O‘zbek xalqi etnik tarixini o‘rganishda xitoy manbalarining ahamiyati

O‘zbek xalqi etnik tarixini o‘rganishda xitoy manbalarining ahamiyati

ѐti va texnikadagi

Xitoyda Oliy Ta’lim Olish

Ohirgi o’n yilda Xitoyda ta’lim olish ko’p yoshlarni qiziqtirib qo’ydi. Chunki bu yerda zamonaviy bilim darajasini ancha arzonga olsangiz bo’ladi. Xitoyda o’qishni eng kata yutug’I – mehnat birjasida talabning mavjudligi. O’zbekiston va Xitoy ma’naviy, ekonomik va siyosiy yo’nalishlarda juda yaqin munosabatga ega. Shuning uchun shu davlatta o’qigan va uni tilini biladigan mutahassislar juda qadrlanadi.

Oliy Maxsus Ta’limi

Hozirgi paytda endi yaratilayotgan va katta e’tiborga ega narsa. Oliy maxsus ta’limini olish mumkin bo’lgan holatlar:
Maxsus-Texnik intitutlarda
Qisqa muddatli maxsus universitetlarda
Texnikumlardagi oliy ta’lim kurslarida
Aynan shu yerda professional texnik kadrlar voyaga yetishadilar. Ohirgi yillarda Xitoyda maxsus ta’limda quyidagi yo’nalishlarga katta urg’u berilyapti: mashinasozlik, elektronika, arxitektura va oziq-ovqatga oid sanoat.

Xitoydagi Oliy Ta’lim

Oliy maxsus ta’lim bilan birga, Xitoyda milliy oliy ta’lim ham bor. Ammo 2tadan ko’proq yo’nalishlarda dars o’tadigan o’quv yurtlari juda kam. Ularning ichidan Pekin Universiteti. Ko’p VUZlar (institut va universitetlar) esa bitta mutaxassislik yo’nalishi bo’yicha dars o’tishadi: tibbiyot, gumanitar, lingvistik, ekonomik, pedagogik.
Hozirgi kunda, eng aktual yo’nalishlar esa: ekonomika, finanslar, xuquqshunoslik va siyosiy fanlar.
Xitoydagi oliy ta’lim 3 asosiy bosqichlarga ega:
Bakalavriyat (4-5 yil)
Magistratura (2-3 yil)
Doktorantura (3 va undan oshiq yillar)

Xitoydagi VUZga kirishning jihatlari:

Xitoycha VUZga kirish uchun to’liq o’rta ta’lim haqidagi atestanti taqdim etsa bas. Qoniqarli o’qish uchun oz bo’lsa ham tilni bilshingiz kerak. Xitoy tilini esa kirishdan oldin yo o’quv vaqtida o’quv markazlarda o’rganishingiz mumkin.

Xitoydagi ta’lim arzon narhlari bilan ajralib turadi.

Shuningdek yashashingiz uchun arendaga uy ham juda qimmat emas (taxminan 600$ yiliga).
Ko’rib turganingizdek, chet elda ta’lim olmoqchi bo’lganlar uchun, Xitoy ham bir variant.

⚜Xurmat bilan Brothers jamoasi⚜
@brothersuz

O‘zbek xalqi etnik tarixini o‘rganishda xitoy manbalarining ahamiyati

O‘zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi)ni o‘rganish masalasi ko‘pdan beri olimlar e’tiborini jalb qilib kelmoqda va bu orada ancha ishlar ham qilindi. Ammo ushbu masalani mukammal holda yechish nihoyatda murakkab bo‘lmoqda. Bizning fikrimizcha, buning sababi, quyidagilardan iborat.

1) Hozirgi o‘zbek xalqi ko‘p komponentli bo‘lib, uning aksariyat qismi turkiy qabilalar va avlodlardan tashkil topgan. Buning isbotini o‘zbeklarning «92 urug‘» tarkibiga nazar tashlaganimizda ham sezib olamiz. Turkiy qabilalar esa, nihoyatda ko‘p nufuzli bo‘lib, ular sharqda Koreya chegaralaridan boshlab g‘arbda Qora dengiz qirg‘oqlarigacha, shimolda sovuq joylardan boshlab janubda Kavkaz, Eron tepaligi, janubiy Afg‘oniston va Himolaygacha bo‘lgan ulkan hududda hayot kechirgan. Ular hayotida ko‘p marta birlashish va parchalanish yuz berganligi va goh u, goh bu qabilarning kuchayishi natijasida turkiy qabilalar orasida joydan-joyga ko‘chish, o‘zga avlodlar bilan aralashish, avlodlar va qabilalar birlashish yoki, aksincha, bo‘linib ketish holatlari ko‘p kuzatilgan.

2) Hozirgi o‘zbeklarning asosiy qismi O‘zbekistonda yashasa ham o‘zbek xalqining shakllanish jarayoni faqatgina respublikamiz hududi bilan cheklanmagan.

3) Ma’lumki, O‘zbekiston hududi ming yillar davomida Buyuk ipak yo‘li deb atalmish savdo yo‘lining chorrahasi hisoblanib kelgan. Shu bois ushbu hudud nafaqat diplomatik, savdo va madaniy aloqalar, balki etnik aloqalar chorrahasi sifatida ham xizmat qilgan. Tarixda bunga misollar ko‘p topiladi.

4) O‘zbekiston hududida yozuv ko‘p marta o‘zgargan. Qolaversa, hozirgi davrgacha saqlanib kelgan mahalliy yozma manbalarning eng kadimgisi IX–asrga taaluqlidir. Undan oldingilar saqlanmagan, har holda topilgani ham ayrim so‘z va yuluq iboralardan nariga bormaydi. Xalqimizning qadimgi zamon tarixiga oid ayrim ma’lumotlar eron, yunon, arman va xitoy manbalarida saklanib kolgan.

Shuning uchun o‘zbek xalqining etnik tarixini atroflicha va batafsil tiklash arxeologik qazilmalar natijalariga bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki turli davrlar va tillarda yozilgan manbalarni o‘rganishni hamda chuqur va keng doirali ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi. Bu dolzarb va murakkab vazifani amalga oshirishda xitoy yozma manbalari benihoya ahamiyatlidir. Ayniqsa, o‘rta asrlar va undan avvalgi davrlardagi ajdodlarimizga aloqador ma’lumotlar qadimgi xitoy manbalarida ko‘p uchraydi. Shunday ekan, xitoy manbalari xalqimizning etnik tarixini o‘rganishda qanday masalalarga oydinlik kiritib berishi mumkin, degan savolning kelib chiqishi tabiiydir.

