Bolalarda hamshiralik parvarishi kitob skachat

Bolalarda hamshiralik parvarishi kitob skachat

Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

1 курс 2 лекция. Terapevtik kasalliklar bilan ogrigan bemorlarda hamshiralik parvarishi

2. Nafas a’zolari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi

Nafas olish a’zolarining tuzilishi va vazifalari: nafas a’zolari tizimi burun yo‘llari, hiqildoq, traxeya, bronxlar, o‘pkani o‘z ichiga oladi. O‘pka tashqi tomondan yupqa elastik biriktiruvchi to‘qima – plevra pardasi bilan qoplangan. O‘ng o‘pka uch: ustki, pastki, o‘rta; chap o‘pka esa ikki: ustki va pastki bo‘lakdan tashkil topgan. O‘pka ko‘krak qafasida joylashgan. O‘ng va chap o‘pka o‘rtasida kekirdak, qizilo‘ngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda yurak joylashgan. O‘pkaning pastki yuzasi ko‘krak bilan qorin o‘rtasidagi to‘siq– diafragmaga tegib turadi.

Havo burun yo‘llari orqali traxeyaga o‘tadi, traxeya o‘ng va chap bronxlardan iborat bo‘lib, ular o‘pkaning tegishli bo‘laklariga kirib boradi. Bronxlar juda mayda tarmoqlarga bo‘linib ketgan, ular bronxiolalar deyiladi. Ular nihoyatda mayda bo‘shliqlar – alveolalar bilan tugallanadi. Alveolalar juda mayda qon tomirlari – kapillarlar to‘ri bilan o‘ralgan. Alveolalarda gazlar almashinuvi ro‘y beradi. Bu yerga kirgan havodan alveolalarni o‘rab turgan kapillarlarga kislorod o‘tadi.

Organizmni kislorod bilan ta’minlash ishini eritrotsitlar bajaradi. Gazlar almashinuvi jarayonida karbonat angidrid gazi hosil bo‘ladi, bu gaz havo yo‘llari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.

Nafas olganda o‘pka kengayadi, o‘pkaga taxminan 700 ml 3 hajm havo kiradi. Nafas chiqarilganda ko‘krak qafasi hajmi kichrayadi. Sog‘lom odamda nafas harakatlarining soni minutiga 16–20 taga teng bo‘ladi. Jismonan zo‘riqqan paytda nafas tezlashadi.

O‘pkaning tiriklik sig‘imi: sportchilarda (sog‘lom odamlarda) – 5000 ml 3 ; erkaklarda – 3500 ml 3 bo‘ladi, ayollarda 2500 ml 3 .

O‘pka to‘qimasi zararlanishi bilan kechadigan kasalliklarda o‘pkaning tiriklik sig‘imi ancha kamayadi.

Nafas organlari faoliyatini uzunchoq miyada joylashgan nafas markazi idora etadi. O‘pka muhim a’zo bo‘lib, qon aylanish ham unga bog‘liq. O‘pka arteriyasi yurakning o‘ng qorinchasidan chiqqanidan keyin o‘pkada juda katta kapillar to‘rini hosil qiladi.

Nafas olish tizimi organizmga beto‘xtov kislorod kirib, undan karbonat angidrid gazi chiqib turishini ta’minlaydi. Nafas olish vaqtida nafas markazi qo‘zg‘aladi, bu nafas muskullarining qisqarishiga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda o‘pka cho‘zilib, alveolalardagi havo bilan atmosfera havosi bosimlari o‘rtasidagi farq tufayli o‘pkaga havo o‘tadi. Nafas chiqariladigan mahalda nafas muskullari bo‘shashib, o‘pka puchayadi, havo chiqib ketadi.

Nafasning uch tipi tafovut qilinadi: ko‘krak, qorin va aralash tipi. Ko‘krak tipida ko‘krak qafasi asosan oldingi orqa va yon yo‘nalishlarda kengayadi (ayollarga xos). Qorin tipida ko‘krak qafasi asosan diafragma hisobiga vertikal yo‘nalishda kengayadi (erkaklarga xos). Aralash tipdagi nafasda ko‘krak qafasi barcha yo‘nalishlarda bir tekis kengayib turadigan bo‘ladi.

Klinik holat va simptomlar (so‘rab-surishtirish). Nafas organlari kasallangan bemorlar ko‘kragi og‘rib turishi, hansirash, bo‘g‘ilish, yo‘talish, balg‘am tashlash, qon tupurishdan noliydi. Ko‘pincha darmonsizlik, isitma, lanjlik, ishtaha pasayishi, bosh og‘rishi, uyqu buzilishi ham qayd qilinadi.

Ko‘krak qafasida og‘riq ko‘pincha yallig‘lanish protsessi plevraga o‘tgan mahallarda boshlanadi, plevrada nerv oxirlari ko‘p bo‘ladi. Plevra og‘riqlari uchun ularning chuqur nafas olingan va yo‘talganda paydo bo‘lishi xarakterlidir. Yallig‘lanib turgan plevra varaqalari birbiriga ishqalanganida sezuvchi nervlari ta’sirlanishi tufayli og‘riqqa sabab bo‘ladi. Stenokardiya va miokard infarktida ham ko‘krak qafasida og‘riq paydo bo‘ladi, lekin bu og‘riq to‘sh orqasida sezilishidan tashqari, chap tomonga beriladi.

Hansirash nafas tezligi (chastotasi), ritmi va chuqurligining aynashidir. Hansirash asosiy shikoyatlaridan biridir. Hansirash gazlar almashinuvi buzilishi natijasida paydo bo‘ladi. Qonda karbonat kislotasi va to‘la oksidlanmay qolgan almashinuv mahsulotlarining ko‘payib borishi nafas markazi ta’sirlanib, hansirash paydo bo‘lishiga olib keladi. Hansirashning 3 tipi tafovut qilinadi: inspirator, ekspirator va ara lash. Inspirator hansirashda nafasga havo olish qiyinlashsa, ekspirator hansirashda nafas chiqarish qiyinlashadi, aralash hansirashda esa nafas olish ham, nafas chiqarish ham qiyinlashib qoladi.

