Daydi qizning daftari kitob sotib olish
«Jinoyat va jazo»—1865-1866-yillarda yozilgan Fyodor Mihaylovich Dostoyevskining ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-falsafiy romani. Birinchi marta 1866 yilda „Russian Bulletin“ jurnalida nashr etilgan. Bir yil oʻtgach jurnal nashriga nisbatan biroz oʻzgartirilib alohida kitob nashr etildi. Muallif kitob versiyasiga bir qator qisqartmalar va uslubiy oʻzgartirishlar kiritdi. Jinoyat va jazo gʻoyasi Dostoevskiyda koʻp yillar davomida pishib yetilgan, ammo qahramonning „oddiy“ va „gʻayrioddiy“ odamlar haqidagi gʻoyasi bilan bogʻliq boʻlgan markaziy mavzu faqat 1863-yilda Italiyada shakllana boshladi. Toʻgʻridan-toʻgʻri asar ustida ishlashni boshlagan muallif, Marmeladovlar oilasi va mahkumning vahiysi sifatida oʻylab topilgan romani mazmuni haqida hikoya qilingan, tugallanmagan „Mast“ romani qoralamalarini birlashtirdi. Ish jarayonida reja kengaytirildi va syujet yaqinlarini qutqarish uchun lombardchi ayolni oʻldirgan talaba Rodion Raskolnikovning jinoyati asosida qurildi.
Daydi qizning daftari
Dunyodagi har bir insonning o’z baxti, o’z fojiasi bor, bu kunga olib kelgan o’tmishi bor. Ana shu kechmishni o’rganish birovga yo’ ko’rsatadi, birovni qaytaradi. Qanday baxolash, xulosa chiqarish esa har kimning tarbiyasi, dunyoqarashi, axloqiga bog’liq. Solih Qahhorning mazkur asarini yuzakim qarab bir «qo’g’irchoq»ning sarguzashtlari deb baholash ham mumkin. Biroq hukm chiqarishga shoshilmang. Bu asar-ishqiy o’yinlar, jinoyatchilar hayotining tafsilotigina emas, balki achchiq bir hayotning iztiroblari, Shayton bilan Rahmon o’rtasidagi ziddiyatlar talqinidir.
SKU: 6357657 Category: Badiiy adabiyot
O’xshash mahsulotlar
4.00 out of 5
Jinoyat va Jazo
4.00 out of 5
32 UZS – 35,000 UZS
«Jinoyat va jazo»—1865-1866-yillarda yozilgan Fyodor Mihaylovich Dostoyevskining ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-falsafiy romani. Birinchi marta 1866 yilda „Russian Bulletin“ jurnalida nashr etilgan. Bir yil oʻtgach jurnal nashriga nisbatan biroz oʻzgartirilib alohida kitob nashr etildi. Muallif kitob versiyasiga bir qator qisqartmalar va uslubiy oʻzgartirishlar kiritdi. Jinoyat va jazo gʻoyasi Dostoevskiyda koʻp yillar davomida pishib yetilgan, ammo qahramonning „oddiy“ va „gʻayrioddiy“ odamlar haqidagi gʻoyasi bilan bogʻliq boʻlgan markaziy mavzu faqat 1863-yilda Italiyada shakllana boshladi. Toʻgʻridan-toʻgʻri asar ustida ishlashni boshlagan muallif, Marmeladovlar oilasi va mahkumning vahiysi sifatida oʻylab topilgan romani mazmuni haqida hikoya qilingan, tugallanmagan „Mast“ romani qoralamalarini birlashtirdi. Ish jarayonida reja kengaytirildi va syujet yaqinlarini qutqarish uchun lombardchi ayolni oʻldirgan talaba Rodion Raskolnikovning jinoyati asosida qurildi.
4.33 out of 5
Tunggi qotillik
4.33 out of 5
Komil Sindarov hozirgacha kitobxonlar eʼtiboriga havola etilgan “Qimmatga tushgan xato”, “Temuriylar kutubxonasi siri”, “Kechikka qasos”, “Amirlikning oltin taxti izidan” kitoblari orqali oʻz oʻquvchilarini topishga ulgurdi. Oʻquvchilarga taqdim qilinayotgan ushbu asar xam voqealarning qiziqarliligi, jumboqli holatlar, turfa xil taqdirlar yoritilganligi bilan kitobxonlar qiziqishini orttiradi. Asar qahramonlari – Sanjarbek va Faxriddin oʻz ishiga vijdonan yondashadigan, koʻngliga qarab ish tutadigan tergovchilar. Lekin sezimlarga tayanib ish tutib boʻlmaydi, dalil-isbot bilan ish qilish lozim. Surishtiruv jarayonida jinoyat ishi battar chigallashib boradi. Natijada tergovchilarning ishi ham murakkablashib ketadi. Har kim aybdor boʻlishi mumkin. Biroq haqiqiy jinoyatchini topish shart.
