8 sinf ingliz tili darslik javoblari 2023
3. Test topshirig`iga 5 tanga
8 sinf ingliz tili darslik javoblari 2023
Трудовые отношения Поиск работы, оформление документов, пособие по безработице, повышение квалификации, трудовая книжка
Регистрация и расторжение брака Регистрация и расторжение брака, брака с иностранцем или ЛБГ, брачный договор
Оформление и получение пенсии Оформление пенсии, расчет трудового стажа, смена вида пенсии, калькулятор пенсии, перерасчет
Образование Оформление в детский сад и школу, льготы, президентские школы, поступление в вуз, магистратура
Прописка и учет по месту пребывания Постоянная прописка, выписка и аннулирование постоянной прописки, учет по месту пребывания
Социальная защищенность инвалидов Оформление инвалидности, критерии, пособия, пенсии и льготы
- Министерства
- Государственные комитеты
- Государственные инспекции
- Агентства
- Комитеты
- Центры
- Центральные учреждения
- Органы государственной власти на местах
- Компании
- Фонды
- Другие
- Министерство здравоохранения Республики Узбекистан
- Министерство водного хозяйства Республики Ўзбекистан
- Министерство природных ресурсов Республики Узбекистан
- Министерство занятости и сокращения бедности Республики Узбекистан
- Министерство строительства и жилищно-коммунального хозяйства Республики Узбекистан
- Министерство молодежной политики и спорта Республики Узбекистан
- Министерство цифровых технологий Республики Узбекистан
- Министерство инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан
- Министерство обороны Республики Узбекистан
- Министерство юстиции Республики Узбекистан
- Министерство по чрезвычайным ситуациям Республики Узбекистан
- Министерство высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан
- Министерство экономики и финансов Республики Узбекистан
- Министерство горно-добывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан
- Министерство энергетики Республики Узбекистан
- Министерство дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан
- Министерство иностранных дел Республики Узбекистан
- Министерство культуры и туризма Республики Узбекистан
- Министерство транспорта Республики Узбекистан
- Министерство внутренних дел Республики Узбекистан
- Министерство сельского хозяйства Республики Узбекситан
- Государственный таможенный комитет Республики Узбекистан
- Налоговый комитет Республики Узбекистан
- Государственный комитет ветеринарии и развития животноводства Республики Узбекистан
- Государственный комитет Республики Узбекистан по лесному хозяйству
Geometriya 8-sinf
Zamonlarning zamonida rivojlangan yetilgan, Bobolarning merosidan bizga taqdim etilgan.
Al-Xorazmiy, Beruniy, Ulug`beklar boyitgan
Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan.
-Assalomu alaykum, aziz o`quvchilar.
Darsimiz geometriya. Navbatchi axboroti so`raladi.
-qadrli o`quvchilar, jonajon yurtimizda, jahonda ro`y berayotgan voqealardan kim bizlarni xabardor qiladi?
-Aziz o`quvchilar, bugun darsimizni noan`anaviy usulda o`tkazamiz.
Bizlarga ma`lumki, qadimda yurtimiz hududidan buyuk ipak yo`li o`tgan. Bu ko`chma bozorlarda savdo-sotiqdan tashqari turli xil musobaqalar, bellashuvlar o`tkazilgan. Keling, bizlar ham bugun darsimizda ko`chma bozorni tashkil qilamiz. Lekin biz noyob, antiqa mahsulot, o`zimizning bilimimizni sotamiz. Bozorga kelgan har bir odam o`z mahsuloti- uyga vazifasi, chaqqonligi, bilimi bilan keladi.
Darsimizning shiori: “Yetti o`lchab, bir kes”. Darsning rejasi e`lon qilinadi.
-Aziz bolajonlar, kelinglar ko`chma bozor qonun –qoidalari bilan tanishamiz:
1. Og`zaki savol-javobiga 2 tanga
2. Sinf taxtasiga misol yechimiga 3 tanga
3. Test topshirig`iga 5 tanga
4. Qiziqarli savol-javobga 3 tanga
5. Ijodiy ishlarga 5 tanga
-Qadrli bolajonlar, sinfni ikki guruh Al-Xorazmiy va Beruniy guruhlariga bo`linib, bellashuv o`tkazamiz. Ko`chma bozorni nazorat qilish uchun ekspert guruhini tayinlaymiz.
- Darsda o`ng qo`l qoidalariga rioya qilish.
- O`zgalar fikrini tinglay bilish.
- Guruhlarda ahillik va hamkorlikni tashkil qilish.
- Faollik.
- Vaqtdan unumli foydalana olish.
- Uchburchakning yuzini topish uchun unig asosini balandligi yarmiga ko`paytirish kerak.
