OYBEGIM MENING” – ZAMON ADIBLARINING TAQQOSLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

OYBEGIM MENING” – ZAMON ADIBLARINING TAQQOSLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

Koʻrolmaslik naqadar bedavo illat!

Зарифа Саидносирова: Ойбегим менинг

Зарифа Саидносированинг “Ойбегим менинг” номли китоби нафақат биографик асар, балки тарбиявий аҳамияти катта бўлган, жонли ва ёрқин тасвирларга эга чиройли муҳаббат қиссасидир.

Китобни ўқиган ҳар бир ўқувчи қалбида Ойбекдек улуғ адиб ва улуғ инсонга нисбатан ҳурмат ва муҳаббат туйғулари пайдо бўлади. Китобда, Ойбекдан ташқари, яна бир асосий қаҳрамон бор. Бу, бутун ҳаётини Ойбекка бағишлаган, унинг машаққатли қисматини енгиллаштиришга интилган, унга муносиб ёр бўлган Зарифа опанинг ўзидир.

Ойбекнинг шахсий ҳаётинигина эмас, балки бир-бирига муносиб икки улуғ сиймонинг севги ва вафо достони- “Ойбегим менинг” мутолааси барчангизга муборак бўлсин!

Характеристики
ISBN 978-9943-20-711-0
Язык На узбекском
Надпись Кириллица
Издательство Янги Аср Авлоди
Тип обложки Твердая
Формат бумаги A5
Год издания 2020

Книги, продукты, мировая литература, узбекская литература, бизнес и психология, на русском языке, современная узбекская литература, детская литература, религиозная литература, наука и учебники, для абитуриентов, лучшие книги, топ-100 бестселлеров, художественная литература (биографическая литература), биография , на английском языке много другое. Быстрая доставка в Узбекистан

“OYBEGIM MENING” – ZAMON ADIBLARINING TAQQOSLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bobur Yangiboy O‘G‘Li Hakimov

Bu asar muallifi Zarifa Saidnosirova “Oybegim mening” nomli kitobi nafaqat biografik asar, balki tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘lgan, jonli va yorqin tasvirlarga ega chiroyli muhabbat qissasidir. Kitobni o‘qigan har bir o‘quvchi qalbida Oybekdek ulug‘ adib va ulug‘ insonga nisbatan hurmat va muhabbat tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. Kitobda, Oybekdan tashqari, yana bir asosiy qahramon bor. Bu, butun hayotini Oybekka bag‘ishlagan, uning mashaqqatli qismatini yengillashtirishga intilgan, unga munosib yor bo‘lgan Zarifa opaning o‘zidir. Oybekning shaxsiy hayotinigina emas, balki bir-biriga munosib ikki ulug‘ siymoning sevgi va vafo dostoni”Oybegim mening”asarini o‘qir ekansiz, ular boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar,ularga qilingan tusxmatlardan lol qolasiz kitob sizni shunchalik qiziqtirob qo‘yadiki,go‘yo bu voqealar o‘zingiz bilan yuz berayotganday tuyiladi.!

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — Bobur Yangiboy O‘G‘Li Hakimov

“OYBEGIM MENING” ASARIDA BOLALIK TASVIRLARI
SHUHRATNING “OLTIN ZANGLAMAS” ASARI BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI
XUDОYBERDI TO‘XTABОEVNING SO‘Z QO‘LLASH MAHОRATI
P.I. CHAYKOVSKIY “YIL FASLLARI” ASARINING MAZMUN-MOHIYATI BILAN TANISHISH
OYBEKNING SO‘Z QO‘LLASH MAHORATI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“OYBEGIM MENING” – ZAMON ADIBLARINING TAQQOSLANISHI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

“OYBEGIM MENING” – ZAMON ADIBLARINING TAQQOSLANISHI

Bobur Yangiboy o’g’li Hakimov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Bu asar muallifi Zarifa Saidnosirova “Oybegim mening” nomli kitobi nafaqat biografik asar, balki tarbiyaviy ahamiyati katta bo’lgan, jonli va yorqin tasvirlarga ega chiroyli muhabbat qissasidir.

