Bolalar uchun urf bo‘lgan va chiroyli kiyim-kechaklar: asosiy g‘oyalar (foto)
((Laboratoriya ishlari), (Seminar mashg‘ulotlari), (Kurs ishi), (Mustaqil
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti “tasdiqlayman”
ma‘lumotlar berish bo‗yicha bilim, ko‗nikma va malaka hosil qilish.
Fanning vazifasi -talabalarga buyum va mahsulotlar tayyorlash
texnologiyasi haqida asosiy tushuncha va tassavvurlarni rivojlantirish, buyum
va mahsulotlar tayyorlashda xomashyo tanlash hamda tayyorlashni o‗rgatish,
buyum va mahsulotlarni tayyorlashda yig‗ish va tayyor holga keltirish
texnologiyasini, tayyorlangan buyum va mahsulotlarni bezash, pardozlash va
dizayn berish texnologiyasi, buyum va mahsulotlarni tayyorlashda mehnat
muxofazasi va texnikka xavsizligi, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari va
ulardan foydalanish texnologiyasi haqida bilim, malaka va ko‗nikmalarni
-talabalarga servis xizmati bo‗yicha tikuvchilik buyumlari haqida umumiy
ma‘lumot berish, kiyimlar uchun fason va gazlama tanlash, andaza tayyorlash,
andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish;
-talabalarga servis xizmati bo‗yicha pazandachilikka oid ma‘lumotlar
berish, mahsulotlarga birlamchi ishlov berish, taomlar tayyorlash jarayonini
ko‗rsatib berish, tayyorlangan taomlarni dasturxonga tortish tartibiga oid
ko‗nikma va malakalarni shakllantirish.
II. Asosiy nazariy qism (ma‟ruza mashg„ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu.Texnologiya va dizayn. Mahsulot tayyorlash texnologiyasi
fanining maqsad va vazifasi.
Texnologiya va dizayn Maxsulot tayyorlash texnologiyasifanining maqsadi
va vazifalari. Texnologiya va dizayn tushunchasi.Fanining nazariy asoslari,
ishlabchiqarishda yangi texnika va ilg‗or texnologiyalar bilan talabalarni
tanishtirish. Fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbollari.Ishlab
chiqarishda buyumlar tayyorlashning funksionl vazifalari haqida talabalarni
bilim, malaka va ko‗nikmalar bilan qurollanitirish hamda talabalarda
texnologikkompetensiyalarni rivojlantirish.Buyum turlari va tushunchalari.
2-mavzu.Metall va metallmas konstruksion materiallar to„g„risida
Metall va metallmas konstruksion materiallar to‗g‗risida ma‘lumotlar,
ularning hozirgi zamon jamiyatini shakllanishi, ishlab chiqarishning yangi
sohalari, fani va texnika rivojlanishidagi roli.
3-mavzu. Metalldan tayyorlanadigan buyumlarga xomashyo tanlash va
tayyorlash texnologiyasi.
buyumlarida, xalq xo‗jaligi va ro‗zg‗or asbob-anjomlari ishlab chiqarishda
buyumlarga xomashyo tanlash, cho‗yan, po‗lat va rangli metalldan tayyorlangan
quymalar, bolg‗alangan va shtamplangan xomashyo, po‗latdan sovutilgan va
qizdirilgan hollarda tayyorlangan prokatlar va rangli metall-prokatlari.
Xomashyoning turlari, materialiga, shakliga, detalning xizmat vazifasiga va
mashinalarda yig‗ilgan holda ishlash shart-sharoitlariga bog‗liqligi. Shakldor
detallar tayyorlash jarayonida cho‗zilish va egilish ta‘sirida ishlatiladigan
cho‗yanlar. Bolg‗alash yordamida egilishga, cho‗zilishga buralishga ishlovchi va
ko‗ndalang kesimi bo‗yicha o‗lchamlarida farq bo‗lgan metall xomashyolar.
Aylana, kvadrat, olti burchakli prokatlardan tayyorlangan xomashyo tanlash.
4-mavzu. Zamonaviy asboblar, dastgohlar va qurilmalarni tuzilishi
ishlashi va ulardan foydalanish texnologiyasi.
Zamonaviy yog‗och, metall va plastmassa kesuvchi asboblar, ishlov
beruvchi dastgohlar, yordamchi va asosiy qurilmalar., ularning tuzilishi, ishlash
prinsipi, ishlov berish turlari, vazifasiga ko‗ra tasnifi. Sanoat dastgohlari, ishlab
chiqarishda foydalanilayotgan asbob va qurilmalar, ularning tuzilishi. Zamonaviy
asboblar, dastgohlar va qurilmalardan foydalanish tartibi.
5-mavzu.Qora metallar. Po„lat va cho„yan.
Legirlangan konstruksion va asbobsiz po‗latlar. Maxsus xossalar va ularning
xossalariga legirlovchi elementlarning ta‘siri. Cho‗yan. Oq va kulrang
mustaxkamlikka ega bo‗lgan cho‗yanlar. Bog‗lanuvchan cho‗yanlar. Maxsus
6-mavzu. Rangli metallar va ularning qotishmalari.
Rangli metallar. Rangli metall qotishmalarining turlari. Mis va uning
qotishmalari; alyuminiy va qotishmalar (alyuminiy asosli, magniyli, titanli);
nikel va qiyin eruvchi metall asosli qotishmalar. Ularning tuzilishi xossasi va
7-mavzu.Antifriksion qotishmalar.
Kompozitsion materiallar. Ularning tuzilishi xossasi va ishlatilishi.
8-mavzu.Metall va qotishmalarga termik ishlov berish.
Toblash va bo‗shatish. Normallash va yumshatish. Sovutish va qizdirish
jarayonida sodir bo‗luvchi holat o‗zgarishlar(austenit, perlit, mertensit,
9-mavzu.Metallbuyum va zagotovkalarni yig„ish va biriktirish texnologiyasi.
Yig‗ish ishlarining tashkil qilish shakllari va yig‗ish tamoyillari. Yig‗ish
ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Podshipnikli yig‗ma birikmalar.
Tishli g‗ildirakli yig‗ma birikmalar. Rezbali birikmalarni yig‗ish. Aylanuvchi
detallarni muvozanatlash. Yig‗ilgan mahsulotni texnik nazoratdan o‗tkazish va
10-mavzu.Detallarga mexanik ishlov berish texnologiyasi.
Ishlov beriladigan yuzalarni o‗lchamlari. Ishlov berilayotgan yuza, bazaviy
yuzala, ishlov berilmaydigan yuza. Aniqlik to‗g‗risida tushuncha. Ishlov berish
aniqligiga ta‘sir etuvchi asosiy omillar. Mexanik ishlov berilgan metall sirtining
11-mavzu. Yuzaning g„adir-budirlik darajasi (bo„yicha qilib aytganda
yuzaning tozaligi yoki tekisligi).
Metall kesish dastgohlari, moslamalar, kesuvchi va o‗lchovchi asboblar
tanlash. Detallarni sinflarga ajratish.Yuzalarga elektr yordamida ishlov berish
12-mavzu. Birikmali detallar tayyorlash, konussimon, shakldor va fason
yuzalar hosil qilish hamda ishlov berish texnologiyasi.
Birikmali falesli detallar tayyorlash, konussimon, shakldor va fason yuzalar
hosil qilish hamda ishlov berish texnologiyasi.