To‘satdan paydo bo‘lib, keskin ifodalanib turadigan hansirash bo‘g‘ilish deb ataladi. Turib-turib tutib qoladigan bog‘ilish astma deb ataladi. Ko‘proq naf beradigan bo‘lishi uchun kislorod bilan havo ara lashmasi uzoq muddat nafasga oldirib turiladi, bunday aralashma tarkibida 50% atrofida kislorod bo‘ladi. Sof kislorod nafas markazi ning ancha tez susayib qolishiga olib keladi, uni uzoq muddat nafasga oldirib turilganda esa odam o‘zidan ketib qolib, talvasa tutishi mumkin. Shu munosabat bilan odam is gazidan zaharlanganda, nafas yetishmovchiligida bemorlarga 10–30 minut davomida karbogen (95% kislorod bilan 5% karbonat angidrid gazi aralashmasi) dan nafas oldirib turish buyuriladi, chunki karbonat angidrid gazi nafas markazini qo‘zg‘atadi. Biroq har qanday holda ham oksigenoterapiya olayotgan bemorning ahvolini diqqat bilan kuzatib boriladi, agar noxush sezgilar paydo bo‘lsa, ingalatsiyani darhol to‘xtatish zarur.

Yo‘tal ko‘pincha yallig‘lanish protsesslari vaqtida nafas yo‘llarida sekret (balg‘am, shilimshiq, qon) to‘planib qolishi yoki shu yo‘llarga yot jismlar tushib qolishi tufayli paydo bo‘ladi. Yo‘tal quruq yoki balg‘am keladigan bo‘lishi mumkin. U bemorni doimo yoki vaqt-vaqtida bezovta qilib turadigan bo‘lishi mumkin, ba’zida esa xurujlar ko‘rinishida paydo bo‘ladi. Doimiy yo‘tal nafas yo‘llari va o‘pkaning xronik kasalliklarida ko‘rinsa, tutib qoladigan xili nafas yo‘llariga ovqat bo‘laklari va boshqa yot jismlar tushganda kuzatiladi.

Balg‘am yo‘tal paytida nafas organlaridan ajralib chiqadigan patologik suyuqlikdir. Balg‘am tarkibiga shilimshiq, seroz suyuqlik, nafas yo‘llarining epitelial hujayralari va qon hujayralari kiradi. Balg‘am miqdori keng doiralarda o‘zgarib turadi: bir necha millilitrdan tortib to 2 l gacha boradi (bronxoektatik kasalliklar, o‘pka abssessida). Ko‘pincha balg‘amni hidi bo‘lmaydi. Yangi balg‘amning qo‘llansa hidli bo‘lishi to‘qima irib-chirigan mahalda (gangrena, irib kelayotgan rak ) yoki balg‘am bo‘shliqlarda turib qolganida, undagi oqsillar chiriganida ko‘riladi (bronxoektazlar, o‘pka abssessida). Balg‘amning xarakteri, rangi va konsistensiyasi ham tafovut qilinadi. Balg‘am rangi kasallik xiliga bog‘liq. Chunonchi, krupoz zotiljam, ya’ni zotiljam kasalligida u zangsimon, o‘pka rakida malina rangida bo‘ladi. Yiringli balg‘am yashil tusli bo‘ladi. Bronxial astma tutib qolganida shishasimon rangsiz balg‘am chiqadi.

Qon tuflash (qon tashlash) – yo‘tal vaqtida balg‘am aralash qon tashlashdir. Qon yangi (qip-qizil) yoki o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Qonning o‘pkadan chiqayotganiga ishonch hosil qilish uchun qonab turgan milklar va burun halqumdan, shuningdek burun qonayotgan mahalda balg‘amga qon tekkanini istisno qilish kerak. O‘pkadan kelayotgan qonni me’dadan kelayotgan qondan ajratish aksari qiyin. Me’da qonaganida chiqadigan qon, odatda to‘q rangga kirib, ovqat massalari bilan aralash bo‘ladi, o‘pka qonaganida qip-qizil ko‘pikli qon keladi, u yo‘tal tutgan mahalda chiqadi.

Ipir-ipir qon aralash balg‘am kelishi bilan ifodalanadigan arzimas qon tashlash shoshilinch choralar ko‘rishni talab etmaydi.

Bemorni so‘rab-surishtirilganda kasallikning qanday qilib va qanday sharoitlarda avj olib borganini aniqlab olish kerak. Krupoz zotiljam shu qadar to‘satdan boshlanadiki, bemor og‘rib qolgan kunining o‘zini emas, balki soatini ham biladi. Ekssudativ plevrit esa asta-sekin avj olib boradi. Avvaliga nafas vaqtida ko‘krak qafasida og‘riq turib, quruq yo‘tal paydo bo‘ladi, sal isitma chiqib, ko‘tarila boshlaydi, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar o‘rniga esa asta-sekin hansirash paydo bo‘ladi. Kasallikning zimdan boshlanib, uzoq vaqt davomida zo‘rayib borishi o‘pka raki va sili uchun xarakterlidir. Nafas organlarining ko‘pgina kasalliklari sovqotishdan keyin boshlanadi. Kasallikning o‘tishidagi xususiyatlarni, qilingan davoning xarakteri va nechog‘li naf berganini aniqlab olish zarur. Bemor anamnezini yig‘ishda mehnat va turmush sharoitlarini batafsil so‘rab-surishtirib ko‘rish kerak. Zax, yaxshi shamollatilmaydigan binoda yashash va ishlash xronik bronxit, o‘pka sili paydo bo‘lishiga olib borishi mumkin. Shu bilan birga ochiq havoda ishlash (binokorlar, kolxozchilar) bronxlar va o‘pkaning o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari (o‘tkir bronxit, traxeit, zotiljam) paydo bo‘lishiga yoki kasallikning xronik formaga o‘tib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Nafas organlarining ba’zi kasalliklari paydo bo‘lishida tamakini, shuningdek alkogolni suiiste’mol qilish kattagina rolni o‘ynaydi. Ma’lumki, tamaki kashandalarida o‘pka raki bir necha barobar ko‘proq uchraydi. Yirik shaharlar aholisi o‘rtasida ham o‘pka raki tarqalganligi aniqlanganki, bu – benzopirenni nafasga oli shiga bog‘liq.

Ko‘zdan kechirish. Ko‘krak qafasi ma’lum bir tartib bilan ko‘zdan kechiriladi. Yonlama yorug‘likda bemorni tik turg‘azib yoki o‘tirgan holida har tomondan qarab chiqiladi. Oldin ko‘krak qafasi shakliga, o‘mrovlari, o‘mrov usti va o‘mrov osti chuqurchalari, kuraklarining olgan joyiga baho beriladi. So‘ngra nafas tipi, ritmi va tezligini ta’riflash kerak.