Kitobni o’qigan har bir o’quvchi qalbida Oybekdek ulug’ adib va ulug’ insonga nisbatan hurmat va muhabbat tuyg’ulari paydo bo’ladi. Kitobda, Oybekdan tashqari, yana bir asosiy qahramon bor. Bu, butun hayotini Oybekka bag ‘ishlagan, uning mashaqqatli qismatini yengillashtirishga intilgan, unga munosib yor bo ‘lgan Zarifa opaning o’zidir.

Oybekning shaxsiy hayotinigina emas, balki bir-biriga munosib ikki ulug’ siymoning sevgi va vafo dostoni- “Oybegim mening”asarini o’qir ekansiz, ular boshidan o’tkazgan qiyinchiliklar,ularga qilingan tusxmatlardan lol qolasiz kitob sizni shunchalik qiziqtirob qo’yadiki,go’yo bu voqealar o’zingiz bilan yuz berayotganday tuyiladi.!

Kalit so’zlar: Turmush, Toshkent, Moskva, sinov, farzand, sevgi, sadoqat, dushman

Ijodkor yaratgan asl badiiy manzarada doimo fikr bilan birgalikda tuyg’u, hissiyot ham bo’ladi. Yozuvchi hamisha yo nimanidir yoqlaydi, yoki inkor qiladi. Betaraf badiiy ijod bo’lishi mumkin emas. Chunki inson tafakkuri va ruhiyatida betaraflik tugagandan so’nggina chinakam badiiy asar yaratiladigan holat paydo bo’ladi.adibning tuyg’ulari nechog’lik kuchli, nigohi qanchalar o’tkir, tili qanchalik boy bo’lsa, o’quvchi uning asariga ta’siriga shunchalik qattiq beriladi. Yaratilgan badiiy matnning qanchalik hissiy, ta’sirchan bo’lishi uning timsoliyligi – obrazliligi darajasiga bog’liq. Shunday qilib, badiiy adabiyotning ilmiy adabiyotdan asosiy hal qiluvchi farqi uning obrazliligidadir. Badiiy adabiyot obrazli bo’lganligi uchun ham odamga kuchli ta’sir etadi. Xo’sh, u holda badiiy timsol – obrazning o’zi nima degan savol tug’iladi. Bu haqda oltinchi sinfda ham qisman fikr yuritilgan edi. Yuqoridagi misollardan kelib chiqadigan bo’lsak, ijodkorning fikr, tuyg’u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan tasvirni badiiy timsol yoki obraz, deyish mumkin.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Bu qahramon ayol Zarifa Saidnosirovaga maqolani boshida tohtalib o’tishni joyiz deb bildim. Zarifa Saidnosirova O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi,professor.Kimyo fanlari nomzodi.Birinchi o’zbek ayol rassomi. Taniqli ma’rifatparvar S. Mirjalilovning qizi, Oybekning rafiqasi. Toshkentda “Pestolotssi” maktabi Navoiy nomidagi ta’lim-tarbiya texnikumiva so’ngra Rozanov tasviriy san’at studiyasida o’qigan. So’ng O’rta Osiyo universiteti fizika-matematika fakultetining kimyo bo’limini tugatib o’rta maktablar, xotin-qizlar bilim yurti va ishchilar fakultetida fizika, matematika va kimyo fanlaridan dars bergan. “Oybegim mening” asarini o’qir ekanman,o’sha davrlarda ikki yozuvchimiz qanchalik bir biriga muhabbat qo’yganligiga,birgalikda qanchadadan qacha qiyinchiliklarni boshidan kechirganligiga guvoh bo’ldim. Va buyuk yozuvchimiz Oybekga yanada hurmatim ortdi.Oybekning muhabbati bilan hozirda muhabbat deb atalmish tuyg’uni solishtirib ko’rsak Zarifani qanchalik sevganligi, qanchalik ardoqlaganiga amin bo’lasiz va o’ylab qolasiz yoshlarimiz o’rtasida hozirda ham shunday muhabbat bormikan, deb.Bu kitob Sevgi va vafo dostoni deb tariflanadi aytganlaricha bor.Bu kitobni o’qir ekanman Turk yozuvchisi Rashid Nurining “Choliqushi” asaridagi sevgi qissasi ham yodimga tushdi u kitobda ham kundalik tutilandi.Oshiq moshiqlar bir biriga xatlar yozishadi va kitob ohirida ikki sevishgan bir biriga yetishadi. Bu asarda esa ikki sevishgan yilar davomida bir birini sinashadi,Zarifa sevgisini oshkor qilmay,Oybekni yillar davomida kuttiradi.Bu kitobni o’qir ekansiz,voqealar ko’z oldingizdan kino lentasiday tiziladi va ruxan yengillashasiz.Goxida asar qahramonlariga achinasiz gohida havas qilasiz, ular ijod uchun borini berganligiga hech narsadan chekinmaganligiga amin bo’lasiz.Ular turmush qurishganlarida bitta hona berilganligini aytishadi,lekin biz hech narsaga qiziqmas edik,faqat ikkalamiz birga bo’lsak bo’ldi deydi.Chunki ular baxtli edi.kitob boshida Zarifa Saidnosirova o’zining bolaligi haqida shunday deydi. Biz Turkiston shahrida, Qarnoq ko’chasining katta may-doniga kelib takalgan joyida, burchak hovlida yashar edik.Hovlimiz ichkari va tashqaridan iborat bo’lib, bir yonboshida yangi qurilgan katta paxta zavodi turardi. Ichka-ri hovli bilan tashqari o’rtasida kichik eshik bo’lib, bu eshik devor pardalar bilan o’ralgan edi. Ichkari xovlining butun bir tomonini pishiq, bo’g’otli yangi uy egallagan. Ikkinchi tomonida esa oziqxona, kata ayvon, oshxona va juda katta molxona joylashgan. Uchinchi tomonda ochiq molxona bo’lib, buni bostirma der edik.Hovlining to’rtinchi tomoni — ko’chaga karagan baland de-vor. Hovli 1905 yilda, zamonaning eng yuksak zavqiga muvofiq, durustgina qurilgan. Biz shu joyda 1924 yilga kadar yashaganmiz. Otamning dadasi, ya’ni bobom Abdulxay Mirjalil o’g’li-ni baland bo’yli, sodda tabiatli, samimiy, dindor, dehqon odam bo’lgan, deydilar. Uning, bilmadim, qandaydir kichki-na do’koni bo’lgan. Har hayit oldida do’kondan qaytishda mahalladagi yetim-esirlar va beva-bechora xotinlarning uyiga bosh suqib, kiyimlik