13-mavzu. Metallarni gravyuralash.
Mettallarga rangli lazerli gravyura yordamida kompozitsiya chizish
14-mavzu. Metallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi.
Reshetka, eshik, dorvoza va turli hil shakldor buyumlar.
15-mavzu.Yog„ochdan tayyorlanadigan buyumlar va mahsulotlarga
xomashyo tanlash va tayyorlash texnologiyasi.
Yog‗och xomashyo tayyorlash to‗g‗risida asosiy tushunchalar. Buyum yasash
texnologiyasi va yasalgan buyumning sifati, ishlatilgan materialning xossalariga
bog‗liqligi, konstruksion material sifatida qurilishda, mebel va duradgorlik
buyumlarida, sport buyumlarida, musiqa asboblarida, ro‗zg‗or asbob-anjomlari
ishlab chiqarishda buyumlarga xomashyo tanlash.
16-mavzu.Yog„ochdan tayyorlanadigan buyumlar va mahsulotlarga
xomashyo olishda yog„och materiallarini quritish texnologiyasi.
Yog‗ochni quritish to‗g‗risidaasosiy malumotlar, yog‗ochni quritishning
asosiy maqsadi, yog‗ochni ochiq joyda quritish, ochiq joyda quritishni tashkil
etish va amalga oshirish, ochiq joyda quritish usullarining avzalligi va
kamchiliklari. Yog‗ochnisun‘iy quritish, sun‘iy quritishturlari, quritish kameralari
va sushilkalarning xillari, ulardan foydalanish mexanizimlari. Zamonaviy
gidrotermikishlov berish orqali ularni quritish, termoyog‗och materialini olish
17-mavzu. Yog„och, materialixomashyolarini yo„nish, kesish, o„yish va
qirqish texnologiyasi.
Yog‗och materiallarini yo‗nishda ishlatiladigan qo‗l asboblarni tuzilishi va
ishlatish texnologik jarayonlari. Yog‗och materiallarini yo‗ish stanoklar va elektr
qurilmalarni tuzilish va ularni ishga sozlash texnologiyasi. Yog‗och materiallarini
yo‗nishda mehnat havfsizligi qoidalari.
18-mavzu. Yog„ochdan tayyorlanganlarni yig„ish va biriktirish
texnologiyasi.
Yog‗och,asosli buyum va zagotovkalarni yig‗ish va biriktirishda yelimlarning
xillari va asosiy xossalari, kazein va albuminelimlari. Birikma turlar va briktirish
usulari. Detallarni mix, burama mix, yog‗och mixlar bilan biriktirish
texnologiyasi. Birikmani bajarishda qo‗llaniladigan moslamalar, asboblar va
texnologiyasi.Detallarni biriktirishda sifat talabi. Sifatsizlik turlari va ularni
bartaraf qilish texnologiyasi
19-mavzu.Yog„och o„ymakorligi.
Yog‗och o‗ymakorligi ustalari.Yog‗och o‗ymakorligida ishlatiladiganmaterial
va ularning turlari. Daraxt turlari,elimlar.
20-mavzu.Yog„och va fanerlarga kuydirib ishlov berish texnologiyasi.
Yog‗och va fanerlarga kuydirib ishlov berish usullari, yog‗och va fanerlarga
kuydirib ishlov bergvchi asboblari. Yog‗och va fanerlarga kuydirib ishlov
berishda pardozlash va dizayn.
21-mavzu.Yog„och va fanerlarga naqsh berish texnologiyasi.
Yog‗och vafanerlarga oddiy naqsh o‗yish islimiy gullar(1-10).
22-mavzu.Yog„ochlarni o„yib naqsh solish texnologiyasi.
Buyum tanlash o‗lchamini olish unga naqsh chizish va pardoz berish
23-mavzu.Ganch o„ymakorligi.
Ganch o‗ymakorligi turlari .Zamin o‗yma. Chuqur o‗yma.
24-mavzu.Ganch o„ymakorligida ishlatiladigan materiallar va ularni
ishlatish texnologiyasi.
Ganch. Tez ganch. Soxta ganch. Dug‗ob usuli. Xovonda. Gips. Shirach.
25-mavzu Ganchda ishlatiladigan asbob uskunalar.
Jarroxlik pichog‗i(skalpel),iskana,shuturgardon,pux qalam,minqor, morpech
qalam, lux,piltaqalam, nova,shukufta,lo‗laka, sharafa qalamlar
26-mavzu. Oddiy naqsh namunalarini chizish.
Bargli zanjira,yakraftor,bargli raftor,bargli islimi,aylana islimi,mexrob
islimibofta islimi, islimi shkufta.
27-mavzu. Me‟moriy obida.
Me‘moriy obidalar va ulardagi naqshlar, ganchlar, yog‗och o‗ymakorligi
Amir Temur qurdirgan m‘emoriy obidalar.
28- mavzu. Zamonaviy inshootlar.
29-mavzu. Rezina materiallar.
Rezina turlari, tarkibixossasivaishlatilishi.
30-mavzu.Rezinadandetallar,tayyorlashtexnologiyasi.
Xom rezina tayyorlash. Xom rezinadan turli qalinlikdagi list, lenta, matolar, har
xil shakldagi zagotovka, trubka, chilvir, murakkab shaklli buyumlar tayyorla.
30-mavzu.Elimlovchimateriallar.
Yelimlovchi materiallarning tarkibi, ularning klassifikatsiyasi va ishlatilishi.
Laklovchi va bo‗yovchi materiallar. Laklovchi va bo‗yash materiallarining
klassifikatsiyasi, ishlatilishi va ularni qo‗llash metodlari.
31-mavzu. Plyonka va list ko„rinishidagi pardozlash materialari.
Polimerli plyonkalar va ularning turlari. Smola shimdirilgan qog‗oz asosli
pardozlash materialari. Qisman polikondensatsiyalangan smola shimdirilgan
qog‗oz asosli plyonkalar. Shimilgan smola to‗liq qotgan list varulon materiallar.
Lok-bo‗yoq materiallar va parda qatlamlarning klassifikasiyasi hamda
belgilanishi. Suv bilan suyultiradigan lok-bo‗yoq materialar.
32-mavzu. Pardoz materiallarni qoplash usullari.
Pilta va detallarni list hamda plyonka materiallar bilan qoplash. Yog‗och pilitali
materiallarni laminarlash usuli bilan pardozlash. Suyuq lok-bo‗yoq materiallarni
pnevmatik purkash uslida qoplash.
33-mavzu Loklarni qizdirib purkashusullari
Loklarni qizdirib purkash va bunda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Lok-bo‗yoq
materiallarini mexanik usulda purkash. Lok-bo‗yoqlarni yuqori kuchlanishli
elektrmaydonida purkash. Elektor maydonida purkashda ishlatiladigan asbob-
uskunalar. Lokbo‗yoq materiallarini botirib olish usulda qoplash.
34–mavzu. Lok-bo„yoq parda qatlamlarini quritish usularii va ish rejimlari.
Parda qatlamlari xosil bo‗lish jarayonlari. Uchuchan erituvchilarning bug‗lanish
xisobiga qoplamalarning qotishi. Parda qatlam sirtini ko‗rkamlashtirish, tekislash
usullari. Parda qatlam sirtini jilvirlash yo‗li bilan tekislash. Parda qatlam sirtini
jilovlash orqali siliqlash.