Ko‘krak qafasi shakli normal va patologik bo‘ladi. Tana tuzilishi 3ta konstitutsiya tipiga ajratiladi: normostenik, giperstenik, astenik.

Ko‘krak qafasining bir qancha patologik shakllari mavjud:

Emfizematoz (bochkasimon) ko‘krak qafasi kalta, hamma yo‘nalishlarda, ayniqsa orqa, yon bo‘limlari kengaygan bo‘ladi. O‘mrov usti va o‘mrov osti chuqurchalari do‘mbayib turadi, qovurg‘alararo kamgaklar katta bo‘ladi (xuddi bochkadek). Bu o‘pka emfizemasida kuzatiladi.

Paralitik ko‘krak qafasi emfizematoz ko‘krak qafasining aksi: yassi, tor va uzun bo‘ladi. Bemorlar ko‘zdan kechirilganida ko‘krak qafasi muskullarining atrofiyasi, o‘mrov va kurak suyaklarining asimmetrik ravishda joylashganligi topiladi. Paralitik ko‘krak qafasi 2 tomonlama fibroz kavernoz o‘pka silida kuzatiladi.

Raxitik (tovuq) ko‘krak qafasi to‘sh suyagining oldinga turtib chiqib turishi, qovurg‘a tog‘aylarining tasbehga o‘xshab qalinlashib qolganligi hisobiga oldingi orqa razmerining ancha katta bo‘lishi bilan farq qiladi (bunday holat raxit bilan og‘rib o‘tganlarda kuzatiladi).

Voronkasimon ko‘krak qafasi (etikdo‘z ko‘kragi) to‘sh suyagi rivojlanishida kamchiliklar bo‘lganda yoki u uzoq qisilib qolganida uchraydi. Bunda to‘sh suyagining pastki qismi va xanjarsimon o‘simtasida voronka ko‘rinishida ichiga tortgan joy ko‘zga tashlanadi.

Umurtqa pog‘onasining oldinga qiyshiqligi lordoz, orqaga qiyshiqligi kifoz, yon tomonga qiyshiqligi skolioz, orqaga va yon tomonga qiyshiqligi kifoskolioz deb ataladi. Kifoskolitik ko‘krak qafasi ko‘pincha umurtqa pog‘onasi sili va raxitda uchraydi.

Nafasning ko‘krak, qorin va aralash tiplari tafovut qilinadi. Nafasning ko‘krak (qovurg‘a) tipi asosan ayollarda uchraydi. Bunda nafas harakatlari asosan qovurg‘alararo muskullar ishtiroki bilan yuzaga chiqadi. Qorin (diafragma) tipi ko‘pincha erkaklarda qayd qilinadi. Nafas harakatlari asosan diafragma bilan yuzaga chiqadi, nafas olish vaqtida qorin devori oldinga suriladi. Aralash tipda nafas harakatlari qovurg‘alararo muskullar qisqarishi hisobiga ham, diafragma qisqarishi hisobiga ham yuzaga chiqadi.

Sirtdan ko‘zdan kechirish mahalida ko‘krak va qorin devorining nafas harakatlariga qarab nafas tezligi (chastotasi) aniqlanadi. Katta yoshli sog‘lom odamda nafas ekskursiyalari chastotasi tinch turilgan mahalda minutiga 16–20, chaqaloqlarda 40, yoshi ulug‘aygan sari astasekin pasayib boradi. Uyqu mahalida minutiga 12–14 marta bo‘lsa, jismoniy mashq bajartirilganda yoki his-hayajonlarda ortadi.

Nafas chuqurligi tinch holatda nafasga olinadigan va chiqariladigan havo hajmiga qarab aniqlanadi. Normada nafas havosining hajmi 300–800 ml. ni tashkil etadi. Yuza nafasda nafas olish va nafas chiqarish kalta, chuqur nafasda uzoq bo‘ladi. Sog‘lom odamda nafas ritmi nafas olish va nafas chiqarishning bir xil chuqurlikda va bir xil muddat davom etib borishi bilan ta’riflanadi.

Koma holatidagi kasallarda nafas chuqur va shovqinli bo‘lib qoladi, Kussmaulcha katta nafas deb shuni aytiladi. Nafas aritmiyasi to‘xtabto‘xtab qoladigan ikki tipdagi nafas – Cheyn-Stokscha va Biotcha nafas bilan namoyon bo‘ladi.

o‘pka palpatsiyasi. Bu usul yordamida ko‘krak qafasining og‘rib turgan joylarini, elastikligini, ovoz titrashini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Tovush titrashi – tekshirayotgan shifokor bemor (kuchli tebranishga sabab bo‘ladigan tovushlarni, masalan: 24; 44 va b.) tovushi tebranishidan ko‘krak qafasining silkinishlarini sezadi.

O‘pka to‘qimasi zichlashib qolgan joy tepasida tovush titrashi zo‘rroq bo‘lib seziladi (zotiljam, kavernalar, abssesslar, o‘pkaning kompression atelektazlarida). O‘pka elastikligi yo‘qolganida (o‘pka emfizemasi, bronxlar yo‘lining tiqilib qolgan paytlarda), shuningdek o‘pka bilan kurak devori o‘rtasida tovush tebranishlarini yutib qoladigan suyuqlik yoki havo bo‘lgan mahallarda (ekssudativ plevrit, pnevmotoraks, gidrotoraks, o‘pka o‘smalarida), tovush tebranishi susayib, batamom yo‘qolib ham ketadi.

o‘pka perkussiyasi. Perkussiya yordamida o‘pka chegaralari aniq lanadi, chunki qorin bo‘shlig‘i organlarini (me’da, ichak qovuzloq larini) hisobga olmaganda, o‘pka atrofidagi organlarning ko‘pchilik qismi sekin (bo‘g‘iq) tovush beradi, lekin ular o‘pka tovushiga qaraganda boshqacha tovush beradi. Normal sharoitlarda bir xildagi kuch bilan tukillat(porok)ib urib ko‘rilganda, ko‘krak qafasining qaysi joyida havoli organ (o‘pka) bo‘lsa, o‘sha joyida ravshan perkutor tovush chiqadi. Havosiz organlar va to‘qimalar (yurak, jigar, taloq, muskullar) perkussiya qilinganida sekin tovush chiqadi. Qattiq va sekin tovushdan tashqari, oraliq o‘rinni egallaydigan tovush bo‘g‘ilgan (bo‘g‘iqlashgan) tovush bor.