- Aylananing markazi nechta? (1 ta)
- Aylana diametri 4 sm, radiusi qanchaga teng? (2 sm)
- Aylana uzunligi 9,42 sm bo`lsa, diametrini toping. (3 sm)
- Aylanaga ikkita diametr o`tkazilsa, u nechaga bo`linadi? (4 ga)
- Aylana radiusi 2,5 sm bo`lsa, diametrini toping. (5 sm)
- Soat va minut mili 180 0 gaochilsa, soat necha bo`ladi? (soat 6 bo`ladi)
- Aylana yoyina teng 4 bo`lakka bo`ling.
- Aylana yoyina teng 8 bo`lakka bo`ling.
- 2007 yil qanday yil? (Ijtimoiy himoya yili)
- O`zbekiston konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? (1992 yil, 8 dekabr)
- To`g`ri to`rtburchakning bir uchi kesib tashlansa, necha burchak hosil bo`ladi? (Beshburchak)
- Navoiy viloyati qachon tashkil topgan? (1992 yil,27 yanvar)
- Maqolni davom ettiring: Sog` tanda,… (sog`lom aql)
- 2009 yil qanday yil edi? (Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili)
- “Ta`lim to`g`risida”gi qonunqachon qabul qilingan? (1997 yil, 29 avgust)
- 6 raqamida nechta burchak bor? (burchak yo`q)
- Navoiylik buyuk zotlarni bilasizmi? (Qosom Shayx, Parda Tursun)
- Maqolni davom ettiring: Ona yurting omon bo`lsa,… (rangu ro`ting somon bo`lmas)
- Aylananing radiusi 1 sm bo`lsa, uning diametrini toping.
-O`quvchilar, o`tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishganmiz?
O`quvchi: O`tgan darsda uchburchak, Pifagor teoremasi, uchburchak yuzini topishga doir nazoray ishi olgan edik. Uyga vazifa shu mavzularni takrorlash.
– O`quvchilar, 2010-2010 yilda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga katta e`tabor berilmoqda. Qani ko`raylikchi, Internet saytimizga xabar keldimi? Ana ko`chma bozorimizning birinchi xaridori Internet tarmog`iga ulanmoqdalar. Ular amerikalik Jon Keyn.
-Salom, mening aziz o`zbekistonlik bilimdonlarim. Sizning mamlakatingiz haqida juda ko`p eshitganmam. Sizlarga quyidagi savollarimni yuboraman:
1. Uchburchak nima, uning qanday turlari bor?
2. Pifagor teoremasini ayting?
O`quvchilar savollarga javob berayotgan vaqtda ko`rgazmalardan foydalanadilar.
– Uchburchak-bir to`g`ri chiziqda yotmaydigan 3 ta nuqta va bu nuqtalarni ikkitalab ketme-ket tutashtiruvchi 3 ta kesmadan iborat figura.
Uchburchakning burchaklariga ko`ra quyidagi turlari bor: o`tmas burchakli, to`g`ri burchakli, o`tkir burchakli; tomonlariga ko`ra esa teng yonli, teng tomonli, turli tomonli turlari bor.
To`g`ri burchakli uchburchakning katetlari kvadratlarining yig`indisi gipoteneza kvadratiga teng.
-O, juda yaxshi, men javobingizdan qoniqdim. Sizlarga omad, o`qishlaringizga zafarlar tilayman. Xayr.
Endigi xaridorimiz germaniyalik talaba Anna Braun.
– Sizning ko`chma bozoringizda men ham ishtirok etmoqchiman. O`zbekistonlik yoshlar meni hayratga solmoqda. Doim shunday zukko bo`lig. Savollarim quyidagicha:
1. Uchburchakning yuzi qanday topiladi?
2. To`rtburchaklarning qanday turlari bor?
Bundan tashqari uchburchakning yuzini topish uchun Geron formulasi mavjud:
To`rtburchaklarning bir necha xil ko`rinishlari mavjud: kvadrat, romb, trapetsiya, parallelogram, to`g`ri to`rtburchak.
-Juda yaxshi, xayr sog` bo`ling.
3. O`qituvchi so`zi (tayanch signallar)
-Bugungi darsimizning mavzusi:Aylana. Markaziy burchak
-Qani bolalar, aylanaga hayotiy misollar keltirib bilasizmi?
-Sportchilar foydalanadigan xalqa, globusda yer ekvatori.
-Bolalar, quyidagi savollarga javob berib ko`ring-chi:
2. Aylananing qanday elementlari mavjud?
3. Aylananing uzunligini topishni bilasizmi?
O`quvchilar bir varaqdan toza qog`oz oladilar. Unga o`zlarining aylanaga oid tushunchalarini yozadilar. O`quvchilar yozib bo`lgach, javoblarini o`qiydilar.Javoblar orasidan eng to`g`ri va toliq javob tanlanadi. O`quvchilar fikri tinglab bo`lingach, o`qituvchi aylana va uning elementlariga oid ko`rgazmalardan foydalanib, tayanch signallarni qo`llab yangi mavzuni to`la yoritib beradi.
Tekislikda berilgan nuqtadan bir xil uzoqlashgan barcha nuqtalar to`plami aylana deyiladi.
Berilgan nuqta aylananing markazi deyiladi va O nuqta bilan belgilanadi.