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

(zakot) ulashar ekanlar. Hamma ularni avliyo deb atar ekan. Birinchi xotinlaridan ikki o’g’il,bir qizi bo’lgan. U shu xotinining vafotidan so’ng Iqon kishlog’idan mening buvimni — yosh qizni olgan. Buvim mehnatkash dehqon oilasidan bo’lgan. Undan ikki qiz vabir o’g’il — mening otam Saidnosir tug’ilgan.Bobom bolalarining barchasini o’qitgan. Ular o’qish-yozishni yaxshi bilgan, savodli bo’lgan. Bobom Qur’on o’qish shart, deb yosh kelin chog’idayoq g’irt savodsiz buvimni mak-tabga katnattirgan. Buvim burniga ko’zoynak qo’ndirib, har kuni Qur’onni juda ravon o’qir, ammo boshqa kitoblardan bir satr ham o’qiyolmas edi. Biz bunga hayron bo’lardik, kulardik. Otam Saidnosir to’qqiz yoshida ekanida bobom bir ham-rohi bilan hajga jo’nagan. Avval Madinani ziyorat qilib,Oybegim mening keyin Makka safariga yo’l olgan. Shunda bobom: «Qanday qilib payg’ambar habriga orqam bilan kirib boraman»,degan va yig’lab, teskari, ya’ni orqasiga yurib, Makkaga ravona bo’lgan. Yo’lda charchab yiqilgan va vafot etgan.Hamrohi bobomni Arabiston cho’llariga dafn etib, uning qo’pol qozoqi choponini, oq surp kuloh-do’ppisini va bitma Qur’onini keltirib, buvimga topshirgan. Jiltga solin-gan, kattagina, og’ir bu bitma Qur’onni bobom hamisha ko’ltig’ida osig’liq olib yurar ekan. (Buvim Qur’on bilan do’ppini menga bergan, men katta o’g’lim Omonbekka meros sifatida qoldirganman.)