O‘pkada havo kamayib qolganida yoki mutlaqo yo‘qolib ketganida, masalan: o‘pka yallig‘lanishida, infarkt va atelektazga uchraganida, ekssudativ plevritda kuzatiladi. O‘pka emfizemasida perkutor tovush past va qattiq bo‘lib chiqadi (ya’ni, quticha tovushi). Kattakatta kavernalar bo‘lganida, ochiq pnevmotoraks mahalida o‘pkada timpanik tovush eshitiladi. Bunday tovush childirma (dovul, ya’ni timpan) tovushiga o‘xshaydi. Ko‘krak qafasining simmetrik joylashgan qismlaridan chi qadigan perkutor tovush tabiatini solishtirib ko‘rish uchun qiyosiy perkussiya qo‘llaniladi.

Sog‘lom odamlarda ko‘krak qafasining turli qismlaridan chiqadigan perkutor tovush bir xil bo‘lmaydi. Chunonchi, chap tomondagi ikkinchi va uchinchi qovurg‘alar orasidan chiqadigan o‘pka tovushi yurak yaqin turganligi tufayli kalta tortgan bo‘ladi. O‘ng tomonda qo‘ltiq tagi chizig‘i bo‘ylab borganda pastki bo‘limlarda chap tomondagidan ko‘ra birmuncha bo‘g‘iq tovush chiqadi, chunki bu yerga jigar yaqinroq turadi.

Topografik perkussiya organlarning katta-kichikligi, shakli va biri bilan ikkinchisining o‘rtasidagi chegaralarini aniqlash uchun qo‘llaniladi.

o‘pka ayskultatsiyasi. Eshitib ko‘rish mahalida bemor osoyishta, bir tekis va chuqur nafas olib turishi kerak. Nafas organlarini eshi tib ko‘rilganida: nafas shovqinlarini; qo‘shimcha shovqinlar yoki xirillashlarni; krepitatsiya; plevraning ishqalanish shovqinlarini eshitish mumkin.

Nafas shovqinlari ikki xil bo‘ladi: hiqildoq, traxeya, to‘sh suyagining dastasi ustida «X» tovushiga o‘xshash nafas shovqini eshitiladi (qattiqroq, dag‘alroq, cho‘ziqroq bo‘ladi) – bu bronxial nafas; ko‘krak qafasining qolgan qismlarida «F» tovushiga o‘xshash nafas shovqini eshitiladi, ya’ni o‘pka ustida bu vezikular nafas deb ataladi. Bronxial nafas o‘pka to‘qimasining zichlashib qolgan yoki bronxlar bilan tutashgan bo‘shliqlar hosil bo‘lganidan darak beradi. U krupoz zotiljam, o‘pka sili (kaverna) rakida kuzatiladi. Kichikroq zichlashish o‘choqlari yoki ichkarida joylashgan patologik o‘choqlar bo‘lganida – aralash nafas: nafas olish vaqtida vezikular, nafas chiqarish vaqtida bronxial nafas eshitiladi.

Bolalarda hamshiralik parvarishi kitob skachat

O‘zbеkistоn mustаqillikkа erishgаch tа’lim sоhаsidа оlib bоrilаyotgаn tub o‘zgаrishlаr va kаdrlаr sifatini oshirishga qo‘yilаyotgаn tаlаblаrdan, o’sib kelayotgan уоshlarimizga davlatimizning g‘amxo‘rligidan kelib chiqib, tibbiyot kоllеjlаri uchun mаzkur dаrslik tаyyorlаndi.

Meni skanerlang
Bizni kuzatib boring

Elektron kutubxona

  • O’quv adabiyotlar
  • Monografiyalar
  • Badiiy adabiyotlar
  • Uslubiy qo’llanmalar
  • Avtoreferatlar va dissertatsiyalar

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Bizning manzil

  • Samarqand sh., Amir Temur k., 18-uy
  • +998 (66) 233 28 63
  • sammu@sammu

Xarita

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Samarqand davlat tibbiyot universiteti saytiga havola ko’rsatilishi shart.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Bolalarda hamshiralik parvarishi kitob skachat

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Kattalarda hamshiralik parvarishi

Ko‘rganlar, jami:
Hammuallif:
Nashr yili:
ISBN raqami:

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!

Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting

Do‘stlarizga tavsiya eting

  • Annotatsiya
  • Fikr va mulohazalar

Boshka soavtorlar: Sh. Shadiyeva
Ushbu darslikda teri-tanosil kasalliklari haqida nazariy ma’lumotlar bilan bir qatorda kichik tibbiyot xodimi bajarishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar, xususan, kasallikning klinik belgilarini yuzaga keltiradigan har xil yara-chaqa va toshmalarni davolashda ishlatiladigan dorivor moddalarni qo‘llash uslublari, hayotda ko‘p uchraydigan va muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan terminal holatlar, ularning klinik ko‘rinishi, hamshiralik parvarishi xususiyatlari, yuqumli kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinik belgilari, davosi va yuqumli kasalliklarning profilaktikasi haqidagi ma’lumotlar keng yoritib berilgan. Hozirgi kunda hamshiralik ta’limi tamoyillari zamon talabiga mos ravishda o‘zgarmoqda. Bemorga yo‘naltirilgan parvarish tamoyillariga asoslangan holda, hamshira tomonidan amalga oshiriladigan bemorlar parvarishiga alohida
e’tibor qaratilgan.
Mazkur darslik tibbiyot kollejlarining hamshiralik ishi yo‘nalishi oquvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning Davlat ta’lim standartlariga asosan bilimlarga ega bo‘lishlariga imkon beradi.

Fan nomi: “Kattalarda hamshiralik parvarishi’’ Mavzular ro’yhati

Mavzu №4: “Nafas kasalliklari a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu №5: “ Yurak va qon tomir a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu №6: “Yurak va qon tomir a’zolari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 7: “Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 8: “Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 9: “Jigar kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 10: “Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 11: “Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 12: “Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 13: “Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 14: “Ichki sekretsiya bezlari va moddalar almashinuvi kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 15: “Ichki sekretsiya bezlari va moddalar almashinuvi kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 16: “Allergik holatlarda hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 17: “Surunkali kasalliklar bilan og’rigan bemorlarning o’ziga xos xususiyatlari”.