4.33 out of 5
Dorixonadagi qotillik
4.33 out of 5
Mazkur yangi kitob – “Dorixonadagi qotillik” ham detektiv janrida boʻlib, hayotiy haqiqatlarni oq va qora ranglarda yaqqol tasvirlaydi. Sindarov qahramonlarini yaxshi yo yomon deb ajratmaydi, oʻquvchi mutolaa jarayonida fikrlaydi, mulohaza qiladi, atrofida sodir boʻlayotgan voqealarni jonli tasvirlarda koʻradi va nihoyada, oʻzi xulosa qiladi
Daydi qizning daftari kitob sotib olish
5 фев 2015
В группе 148 участников
DAYDI QIZNING DAFTARI. Odatdagidek, ishdan qaytayotib ko’zim yana yuzlarini atir-upalar bilan bekitib olgan «Tungi kapalaklar» ga ko’zim tushdi. Ularni ko’rsam tanamni ikki xil his qoplab oladi. Nafrat va achinish. Nafrat meni doimo boshqalardek ulardan nariroqda yuzimni burib o’tishga majbur qilsa, ikkinchi his achinish esa, ular bilan chin dildan dardlashishga undar edi. Shundan keyin sekin asta ularni zimdan kuzata boshladim. Ular doimo to’rt beshlar orasida paydo bo’lar va eng qizigi ular qanday qilib qaerga g’oyib bo’lib qolganlarini xech ham sezmay qolar edim. Bir kun odatdagidek ishdan qaytayotib ko’zim ularnning birini og’ir yuk ko’tarib ketayotganini ko’rdim-u vaziyatdan foydalalanib o’z rejalarimni amalga oshirish va vaqtdan to’g’ri foydalanish uchun unga o’z yordamimni tezda taklif qildim. U menga shunchalik hayrat bilan qaradi-ki uning qarashidan dunyoda shunaqa takliflar ham bormi? degan cavolni anglab olish qiyin emas edi.. 1989 yil noyabr oyida Qashkadaryo viloyatida tavallud topgan bu qizni suhbatimizdan keyin umuman uchratmadim. – Qaerda turasiz? – Shu yaqin orada. -Kim bilan? -O’rtoqlarim bilan -O’rtoqlaringiz nima ish qiladi? -Yukimni ber ishing bo’lmasin. -Endi san qoluvding oshimizga pashsha bo’lmagan. – Aytgancha sizni doimo bir yigit so’rab qo’ymaydi. Xatto mendan sizni yaxshilab surishtirib berishimni so’radi.Siz unga yoqib qolgan emishsiz. Bu gapni eshitib shunchalik sovuq irjaydi-ki, o’zimni yolg’onimdan o’zim uyalib ketdim. Sungra nima buo’lsa bo’lar deb, aynan ular shaxsiyati bilan qiziqayotganimni, rostdan ham u bilan chin dildan suhbatlashish istagida ekanligimni aytdim. Ammo bu fikrim umuman xom ekanligini o’z shaxsiyatini yo’qotgan va u haqida o’zi ham umuman tasavvurga ega bo’lmagan inson bilan dardlashib bo’lmasligini o’ylamagan ekanman. Xullas shunga o’xshash uch-to’rtta uchrashuvlardan keyin u bilan chin dildan suhbatlashish baxtiga muyassar bo’ldim. – Necha yoshsan – 16 yosh? – Maktabda nechanchi sinfgacha ukigansan? – 7-sinfgacha – Ota-onang bormi? -Bor, ammo ular bilan yashamayman, uydan kochib ketganman. – Nima uchun? – Beshta kizdan keyin ota-onam meni ugil bulishimni juda ham xohlaganlar. Dadam oyimga doimo qiz bo’lsa qizing bilan onangnikiga to’g’ri yo’lga otlan, uyga kelishni hayolingga ham keltirma deya har safar ta’kidlaganlar. – Onam meni tugayotgan paytlarida yoshlari birmuncha o’tib qolganlarining hisobiga qiynalganlar. So’ngra yana qiz bo’lganini eshitib, yuragi bardosh bera olmagan.. Shu-shu meni na padarim na qarindoshlarim baxtsizlik olib kelgan qiz deya yoqtirishadi. – YOshligimda bu narsalarni hammasini mohiyatiga tushunmaganim uchunmi, dadamni o’rib so’kishlariga, atrofimdagilarning ortiqchasan degan haqoratlariga chidar edim. Ammo, keyinchalik 13-14 yoshlarda bu narsalarni mohiyatini sekin-asta tushuna boshladim. Va tushungan sari boshim oqqan joyga qochib ketgim kelar edi. Shunday kilib kunlardan biri amakimnikiga borib kelishni bahona qilib, to’g’ri vokzalga bordim. YOnimda na pul, na dokumentlar bor edi. Shu asnoda vokzalda uch kun daydidim va u yerda bir ayol bilan tanishdim. 