Zarifa Saidnosirova onasi yettita qiz tuqanligi va ikki qizi vafot etganligini aytadi.Otasi esa bilimga juda qiziqadigan inson edi. Tuxmat bilan qamalib ketadi sakkiz yil deganda keladi-yu o’n oy turib yana qamaladi av shu bilan qaytib kelmaydi.Oybek bilan Zarifa Saidnosirova turmush qurar ekan juda baxtli hayot kechirishadi. Oybek ish bilan Maskvaga ketar ekan juda chiroyli va mazmuni xatlar yozib turadi xatlaridagi munosabatlarni go’yo sog’inch ila bir birlariga suykalgan ikki musichaga qiyosh etish mumkin Maktab paytlarida bir voqeani so’zlab bergan edi o’shanda uning kallasiga ketmon tegib bosh chanog’i ko’rinib qolgan edi.Bu voqeani shunday tariflaydi: O’sha yillari bo’lib o’tgan bir vokea xal i xam esimda.Bir kuni oyim meni yuvintirib, sochlarimni o’rib, yangi ko’ylak, yangi botinkalar kiygizdi. Erta bahor edi. Zul-fiya bilan ayvonda ko’g’irchok o’ynay boshladim. U menga kiz uzatmokchi, men o’g’il uylantirmokchiman. Ikkovimiz ayvon-ning boshini egalladik. Lekin men negadir hozir kela-man, deb o’zimni tashkariga urdim. Tashkari da bir necha Zarifa Saidnosirova xizmatkorlar buvimning jiyani Iso bilan birga arik to-zalashar edi. Dadam Isoni Orenburgga oq’ishga yuborgan, ammo negadir bugun u biznikida ekan. Men arik chetiga borib tiqildim. Har narsaga korishib yuradigan odatim bor edi. Kattalardan bittasi: «Nari tur, chirok, ketmon tegib ketadi», — dedi. Qulok solmadim, tag’in yaqinroqqa dam tashladim, ishlarini jinday kuzatgandan so’ng, arik-ning narigi betiga sakramokchi bo’lib, yikildim: Isoning ketmoni boshimga tekkan edi. Hayriyat, u ketmonni ko’ta-rib kol i sh ga ulgurgan, yo’ksa, katta, yangi charxlangan zil-day