35-mavzu. Shisha materiallari.
Shishaning tuzilishi, tarkibi, xossalari. Shisha olish uchun xomashyo. Shisha
klassifikasiyasi va ishlatilishi. Shishadan tayyorlanganlangan maxsulotlarga
mexanik va termik ishlov berish.
36-mavzu. Plastik massalar.
Plastik massalar oddiy, murakkab, to‗ldirgichlar, stablizatorlar, katalizatorlar.
Termoplastik va termoreaktiv plastmassalar.
37-mavzu. Plastmassalardan detallar tayyorlash texnologiyasi.
Quyish usuli, qizdirib presslash, ular ichida bosim bilan quyish, siqib
chiqarish, presslash usulidadetallar tayyorlash.
38-mavzu. Kompozitsion materiallar.
Kompozitsion materiallarga ishlov berish texnologiyasi. Kompozitsion
materiallar tayyorlashning muhim texnologik usullari, kompozitsion materiallar
tayyorlashning muhim texnologik usullari. Asfalt qoplamalari va ularning tarkibi,
polimer kompozitsion materiallar, keramik kompozitsion materiallar ishlab
chiqarilishi va qo‗llanilishi.
39-mavzu.Keramika va elektrotexnik materiallarga ishlov berish
texnologiyasi.
Keramik materiallarning turlari va ularga mexanik va harorat xossalarini
bilgan xolda, yani qattiqligi, mustaxkamligi va yuqori haroratlarga chidamliligini
inobatga olib ishlov berish jarayonlari Elektr texnik po‗latlarga ishlab chiqarish
va ishlov berish. Zamonaviy ishlab chiqarish obektlari va sohalari
40-mavzu. Elektr montaj ishlar.
Elektr montaj ishlari, ularda foydalaniladigan asboblar turlari va tuzilishi.
Elektr montaj ishlarida ish o‗rnini tashkil qilish. Elektr o‗tkazish sim turlari.
Elektr montaj ishlarini bajarish usullari va ularda foydalaniladigan asboblarni
1-mavzu.Fanning maqsad va vazifalari. Texnika havfsizligi qoidalari.
Tikuvchilik buyumlari haqida umumiy ma‟lumot berish, ularga fason va
gazlama tanlash.
Fanning maqsad va vazifalari, texnika havfsizligi qoidalari haqida ma‘lumot
berish. Tikuvchilik buyumlari haqida umumiy ma‘lumot berish, ularga fason va
2-mavzu. Tikuvchilik buyumlarini tikish uchun andaza tayyorlash, andazani
gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish texnologiyasi.
Tikuvchilik buyumlarini tikish uchun andaza tayyorlash, andazani gazlamaga
joylashtirish, bichiladigan bo‗laklar uchun beriladigan chok haqlari, ip
yo‗nalishlari haqida, bichish va bichilgan bo‗laklarga ishlov berish, tikish,
kiyimni birinchi va ikkinchi kiydirib ko‗rishga tayyorlash, kiyimga NIIB, kiyimni
tikib bitirish va bezaklarini tikish texnologiyasi.
3-mavzu. Oshxonada kiyiladigan kiyimlar haqida ma‟lumot, ularga
gazlama va fason tanlash.
Oshxonada kiyiladigan kiyimlarhaqida ma‘lumot berish. Oshxonada kiyiladigan
fartuk, ro‗mol uchun fason va gazlama tanlash, ushlagichlar va choynak uchun
yopgichlar uchun gazlama tanlash, andaza tayyorlash, andazaga fason chiziqlarini
4-mavzu. O„g„il bolalar kiyimlari haqida ma‟lumot, ularga gazlama va fason
lumotberish.Go‗daklarlarkiyimlari ularning bichimlari, tikiladigan chok turlari,
gazlamalari haqida ma‘lumot berish, o‗g‗il bolalar ich kiyimi, o‗g‗il bolalar
ko‗ylagi, o‗g‗il bolalar shimi uchun andaza tayyorlash, andazaga fason
chiziqlarini kiritish, gazlama tanlash.
5-mavzu.Qiz bolalar kiyimlari haqida ma‟lumot, ularga gazlama va fason
Qiz bolalar kiyimlari va ularning bichimlari haqida ma‘lumot berish. Qiz bolalar
tungi ko‗ylagi, maktab yoshigacha bo‗lgan qizlar ko‗ylagi, maktab yoshidagi
qizlar ko‗ylagi, qiz bolalar yubkalari uchun gazlama, fason tanlash, andaza
tayyorlash va andazaga fason chiziqlarini kiritish.
6-mavzu. Ayollar kiyimlari haqida ma‟lumot, ularga gazlama va fason
Ayollar kiyimlari va ularning bichimlari haqida ma‘lumot berish. Ayollar ich
kiyimlar, ayollar tungi ko‗ylagi, ayollar uchun yubka, bluzka, ayollar milliy
ko‗ylagi, ayollar ko‗ylagi, ayollar pidjagilariga fason, gazlama tanlash va andaza
tayyorlashva andazaga fason chiziqlarini kiritish.
7-mavzu. Erkaklar kiyimlari haqida ma‟lumot, ularga gazlama va fason
Erkaklar kiyimlari haqida, ularning bichimlari haqida ma‘lumot berish. Erkaklar
ich kiyimi, erkaklar tungi kiyimi, erkaklar ko‗ylagi, erkaklar shimi, erkaklar
kurtkalariga gazlama fason tanlash, andaza tayyorlash va andazaga fason
8-mavzu. Oziq ovqat mahsulotlari turlari. Sabzavotlar ularning turlari
tarkibi ozuqaviy qiymati.
Oziq ovqat mahsulotlari turlari Sabzavotlar ularning turlari tarkibi ozuqaviy
qiymati. Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish va turli taomlar uchun to‗g‗rash
usullari. Sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash, dasturxonga tortish tartibi.
Sabzavotlarni pishirish usullari (qaynatish, qovurish, bug‗dadimlash). Issiq ishlov
berish usullari. Qaynatish va qovurish usullari. Mahsulotlarga issiq ishlov
berilganda bo‗ladigan o‗zgarishlar. Kartoshka bo‗tqasini tayyorlash texnologiyasi
(kartoshka bo‗tqasini tayyorlash bosqichlari va texnika xavfsizligi qoidalari).
9-mavzu. Don va don mahsulotlari ularning ozuqaviy qiymati va taom
Don va don mahsulotlari turlari. Yorma bo‗tqalar tayyorlash texnologiyasi.
Makaron mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar. Yorma, dukkakli va makaron
mahsulotlariga dastlabki ishlov berish.Yorma taomlari sifatiga qo‗yiladigan
10-mavzu.Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar
Xamirturushli xamir ishlab chiqarish texnologiyasi. Xamirturushsiz
(presslangan) xamir ishlab chiqarish. Qatlamli xamir. Uvalanadigan oshirma
xamir. Pishirilgan xamir. Biskvitli xamir. Kekslar uchun xamir. Xamir turushli
xamirdan mahsulot ishlab chiqarish. Xamirturushsiz (oddiy) xamirdan
mahsulotlar ishlab chiqarish. Xamirdan mahsulotlar pishirish.. Xamirni
pishirishda yuz beradigan jarayonlar. Xamirturushli xamir uchun qiyma
tayyorlash .Xamirdan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlarni bezash.