Bu masalada fikr yuritar ekanmiz, avvolo ta’kidlab o‘tish lozimki, xitoylar ming yillar davomida o‘zining shimoliy va g‘arbiy tomonida yashagan xalqlar bilan jiddiy siyosiy va iqtisodiy aloqalar o‘rnatgan va ular hududidan o‘tgan savdo yo‘llarini o‘z nazorati ostiga olishga harakat qilgan. Buning uchun atrofdagi xalqlar hayotini, ular orasidagi munosabatlarni o‘rganishga harakat qilgan. Bu harakat mazkur xalqlarga elchilar, sayyohlar va savdogarlar yuborish, kelgan elchilar va tijoratchilardan ma’lumot olish hisobiga amalga oshirilgan. Shuning uchun xitoy manbalarida savdo yo‘llariga, atrofdagi mamlakatlarga va ulardagi shaharlarning mudofaa ahvoliga, davlatlararo munosabatlarga tegishli, qabilalar va ular orasidagi munosabatlarni aks ettiradigan ma’lumotlar ko‘p uchraydi. Albatta, bizgacha saqlanib kelgan xitoy manbalarining aksariyat qismi rasmiy manbalar hisoblanadi. Shuning uchun ularda ayrim kamchiliklar yo‘k emas. Shunga qaramasdan xitoy manbalaridagi amaliy ma’lumotlardan to‘la foydalanish o‘zbek xalqining etnik tarixi, ayniqsa ushbu tarixning kadimgi zamon davri va bu borada biz uchun jumboq bo‘lib kelayotgan ayrim masalalarni aniqlash masalasi uchun axamiyatlidir.

Masalan, dunyo adabiyotida o‘zbek xalqi turkiy xalqlarning bir qismi ekanligi e’tirof etiladi va bu haqda ko‘p tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ammo turklar qachon paydo bo‘lgan degan masala hanuzgacha munozarali bo‘lib kelmoqda. «O‘zbekiston tarixi» nomli jurnalning 2003 yil birinchi sonida va «O‘zbekiston o‘rta asrlarda: tarix va madaniyat» nomli to‘plamda e’lon qilingan maqola[1] aynan shu masalada xitoy manbalari qanday ma’lumot beradi degan savolga javob berishga harakat qilindi. Tadqiqot natijasi ko‘rsatishicha, turk atamasining xitoy manbalarida paydo bo‘lganiga 3,5-4 ming yildan oshgan. Demak turk xalqi xitoylarga ma’lum bo‘lishdan oldin mavjud bo‘lgan va ular xitoylarning shimolii va g‘arbiy tomonlarida yashagan.

Qadimiy turklar nomini xitoylar avvaliga tuyik, tuauk (hozirgi o‘qilishda di, ti), keynchalik dili, tili, dingling, tele deb talaffuz etishgan. Ushbu xitoycha atamalar turk va turklar atamalarining xitoycha transkripsiyasidir. Shuning bilan birga xitoylar qadimda turklarni umumiy holda rung (jangchilar yoki odamlar), beyrung (shimollik jangchilar), rungdi (turk jangchilari), kuyrung (kun tomon, ya’ni sharq tomonli jangchilar) deb xam atashgan. Ushbu atamalar turklarga xitoylar tomonidan qo‘yilgan nomlardir. Ularni turk so‘zining transkripsiyasi emas, balki sinonimlari deb aytish mumkin. Xitoy manbalarida ko‘p uchraydigan «Siyuy’ («G‘arbiy mamlakatlar») topinimi aslida sirung (g‘arbiy tomonli jangchilar yoki odamlar) so‘zidan transformatsiya kilgan.

Tarixiy adayotlarimizda yukorida tilga olingan qadimiy turklar bilan Oltoyda paydo bo‘lgan turk qabilasi o‘rtasidagi munosabatlar ham noanik qolgan masalalar qatoriga kiradi. Bu masalaga oid xitoy manbalarini o‘rganganimizda shunisi aniq bo‘ldiki, qadimiy turklar tarkibida Ashina avlodi bo‘lmish turk deb nomlangan qabila ham mavjud bo‘lgan. Bu qabilani xitoylar avvaliga turuxe deb atashgan. Keyinchalik ushbu qabila ichki kurashlar natijasida vayronagarchilikka uchrab, Oltoyga qochib borgan va u yerda kuchayib, ulg‘ayib, qaytadan tarixiy sahnaga kirib kelgan. Shunda xitoylar ushbu qabilani tukivet, hozirgi zamon talafuzida tujyue deb atashgan. Turuxe turk, tukivet, turk—ut (ut ko‘plikni bildiruvchi ko‘shimchadir), ya’ni turklar so‘zining xitoycha transkiripsiyalaridir. Turk qabilasi kuchayib barcha qardosh qabilalarni birlashtirish asosida Turk hoqonligi tashkil topgandan so‘ng tukivet, ya’ni turk—ut (tujyue) barcha turkiy qabilalarning umumiy nomiga aylandi.

Turk xoqonligining Sharqiy va G‘arbiy turk xonliklariga bo‘linib ketishi jarayonida va ular yemirilgan davrida turkiy qabilalarning joydan joyga ko‘chish, parchalanish va ayrim qabilalarning birlashishi tufayli yangi qabilar ittifoqining yuzaga kelishi hamda shu asosda yangi etnonimlarning paydo bo‘lishi kuzatilgan.

Masalan, xitoy manbalarining guvohligiga ko‘ra, qadim zamonda mavjud bo‘lgan sir va tordush (se va yanto) qabilalari birlashib ketishi asosida sirtordush deb nomlangan qabilalar ittifoki yuzaga kelgan. Turk xoqonligi parchalanganda ushbu ittifoq uyg‘ur deb nomlangan katta nufuzli qabilalar ittifoqi tarkibiga kirib ketgan. VIII-IX asrlarda mazkur uyg‘ur deb nomlangan ittifoq tarkibida 22 qabila mavjud bo‘lganligi kuzatilgan. Bular uyg‘ur, buku, xun, bayirg‘u, tungro, tilong‘ut, izgil, chigil, chibni, basmil, qarluq, adiz, sirtordush, baysar, yog‘liqor, qutrig‘ur, buqosqir, ovchag‘, hozar — qasar, xo‘g‘ursu, yog‘ma, oyavir kabilardan iborat bo‘lgan[2]. Qorluqlar mo‘lo‘, toshli, chiz (chisi) kabi 3 qabiladan tashkil topganligini inobatga olganimizda uyg‘ur deb nomlangan qabilalar soni 24 tadan iborat bo‘ladi. Ayni zamonda xitoy manbalarida tilga olinadigan turkiy qabilalarning umumiy soni 58 dan iborat bo‘lgan[3]. IX asrning o‘rtalarida Uyg‘ur xoqonligining yemirilishi natijasida uyg‘ur deb nomlangan qabilalarning katta bir kismi Turkistonda tarqalgan. Bularning ko‘pchiligi o‘zbeklar tarkibida mavjuddir.