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ketmon meni ikkiga bo’lib tashlagan bo’lardi. (Erta-ab xam tashkaridan bir xabar olib kirganman, shunda ikki kishining bir to’da ketmonlarni yaraklatib charxlab o’tirganlarini tomosha kilgan edim.) Sh u payt hamma duv etib, tarkalib ketdi. Kimdir ko’lida ketmon ushlagan, kimdir ketmonini yerga tashlagan, ammo birortasi yaqin kelmaydi. Boshimdan tirqirab konotilyapti, lekin xushim joyida. O’rnimdan turmokchi bo’ldim,lekin tag’in yikildim. Meni uyga olib kirmaysizmi? — dedim boshimnibir oz ko’tarib. Odamlar orasidan bir keksarok kozok chiqdi-da, ikkiqo’liga meni yotqizib, ko’tarib oldi.Shundan keyin boshida kata chandiq qoladi.Asarda Oybek va Zarifalar qanchalik qiyin yo’llarni bosib o’tganiga,va o’z davrinig juda kuchli adbiblari bo’lganligi va o’sha davrning kuchli adiblari bilan birga do’stona munosabatda bo’lganligini guvohi bo’lamiz.Va shunga qaramasdan yaxshilar vor ekan dunyoda ularni ko’rolmaydigan ularga yovuz niyat ila boqadiganlar ham yo’q emas allbatda.Oybek kasal bo’lib yotib qolsada yozishda davom etadi.Eng achinarlisi shundaki kechagina uyiga kelib kamchiliklarimni ko’rib bering deb yurgan shogirdlari uning oyog’iga bolta urishga harakat qilishadi.Oybekninng asarlari juda ko’p tillarga tarjima qilinadi.Oybek kasal bolib yotar ekan xotiniga tugallanmay qolgan asarlarini aytib turadi va shu tarza yakunlaydi.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki bu asarni o’qib turib Oybekning qanchalik buyuk inson ekanligini,ko’pgina davlat yozuvchilari uni hurmat qilishini va ijodini kuzatib boshqa tillarga tarjima qilib qo’ldan qo’lga almashib o’qilayotganini guvohi bo’lasiz.Shunga qaramay uning umr yo’loshi Zarifa Saidnosirova u boilan birgama birga yurib o’zbek ayolining matonati qanchalik ekanligini ko’rsatib beraolgan chunki.Oybek ishdan kelganida uyda hech narsa yo’q edi, shunda ham qidirib ozgina kepak va yog’g topdim va ikkalasini qovurib,Oybekni oldiga qo’ydim deydi.Shundan bilsak bo’ladiki yo’qchilik paytlari ham matanoat bilan jufti halolini yolg’iz tashlamagan.Oybek ham ozgina yeb ertalab bollarga berasan deydi ota on anima bo’lsa ham bollarim och qolmasin deydi.Sabr bilan o’z ishidan tolmadi va halqimiz hurmatiga sazovar bo’lib qalblardan joy oldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Zarifa Saidnosirova, “Oybegim mening” “Yangi asr avlodi”,2020-yil

2. www.internet Adabiyot so’z san’ati

3. www.internet O’zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-200)-yillar

4. Rashid Nuri Guntekin “Choliqushi” roman

Oybegimiz

Oybek siymosi, badiiy salohiyati haqida gap ketsa qandaydir eʼtirozsiz tasavvurlar har birimizda bor. U bilan zamondosh boʻlgan adiblar adabiy anjumanlarda juda iliq soʻz aytadilar. Ijodi haqida gap ochilganda ham ortiqcha munozaralar boʻlmaydi. Bu – fazilatmi yoki kimdandir baland, kimdandir past qoʻyishga sabab boʻluvchi dastakmi?

Shularni oʻylab, bir necha yillar burun Oybek siymosi haqida oʻqib bilganlarimdan taʼsirlanib bir maqola yozgan edim. Z. Saidnosirovaning “Oybegim mening” kitobi nomini andak oʻzgartirib “Oybegimiz” deb qoʻyishga jazm etdim. Bu boshqa avlod vakillarining ulkan ustozga, zamonlar boʻronida choʻqqidek qoʻr solib kelgan buyuk adibga mehrimiz, hurmatimiz belgisidir balki…

Muallif

Oybekning sheʼrini dalaga chiqib,

Maysaga agʻanab oʻqimoq kerak.

Xurshid Davron.

Adabiyot tariximizda oʻzining muqim oʻrnini egallagan Oybek nomi tilga olinganda, eʼtibor berganmisiz, koʻngilda moʻtadil bir kayfiyat, moʻtadil fikr zohir boʻladi: u soʻzsiz ulkan adib. Ortiqcha ehtirosga berilmaymiz, bahs-munozaraga ham oʻrin yoʻq, hadeganda olqishlashga ham shoshilmaymiz. Siymosini, u haqdagi xotiralarni eslaganimiz zahoti, turli fitnalar, algʻov-dalgʻovlar zamonida yashagan esa-da, qalbimizga sokin bir salobat bilan kiradi Oybek. Boz ustiga “Qutlugʻ qon” bilan “Navoiy” romanlarining oʻzi yetmaydimi, deymiz oʻzimizcha. Shu asarlari bilanoq u oʻziga ulkan yodgorlik oʻrnatib boʻlgan.