11-mavzu.Tuxum va uning ozuqaviy qiymati, pishirish usullari
Tuxumning ozuqaviy qiymati (qaynatish, qovurish) Tuxum va uning
ozuqaviy qiymati, pishirish usullari va xavfsizlik texnikasi qoidalari. Ochiq,
yopiq va gazak uchun buterbrodlarni tayyorlash va dasturxonga tortish va
xavfsizlik texnikasi qoidalari.
12-mavzu: Parxez taomlari ularni tayyorlash tartibi
Parhez №1 Parhez №2 Parhez №3 Parhez №4 Parhez №5 Parhez №6 Parhez №7
Parhez №8 Parhez №9 Parhez №10 Parhez №11 Parhez №12 Parhez №13uchun
taom tayyorlash. Mahsulotlarga umumiy tavsif berish va ovqatlarni tayyorlash
13-mavzu. Issiq ichimlik va shifobaxsh damlamalarni tayyorlash
texnologiyasi
Issiq ichimlik va shifobaxsh damlamalarni tayyorlash texnologiyasi va
xavfsizlik texnikasi qoidalari. Choy ishlab chiqarish, navlari, sifatiga bo‗lgan
ovqatlanishdagi ahamiyati, turlari, pazandalikda ishlatilishi. Oziq-ovqat
14-mavzu. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati.
Xamir turlari va uni tayyorlash texnologiyasi. Non yoki lochira pishirish
texnologiyasi. chak-chak tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish tartibi.
Biskvit xamirini tayyorlash texnologiyasi va bezash. Don mahsulotlari turlari.
Yormalar turlari, sifati, pazandachilikda ishlatilishi. Un, un sifati ko‗rsatkichlari,
sifatini aniqlash usullari. Non va non mahsulotlari turlari, sifati ko‗rsatkichlari,
saqlash sharoiti. Makaron mahsulotlari ishlab chiqarish, turlari, navlari,
15-mavzu.Sut va sut mahsulot turlari, sifatiga bo„lgan talablar,
saqlanishi va muddati. Shirguruch pishirish va dasturxonga tortish qoidalari
Sut va sut mahsulotlarining oziqlik qiymati. Sut turlari. Qaymoq. Achitilgan
sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni, sifati, saqlash sharoiti. Qayta ishlangan
sut mahsulotlari turlari. Pishloq ishlab chiqarish, uning turlari, sifati, saqlash
sharoiti va muddatlari. Sut va sut mahsulot turlari, sifatiga bo‗lgan talablar,
saqlanishi va muddati. Shirguruch pishirish va dasturxonga tortish qoidalari
16-mavzu. Go„sht (mol, qo„y, tovuq) va baliq mahsulotlarning ozuqaviy
qiymati, ahamiyati, turlari, ularning sifatiga bo„lgan talablar.
Go‗sht (mol, qo‗y, tovuq) va baliq mahsulotlarning ozuqaviy qiymati,
ahamiyati, turlari, ularning sifatiga bo‗lgan talablar Go‗sht yoki baliqni (tozalash)
va bo‗laklarga bo‗lish tartibi. Go‗shtga birlamchi ishlov berish. Go‗shtdan yarim
tayyor masalliqlar. Parranda go‗shtiga birlamchi ishlov berish va yarim tayyor
17- mavzu. Baliqlar. Saqlash va qayta ishlash jarayoni
Baliqning kimyoviy tarkibi va oziqlik qiymati. Baliq oilalari. Tirik,
sovutilgan, muzlatilgan baliqlarning sifat ko‗rsatkichlari. Baliqqa birlamchi
ishlov berish va yarim tayyor masalliqlar tayyorlash. Tuzlangan, quritilgan,
dudlangan baliqlar. Baliq konservalari. Ikraning oziqlik qiymati, turlari.
III. Amaliy mashg„ulotlari buyicha ko„rsatma va tavsiyalar
((Laboratoriya ishlari), (Seminar mashg‘ulotlari), (Kurs ishi), (Mustaqil
ta’lim) o‘quv rejada ko‘rsatilgan turi (nomi) bo‘yicha yoziladi)
Amaliy mashg‗ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1.Simlar bilan ishlash vaulardan turli hil buyumlar tayyorlashni o‗rganish.
2.Xalq hunarmandchiligi buyumlarini tayyorlash (chakkich,turli hil metall
3.Zargarlik buyumlarini tayyorlashni o‗rganish.
4.Yupqa metall listlardan qoliplar tayyorlashni o‗rganish.
6. Hovli uchun panjara tayyorlashni o‗rganish.
7.Metall listlardan eshik vadarvozalar tayyorlashni o‗rganish.
8. Metall listlardan turli hil maket va modellar tayyorlashni o‗rganish
9. Metall listlardan xalq hunarmandchiligiga oid ihtiyoriy o‗z qiziqishiga ko‗ra
buyumlarini tayyorlashni o‗rganish.
10. Metall listlargarangli lazerli gravyura yordamida kompozitsiya chizishni
11. Yog‗ochdan bolalar stulchasini tayyorlashni o‗rganish.
12.Faneralardan xalqhunarmandchilik buyumlarini tayyorlashni o‗rganish.
13.Kulolchilik buyumlarini tayyorlashni o‗rganish.
14.To‗rt burchakli, uch burchakli, ovalsimon shukatulka(quticha) tayyorlashni
15.Zamonaviy telefon, kitob javoni hamda oshxona jihozlarini tayyorlashni
16.Turli hil materiallardan foydalanib xona intereri modeli va maketini
17. Turli hil materiallardan foydalanib me‘moriy obidalar modeli va maketini
18.Ganchdan turli hil formadagi buyumlar, modellarini tayyorlashni o‗rganish.
19. Turli hil materiallardan foydalanib turli hil formadagi , shakldagi yog‗och
o‗ymakorlik buyumlarini, tayyorlashni o‗rganish.
20. Turli hil organik materiallardan foydalanib turli hil formadagi, shakldagi
interer buyumlarini, modellarini tayyorlashni o‗rganish.
21.Rezina,shisha materiallardan foydalanib turli hil formadagi buyumlar,
modellarini tayyorlashni o‗rganish.
22.Polimer (plastmasc massalar) materiallardan foydalanib turli hil formadagi
buyumlar, modellarini tayyorlashni o‗rganish.
23. Kompozitsion materiallardan foydalanib turli hil formadagi, shakldagi interer
buyumlarini, modellarini tayyorlashni o‗rganish.
24. Shishadan tayyorlangan maxsulotlarga mexanik va termik ishlov berishni
25. Zamonaviy keramik ishlab chiqarish ob‘ektlari va sohalarini o‗rganish.
26. Elektr montaj ishlarini bajarish usullari va ularda foydalaniladigan asboblarni
ishlatish texnologiyasini o‗rganish.
27.Kompozitsion materiallar tayyorlashning muhim texnologik usullarini
28. Qurilishda va mebellar ishlab chiqarishda tabiiy holida yoki qayta ishlangan
holida qo‗llaniladigan smolalarni o‗rganish.
Qizlar uchun
1. Texnika havfsizligi qoidalari. Tikuvchilik buyumlari haqida umumiy ma‘lumot
berish, ularga fason va gazlama tanlash, andaza tayyorlash, andazaga fason
chiziqlarini kiritish texnologiyasi.