Mavzu 18: “Kasb – kor, suyak – mushak va biriktiruvchi to’qima kasalliklarida hamshiralik parvarishi”.

Mavzu 19: “Salomatlik va sog’lom turmush tarsi”.

Mavzu №1: Kattalarda hamshiralik parvarishi va uning xususiyatlari.

1.Kattalarda hamshiralik parvarishiga umumiy ta’rif.

2.Katta yoshdagi bemorlarni o’qitish va muommolarini yechish jarayonini.

3.Kattalarda hamshiralik parvarishida qo’llaniladigan asosiy nazariyalar.

4.Katta yoshdagilarning rivojlanish bosqich va vazifalari.

5.Katta yoshdagilarning har bir bosqichidagi xususiyatlari.

6.Sog’lom hayot va katta yoshdagi odamlarda salomatlik muammolari.

Kattalarning salomatligiga bog’liq muommolar murakkab harakterga ega va uning zamirida ko’p omillar yotadi. Katta yoshdagi insonlarni salomatligini saqlab turish va yaxshilash uchun uning shaxsi orqasidan yashirinib turgan turli omillarni to’g’ri tushinish zarur va bemor hayotini hisobga olgan holda samarali yordam ko’rsatish kerak. Shuning uchun muommolarni muntazam yechish jarayonida asosan bemor salomatligini yetarlicha tekshirish va samarali yordam ko’rsatish kerak.

Kattalarda hamshiralik parvarishi – bu katta yosh rivojlanish bosqichida bo’lgan insonga sog’lom kundalik hayot kechirishi uchun, rivojlanish vazifalarini mustaqil bajarishi uchun hamda sog’lom qarilik davriga o’tishiga qaratilgan professional parvarishni amalga oshirishdir.

Kattalarda hamshiralik parvarishida salomatlik muommolarida yechish jarayoni.

Muammolarni yechish jarayonini tashkil etuvchi elementlar.

a)Tahlil: katta yoshdagi bemorlarga tegishli ma’lumotlarni muntazam yig’ish va parvarish bo’yicha muommolarni aniqlash.

b)Rejalashtirish: parvarish muommolari ichidan muhimlik tartibini aniqlash va qo’yilgan vazifalar, ularni bajarish muddatlarini hamda muommolarini yechish usullarini o’z ichiga oluvchi parvarish rejasini tuzish.

c)Amalga oshirish: rejalashtirilgan parvarishni olib borish va shu bilan birga hamshira faoliyati natijalari haqida ma’lumot olish.

d)Baholash: amalga oshirilgan parvarish natijalari qo’yilgan vazifalar bilan solishtiriladi.Barcha bosqich jarayonlari umumlashtiriladi va parvarish muommolari yechilgan yoki yechilmaganligi aniqlanadi.

Barcha tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liqligi yuqorida sanab o’tilgan 4 ta tarkibiy qismlar amaliy parvarish ko’rsatish jarayonini ifodalaydi va bunda 4 ta bosqich ketma-ketlikda keladi.

Katta yoshdagi odamlar bir-biridan individual hayotiy foni va turli tuman odatlari bilan farq qiladi. Hamda qarish jarayonida yuzaga keladigan jismoniy o’zgarishlarni boshidan kechiradi va turli xil hayotiy muommolarga ega. Shuningdek, katta insonlar salomatligi shu hamma omillarning murakkab yig’indisi ta’siri ostida shakllanadi. Shuning uchun salomatlik holatini baholash va tahlil qilishda muntazam va ilmiy yondashib, rahbarlik qilish zarur. Tahlil obyekt salomatligiga tegishli muntazam ma’lumotlar yig’ish va parvarishdagi muommolarni aniqlashdan iborat.

Mijozning fizik holatini baholash: fizikal tekshiruvlar.

Ruhiy holatini baholash: kasallikni qanday qabul qilingaligi va barcha davolanishlar, qiyinchiliklarni hal qilish usullari va h.k.

Ma’lumotlar manbaalari:

Mijoz, oilasi, turli yozma axborotlar, mijoz bilan muloqotda bo’lgan barcha tibbiy hodimlar.

Ma’lumot yig’ish uslubi:

Obyektiv ma’lumotlar:

Simptomlar, kuzatuvdagi belgi va ta’surotlar;

O’lchovlar natijasida aniqlangan ma’lumotlar;

Turli tekshiruv va tahlillar natijasida olingan ma’lumotlar.

  • Mijozning o’zi ta’riflab bergan ma’lumot;
  • To’g’ridan to’g’ri bemor bilan o’zaro suhbat jarayonida olingan ma’lumot.
  • Katta yoshdagi mijoz va hamshira o’rtasidagi o’zaro munosabat asosiy poydevor hisoblanadi;
  • Olingan muhim ma’lumotni to’g’ri qabul qilish uchun bilim va muloqot malakasining yetarlilgi;
  • Katta yoshdagi mijozlarning fikrlarini, subyektiv dunyoqarashini qadrlash – bemorning fikriga ahamiyat berish muhim.
  • Mijoz va oilasini tashvishga solayotgan muommolarini diqqat bilan tinglash va ularga kerakli yordam ko’rsata olish;
  • Ma’lumot yetarli emasligiga asoslangan holda parvarishning foydasizligi haqida gapirmaslik, vaziyatda kelib chiqqan holda u yoki bu holatda kerakli bo’lgan parvarish olib borish;
  • Barcha ma’lumotlarni birdaniga yig’ib olishga urinmaslik;
  • Ma’lumot tushunarsiz yoki noaniq bo’lmasligi kerak – ma’lumot tekshirilishi kerak;
  • Konfidensial printsipiallik.
  • Muammolarni aniqlash: yig’ilgan ma’lumotlar tahlil qilinadi, umumlashtiriladi, baholanadi va muammolar aniqlanib, hamshiralik yordami ko’rsatiladi.
  • Parvarish muammolari – bu hamshiralik parvarishi bilan hal etilishi mumkin bo’lgan mijoz salomatligining holatiga bog’liq bo’lgan muammolardir(hamshiralik aralashuvi, real hal qilinishi mumkin bo’lgan muammolar).

Reja tuzish – bu aniqlangan parvarish muammolarining muhimlik bilan tartibini aniqlovchi jarayon bo’lib, parvarish maqsadini hisobga olgan holda kutilayotgan natijalar rejalashtiriladi, bajarish muddatlari va amaliy faoliyat belgilanadi.