Keltirilgan 22 qabila ichidagi odiz qabilasi aslida Sirdaryoning Yassi deb nomlangan bir irmog‘i bo‘yida yashagan bo‘lib, keyin shimolga ko‘chib borgan.

Dunyo adabiyotida xunlar kimlar, ular turklar tarkibidagi bir qabilami yoki turklar xunlar tarkibida bo‘lganmi degan masala munazarali bo‘lib kelmoqda. Xitoy manbalari asosida olib borgan tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatadiki, bundan 3 ming yil muqaddam mavjud bo‘lgan qadimiy turklar tarkibida xun deb nomlangan qabila ham bo‘lgan. Ushbu qabilaning nomini xitoylar yun, shyun, shyunyun, xun deb transkripsiya qilishgan. Miloddan avvalgi III asrda xun qabilasi kuchayib barcha turkiy qabilalarni birlashtirgandan so‘ng ushbu atama ularning umumiy nomiga aylangan. Bu hol milodiy II asrgacha davom qilgan. Xitoylar yuzaga kelgan keng ma’nodagi xun so‘zini shyunnu deb transkripsiyalashtirishgan va shuning bilan xun deb atalgan bir qabila nomi bilan qabilalar ittifoqi nomini bir-biridan ajratgan. Xun imperiyasi yemirilgandan so‘ng xunlar tarkibidagi qabilalarining aksariyat qismi o‘z nomlarini qo‘llay boshlagan.

Xitoy olimlarining tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha miloddan avvalgi III asrda xunlar hayotida dehqonchilik, xunarmandchilik chorvachilik bilan birga rivojlangan. Ko‘p tarixiy asarlarda xunlar chorvachi xalq bo‘lgan, degan fikr o‘rnashib qolgan.

Xitoy manbalarida Xun imperiyasi yemirilgandan so‘ng mavjud bo‘lgan qabilalar va ularning joylashishi haqida ham ma’lumotlar mavjud. Masalan, Bey shi (Shimoliy sulolalar tarixi), Suy shu (Suy sulolasi tarixi) kabi manbalarda zikr etilishicha, milodiy III-V asrlarda g‘arbda Qora dengiz bo‘ylaridan sharqda Manchjuriyagacha bo‘lgan hududda 44 turkiy qabila yashagan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat bo‘lgan: buku (bug‘u, buqu), tungro, uyg‘ur, (uyxo‘r), boyirg‘u, bo‘rkli, michin, (munchin, mchin), turog‘ur (turoxo‘r), hun, xog‘ursu (xo‘, sir), izgil, chibni (chevik, jabirqo), bo‘rji, oziy, sig‘nok, noq (ba’zilar supu bilan noxeni qo‘shib sig‘yonoq deb ataydilar), o‘g‘uz, qirg‘iz, irtish, unig‘ur (uryangxay), sirtordush, dler (jaruq), zabander (zabinder), turgesh (dachi), odiz, xozor, bulg‘or, pecheneg, (bachaneg), to‘g‘oy (to‘rg‘oy, qo‘g‘oy), qipchoq (bosmil), bo‘rtos, svor (sibir), yemak (yemok), got (goch), sarig‘ur (sarougur), saksin (soksin), mokshos (moksho‘s), cherkes, ongor (ong‘or), qutrig‘ur (qutrigur), olan (olan, oyrun), boshqird, voxun, ovorhun (ovorhun), tuvo (tubo)[4].

Xitoy manbalarida ushbu qabilalarning joylashgan hududlari ham ko‘rsatilgan[5].

«Tang shu» (Tang sulolasi tarixi) ning 144-bobida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 612626 yillarda turklar o‘zining oldingi qudratini yo‘qotib, bir necha guruhlarga bo‘linib ketgan. Bulardan sirtordush (seyan’to), chibni (chibi), uyg‘ur (veyxe), tuva (dubu), quvurqon (guligan), tilang‘ut (dulange), buku (pugu), bayirg‘u (boyegu), tungro (tunglo), hun (hun), izgil (sije), xosheut (xushe), chigil (shije), adiz (ode), bo‘lsar (baysi) kabi qabilalar g‘arbdan Mo‘g‘ilistondagi cho‘lning shimoliga ko‘chib borganligi ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotdan ma’lum bo‘ladiki, VII asrda turk qabilalari hayotida katta ko‘chish va qaytadan guruxlarga ajralish yuz bergan.

O‘zbeklar tarkibida qangli (kangli) deb nomlangan avlod borligini 92 o‘zbek urug‘lari qatoridan topishimiz mumkin. Xitoy manbalari ushbu avlodning tarixiga, ayniqsa uning kelib chiqishiga oid qiziqarli ma’lumotlar keltiradi. Binobarin, qang‘li (aravaliklar) xitoy manbalarida gaoche (baland aravalilar ma’nosini anglatadi) deb nomlanadi.

Xitoy manbalarida ko‘rsatilishicha, gaoche 18 qabiladan iborat bo‘lgan. Bularning bir qismi chifuli (chipuli), tulu (tur), ijan (iljon, ilxon), dalyan (tarlan), kuxe (qug‘a), dobugan (tarboqon, davgon), olun (oyrun), moyun (muyen, bayen), sifen (irkin), fufulo (bo‘rklik), chiyun (qiyun, kiyen, kiyu) va yushupi (yusib, yushib) kabi 12 qabiladan tashkil topgan[6]. Gaochelarning ikkinchi bir qismi turk (tiuk, di), uyg‘ur, xo‘g‘ursu, chibni, qirg‘iz va iltekin (ichijin) kabi 6 qabiladan iborat bo‘lgan[7]. Shundan ma’lumki, qang‘li atamasi katta bir gurux qabilalarning umumiy nomi. Uni bir urug‘ yoki qabila deb bo‘lmaydi.

O‘zbeklar tarkibidagi bir qator avlodlarni XIII asrlardagi mo‘g‘ullar (rus adabiyotida mongol, xitoy manbalarida mengu) tarkibida uchratamiz. 92 o‘zbek urug‘lari orasida jaloir, nayman, kirait, totor va boshqalar kabi avlodlar ana shular jumlasidandir. Sababki, Mongol (Mo‘g‘ul) deb nomlangan etnos ko‘p kompanentli bo‘lib, uning aksariyat kismi Oltoy, hozirgi Mongoliya va ichki Mongoliya hududlarida qadimdan yashab kelgan turkiy qabilalar va qabilalar ittifoqlaridan tashkil topgan. Aynan shunday ma’lumot buyuk tarixchi Rashid ad – Dinning «Jomiy at-tavarix» nomli asarida ham uchraydi[8]. Binobarin, olim asarining ikkinchi bobi «Ayni zamonda mo‘g‘ul deb ataladigan turk qabilalari haqida» deb nomlangan[9]. Bundan tashqari Mongol imperiyasi davrida va ushbu imperiya yemirilgandan so‘ng Markaziy Osiyoda katta migratsion jarayon yuz bergan. Shunda ayrim avlodlar Mongoliya hududini tark etib Turkistonga ko‘chib kelgan. Keyinchalik ular ushbu mintaqadagi xalqlar, jumladan o‘zbek xalqi tarkibiga kirib ketgan.