2. Qiz bolalar uchun oshxona fartugi va ro‗moli uchun andazani gazlamaga
joylashtirish, bichish va tikish.
3. Choynak yopqichi va tagligi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish
4. Chaqaloqlar kiyimlari uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va
5. O‗g‗il bolalar ich kiyimi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va
6. O‗g‗il bolalar ko‗ylagi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va
7- mavzu.O‗g‗il bolalar shimi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va
8.Qiz bolalar tungi ko‗ylagi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va
9.Maktab yoshigacha bo‗lgan qizlar ko‗ylagi uchun andazani gazlamaga
joylashtirish, bichish va tikish.
10.Maktabyoshidagi qizlar ko‗ylagi uchun andazani gazlamaga joylashtirish,
bichish va tikish.
11.Qiz bolalar yubkalari uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va
12.Ayollar ich kiyimi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish.
13. Ayollar kiyimidagi vitochkalar uchun andazani gazlamaga joylashtirish,
bichish va tikish.
14. Ayollar tungi ko‗ylagi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va
15. Ayollar yubkasi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish.
16. Ayollar bluzkasi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish.
17. Ayollar milliy ko‗ylagi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va
18. Ayollar ko‗ylagi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish.
19. Ayollar pidjagi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish.
20. Erkaklar ich kiyimi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish.
21.Erkaklar tungi kiyimi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va
22.Erkaklar ko‗ylagi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish.
23.Erkaklar shimi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish.
24.Erkaklar kurtkasi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish.
25.Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish va turli taomlar uchun to‗g‗rash usullari.
26. Sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash, dasturxonga tortish tartibi
27. Sabzavotlarni pishirish usullari (qaynatish, qovurish, bug‗da dimlash).Issiq
ishlov berishu sullari.
28. Kartoshka bo‗tqasini tayyorlash texnologiyasi (Kartoshka bo‗tqasini
tayyorlash bosqichlari va texnika xavfsizligi qoidalari).
29. Yorma bo‗tqalar tayyorlash texnologiyasi.
30. Makaron mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar.
31. Qatlamli xamir. Uvalanadigan oshirma xamir.
32. Pishirilgan xamir. Biskvitli xamir. Kekslar uchun xamir.
33. Xamirdan mahsulotlar pishirish..
34. Ochiq, yopiq va gazak uchun buterbrodlarni tayyorlash va dasturxonga tortish
35. Parxez taomlari ularni tayyorlash tartibi Mahsulotlarga umumiy tavsif berish
va ovqatlarni tayyorlash usullari
36. Issiq ichimlik va shifobaxsh damlamalarni tayyorlash texnologiyasi
37. Quymoq tayyorlash tartibi va dasturxonga tortish. Ertalabki nonushta uchun
38. Xamirli taomlar tayyorlash texnologiyasi
39. O‗zbek milliy suyuq taomlarini tayyorlash texnologiyasi
40.Parranda go‗shtiga birlamchi ishlov berish va yarim tayyor masalliqlar
41. Baliq (tozalash) go‗shtiga birlamchi ishlov berish va yarim tayyor masalliqlar
42. Go‗sht (mol, qo‗y, tovuq) va baliq mahsulotlaridan taom tayyorlash
43. Milliy palov tayyorlash texnologiyasi
44. Do‗lmalar tayyorlash texnologiyasi
Amaliy mashg‗ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada
bir akademik guruhga bir professor-o‗qituvchi tomonidan o‗tkazilishi zarur.
Mashg‗ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‗tilishi, mos ravishda
munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‗llanilishi maqsadga muvofiq.
. Kurs ishi bo„yicha ko„rsatma va tavsiyalar.
Kurs ishi uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Texnologiya va dizayn fanining maqsadi va vazifalari. Texnologiya va dizayn
tushunchasi. Texnologiya va dizayn fanining nazariy asoslari, ishlab chiqarishda
yangi texnika va ilg‗or texnologiyalar bilan talabalarni o‗rganish.
2-mavzu. Fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbollarini
3. Ishlab chiqarishda buyumlar tayyorlashning funksional vazifalarini
4. Yog‗och xomashyo tayyorlash to‗g‗risida asosiy tushunchalar. Buyum
yasash texnologiyasi va yasalgan buyumning sifati, ishlatilgan materialnin
gxossalariga bog‗liqligini o‗rganish.
5. Konstruksion material sifatida qurilishda, mebel va duradgorlik buyumlarida,
sport buyumlarida, musiqa asboblarida, ro‗zg‗or asbob anjomlari ishlab
chiqarishda buyumlarga xomashyo tanlashni o‗rganish.
6. Rossiya va uzoq sharq yerlarida o‗stiriladigan daraxtdan tayyorlangan
yog‗och turlari va xomashyosi, ularning o‗rnini bosadigan mahalliy daraxt
turlari, mahalliy daraxt turlardan tayyorlangan yog‗och xomashyolarni
7. Mahalliy daraxt turlardan tayyorlangan yog‗och xomashyolarni olish, saqlash,
ishlab chiqarishni o‗rganish.
8. Yog‗och xomashyoning musahkamligi, qattiqligi, qayishqoqligi, plastikligi,
mo‗rtligi va sifatiga qo‗yiladigan talablarni o‗rganish.
9. Yog‗ochdan tayyorlanadigan buyumlar va mahsulotlarga xomashyo tanlash
va tayyorlashda yog‗och materiallarning xossalari va ishlatilishini o‗rganish.
10. Yog‗och xomashyodagi nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etishni
11. Yog‗och xomashyo tanlashda yog‗ochturlarini guruhlarga bo‗lishni
12.Tanlangan xomashyoning har xil mixlarni ushlab turish xususiyatlarini
13.Yog‗ochni quritish to‗g‗risida asosiy ma‘lumotlar, yog‗ochni quritishning
asosiy maqsadi, yog‗ochni ochiq joyda quritishni o‗rganish.
14.Ochiq joyda quritishni tashkil etish va amalga oshirish, ochiq joyda quritish
usullarining avzalligi va kamchiliklarini o‗rganish.
15. Yog‗ochni sunniy quritish, sun‘iy quritish turlari, quritish kameralari va
sushilkalarning xillari, ulardan foydalanish mexanizimlarini o‗rganish.
16. Konstruksion material sifatida qurilishda, mebel va duradgorlik
buyumlarida, xalq xo‗jaligi va ro‗zg‗or asbob-anjomlari ishlab chiqarishda
buyumlarga xomashyo tanlashni o‗rganish.
17.Cho‗yan, po‗lat va rangli metalldan tayyorlangan quymalarni o‗rganish.
18. Bolg‗alangan va shtamplangan xomashyoni o‗rganish.
19. Po‗latdan sovutilgan va qizdirilgan hollarda tayyorlangan prokatlar va rangli
20. Xomashyoning turlari, materialiga, shakliga, detalning xizmat vazifasiga va
mashinalarda yig‗ilgan holda ishlash shart-sharoitlariga bog‗liqligi. Shakldor
detallar tayyorlash jarayonida cho‗zilish va egilish ta‘sirida ishlatiladigan
21. Bolg‗alash yordamida egilishga, cho‗zilishga buralishga ishlovchi va
ko‗ndalang kesimi bo‗yicha o‗lchamlarida farq bo‗lgan metall xomashyolarni
22. Katta o‗lchamli detallar uchun donali va kichik seriyali ishlab chiqarish
sharoitida yoki boshqa hollarda kichik detallar uchun xomashyo tanlashni
23.Shtamplangan xomashyo, tunika. Aylana, kvadrat, oltiburchakli prokatlardan
tayyorlangan xomashyo tanlashni o‗rganish.