Rosti, kamina Oybekning sheʼrlarini, xususan, lirik sheʼrlarini oʻqiganimda begʻuborlik, joziba, mehr tuyaman yuragimda. Koʻnglim tusaydi shu sheʼrlarni. Bu, endi, koʻngilning oʻziga qoʻyib berilgandagi xolis holat. Kezi kelganda “Qutlugʻ qon”ni ham, “Navoiy”ni ham titkilayman.

Boshqa asarlari toʻgʻrisida hozir balki oʻrni bilan nima deyish mumkin boʻlsa, aytish mumkindir, biroq adibimiz tirik boʻlganida muqarrar shu ikki romanni qoʻliga olib koʻz-koʻz qilgan boʻlardi. “Qutlugʻ qon”ning soʻngini zamonasoz qilishga majbur boʻlganman, derdi xijolat tortib.

Qamrovi, epik koʻlami, badiiy quvvati jihatidan qaralganda ham juda kuchli asar.

Biroq men Oybekning oʻzi – shaxsi haqida koʻproq oʻylayman. Va muttasil suratda zamon mafkurasining zanjiri qobirgʻalariga ham, qalbiga ham botib, tangʻib tortilgan buyuk yozuvchi gavdalanadi koʻz oldimda.

Oybekdagi singari ijodiy kuch, Oybekdagi singari shijoat, Oybekniki kabi sabru matonat oʻylaymanki, uncha-muncha Gʻarb yozuvchilarida ham boʻlmagan.

Oybek haqida ilgari qator maqolalar, taniqli adabiyotshunos N. Karimovning risola va asarlarini oʻqib u haqda tasavvur maydoni paydo boʻlgan edi. Biroq adibimizning rafiqasi, buyuk ziyoli Zarifa Saidnosirovaning “Oybegim mening” kitobini oʻqib, ochigʻi hayrat barmogʻimni tashladim.

Avvalambor bu oilaning vujudga kelishi tarixi, undan soʻnggi ulugʻ birlik, ulugʻ yelkadoshlik, bemisl sadoqat ham zamonlar sahnasidan bizga faqat ibrat, hikmat namunasi boʻlib balqiydi.

Oʻyladim: Zarifa Saidnosirova Oybeksiz ham katta alloma boʻlib yetishishi mumkin ekan, ammo Oybek Zarifa Saidnosirovasiz Oybek boʻlishi mushkul ekan.

Bu birlik chindan ham vaqtlar silsilasida boshqalar uchun ibrat boʻlib qolsa kerak. Har qanday ijodkor uchun ham dastavval chidamli, vafodor ayol kerak. Chunki ijodkorning injiqligini uncha-muncha ayol zoti hazm qilolmaydi.

Lekin Z. Saidnosirovaning bu borada baxti kulgan edi. Oybek unaqa injiq emasdi. U ichkuyov boʻlganidayam, bir xonali yotoqda farzandlari bilan yashagandayam, ustiga boʻhton yogʻilib, tor joylarga quvilib chiqqanda ham yozaverar edi. Shuningdek, mansabdan tushirilgan, hatto Yozuvchilar uyushmasi tarkibidan oʻchirilganda ham dami ichiga tushib ketmasdi, aksincha, vaqt boʻlganiga shukur qilib tinimsiz yozar edi.

Bu ham biz uchun bir saboq. Chunonchi biz oʻz yalqovligimizni, tanballigimizni, erinchoqligimizni arzimagan bahonalar bilan oqlamoqchi boʻlamiz. Oybekdek choʻng oʻtirib mehnat qilishga sabrimiz yetmaydi, xolos.

Oybekka Xudo tagʻin 20 yil umr berganida bormi, shubhasiz, u yetib boʻlmas choʻqqilarni zabt etgan, bizga ne-ne ulkan asarlarni armugʻon etgan boʻlardi.

Oybekning olijanobligi, shoirligi, zakovati, sadoqati, sabrliligi rafiqasiga ilhom berardi.

Oilada ikkalasiyam ishdan quvilgan, maoshsiz, nonsiz, bir paysa unsiz, Oybekning qaynotasi Saidnosir Mirjalilov repressiyaga uchrab mushkul ahvolga tushib qolgan, boz ustiga ocharchilikka yuz tutilgan davrlar ham boʻlgan ekan.