YUqorida tilga olingan xabarlar xitoy manbalarida keltiriladigan ma’lumotlarning ayrim bir qismidir. Shunday bo‘lsa ham ular o‘zbek etnosining shakllanishini o‘rganishda xitoy manbalarining ahamiyati naqadar muhim ekanligini anglatadi. Ushbu manbalardagi ma’lumotlar chuqur va atrofli o‘rganilsa xalqimizning kelib chiqishi tarixiga oid ko‘p noma’lum va kam ma’lum bo‘lgan masalalarga aniqlik kiritish mumkin bo‘ladi.

T.f.d. A. Xo‘jayev (O‘zFA Sharqshunoslik instituti)

«O‘ZBEK XALQINING KELIB CHIQISHI: ILMIY-METODOLOGIK YONDASHUVLAR, ETNOGENETIK VA ETNIK TARIX» MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-NAZARIY SEMINAR MATERIALLARI

Toshkent shahri 2004 yil 19-20 noyabr

[1] Qadimiy xitoy manbalaridagi turkiy xalklarga oid ayrim etnonimlar // «O‘zbekiston tarixi» № 1, 2003. 3 – 1 1 bet va «O‘zbekiston o‘rta asrlarda: tarix va madaniyat. Toshkent, 2003. 176- 184 bet

[2] Sin Tan shu (Tang sulolasining yangi tarixi) // Ershisi shi (24 tarix). 13-kitob. 16941-16944 bet

[3] Abdulahad Xo‘jayev, Komiljon Xujayev. Qadimgi manbalarda xalqimiz o‘tishi. Toshkent. 2001. 22-bet

[4] Abdulahad Xo‘jayev, Komiljon Xo‘jayev. Qadimgi manbalarda xalqimiz o‘tishi. 15-bet

[5] O‘sha joyda. 15-16 bet

[6] Vey shu // Ershisi shi (24 tarix). 11-kitob 9723-bet

[7] O‘sha joyda. 9721-bet

[8] Rashid ad-Dinn. Sbornik letopisey. 3 jiltli, 4 kitab. 1-jild. M.-L., 1952. 53-bet. O.Buriyev. Amir Temur ajdotlari. Tashkent, 1992

[9] Рашид ад-Дии асарининг кўрсатилган русча таржимасида «Глава вторая – о тюркских племенах, которых в данное время называют монголами [мугул], но в древности у каждого [из них] было особое имя и прозвания» деб ёзилган (Рашид ад-Динн. Сборник летописей. 53 бет)

-Mavzu: Koreya va Xitoyda ta’lim-tarbiya jarayonlari

an’anaviy qadriyatlari va orientirlari bilan bog‘lashga intilish deb hisoblaydilar.

Bu davlatning ta’lim tizimi YUNISEF ekspertlari xulosasiga ko‘ra sanoati

rivojlangan davlatlar ichida ―eng samaralisi

‖deb tan olingan.

Ko‘pchilikning yagona fikricha, Janubiy Koreyaning iqtisodi

ѐti va texnikadagi

yutuqlari ―inson resursiga investitsiyani to‘g‘ri tikkanligida

Konfutsiy davridan saqlanib qolgan zi

ѐli odamga jamoat xizmati xozirgi

kungacha bor. Janubiy Koreyada 1980 yillardan beri ilmiy kasblar eng nufuzli

Janubiy Koreya ta’lim tizimi yana bitta butunjahon tamoyilini amalga

oshiradi: bu ta’lim va fan integratsiyasidir. Dun

ѐ amaliѐtida o‘quv muassasalari

va ilmiy-tadqiqot institutlarini o‘z ichiga oluvchi akademik konglomeratlar

samarali faoliyat olib borishmoqda. Bunday birlashuv ilm va ta’lim

integratsiyasining aniq asosi bo‘lib xizmat qiladi va mamlakatda yagona ilmiy-

texnik va ta’lim si

ѐsatini olib borish imkoniyatini beradi. Oliy o‘quv yurtlari va

ilmiy tadqiqot institutlarining qo‘shilishi bugungi kunda integratsiyaning eng

samarali shakli hisoblanadi.

ѐtgan davlatlarda ta’lim bugungi kunda jamiyatning faqat

sarf-harajatlar sohasi emas, balki asosiy ishlab chiqaruvchi kuchiga aylandi.

YA’ni, ta’lim raqobatbardosh, jiddiy moliyaviy mablag‘larni olib keluvchi soha

bo‘lishi kerakligi isbotlandi. Ta’limning deyarli 1-bosqichida

ѐtning rivojlanishiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Faqat bilim olish

uchungina emas, balki olingan bilimlarni amali

ѐtda samarali qo‘llash uchun

Lekin shuni hisobga olish joizki, ta’limni tizimli modernizatsiya qilish

ѐni o‘z-o‘zidan eski tartib elementlarni engib o‘tish, yangi g‘oyalarni ishlab

chiqish va tabiiy boshqaruvning boshqa metod va mexanizmlarini

shakllantirishni nazarda tutadi. Lekin bu shundoqligicha nusxa olish shaklida

emas, balki yangiliklarni qabul qilish bilan birga ta’lim rivojlanish bosqichidagi

eng yaxshi an’analar va qo‘lga kiritilgan yutuqlarni saqlab qolishni taqozo etadi.

Maktabgacha ta’lim.

Janubiy Koreyada bolalar bog‘chasi umumta’lim turiga kirmaydi. Ota-onalar

farzandlarini xususiy maktabgacha muassasalarga beradilar. Bu muassasalarda

mashg‘ulotlar koreys tilida, ingliz tilida, ba’zilarida faqat ingliz tilida olib

boriladi. Bolalar bog‘chasiga 3

ѐshdan 5 ѐshgacha qabul qilinadi. Bolalar

bog‘chasining asosiy vazifasi oilalarni har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit

yaratishdan iborat. Bog‘chalarda asosan musiqa, rasm, hisoblash darslari

o‘tiladi. Koreys bog‘chalarida bolalarda mustaqillikni shakllantirishga katta

e’tibor beriladi. Bolalar

ѐshi orasidagi farq 3 yilgacha bo‘lishi mumkin.