Vazifa tanlash – bu tibbiyot hamshirasining fikrlash qobilyati bo’lib, parvarish muammolarini hal qilishda hamshira erishishi mumkin bo’lgan natijalarni aniqlab olishidir. Bu hamshiraning parvarish muammosini yechishda hohlayotgan natijalarni aniq ko’rinishidir.

Hamshiralik jarayoni rejalashtirish

Hamshiralik jarayoni – bu kutilgan natijani olish maqsadida parvarish qilish bo’yicha aniq yo’naltirilgan va rejalashtirilgan faoliyatidir. Kutilgan natijaga erishish uchun muammolar harakteriga tayangan holda parvarishning amaliy usullarini tanlash lozim.

Bundan tashqari mijozning individual hususiyatlarini hisobga olib parvarish qilishning aniq va effektiv usullarini ko’rsatish lozim:

– Hamshiralik chora tadbirlari va uni konkret amalga oshirish usullari

– Hamshiralik jarayoni parvarishning spetsefik vazifalari bo’lib, muammoni hal qilish jarayoni yo’nalishlarini aks ettiradi.

Baholash – olib borilgan hamshiralik jarayoni natijalarini qo’yilgan vazifalar bilan birga taqqoslash jarayoni bo’lib, ularning effektivlik darajasini aniqlashdir. Shuningdek, bunga muammolarni hal qilish jarayonining barcha etaplarini ko’rib chiqish, qayta analiz va parvarish rejasining korrektsiyasi ham kiradi.

  • Kutilayotgan natijalargan taaluqli bo’lgan ma’lumotni yig’ish (mijozning ahvoli, so’z va harakatlar, reaksiya, munosabatlar);
  • Yig’ilgan ma’lumotlarni kutilayotgan natija bilan solishtirish va natijaga erishish darajasini aniqlash.
  • Kutilayotgan natijalar parvarishning yakuniy maqsadlariga yo’naltirilganligini aniqlash.

Mijozlarni o’qitish tushunchasi.

Bu bemor salomatligi darajasini optimal yaxshilashga qaratilgan rejalashtirilgan va sistematik olib boriladigan jarayondir.

Katta yoshdagilar kichik yoshdagilarga qaraganda boy hayotiy tajribaga ega, shu sababli o’qishga, o’rganishga bo’lgan tayyorlik darajasi kichik yoshdagi o’quvchilardan ko’p.

Katta yoshdagi mijozlarni to’g’ri va effektiv o’qitish uchun o’qilayotgan ob’yekt hususiyatlarini to’g’ri tushunish va o’quv jarayonida qo’llash lozim.

  • O’qishga bo’lgan tayyorgarligini baholash
  • Salomatlik muammolariga qiziqish darajasi
  • Salomatlikning muhimligini anglash
  • O’zining kasalini atrofdagilarga tarqalishi xavfini anglash
  • Kasallikka nisbatan psixosotsial moslashuv etaplarini baholash
  • Sog’liqda muammolar bo’lganda bemor va uning oilasi turli psixologik jarayonlarni boshdan kechiradi – qo’rquv, ichki konfliktlar va hokazo.

Tashqi ta’surotlar natijasida organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlar «Stress» deb ataladi.

Inson uchun zararli bo’lgan tashqi ta’surotlar stressorlar deb ataladi, bu stressorlar ta’sirida paydo bo’ladigan psixologik, ijtimoiy va o’zini tutish reaksiyalari stress reaksiyalari deb ataladi.

Stressning biologik modeli.(Gans Sele)

Ekologiyaga ta’sir etuvchi zararli ta’sirotlar buyrak usti bezi po’stlog’i gipertrofiyasi , buqoq bezi, taloq va limfa tugunlari atrofiyasi kabi patologik o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Stressning asosiy bosqichlari:

  • Havotirlanish davri: arterial bosim, tana haroratining pasayishi, hazm a’zolarida funksional o’zgarishlar va hokazolar.
  • Qarshilik davri: arterial bosim, tana haroratining ko’tarilishi;
  • Charchash davri.

Stressning paydo bo’lishida turli xil omillar: yuqori va past harorat, to’qnashuv vaziyatlari, turmush sharoitining keskin o’zgarishlari, turli xil farmakologik vositalarning ta’siri bo’lishi mumkin. Salbiy ta’surotlarni bartaraf qilish yo’llarini tibbiyot hamshirasi bemorlarga tushuntirishi lozim. Ammo hamma stresslar ham inson uchun zararli emas. «Yaxshi stress» bu eustress – organizmning yangi sharoitlarga moslashish uchun safarbar qiladi. «Yomon stress» – distress – nevrozlar rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.

  1. O’tkir stress – birda rivojlanadi.
  2. Surunkali stress – kuchli va nisbatan kuchsiz bo’lib, organizmga uzoq vaqt davomida ta’sir qiladi.

Koping. Biror bir qiyinchilik yoki muammolar natijasida inson stress holatiga ushlanib qolganda, u bu vaziyatdan qochishga yoki ularni yengib o’tishga harakat qiladi. Individumning doimiy va uzluksiz bu qiyinchilik va krizisni yengishga qaratilgan tegishli harakatlari koping deb ataladi.

Ijtimoiy qo’llab quvvatlash.

Inson turli xildagi shaxslararo munosabatlar mavjud bo’lgan muhitda yashaydi va stress ta’sirida uni o’rab turgan insonlarning qo’llab quvvatlashlarini oladi (oila, do’stlar, hamkasblar, mutaxassislar va boshqalar) bu ijtimoiy qo’llab quvvatlash deb ataladi. Ijtimoiy qo’llab quvvatlash stress reaksiyasini yengillashtiruvchi ta’sir etadi.

Krizis nazariyasi:

Krizis tushunchasi – krizis bu kuchli bezovtalik holati bo’lib, bu paytda inson yo’qotish havfini sezadi (qo’rquv yoki biror kimsani yoki o’zi uchun qadirli bo’lgan narsani yo’qotish havfi) yoki yo’qotish ta’sirida bo’ladi. Bu holatga inson kerakli bilimlari, malakasi va mazkur holatga tez moslasha olmasligi natijasida tushib qoladi.

Krizis xususiyatlari

Krizis odatda 4-6 hafta davom etadi va aniq bir ijobiy yoki salbiy natija bilan tugaydi.