O`qituvchi sirkul yordamida aylanani sinf taxtasiga chizib ko`rsatadi.
Aylana markazini uning ixtiyoriy nuqtasi bilan tutashtiruvchi kesma aylana radiusi deyiladi.
Aylananing ixtiyoriy ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma vatar deyiladi. BC-vatar
Aylana markazidan o`tib, uning ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma diametr deyiladi. EF-diametr. Diametr 2 ta radiusga teng: D=2r
Aylana uzunligi quyidagicha topiladi:
C-aylana uzunligi; r-radius; d-diametr
Aylana uzunligi soni bilan diametrning ko`paytmasiga teng.
soni uchun doimiy qiymat 3,14 qabul qilinib, hamma aylanalar uchun bir xildir.chunki soni aylana uzunligining uning diametriga nisbatidir.
Endi aylana uzunligini topishga doir tarixiy ma`lumotlar:
-Buyuk bobolarimizdan Al-Xorazmiy o`zlarining “Al-jabr-val-muqobala” asarining 2-kitobi geometrik shakllar va ularning xususiyatlariga bag`ishlangan. Al-Xorazmiy sonini quyidagicha aniqlaganlar:
-Aziz o`quvchilar, sizlarga quyidagicha topshiriq beriladi:
sonining qiymatini aniqlashda qanday olimlaro`z hissalarini qo`shganlar? Bu ma`lumotlarni to`plab, referat yozing.
Uchi aylana markazida yotganbuchak markaziy burchak deyiladi.Burchak tomonlari aylanani ikki qismga, ya`ni ikkita yoyga ajratadi.Yoylarni nomlashda oraliq harflar qo`yiladi:
-O`quvchilar, agar sizlar geometric chizmalarni aniq, to`g`ri, chiroyli, estetik did bilan chizsalaringiz, kelajakda muhandislik kasbini egallamoqchi bo`lsalaringiz, juda yaxshi zamin yaratgan bo`lasiz.
4. “ To`g`ri so`z tuzing ” o`yini (tarqatmalar asosida)
Bu o`yinda ikkita guruhning o`quvchilariga tarqatmalar beriladi. Tarqatmani yechib bo`lgach javoblarini mos tartib raqamiga osib chiqadidar. Natijada plakatlar teskarisiga aylantirilganda
299-masala. Quyidagi chizmadan markaziy burchaklarni toping.
Mustaqil ish. 300-masala:
7. Test topshirig`i
2. Markaziy burchakka mos yoy aylananing 2/5 qismiga teng. Shu markaziy burchakni toping.
A) 110 0 B) 144 0 C) 216 0
3. Aylananing radiusi 1 sm bo`lsa, uning uzunligini toping.
A) 3,14 sm B) 6,28 sm C) 1 sm
Test natijalarini har bir guruhdan bittadan tayinlangan o`quvchi e`lon qiladi.
Masalan, bizinng guruhda 1-savolga 6 kishi A javobni, 3 kishi B javobni 2 kishi C javobni,…
O`qituvchi natijalarni tahlil qiladi.
8.“ Bilimingni sinab ko`r ” (Kubik strategiyasi)
Kubik strategiyasida o`quvchilarning zukkoligi, topqirligi, izlanuvchanligi sinaladi.
-Bunda “Hashar”o`yiinin o`tkazamiz.Biz bilamizki, yaqinda Navro`zi olam kirib keladi. Bayram munosabati bilan joylarda hasharlar o`rkaziladi, ariq-zovurlar tozalanadi, ko`chatlar o`tkqaziladi. Agar birinchi guruh topshiriqbi bajarolmasa, ikkinchi guruh hasharga borishi mumkin.
9. Darsni yakunlash.
-Darsimizning asosiy qismi tugadi. Endi natijalarni tahlil qilamiz.
Qani, ekspert guruhi, ko`chma bozorimizning bugungi faoliyatini tahlil qilib bering.
Guruhlar natijasini ekspertlar e`lon qiladilar.
Masalan, “Al-Xorazmiy”-65 tanga “Beruniy”- 70 tanga
-Endi sotuvchilarimiz-o`quvchilarning to`plagan tangalarini hisoblab ko`ramiz.
1-5 tanga “3” ball
6-12 tanga “4” ball
13-20 tanga “5” ball
O`quvchilar baholanib, ularning barchasiga “Eng faol”, “Eng izlanuvchan”, “Eng bilimdon”, “Eng zukko”, “Eng samimiy”, “Eng topqir” kabi va hokazo baholar beriladi.
Uyga vazifa: darslikdan 301-masala va shu mavzuga oid 2 tadan test tuzib kelish.
Shirin so`z sotilmas bebaho,
Yaxshilik bor bo`lsin doimo.
Bu yerda bo`lolsa, kim mamnun,
Bu eng oliy mukofot o`shalar uchun.
-Xayr o`quvchilar, sog` bo`linglar.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Qiziqarli malumotlar
8 sinf ingliz tili darslik javoblari 2023