Boshlang‘ich ta’lim.

Janubiy Koreyada bolalar (6

ѐshdan oshgan) 7 ѐshdan 13 ѐshgacha

boshlang‘ich maktabga boradilar. O‘qish muddati 6 yil, majburiy va bepul.

Boshlang‘ich maktabda quyidagi 9 ta fanlar o‘qitiladi:

Koreys tili, matematika, aniq fanlar, jamiyat haqidagi fanlar, chet tili,

tasviriy san’at, musiqa. Odatda bu fanlar sinf rahbari tomonidan o‘qitiladi,

faqatgina ba’zi fanlar uchun maxsus o‘qituvchilar tayinlanadi. Boshlang‘ich

ta’limdan o‘rta ta’limga, undan yuqori ta’limga imtihonlar topshirish orqali

emas, balki faqatgina

ѐshiga qarab o‘tiladi. XX asrning 80 yillariga qadar ingliz

tili o‘rta maktablarda o‘qitilgan, hozirda esa boshlang‘ich maktabning 3-sinfidan

o‘qitilyapti. Koreys va ingliz tili grammatikasi juda juda katta farqli bo‘lganligi

uchun ingliz tilini o‘rganish juda qiyin. SHu bois ota-onalar o‘z farzandlarini

xususiy o‘quv muassasalariga qo‘shimcha o‘qishga jo‘natadilar. Xususiy o‘quv

muassasalari, ya’ni ―xagvonlar

‖ bolalarga til o‘rganishda individual

ѐndashadilar. SHu maqsadda ingliz tilida gaplashuvchi chet elliklarni

boshlang‘ich maktabga jalb qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Boshlang‘ich maktab koreyschasiga ―chxodыn xakk

ѐ‖ deb nomlanar va

boshlang‘ich ta’lim ma’nosini anglatar edi. 1996 yil Janubiy Koreya xukumati

bu nomni o‘zgartirdi va ―gukmin xakk

ѐ‖ deb nomladi. Bu atama ―fuqarolik

‖ degan ma’noni anglatadi.

Koreyada davlat tasarrufidagi boshlang‘ich maktablardan tashqari qator xususiy

maktablar ham mavjud. Bu maktablarning o‘quv dasturlari davlat maktablari

o‘quv dasturlariga birmuncha mos keladi, lekin o‘qitish yuqori darajada amalga

oshiriladi. Masalan, kam sonli o‘quvchilarga ko‘p o‘qituvchilarning jalb etilishi,

qo‘shimcha fanlarning kiritilishi, umuman ta’limning yuqori standartlarga

egaligi va h.k. SHu bois ko‘pchilik ota-onalar o‘z farzandlarini xususiy

maktabga berishga intiladilar. Lekin bunday maktablarda o‘qish narxining

balandligi ota-onalarni o‘ylantirib qo‘yadi. Boshlang‘ich maktabni bitirgan

o‘quvchilar keyingi bosqichlarga imtixonsiz o‘tadilar. Janubiy Koreyada

sinflarni raqamlash odatdagiday pastdan yuqoriga emas, balki har bir ta’lim

bosqichida 1 dan boshlanadi. Masalan, boshlang‘ich maktab 1 dan 6 gacha, o‘rta

maktab (3 yil) 1 dan 3 gacha, sanaladi: boshlang‘ich maktabning 1-sinfi

(2,3,4,5,6-sinfi), o‘rta maktabning 1-sinfi (ya’ni, o‘zbek maktablaridagi 7-sinf),

oliy maktabning 2-sinfi (ya’ni o‘zbek akademik litsey va kasb-hunar kollejining

2-kurs talabasi) kabi.

Janubiy Koreyada maktab tizimi: o‘rta va yuqori maktablar.

Koreys tilida o‘rta maktab ―chunxak

ѐ‖ deb nomlanadi va ―o‘rta

‖ ma’nosini beradi. O‘rta maktabda ta’lim majburiy, bepul va 3 yil

o‘qitiladi. O‘rta maktabga 11

ѐshdan oshgan, 12 ѐshdagilar qabul qilinadi.

Boshlang‘ich maktabga nisbatan o‘rta maktabda o‘quvchilarga ancha

yuqori talablar qo‘yiladi. Sinf rahbarlari-xangыllar o‘quvchilar ha

o‘ringa ega, o‘quvchilar ularni qattiq xurmat qilishadi. O‘rta maktabda bir kunda

6 ta fan o‘qitiladi, shuningdek, alohida maxsus 7-dars ham bor. O‘quv

dasturining negizini quyidagi fanlar tashkil etadi: matematika, koreys va ingliz

tili, qator aniq fanlar, “qo‘shimcha” fanlar: san’at sohalari bo‘yicha, jismoniy

tarbiya, tarix, xancha (xitoy peroglifi), etika, uy iqtisodini yuritish, kompyuter

Mashg‘ulotlar 45 daqiqa davom etadi. Boshlang‘ich sinfdagi 9 ta fanga,

o‘rta maktabda yana 4 ta fan qo‘shilib, jami 13 ta fan o‘qitiladi. Maktabda chet

tillariga e’tibor kuchli. Ko‘pchilik ingliz tilida bemalol gaplasha oladi.

Koreyalik o‘quvchilar ingliz tilidan tashqari klassik xitoy tilini majburiy

ravishda o‘rganadilar. 5-sinfdan boshlab, Xitoy tarixi o‘rgatiladi. Boshlang‘ich

maktabdagi kabi o‘rta maktabda ham o‘quvchi sinfdan-sinfga imtihonsiz o‘tadi.

Ma’lum fanlar uchun imtihonlarning standart shakllari mavjud, fan o‘qituvchilar

tavsiya qilingan o‘quv qo‘llanma va darsliklardan foydalanadilar. O‘rta

o‘quvchilari darsdan keyin qo‘shimcha kurslar

‖ga boradilar, ѐki xususiy repetitorlarga qatnaydilar. Alohida

e’tibor ingliz tili va matematikaga qaratilgan. Ba’zi xavgonlar bitta fanga

asoslanadi, ba’zilari barcha asosiy fanlarni qamrab oladi. Bu o‘z navbatida

maktab mashg‘ulotlarining yanada qiyin bo‘lgan ikkinchi qismiga aylanadi.

Undan tashqari juda irodali o‘quvchilar kurash turlari va musiqa maktablariga

qatnashadilar. O‘quvchilar shu tariqa darsdan keyin uylariga juda kech

YUqori maktab koreyschasiga ―kodыnxakk

ѐ‖ deb nomlanadi.

