-2021).
I . Rustambekov rahbarligidagi 2018-2020- yillarga mo ‘ ljallangan “ O ‘ zbekiston Respublikasida xalqaro tijorat arbitrajining huquqiy asoslari va faoliyatini takomillashtirishning zamonaviy tendensiyalari ” mavzusidagi amaliy loyiha ham amalga oshirilmoqda .
Mazkur loyiha “ O ‘ zbekistonda nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini takomillashtirish ( Mediatsiya )” hamda “ Huquqiy texnologiyalarni huquqni qo ‘ llash amaliyotiga joriy etish ” loyiha rejalaridan iborat .
Kafedra qoshida quyidagi ilmiy to‘garaklar faoliyat yuritadi:
“Xalqaro xususiy huquq yosh olimlari”. To‘garak talabalarni ilmiy-innovatsion faoliyatga jalb etish, ilmiy tadqiqot olib borish ishtiyoqiga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. To‘garak aʼzolari soni 30 nafar. ://t/XTHyoshnazariyotchilari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari musobaqasi (FDI) tayyorlov bo‘yicha ilmiy to‘garak. To‘garak talabalarni FDI Mootda ishtirok etishga tayyorlash hamda ushbu musobaqada sovrinli o‘rinlardan birini egallashi uchun ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishi asosiy maqsad qilingan. To‘garak aʼzolari soni 8 nafar.
VILLEM S.VIS nomidagi xalqaro arbitraj musobaqasi (vis moot) bo‘yicha ilmiy to‘garak. To‘garakdan ko‘zlangan maqsad talabalarni VIS MOOT da ishtirok etishga tayyorlash hamda ularning ushbu tanlovda sovrinli o‘rinlar olishiga erishish hisoblanadi. To‘garak aʼzolari soni 280 nafar. ://t/vismoot
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Bizning o‘qituvchilarimiz doimo o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi.
Bugungi kunda kafedrada 2 nafar professor va 2 nafar katta o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Biz talabalarda nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash maqsadida uzluksiz ravishda soha mutaxassislari va dunyoning yetuk olimlari ishtirokida mahorat darslarini tashkil etamiz.
Kafedramiz o‘qituvchilari 6 ta darslik, 4 ta monografiya va 12 ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.
Shuningdek, 5 nafar mustaqil izlanuvchi o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.
Bizning xodimlarimiz:
Bozarov Sardor Sohibjonovich – kafedra mudiri , falsafa doktori
Narziyev Otabek Sa’diyevich – Dotsent v.b.
Rustambekov Islombek Rustambekovich – professor
Gulyamov Said Saidoaxrarovich – professor
Ergashev Azamat Ergashevich – katta o‘qituvchi
Akramov Akmaljon Anvarjon o‘g‘li – o‘qituvchi
Mamanazarov Sardor Shuxratovich – o‘qituvchi
Ishmetova Shaxida Xasanovna – o‘qituvchi
Yulduz Axtamovna Axtamova – o‘qituvchi
Xodjimurotov Sherzod Abdakimovich – o‘qituvchi
Mirzaraimov Baxodir Toxirovich – o‘qituvchi
Turdialiyev Muhammad Ali Po‘latjon o‘g‘li – o‘qituvchi
Rahmonqulova Nilufar Hoji-Akbarovna – o’qituvchi
Imamova Dilfuza Ismailovna – Dotsent v.b.
Kimsanov Diyorbek Ma’murjon o’g’li – o’qituvchi
Rashidov Komil Qayumovich – Y.F.D professor
Yakubov Axtam Nusratiloyevich – o‘qituvchi
Fayzullayeva Shahzoda Dadajon qizi – o’qituvchi
Fayzulloyev Shohijahon Jobirovich – o’qituvchi
Valeev Artur Mahmudovich – o’qituvchi
Qayumov Farruh Tolibjonovich – o’qituvchi
Izox Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumotlarni kafedraning telegram kanalidan ham olishingiz mumkin. Telegram kanali Linki:@ xalqaro_xususiy_huquq
2020/2021 o’quv yili bahorgi semestri davomida Xalqaro xususiy huquq kafedrasining pedagog-xodimlar tomonidan talabalarni qabul qilish jadvali
O’qituvchining F.I.SH.
Xalqaro xususiy huquq darslik
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
Rim huquqi
Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!
Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
Mazkur o‘quv qo‘llanma “5380100 – yurisprudensiya yo‘nalishi” bo‘yicha o‘quv rejasining 3 mutaxassislik fanlari blokidagi “Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi”, “Rim huquqi” fanlari o‘quv dasturlari asosida tayyorlangan. Qadimgi Rim huquqining tashkil topishi, rivojlanishi va manbalari, Rim xususiy huquqida yuridik faktlar, shaxslar huquqi hamda huquqlarning himoya qilinishi kabi masalalar rus, o‘zbek va usmonli turkiy tildagi adabiyotlarni o‘rganish asosida yoritib berilgan. Qo‘llanmadan huquqshunoslik fakulteti talabalari, o‘qituvchilar, shuningdek, tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
Qiziqarli malumotlar
Xalqaro huquqning ma nosi