24. Yuqori molekulyar kimyoviy birikmali polimerlar, sintetik smolalar.
Polimerlanish smolalari termoplastik, termoreaktiv plastmassali buyumlar
tayyorlashda ishlatiladigan xomashyoni o‗rganish.
25. Qurilishda va mebellar ishlab chiqarishda tabiiy holida yoki qayta ishlangan
holida qo‗llaniladigan smolalar, bakelitlangan fanerlar, yog‗och-qatlamli va
qog‗oz-qatlamli plastiklar tayyorlashda ishlatiladigan xomashyoni o‗rganish.
26. Fenoplastlar tayyorlashda ishlatiladigan polikondensassiyalashgan sintetik
smolalarni tanlashni o‗rganish.
27. Rezorsin-formaldegid smola, karbomidsmolalar, poliefirsmolalar, epoksid
smolalar tarkibi va xossalari, buyumlar tayyorlashda ularni ishlatilish sohalarini
28. Sanoat ishlab chiqarish, qishloq xo‗jaligi, zargarlik buyumlari, maishiy uy
ro‗zg‗or buyumlari va mahsulotlarni tayyorlashda xomashyo va buyumlarni
rejalash, o‗lchash, texnologik xarita tuzish, eskizlar tayyorlash va texnologik
29.Sanoat ishlab chiqarish, qishloq xo‗jaligi, zargarlik buyumlari, maishiy uy
ro‗zg‗or buyumlari va mahsulotlarni tayyorlashda xomashyo texnologik
jarayonlarni loyihalash texnologiyasini o‗rganish.
30.Yog‗och materiallarini yo‗nishda ishlatiladigan qo‗l asboblarni tuzilishi va
ishlatish texnologik jarayonlarini o‗rganish.
31. Yog‗och materiallarini yo‗nish stanoklari va elektr qurilmalarni tuzilishi va
ularni ishga sozlash texnologiyasi. Yog‗och materiallarini yo‗nishda mehnat
havfsizligi qoidalarini o‗rganish.
32. Birikmali detallar tayyorlash, konussimon, shakldor va fason yuzalar hosil
qilish hamda ishlov berish texnologiyasini o‗rganish.
33. Keramik kompozitsion materiallar ishlab chiqarilishi va qo‗llanilishini
34. Rezina turlari, tarkibi xossasi va ishlatilishini o‗rganish.
35. Yelimlovchi materiallarning tarkibi, ularning klassifikasiyasi va ishlatilishi.
36. Polimerli plyonkalar va ularning turlari. Smola shimdirilgan qog‗oz asosli
pardozlash materialarini o‗rganish.
37. Loklarni qizdirib purkash va bunda ishlatiladigan asbob-uskunalarni
38. Parda qatlamlari xosil bo‗lish jarayonlari. Uchuvchan ertuvchilarning
bug‗lanish xisobiga qoplamalarning qotishni o‗rganish.
39.Plastmassalardan detallar tayyorlash texnologiyasini o‗rganish..
40. Kompozitsion materiallarga ishlov berish texnologiyasini o‗rganish.
1. Oshxonada kiyiladigan kiyimlarning bichilgan bo‗laklariga ishlov berish,
kiydirib ko‗rishga tayyorlash.
2. O‗g‗il bolalar kiyimlarning bichilgan bo‗laklariga ishlov berish, kiydirib
3. Qiz bolalar kiyimlarning bichilgan bo‗laklariga ishlov berish, kiydirib
4. Ayollar kiyimlarning bichilgan bo‗laklariga ishlov berish, kiydirib ko‗rishga
5. Erkaklar kiyimlarning bichilgan bo‗laklariga ishlov berish, kiydirib ko‗rishga
6. Suyuq taomlar tayyorlash jarayonini o‗rgatish
7. Sabzavotlardan taomlar tayyorlashni o‗rgatish
8. Tuxum va tvorogdan taomlar tayyorlashni o‗rgatish
9. Baliqdan taomlar tayyorlashni o‗rgatish
10.Go‗shtdan taomlar tayyorlashni o‗rgatish
11. Yaxna taom vatamaddilarnitayyorlashjarayoninio‗rgatish
12. Shirin taomlarni tayyorlashni o‗rgatish
14. Xamir mahsulotlari va taomlarini tayyorlash jarayonini o‗rgatish
15. Dasturxon tuzash qoidalari o‗rgatish
16. Parxez taomlarini tayyorlashni o‗rgatish
.Mustaqil ta‟lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta‘lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1.O‗zbekistonda xalq amaliy san‘ati va milliy hunarmandchilikning rivojlanishi.
2. Kandakorlik san‘ati. Kandakorlar tomonidan tayyorlangan milliy idishlar.
3. Amaliy san‘at maktablari va ulardagi o‗ziga xosliklar.
4. Amaliy san‘atda naqqoshlikning ishlatilish sohalari va turli xil amaliy san‘at
asarlariga naqsh bajarish uslublaridagi farqlar.
5. Kulolchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayoni va ularda mahalliy o‗ziga
xosliklarning aks etishi
6. Kandakorlik san‘ati. Kandakorlar tomonidan tayyorlangan milliy idishlar.
Qizlar uchun
1. O‗g‗il bolalar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash, andaza tayyorlash,
andazaga fason chiziqlarini kiritish, andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va
tikish, texnologik xarita yaratish.
2. Qiz bolalar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash, andaza tayyorlash,
andazaga fason chiziqlarini kiritish, andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va
tikish, texnologik xarita yaratish.
3. Ayollar kiyimlari kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash, andaza tayyorlash,
andazaga fason chiziqlarini kiritish, andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va
tikish, texnologik xarita yaratish.
4. Erkaklar kiyimlari kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash, andaza
tayyorlash, andazaga fason chiziqlarini kiritish, andazani gazlamaga joylashtirish,
bichish va tikish, texnologik xarita yaratish.
5. Ayollar kiyimlarini murakkab fasondagi kiyimlari kiyimlari uchun fason va
gazlama tanlash, andaza tayyorlash, andazaga fason chiziqlarini kiritish, andazani
gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish, texnologik xarita yaratish.