Koreyalik bolalar yuqori maktabga o‘rta maktabdan keyin 17

qabul qilinadi va 19

ѐshgacha tahsil oladi. YUqori maktablar bir necha turlarga

Davlat yuqori maktablari: Koreya Ta’lim va texnika fanlari vazirligi,

Madaniyat, Jismoniy tarbiya va say

ѐhlik vazirligi boshqaradi;

– Umumiy yuqori maktablar: har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan

– Xususiy yuqori maktablar.

SHuningdek, yuqori maktablar o‘qitish fanlariga ko‘ra ham bir qancha

– Ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xo‘jaligi, sanoat, dengiz xo‘jaligi,

– Maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab);

– CHet tili maktablari;

– Jismoniy tarbiya maktablari;

– San’at maktablari va h.

Janubiy Koreya Respublikasida ta’lim vazirligi maxsus tashkil etgan

yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, sanoat,

xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo‘ladi.

YUqori maktab o‘rta maktab kabi majburiy emas. Biroq keyingi

yillarning barchasida statistik ma’lumotlarga qaraganda 97-98 % koreys

ѐshlari yuqori maktabni tamomlaganlar. ―Ilmiy‖ yuqori maktablar, chet tillar

va san’atshunoslik maktablariga kirish ancha murakkab imtihonlarni

topshirishni talab etadi. YUqori maktablar xususiy va davlat tasarrufida bo‘lishi

mumkin, bu maktablarda mutaxassislik berilmaydi, balki ularni keyingi ta’lim

Kollejda tahsil olishni istamagan o‘quvchilar kasbiy bilim yurtlariga kirib

o‘qishlari mumkin. Bu bilim yurtlari texnologiya, agrokultura

yo‘nalishlariga ixtisoslashgan. YUqori maktablarning jadvali haqida

gapiriladigan bo‘lsa, har bir o‘quvchi uchun kun yarmida qaytib kelish odatdagi

Janubiy Koreyada hunar maktablari 600 tani tashkil etadi. Bu

maktablarning 45% bo‘lajak mulkdorlarni tay

ѐrlaydi, 23% da texnik kasb

egalari etishib chiqadi. Qolgan maktablarda dengizchilik, qishloq xo‘jalik

ixtisosliklari o‘zlashtiriladi. SHunisi diqqatga sazovorki, bu maktablarga

korxonalar otaliq qiladilar. Janubiy Koreya ―Ta’lim haqidagi qonun

talablaridan biri ham shudir. Bizning Respublikamizdagi kabi Janubiy Koreyada

ham alohida iqtidorli bolalarga e’tibor juda kuchli. Jismoniy tarbiyaning

rivojlanishiga Seul olimpiadasi katta ta’sir ko‘rsatgan. Rivojlanishdan orqada

qolgan bolalar uchun maxsus maktablar mavjud. Bu maktablarning aksariyati

ѐki diniy tashkilotlarning xayriya mablag‘lari hisobiga qurilgan.

Davlat maktablarida din fan sifatida o‘qitilmaydi. Lekin 3-sinfdan boshlab

‖ kabi kabi maxsus fan joriy etiladi. Bu fan 12-sinfgacha o‘qitilib,

haftasiga 2 soat ajratilgan. Bu fan o‘z ichiga dinni ham qamrab oladi. Din qotib

qolgan bir aqida sifatida emas, qadriyat sifatida o‘qitiladi. Bu butun bir tarbiya

tizimi natijasidir. Ehromlarga borish, tarixiy

ѐdgorliklar bilan tanishish,

ma’naviy tarixni o‘rganish maktab fanlarining majburiy davomi hisoblanadi.

Maktablar uchun o‘qituvchi kadrlar tay

ѐrlash masalasiga ham katta

e’tibor beriladi. Koreyadagi barcha talabalarning 6.5% bo‘lajak pedagoglardir.

Mamlakatda 11 ta o‘qituvchilar tay

ѐrlaydigan kollejlar mavjud har bir

provinsiya (viloyat) o‘z kollejiga ega. YUqori maktab bitiruvchilari ―susen

deb nomlanuvchi standart test topshiradilar. Maktab o‘quv dasturlari kirish

testlari-imtihonlari mazmunini qamrab olgan. Susen 3 ta asosiy seksiya

fanlardan iborat: koreys tili, matematika va ingliz tili. Undan tashqari tabiiy va

ijtimoiy fanlardan tanlov asosida qator fanlar kiritiladi. Bunday test 1 yilda 1

marta topshiriladi, u intensiv tay

ѐrgarlikni talab etadi. Bu testga bo‘lajak

OO‘YU talabalari bog‘cha

ѐshidan tayѐrlanishni boshlashadi.

Testni topshirolmagan va kollejga kirish 1 yilga surilgan o‘quvchilarni

Janubiy Koreyada kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim tizimi.

Janubiy Koreyada oliy ma’lumotga ega bo‘lish har bir koreys fuqarosining

keyingi mavqei muvaffaqiyati uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. SHuning

uchun ham bu martabali ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga bo‘lgan ehti

ham katta. Janubiy Koreyada e’tibor ko‘proq matematika, koreys tili va ingliz

tillariga, aniq fanlarga va jamiyat bilan bog‘liq fanlarga qaratiladi.

Janubiy Koreyada quyidagi ta’lim muassasalari turlari mavjud:

– Kollej va universitetlar (xususiy va milliy, davlat tasarrufida);

Janubiy Koreya ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida bo‘lganidek, oliy

ta’lim sohasida ham chuqur islohotlar olib borilgan. Mamlakatda ta’limni isloh

qilish va rivojlantirishga oid qabul qilingan qonunlar va me’

ѐriy hujjatlarni oliy

ta’limni raqobatga tay

ѐrlash, universitet ta’limini rivojlantirishda tadqiqotlar

ko‘lamini kengaytirish, bitiruv maktab ta’limi va amaliy mutaxassisliklarni

kuchaytirish, universitetlarning mahalliy sanoat bilan aloqadorligini yaxshilash,

sanoat talablariga javob beradigan kasbiy ta’limni rivojlantirish, maktab bilan

ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ijtimoiy kam

ta’minlangan oilalar va ishchilar uchun kasbiy ta’limni kuchaytirish, oliy ta’lim

uchun o‘smirlar imkoniyatlarini yaxshilash, axborot asrida ta’lim boshqaruvi va

uni moliyalashtirish xalqaro ta’lim almashinuvini mustahkamlash kabi dolzarb

masalalarga katta e’tibor qaratildi.

Koreyada oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish qattiq nazorat ostida

bo‘lib, har bir da’vogarning ma’lum bir kollej

ѐki universitetga muvofiqligi

talabaning ta’limni o‘zlashtirish qaydlari va standartlashtirilgan milliy test

natijalari orqali belgilanidi.