Bundan kelib chiqadiki, insonni qayta tiklashda muhim ro’l o’ynaydigan kishilarni bu jarayonga jalb etgan holda qisqa vaqt oralig’ida intensiv yordamni berish zarur.

Yana shu muhimki, hech bo’lmasa krizisni yengillashtirib tez va normallashtirib kechishini ta’minlash va bu tajriba insonning keyingi o’sishi uchun hizmat qilishi haqida qayg’urish zarur.

Krizis moduli

Krizis jarayonining harakterli kechishining klassik ko’rinishi bunda krizis tuzilmasi bayon etiladi va konsepsiya tushunchasi soddalashtiriladi.

(1)Aguilera D.C.& Mesick F.C. krizis moduli.

Krizis moduli krizisga olib keluvchi jarayon va uni yengishga aksent berishga qaratiladi.

(2)Ctivin Fink (Fink S.L.) bo’yicha krizis moduli.

Aksent krizisga tushgan insonning sezgilariga va sinovlariga qaratiladi.

Inson hayoti – bu insonning tug’ilishidan boshlab, o’sishi, rivojlanishi, yetuklik davri, keksayishi va so’nishini o’z ichiga oladigan davrdir. Inson butun umri davomida rivojlanib boradi. Kattalik davri qulaylik uchun o’spirinlik, yetuklik va o’rta yoshga bo’linadi.

Erikson (Erikson E.H.) bo’yicha rivojlanish vazifalari. Inson umrining rivojlanishi 8 bosqichdan iborat bo’lib, Erikson konsepsiyasi xulosasiga ko’ra biron bir bosqichga erishish uchun, albatta oldingi bosqichga erishgan bo’lish kerak.

Erikson bo’yicha rivojlanish vazifasining 8 bosqichi: ko’krak yoshi davri,erta bolalik yoshi, bolalik yoshi, maktab yoshi, o’spirinlik yoshi, erta kattalik yoshi, yetuklik yoshi, qarilik yoshi.

Xevigxerst (Havighurst R.J.) bo’yicha rivojlanish vazifalari. Inson butun umri davomida o’qib o’rganishi kerak, har bir davrda har bir inson uchun individual vazifalar paydo bo’ladi. Inson o’z oldoda turgan vazifalarni bajarar ekan, bu uni baxtli qiladi va aksincha, bajarolmasa baxtsizlikka olib keladi. Natijada jamoani ishonchidan chiqadi-da, keying bosqichda muammolar paydo bo’ladi.

Xevigxerst bo’yicha rivojlanish vazifalari 6 bosqichdan iborat: ko’krak va erta maktab yoshi, o’rta maktab yoshi, o’spirinlik yoshi, erta kattalik yoshi, o’rta kattalik yoshi, qarilik yoshi.

Levinson (Levinson D.J.) bo’yicha rivojlanish vazifalari. Levinson 2 ta asosiy tushunchalarni ilgari surgan. Birinchisi, uning fikricha, tug’ilishdan to o’limgacha bo’lgan davr: bu sayohatdan iborat jarayon bo’lib, ma’lum ketma – ketlikda turli taassurotlar ta’siridan amalga oshiriladigan sayohatdir. Ikkinchidan, inson umri davrlar yoki mavsumlar bilan bog’liq holda kechadi. Inson umrining ma’lum o’zgarmaydigan ssenariysi yo’q, balki mavsumlarda o’zgarib turadigan sifatga ega. Bir mavsumdan ikkinchi mavsumga o’tish uchun ma’lum o’tish davri kerak.

O’tish davri bu ko’pgina stresslardaniborat bo’lib, osongina psixologik krizisga olib keladi.

Inson rivojlanishi uning tug’ilishidan boshlab, har bir rivojlanish bosqichini ketma – ket bosib o’tishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun tug’ilgandan keyingi har bir bosib o’tilgan bosqich inson uchun muhim ahamiyatga ega.

Hayot davrining kattalik bosqichi. Bu davr insonning jinsiy rivojlanish davridan to inson hayotiga nuqta qo’yiladigan qarilik davrigacha bo’lgan uzun hayot yo’lini o’z ichiga oladi.

Kattalik davrining bir qancha yosh toifalarga bo’lish mumkin: o’z ichiga jinsiy rivojlanish davrini oladigan o’spirinlik yoshi, yetuklik yoshi, o’rta yosh, shuningdek, keksalik yoshiga o’tish oldidan keksalik oldi yoshi.

O’spirinlik yoshi rivojlanish xususiyatlari. O’spirinlik yoshi – bu jinsiy yetilish davridan 30 yoshgacha bo’lgan oralik. Tayyorlov bosqichi – bunda inson jismonan, ruhan yetiladi va jamiyatning to’laqonli a’zosi sifatida o’ziga turli mas’uliyatlarni oladi. Jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan jadal o’sish va rivojlanish kuzatiladi.

O’spirinlik davrida salomatlik muammolari. O’spirinlik davrida jismoniy jihatdan tana tuzilishi shakllanib mustahkamlanadi, bu davrda maksimal darajada faoliyat yuritish imkoni bo’ladi, kasallanish holati kamdan kam kuzatiladi.

Kuchning ko’pligi o’z imkoniyatlariga ichonuvchanlikka olib keladi. Bu yosh osonlik bilan nomuntazam hayot kechirishga, o’z sog’lig’iga nisbatan befarq munosabatda bo’lishga imkon yaratadi, shuning oqibatida inson ko’pincha baxtsiz hodisalarga uchraydi va turli xil jarohatlar olishi mumkin.

Ota – onalari, do’stlari bilan o’zaro munosabatdagi kelishmovchiliklar natijasida kelib chiqadigan qo’rquv va zo’riqish hisobiga, jismoniy muammolarga nisbatan ruhiy muammolar ustunlik qiladi. Jinsiy ongining erta rivojlanishi, seksual hulq – atvor, homilani oldirish yoki jinsiy aloqa orqali kelib chiqadigan yuqumli kasalliklar rivojlanishi kabi muammolarga olib keladi.