6. Suyuq taomlar tayyorlash jarayonini texnologiyasi.
VI. Fan o„qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‗zlashtirish natijasida talaba:
– dizayn va badiiy loyihalashning turmushdagi va mehnat ta‘limi o‗qituvchisining
kasbiy faoliyatidagi ahamiyati, buyumlarni badiiy loyihalash metodlari, belgi va
ramzlar, sanoat grafikasi asoslari, hajmli maket tayyorlash asoslari bo‗yicha
– – tikuvchilik buyumlari uchun gazlama tanlash, andaza tayyorlash, bichish va
– O‗zbekistonda yetishtiriladigan va ishlab chiqariladigan oziq-ovkat
mahsulotlariga issiqlik ishlovi berish usullarini, mahsulotlarga issiqlik ishlovi
berishda qo‗llaniladigan zamonaviy jihozlar, o‗zbek milliy taomlari turlarini va
ularni tayyorlash jarayonini, taomlarni tayyorlashda ish joyini tashkil etish,
sanitariya – gigiyena qoidalari xaqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
– O‗zbekistonda zamonaviy san‘at va milliy hunarmandchilik maktablari va ularni
rivojlanish tarixi, o‗ziga xos xususiyatlari, naqqoshlik san‘ati, naqsh turlari va
ulardagi ramziy ma‘nolar, naqshlarni bajarish bosqichlari va naqshni taxt qilish;
– tikuvchilik buyumlari uchun gazlama tanlash, fason tanlash andaza tayyorlash,
andazaga fason chiziqlarini kiritish, bichish va tikish;
– oziq-ovqat mahsulotlarini turlarini, oziq-ovqat mahsulotlariga birlamchi ishlov
berish va yarim tayyor masalliqlar tayyorlash, mahsulotlarga issiqlik ishlovi
berish usullarini, tayyor taomlarni dasturxonga tortish qoidalarini, turli
marosimlarda dasturxon tuzash tartiblarini, parxez taomlarining turlari va
tayyorlash jarayoni, ovqat tayyorlash sanitariya va gigiyenasi malakalarini
shakllantirish ko„nikmalariga ega bo„lishi kerak;
– talaba dizaynerlik amaliy san‘atida ishlatiladigan kesuvchi asboblarining
tuzilishi ishlash jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo‗llay olish;
– tikuvchilik buyumlari uchun gazlama tanlash, fason tanlash andaza tayyorlash,
andazaga fason chziqlarini kiritish, bichish, bichilgan bo‗laklarga ishlov berish,
kiyimga NIIB va tikish;
– ish joyini to‗g‗ri tashkil etishni, xavfsizlik qoidalarini to‗g‗ri bajarishga e‘tibor
berishni, oziq-ovqat maxsulotlaridan tejamkorlik bilan unumli foydalanishni,
talabalarda mehnat sevarlikni, badiiy didni, ijodiy qobiliyat va aql farosatni
g‗ururni, milliy urf–odatlarga xurmat e‘tiborni
shakllantirishni, o‗qitishda izchillik va ketma–ketlikka rioya qilishni, o‗z ustida
tinimsiz ishlashni, yangiliklarni qiziqib o‗rganib borish malakalariga ega
bo„lishi kerak.
VII. Ta‟lim texnologiyalari va metodlari:
Bolalar uchun urf bo‘lgan va chiroyli kiyim-kechaklar: asosiy g‘oyalar (foto)
Har bir ota-ona farzandini so‘nggi urf bo‘yicha va chiroyli kiyintirishni xohlaydi. Qizlarga faqat pushti rangli kiyimlarni kiygizishadi yoki kattalar kiyimlarining nusxalarini sotib olishadi. Bunday holatlar yuz bermasligi uchun biz sizga bolalar modasining aktual g‘oyalari haqida tushunib olishni taklif qilamiz.
Foto: Getty Images
Agar ranglar uyg‘unligi to‘g‘risida gapirsak, u holda u turli-tuman bo‘lishi mumkin. Shuni esingizda tutingki, eng kichkinalarni iloji boricha pastel va iliq ranglarda kiyintirish kerak, kattaroq bolalar esa o‘zlariga yoqqanini o‘zlari tanlay oladi. Bolani sizga yoqqan rangda kiyinishga majbur qilmang, chunki u bu rangda o‘zini noqulay his qilishi mumkin.
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Bolalarda teri qichishishi va allergik ta’sirlar bo‘lmasligi uchun gazlamalarning faqat tabiiysini tanlang. Yozda paxta, zig‘ir va ipak, kuzda esa bolalar uchun kashemir, chiyduxoba va jinsi gazlamalardan tikilgan kiyimlarni tanlang. Va albatta, trikotaj – u har bir brend kolleksiyasida qatnashadi.
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Yoz va kuz fasllarida turli xil printlar juda ommabop bo‘lib ketadi. Farzandingizning o‘zi unga yoqqanini va qulay bo‘lganini tanlasin. Yozgi va kuzgi mavsumlarda bolalar modasi kattalarnikiga o‘xshab ketadi, demak katakli, chiziqli va rombli kiyimlar aktual bo‘ladi.
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
O‘g‘il bolalar uchun kostyumlar, ko‘ylaklar, jinsi shimlar va jinsi kurtkalarni tanlashingiz mumkin. Qizlar uchun esa ko‘proq “zodagonlarga xos” kiyimlar variantlari: ko‘ylaklar va yubkalarni tanlashingiz mumkin. Sovuq ob-havo uchun to‘qilgan buyumlar va kardiganlar juda mos tushadi.
Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
Albatta qiz bolaning jinsiy tarbiyasida ko‘plab o‘ziga xos jihatlar mavjud. Aksari ota-onalar go‘dak qizaloqlaridagi ayrim me’yoriy holatlarni dard alomatlari deb o‘ylashadi.
Mundarija
- Qizaloqni yo‘rgak kasalliklaridan asrang
- Maktab yoshidagi qizlar parvarishi
- Balog‘at davri bosqichlari
- Balog‘at davridagi o‘zgarishlar
Xususan, go‘dak siynalari, ya’ni sut bezlarining vaqtinchalik biroz qattiqlashishi yoki gohida qizaloq jinsiy yo‘llaridan birozgina qizg‘ish suyuqlik chiqishi o‘tkinchi me’yoriy hollardir. Qiz bola, tetapoya bo‘la boshlagan davrdanoq tashqi ta’sirotlarga o‘ta sezuvchan bo‘ladi.
Qizaloq bir yoshga to‘lgunga qadar uning suyak tuzilishi to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish zarur. Jumladan, raxit kasalligida skelet muskulaturasi tonusining oshishi qiz bola chanog‘ining tor va yassiroq bo‘lib qolishiga olib keladi. Bu hol o‘z navbatida jinsiy a’zolar rivojiga ham aks ta’sir ko‘rsatadi.
Goho ulg‘ayib turmush qurilganda odatiy tug‘ruq yo‘llarining torligi bois, tug‘ish asoratli kechishiga ham bolalik davridagi befarq munosabat sabab bo‘lishi mumkin. Go‘dak beqiyos ona suti va tabiat ne’matlaridan qancha uzoq muddat bahramand bo‘lsa, uning zuvalasi shuncha pishiq bo‘ladi. Raxitni imkon qadar tezroq, shifokor nazoratida D-guruhidagi darmondorilarni tayinlash, quyosh nuridan bahramand etish bilan davolash lozim.
Qizaloqni yo‘rgak kasalliklaridan asrang
Go‘dak qizaloqni iloji boricha, yo‘rgak kasalligidan asrash lozim. Chaqaloq uzoq vaqt tagi ho‘l holatda yotishi natijasida, teri bichilishi, jinsiy a’zolar hududi ta’sirlanib, shishishi va qizarishi kabi asoratlarga olib kelishi bilan xatarlidir. Taglik sintetik bo‘lmagan oddiy materialdan bo‘lib, yaxshilab yuvilishi va zararsizlantirilishi, qulay bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Cho‘miltirishda har xil shampunlarning ishlatilishi ham qizlarda tashqi jinsiy a’zolarning jumladan, vulvaning allergik yallig‘lanishiga olib kelishi bilan xatarli. Bolakaylarni to‘g‘ri kiyintirish, ishtonchalarni tez-tez almashtirib turish ham zarur. Qiz bolalar ishtonchalarining pochasi yopiq bo‘lishi, jinsiy a’zolarni sovuq qotishdan hamda turli xatarli nopokliklar bilan bulg‘anishdan saqlashi bilan qulaydir.