35-40 yoshlardagi bu ayol yana uch kundan keyin shu vokzaldan Toshkentga jo’nab ketishini va meni ham birga o’zi bilan olib ketishini aytib telofonini bergancha jo’nab ketdi. Menga qanchalar qiyin bo’lmasin yana uyga kirib bordim. Ahvolim bir ahvolda uch kunda shunchalik ozib ketgan edimki, buni ko’rgan opalarim yig’lab yubordi. Opalarimga ham oson emasligigini bilar edim. Ular ham o’z uylarida shunchalik kimtanib yashar edilarki, birov «Xey yurlaring sizlarni olib ketaman»,- desa qaerga demasdan ergashib ketadigan xolatda edilar. Ularga ham juda qiyin edi… Ammo menga… Dadam oyim olamdan o’tganlaridan keyin uylangan va ikkinchi xotinidan bir o’g’li bor edi. Uydan chidolmay chiqib ketganimni sababining asosi ham shu edi.Atigi ikki yosh kichik bo’lgan ukam uyda o’zini shohdek tutar men esa o’zimni ortiqcha sezar edim. O’gay onam va dadamning butun e’tibori faqatgina shu o’g’lida edi. Undan xech ham kam joyim yo’q edi. Undan ko’prok mehnat qilar edim, Undan yaxshiroq o’qir edim. Undan og’irroq yuklarni ko’tarishga qodir edim. Ammo birgina aybim ayol jinsida ekanligim edi… Dadam ahvolimni ko’rib, nega unday qildingiz qizim meni el-yurt oldida sharmanda qilmoqchi bo’ldingizmi?-dedi. Ammo bu gapni shunchalik jaxl va nafrat bilan aytdiki, butun tanam buzrukvorimning bunday mehrsizligidan muzlab ketdi. Va usha daqiqadanoq, o’zimga-o’zim yana uch kundan keyin albatta qochib ketaman deya va’da berdim. Kunduzi ko’chaga chiqishimga ruxsat bermaganlari uchun ikki kun o’tib, uchinchi kechasiga o’tar kechasi butun o’zimga tegishli bo’lgan narsalarni yig’ishtirib, soat 3-4 lar orasi yo’lga otlandim. Tun qorong’usida vokzal tomon borar ekanman yo’lda tinimsiz ravishda, men ayol jinsidanman ammo men kuchliman erkaklardek, qo’rqmasman erkaklardek, ulardan nimam kam? O’z kuchim bilan ulardan ham yaxshiroq yashay olaman. Hayotimni dadamning o’sha arzanda o’g’lidan ko’ra yaxshiroq ko’ra olaman. Mana ko’radi hali dadam, qiz qadrini. Ana shu uy xayollarda vokzalga qanday yetib borganimni bilmayman. Va nihoyat soat 9-00 da va’da qilgan soatida bundan uch kun avval tanishgan ayol yetib keldi. Birinchi meni eslay olmadi. So’ngra o’zining gaplarimni takrorlaganimdan so’ngina esladi. Va butun harajatlarimni ko’tarib meni Toshkentga olib keldi. Shu tariqa mana shu iflos hayotim boshlandi. Men xoloskorim deb uylagan ayol meni hayotimni barbod qilgan xaqiqiy dushmanga aylandi. Ammo men imkon topdim deguncha bu yo’ldan ketaman. Va o’sha azaliy orzuimni ayol jinsidan bo’lsamda, erkak jinsidan kam emasligimni isbotlayman. Dadamga o’g’il ham qiz ham birdek farzand ekanligini, ularning har ikkalasining ham hayotda, jamiyatda o’rni birdek ekanligini isbotlayman. Bu mening oldimga qo’ygan birinchi maqsadim. Suhbatdoshimni orzularini tinglar ekanman, hayolimda nogohon jamiyatimizda uning orzulariga monand chora-tadbirlar bekorga emas ekan degan fikr o’tdi.
Комментарии 0
Новые комментарии
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Сервисы VK
добавлена 2 марта 2020 в 19:17
добавлена 26 октября 2018 в 21:50
Qöllari köksida nurlikdir yuzi. Asaldan totlikdur aytgan har sözi. Beklikka munosib faqat shu millat. Dunyoda yashasin özbeklar har vaqt. Bobur G’aniyev
Qiziqarli malumotlar
Daydi qizning daftari kitob sotib olish