Mamlakatda yagona sirtqi oliy o‘quv yurti – Seuldagi sirtqi universitet o‘ziga

hos ahamiyatga ega. ―Ochiq universitetlar

‖ ning vazifasi ham shunga o‘xshash

bo‘lib, ularga ishlab chiqarishda ishla

ѐtganlargina kirishi mumkin, ularda kirish

imtihonlari yo‘q. Janubiy Koreyada kollejlarning asosiy vazifasi malakali

ѐki bo‘g‘in idora xizmatchilarini tayѐrlashdir. Talaba kollejni

tugatgach, nazariy jihatdan birdaniga universitetning ikkinchi

kursiga kirish uchun xarakat qilishi mumkin. SHu bilan birga maxsus o‘tish

imtihonini topshirib, boshqa mutaxassislik bo‘yicha ham kirishi mumkin.

Bakalavriat. O‘qish muddati 4 yil. Talabalar 140-150 kredit soat atrofida

tahsil oladilar. Tibbi

ѐt sohasida o‘qish 6 yil davom etadi va 180 kredit soat

o‘qishadi. O‘qish tugagach, bakalavr darajasini olganligi haqidagi diplom

beriladi. Tipik yirik koreys universitetlari tarkibida 10 tadan 20 tagacha

fakultetlar bor. Fakultetlar amerikacha termin bilan ―kollixlar

‖ deb ataladi. Koreyada o‘quv jaraѐniga axborot

texnologiyalarini joriy qilishga alohida e’tibor beriladi. Natijada Janubiy Koreya

ѐda o‘z maktab va ta’lim muassasalarini kompyuter va internet bilan to‘liq

ta’minlagan ikkinchi davlatga aylandi.

Magistratura. O‘qish muddati 2-3 yil. O‘qish yakunida talabalar

ѐqlaydilar. Tibbiѐt sohasidagi talabalar Tibbiѐt maktabining barcha

talablarini bajarib, milliy imtihon topshiradilar. O‘qish yakunida magistrlik

Doktorantura. O‘qish muddati 3-4 yil. O‘qish yakunida doktorlik

dissertatsiyasi himoya qilinadi, og‘zaki

ѐki sohaga mos imtihon topshiriladi.

Xitoyda maktabgacha va boshlang’ich ta’lim.

Xitoyda maktabgacha ta’lim bolalar bog’chalari va maktabacha ta’lim

muassasalari hisoblanadi va 3-6 yoshli bolalar qabul qilinadi. Maktabgacha

ta’limining maqsadi bolani maktabga o’qishiga tayyorlashdan iborat bog’chasi

mavjud bo’lib, ular davlat va xususiy muassasalarga bo’lingan.Hozirgi kunda

hususiy bog’chalar soni jami bolalar bog’chalarining 30 %ini tashkil etadi.

Maktabgacha ta’lim Xitoyda jamiyatning birgalikdagi say-harakatlari

natijasida amalga oshiriladi. Davlat mavjud qonunlar asosida bolalar

bog’chalarini ochishga xohishi bo’lgan tashkilotlar, nodavlat-notijorat

muassasalar, hamda alohida shaxslarni qo’llab-quvvatlaydi.

Xitoy maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanish bosqichlariga nazar

tashlaydigan bo’lsak, ikkinchi jahon urushuga qadar Xitoyda bolalar bog’chasi

juda kam edi. Bori ham hususiy muassasalar bo’lib, unga boy oilalarning

bolalari enagalari bilan kelishardi. Urushdan keyingi yillarda XXRning

maktabgacha ta’lim tarixi davlatlarining asosiy rivojlanishiga mos holda 4

bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchisi: 1949 – 1957 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davlat tizimining

sobiq Ittifoq tizimiga orientatsiyalangan davri edi. Bu davrda sobiq Ittifoq

mutaxassislari Xitoy mamlakatida bir necha tajriba bolalar bog’chalarini tashkil

qildilar. Shundan keyin bolalar bog’chalari soni keskin ortdi. Bu bog’chalarning

asosiy tamoyili “Pavlov yondashuvi” deb nomlanib, refleksiologiya asoslarini

ishlab chiqqan rus olimi I.P.Pavlov nomiga qo’yilgan edi. Pedagogikada

“Pavlov yondashuvi” quyidagicha talqin qilinardi: “Bolani rag’batlantirib,

tergab to’g’ri tarbiyalasa, unda barcha yaxshi xislatlar va qobiliyatlarini

Ikkinchisi: 1958-1965 yillarni o’z ichiga oladi. Bu yillarda bolalar

bog’chalari soni keskin ortdi, lekin ular uchun joy, moddiy ta’minot va

mutaxassislar yetishmas edi. Natijada maktabgacha ta’lim sifati nisbatan pasayib

Uchinchisi: 1966-1976 yillarni o’z ichiga oladi. Bu yillar “Xitoy”

madaniy revolyutsiyasi yillari deb ataldi, ziyolilar, beklarni ommaviy qatag’on

qilinishi ham shu yillarga to’g’ri keladi. Xitoy ta’lim tizimida ilmsiz, kasbiy

noloyiq kimsalar ko’paydi, natijada maktabgacha ta’lim tizimi juda nochor

holga kelib qoldi. Bolalar bog’chasida hayot qattiq g’oyaviy ko’rsatmalar

asosida tashkil qilinardi: bolalarga revolyutsion va militaristik g’oyalar

singdirilardi, Maoning asarlari va she’rlaridan parchalar yodlatishardi.

To’rtinchisi: 1980-yillardan boshlab, Xitoy iqtisodiyotining o’zgarishiga

ko’ra bolalar bog’chalarida ham ma’lum o’zgarishlar yuz berdi. Xitoy

pedagoglari Amerika va Yapon maktabgacha ta’lim tarbiyasi bilan qiziqa

boshladilar. Lekin bog’chalarda hanuzgacha tarbiyaga avvalgiday yondashuv

Xitoyda bolalar bog’chasi katta bo’lib, o’rtacha 270 bola va 60 ta

tarbiyachilar jamoasidan iborat. Guruhda 26 ta bola bo’lib, ularning bir qismi

bog’chada kunduzgi soat 8:00 dan 18:00 gacha bo’ladilar va kechqurun uyga

ketadilar. Bir qismi (5%) kechasi ham qoladilar. Chorshanba va shanba kunlari

uyga ketadilar. Bog’chaga qabul soat 7:45 da boshlanadi.