Maktab yoshidagi qizlar parvarishi
Maktab yoshidagi qizaloqlarda ancha tortinchoqlik, uyatchanlik ustuvor bo‘lishini ota-onalar va muallimlar ko‘zda tutishlari joiz. Zero, qizaloqlarda peshob qopi va to‘g‘ri ichakning to‘lib ketishi, ya’ni hojatga ehtiyojmand bo‘lsa-da, qimtinib o‘z paytida chiqmasliklari bachadonning joyidan surilib, asta-sekinlik bilan egilib qolishi kabi xatarli asoratga olib keladi. Bunday holatlar keyinchalik bepushtlikka ham sabab bo‘lishini unutmasligimiz joiz.
Shu sababli ham dars o‘tilayotgan paytda qizlar uchun hatto ruxsatsiz birrovga chiqib kelishlariga qarshilik qilinmasa, nazarimda ayrim ko‘ngilsiz holatlarning oldi olingan bo‘lardi.
Qiz bola jinsiy tarbiyasida rasida bo‘lish davriga qadar quyidagi hollarga ahamiyat berishlik joiz:
- qiz bola bir yoshdan boshlab faqat onasi yordamida cho‘miltirilishi, aka-ukachalari bilan bir vannada cho‘milmasligi lozim;
- o‘g‘il bolalar xush ko‘ruvchi toychoq, velosiped kabi tos a’zolarini ta’sirlantiruvchi o‘yinchoqlar, qizaloqlarda klitor sezuvchanligini oshirib, iffat pardasiga darz yetkazish ehtimoli mavjudligini unutmaslik kerak;
- qizaloqlar ota-ona jinsiy munosabatidan imkon qadar bexabarroq bo‘lishi joizligi sabab, yotoqxonalar alohidaligi, ichki kiyimlarning esa ko‘zdan yiroq bo‘lganligi ma’qulroqdir;
- jinsiy a’zolar ozoda tutilishi zarur; o‘g‘il bolalarning tor, badanni ta’sirlantiradigan kiyimlarini, xususan, shimlarini kiyish ham qizaloqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
Yuqorida asosan balog‘at sari odimlayotgan qizaloqlar jinsiy tarbiyasidagi o‘ziga xosliklar haqida fikr yuritildi. Umuman balog‘atgacha va balog‘at davridagi o‘zgarishlar nimalarda namoyon bo‘ladi?
Balog‘at davri bosqichlari
Qiz bolalar rasida davri taxminan 9 yoshlardan boshlanadi. Shartli tarzda bu jarayonning quyidagi bosqichlarini tafovut etish mumkin:
- 9-11 yoshli qizlarda (ayrimlarda 8,5 yoshdan 11,5 yoshgacha) tos, dumg‘aza suyaklarining sezilarli o‘sayotganligi kuzatiladi;
- 10-11 yoshlarda (ayrimlarda 9,5 yoshdan 12 yoshgacha) qorin pasti, qov hududlarida ayollarga xos yakkam-dukkam, mayin tuklar paydo bo‘lishi va ko‘krak bezlarining sezilarli o‘sishi kuzatiladi;
- 11-13 yoshlarda (ayrimlarda 10-15 yoshlarda) tashqi va ichki jinsiy a’zolarning keskin rivoji kuzatiladi. Qov tuklari ko‘payib, ko‘krak bezlari keskin kattalashib, uning uchida rangdorlik paydo bo‘ladi;
- 13,5-14 yoshlarda (ba’zilarda 9-16,5 yoshlarda) keskin rivojlanish ro‘y berishi natijasida qo‘ltiq osti mo‘ylari paydo bo‘ladi hamda ilk hayz ko‘rish jarayoni kuzatiladi. Oradan ko‘p o‘tmay bu qizlar organizmida homilador bo‘lishlik imkoniyati ro‘y beradi;
- 15,5-17,5 yoshlarga to‘lgach, qizlarda suyak, ya’ni bo‘y o‘sishi to‘xtaydi. Ovozlari istig‘noli, mayinlik bilan chulg‘anishi, husnbuzarlar toshishi ham shu yoshlarga xosdir. Har oyning ma’lum kunlarida hayz jarayoni ro‘y berishi odatiy maromga tushib oladi.
Balog‘at davridagi o‘zgarishlar
Balog‘at yoshidagi qizlarda tananing notekis o‘sish jarayoni boshlanadi. Sonning yog‘ to‘plashi, siynalarning kattalashishi, chanoq suyaklari kengayishi, dumba hududining et olishi va sezilarli to‘lishishlar shular jumlasidandir.
Keskin o‘sish jarayoni bilan birgalikda o‘spirin qiz ruhiyatida ham o‘ziga xos o‘zgarishlar ro‘y berib, siqiluvchanlik, qimtinish kabi hollarga moyillik kuzatiladi. Ayrim qizlar ko‘kraklarining dirkillashidan andisha qilib, ko‘ksilarini ichga tortib yuradilar. Bu esa gavdaning me’yoriy o‘sishiga salbiy ta’sir etishi tufayli, nafas olish a’zolari va yurak xastaliklarining vujudga keltirishi mumkin.
Ayrim qizlar esa uzoq vaqtgacha ko‘kraklarini biror material bilan siqib o‘rab yuradilar. Natijada, siynalar yalpayib, xunuklashib ketishi bilan bir qatorda, kelajakda ko‘krak bezi kasalliklari vujudga kelishiga ma’lum darajada sabab bo‘ladi. Bu yoshdagi qizlar har jihatdan qulay, iqlimga mos, tabiiy, odmi matodan qilingan siynaband taqsalar bas, hushqomat va sog‘lom bo‘lishlari shaksizdir.
Balog‘at yoshidagi qizlarning og‘ir yuk ko‘tarishlari qin va bachadonning pastga tushish dardiga olib kelishi bilan xatarlidir. Ko‘pgina, onalar ginekolog shifokor maslahatiga faqat qizlari turmushga chiqqandan so‘nggina zarurat bor, deya xato o‘ylashadi. Natijada, balog‘at yoshidagi qizlarning jinsiy a’zo kasalliklari nazardan chetda qolib, o‘z vaqtida davolanmasligi bois, har xil xatarli asoratlarga, jumladan bachadon yoki tuxum yo‘llarining qayrilib qolishiga olib keladi.
Umuman olganda, har qanday qizaloqni ham bolalar ginekologi ko‘rigidan o‘tkazib turilishi bugungi kun talabidir.
Diqqat, biz saytimizda avvalroq yosh o‘gil bolalarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan reproduktiv tizim kasalliklari haqida ma’lumot bergan edik. Ushbu maqolani ham o‘qishingizni tavsiya etamiz: Bolani bepushtlik dardidan asrang
Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida “Fikr bildirish” qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.
Qiziqarli malumotlar
Bolalar uchun urf bo‘lgan va chiroyli kiyim-kechaklar: asosiy g‘oyalar (foto)