Rivojlanishning yetuklik yoshidagi xususiyatlari. Yetuklik yoshi – 30 dan 50 yoshgacha bo’lgan oraliqni o’z ichiga oladi. Bu yoshga kelib, odatda inson jismonan to’liq yetiladi, ruhiy va sotsial yetuklik darajasini yanada oshirib, mustahkamlab boradi va hayotiy faollikning eng yuqori cho’qqisida bo’ladi. Yana shu davrga kelib unga nisbatan jamiyat tomonidan katta ishonch bildiriladi. Inson oila shaklida o’zining kichik jamiyatini yaratadi. Kasbiy muvaffaqiyatlariga erishish jarayonida jamoat ishlaridagi faoliyat ko’rsatishi va oila qurish tufayli juda katta hayot masalalariga duch keladiki, bu uning keying o’sishini ta’minlaydi.

Orta yoshlilarning rivojlanish xususiyatlari. Orta yosh 50 dan 65 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi va bu davr keksalik oldi davri deyiladi. Inson yetuklik yoshidan o’tgandan keyin, u jismoniy imkoniyatkarining pasayganligini his qiladi. Ruhiy va sotsial tomondan to’liq yetiladi. Qarish jarayoni bilan bir vaqtda inson o’zining jismoniy va ruhiy so’nib borayotganini his qiladi hamda o’zining shaxsiy rivojlanishidagi sekinlashuvni sezadi va kelgusi hayoti haqida qayg’ura boshlaydi.

Yetuklik v aorta yoshlarga xos muammolar. Yetuklik va o’rta yoshlarga xos muammolar shundan iboratki, insonni o’rab turuvchi turli ijtimoiy omillar organizmni ish faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Inson ishdagi, oiladagi o’zaro munosabatda va o’z o’rnidagi majburiyatlarni bajarishda juda ko’p ruhiy va sotsial muammolarga duch keladi. Bu muammolar stressga olib keladi. Mana shu stress oqibatida sog’liqdagi muammolar kelib chiqadi.

O’rganilgan odatlar asosida kundalik hayot olib boriladi, ma’lum bir hayot tarsi shakllanadi. Odat bo’lib qolgan chekish, spirtli ichimlik ichish, ko’p ovqat iste’mol qilish va harakatchanlikning sustligi qandli diabet va gipertoniya kabi kasalliklirning rivojlanishiga olib keladi.

Hayotiy odatlar bilan bog’liq salomatlik muammolari. Insonlarda kasallik rivojlanishiga olib keluvchi va uning keying oqibatlarini kelib chiqishiga ta’sir etuvchi birdan biro mil – bu hayotiy odatlar hisoblanadi. Kundalik harakterga ega bo’lgan hayotdagi zararli odatlar turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Hayotiy odatlarni o’zgartirish esa kasalliklarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Alkogol qabul qilish: oshqozon – ichak trakti va jigar ishining buzilish, qon aylanish tizimi kasalliklari, semizlik va qandli diabet kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Chekish: nafas a’zolari, qon aylanish a’zolari, hazm a’zolariga ta’sir qiladi va hokazo.

Ovqatlanishni ta’siri: hayvon yog’larini haddan tashqari ko’p iste’mol qilish qonda xolesterin miqdorini ko’tarilishiga olib keladi va giperlipedemiya kelib chiqadi, bu esa yurakning ishemik kasalliklarini keltirib chiqaruvchi asosiy omil hisoblanadi. Kaloriyasi yuqori yoki juda sho’r ovqatlar yeyish keyinchalik yog’ bosishi yoki gipertoniyaga olib keladi. Bundan tashqari, semirish insulinga sezuvchanlikni pasaytiradi va qandli diabet kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Harakat faolligi ta’siri: harakat faolligi inson salomatligini saqlashda muhim samara beradi – mushak va yog’ to’qimalarida insulinga sezuvchanlikni yaxshilaydi, qonda neytral yog’lar miqdorini kamaytiradi, qondagi qand miqdorini pasaytiradi. Yaxshi jismoniy faolligini ushlab turuvchi insonlarda yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, yog’ bosish, osteoporoz kelib chiqish havfi kamayadi hamda ruhiy salomatlikning yaxshilanishiga olib keladi.

Sog’liqning kasbga bog’liq muammolari: sog’liqning kasbga bog’liq muammolari – bu ma’lum bir kasb bilan shug’ullanish natijasida kelib chiqadigan organizmdagi buzilishlar va kasalliklardir. Bu kasalliklar ishdagi fizik va kimyoviy ta’sirlar, ish uslublari va boshqa mehnat sharoitlarining ta’siri natijasida kelib chiqadi. Kasallik kelib chiqqandan keyin uni butunlay davolab sog’aytirish juda qiyin, shuning uchun kasallik sabablarini bartaraf qilgan holda oldini olish zarur.

Tayanch iboralar

Parvarish – bu kimgadir insoniy ta’sir etish.

Ob`yektiv tekshirish – bemorlarni bevosita tekshirish: ko’zdan kechirish; eshitib ko’rish (auskultatsiya); tukullatib eshitib ko’rish (perkussiya) va paypaslab ko’rish (palpatsiya).

Sub`yektiv tekshirish – bemorlarni bevosita tekshirish: (so’rab-surishtirish bilan so’roq savollari asosida pasport qismi, shikoyatlari, kasallik tarixi, hayot tarixini aniqlash)

Simptom – kasallik belgisi.

Sindrom – organizimning potologik holatini aniqlaydigan belgilar majmuasi.

Patsient – shifokor va hamshiraga murojaat etuvchi kishi.

Hamshira tashhisi – hamshiralik jarayoning har bir bosqichida hamshira tomonidan chiqariladigan xulosalar.

Hamshiralik jarayoni – hamshiralik parvarishiga sistematik yondashish.

Stress tashqi yoki ichki muhitning noqulay omillar ta’siriga javoban paydo bo’ladigan ruhiy zo’riqish holati.

Stressorlar – inson uchun zararli bo’lgan tashqi ta’surotlar.

Stress reaksiyalari – stressorlar ta’sirida paydo bo’ladigan psixologik ijtimoiy va o’zini tutish reaksiyalari.

Krizis tushunchasi – krizis bu kuchli bezovtalik holati bo’lib, bu paytda

inson yo’qotish havfini sezadi

6.Ijtimoiy qo’llab- quvatlash.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.G.O.Haydarov “Ichki kasalliklar” 2002 y.

2.B.U.Yo’ldoshev “Ichki kasalliklar” 1996 у.

3.M.F.Ziyayeva “Terapiya’’ 2002 y.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi 2023
rəhbərliyinə müraciət

Qiziqarli malumotlar
Bolalarda hamshiralik parvarishi kitob skachat