Ma’lumki, Xitoy aholisi juda ko’p davlat. Shu bois ham Xitoy davlati

tug’ulishni rejalashtirish sohasida qat’iy siyosat olib boradi. Har bir oila bittadan

ortiq bola ko’rmasligi kerak. Oilada bola sonining chegaralanganligi ota-

onaning bolaga munosabatida o’z ifodasini topadi. Xitoy oilasida bittayu-bitta

bolasini erkalatadi, yaxshi ta’lim berishga harakat qiladi. Bolalar bog’chasida

qat’iy tartib va intizom o’rnatiladi, bolalar erkaliklari ta’qiqlanadi. Tarbiyachilar

bolalarning shaxsiy hususiyatini yaxshi biladilar, lekin bu hususiyatlari tug’ma

deb hisoblamaydilar. Yomon intizom ilk ko’rinishidayoq bartaraf etiladi, agar

bola o’zini yomon tutsa, tarbiyachi uning yoniga kelib, bu holatini sezganini

bildiradi, lekin gapirmaydi.

Bola o’z aybini tushungachgina tarbiyachi uning nomini aytib chaqiradi.

Urish, xonadan haydab chiqarish, umuman jazolash man etiladi. Intizomni

yaxshi ushlab turishning samarali yo’li bu – taqqoslash va rag’batdir.

Tarbiyachilar bolalarga quyidagi savollarni beradilar:

Shunday qilsa to’g’ri bo’ladimi?

Nega noto’g’ri deb hisoblaysiz?

To’g’ri bo’lishi uchun nima qilish kerak?

Kim to’g’ri qildi?

Bolalar diqqat bilan eshitadilar va to’g’ri hayotiy misollarni eslab

qoladilar. Har bir tartibsizlikka tanbeh beriladi, aks holda bola bu tarbiyasizlikni

to’g’ri hisoblab, o’ziga singdirib olishi mumkin deb hisoblanadi.

Buyuk Xitoy filosofi Konfutsiy “Bolalar to’g’ri intizomli bo’lib

tug’ilmaydilar: ularning harakterlari tajribada shakllanadi, ustoz esa to’g’ri

tarbiyaga mas’uldir. Tarbiyachilar o’ta bosiq, qat’iyatli bo’lishlari lozim”,- deb

Xitoy maktabgacha ta’lim tizimini qattiqqo’lligi uchun tanqid qilishadi.

Tarbiyachilar bolalarning tartibini nazorat qiladi va chegaralaydi. Bolalar

mashg’ulotlarda nofaol, kattalar fikriga mutlaq qo’shiladilar. Lekin ota-onalar

tarbiyachilarni o’z kasbining ustalari deb bilishadi, farzandlarini tarbiyachisiga

Xitoy bolalaridagi qat’iylik va mehnatsevarlik an’anaviy fazilatlarga aylangan

1.Janubiy Koreyada maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta va yuqori ta’lim haqidagi

bilimlarinigizni gapirib bering.

2. Janubiy Koreyada kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim haqida gapiring.

3. Kanada davlati ta’lim tizimining o‘ziga xosliklari haqida ma’lumot bering.

4. Belgiya ta’lim tizimida 4 tipdagi o‘rta maktablarning farqini ayting.

5. Xitoy maktabgacha ta’lim tizimini.

6. Xitoyda maktabgacha va boshlang’ich ta’lim.

7. Janubiy Koreyada kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim tizimi.

8. Janubiy Koreyada maktab tizimi: o‘rta va yuqori maktablar.

Xitoy tili haqida ma’lumot

Bugungi sanada: 3 ta

Bugungi sanada: 2 ta

Bugungi sanada: 4 ta

BUGUN: 03-Fevral, 2023-yil. Juma
Xitoyda mustaqillik kuni

Rasmiy nomi – Xitoy Xalq Respublikasi. Poytaxti – Pekin . Hududi – 9597000 km 2 . Aholisi – 1358678000 kishi (2013). Davlat tili – xitoy tilining mandarin dialekti. Aholining asosiy qismi konfutsiylik, daosiylik, buddaviylik, xristian va islom dinlariga e’tiqod qiladi. Pul birligi – yuan’. Geografik joylashuvi va tabiati. Osiyoning markazi va sharqidagi davlat. Shimoli-sharq va shimoli-g’arbda – Rossiya ( 3645 km ), shimolda – Mongoliya ( 4677 km ), shimoli-sharqda – Shimoliy Koreya ( 1416 km ), shimoli-g’arbda – Qozog’iston ( 1533 km ) va Qirg’iziston ( 858 km ), g’arbda – Pokiston ( 523 km ), Tojikiston ( 414 km ), Afg’oniston ( 76 km ), janibi-g’arb va janubda – Hindiston ( 3380 km ), janubda – M’yanma ( 2185 km ), V’yetnam ( 1281 km ), Nepal ( 1236 km ), Butan ( 470 km ), Laos ( 423 km ), janubi-sharqida – Makao ( 0,34 km ), Gonkong ( 30 km ) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi – 22117 km . Janubda Janubiy Xitoy dengizi, sharqda Sariq va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan tutash. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 14500 km . Xitoy hududining kattaligi jihatidan dunyoda uchinchi o’rinda turadi. Xitoyning janubida Nan’lin va Yun’nan’ – Guychjou tog’lari qad ko’targan. Janubi-g’arbda Himolay-Qoraqurum, Nan’shan’, Kun’lun’ tog’lari bilan o’ralgan. Janubi-g’arbida o’rtacha balandligi taxminan 4500 metr bo’lgan Tibet tog’lari joylashgan. Nepal baland chegarada dunyodagi eng baland cho’qqi Jomolungma (Everest – 8848 m ) joylashgan. G’arb va shimoli-g’arbda Takla-Makon cho’li yotadi. Xitoyning shimolida Gobi cho’li yoyilgan. Shimoli-sharqida Katta Xingan, Kichik Xingan tog’lari joylashgan. Asosiy daryolari – Yantszi, Xuanxe, Sungari , Sitszyan. Yer osti boyliklari: temir rudasi, ko’mir neft, simob, vol’fram, qalayi, surma, marganets, molibden, rux, qo’rg’oshin, alyuminiy, uran. Haydaladigan yerlar umumiy maydonning – 10%, o’tloq va maysazorlar – 31% ini egallaydi. Iqlimi hududining kattaligi tufayli iqlim turlicha: mo’tadil, subtropik va tropik. Xitoyning o’simlik dunyosi xarakter jihatidan ikki zonaga: sharqiy va g’arbiy qismlarga bo’linadi. Braxmaputra vodiysida ignabargli o’rmonlar: qarag’ay va kedrning har xil turlari o’sadi. Bo’ri, tulki, ayiq, yo’lbars, sobol’, kolonok, oq sichqon, olmaxonlar va boshqalar yashaydi. Xitoy Xalq Respublikasi 1949 yilning 1 oktyabrida tashkil topgan. 1-oktyabr Milliy bayram – Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilingan kun.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.

Qiziqarli malumotlar
O‘zbek xalqi etnik tarixini o‘rganishda xitoy manbalarining ahamiyati