“Bozorda bir buxanka non 200 soʻm, bir kilogramm goʻsht esa 150 soʻmga koʻtarildi. Bozordan non olib boʻlmaydi, kartochka boʻyicha olingan nonga qanoat qilishdan oʻzga iloj yoʻq.

…Oybek juda tez oza boshladi. Bu uning shu vaqtda oldirgan rasmlaridan ham bilinadi. Biz bir paytlar bir katta, bir kichik gilam sotib olgan edik. Oʻsha kunlari katta gilamni sotib, qoʻy oldik. U qoʻziladi. Ikkovimiz maslahat qildik-da, qoʻy bilan qoʻzini sotib, picha pul qoʻshib, sigir oladigan boʻldik.

Oybek qoʻyni yetakladi. Oyim ikkovimiz orqadan haydadik. Bozorga yoʻl oldik. Sigir qimmat, sutli sigir esa bir hovlining puli ekan. Biz yana qoʻy-qoʻzini haydab, izimizga qaytib keldik. Keyin soʻyib yedik.

…Bir kecha, yodimda, Oybek yozib oʻtirardi. Men ham yozibmi, oʻqibmi oʻtiribman.

– Zarifa, qornim och, ochiqdim, – deb qoldi, Oybek.

Men nima deyishni bilmayman, indamadim, javob qilolmadim. Negaki, uy qup-quruq edi.

– Biror narsa yoʻqmi? – soʻradi Oybek.

Oʻrnimdan turib, shkafni axtardim. Hujradagi xurmacha, xaltalarni tekshirdim. Bir hovuch yirik kepak, bir-ikki qoshiq shakar topdim, soʻng xurmachaning tagini sidira-sidira bir qoshiq yogʻ oldim. Primusda kepakni qovurib, soʻng unga shakar aralashtirib dasturxonga tortdim. Bilmadim, bu qanday taom boʻldi ekan? Oybek hazratlari nomi menga ham nomaʼlum boʻlgan bu taomdan bir-ikki marta qoshiq uchida olgan boʻldi. Soʻng “sen ham yegin” deb meni qistadi.

– Yoʻq, ochiqmadim. Oʻzingiz yeya bering, – dedim unga.

Mening ham qursogʻimda hech narsa yoʻq, faqat qanoat bor, xolos.

Oybek ozgina yedi. Ozginasini qoldirib, dedi:

– Ertalab bolalarga berarsan.

Menga boqib jilmaydi-da, tagʻin yozuvga kirishdi.

Bilmadim, bemazalikdan yeya olmadimi yoxud bolalarga ilinib, tomogʻidan oʻtmadimi?”

Z. Saidnosirova oliy maktabda taʼlim bergan birinchi oʻzbek muallimasi, anorganik kimyoni oʻzbek talabalariga birinchi boʻlib tanishtirgan, kimyo lugʻatini birinchi tuzgan olima. Shuningdek, rassom, musiqachi, shoira va mana, qoʻlimizda kitobi – yozuvchi edi. Ammo u eng avval oʻzini Oybekning vafodor xotini deb bilar, eng katta iftixori ham, eng yirik baxti ham mana shunda edi. Asardan maʼlum boʻlishicha, Oybek ham asarining ilk nusxasini Zarifasiga oʻqitar edi. Ikkovlari emchakdosh egizaklar kabi mudom bir-biriga intiqib yashagan edilar.

Xatlar, xotiralarni oʻqisangiz, havasingiz keladi.

Ayni paytda Oybek xotinini muttasil ishlashga majbur etardi. Ilmda xuddi oʻzi kabi zahmat chekishini, katta olima boʻlishini uqtirardi.

Z. Saidnosirova professor boʻldi.

Oybek – akademik boʻldi ham. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining gumanitar fanlar yoʻnalishiga boshchilik qildi.

U iqtisodchi olim edi. Bu borada betinim ilmiy, nazariy izlanish olib bordi. Institutda dars berdi. Soʻngra falsafaga shoʻngʻidi. Tarixni mukammal oʻrganishga tirishdi. Navoiy, Bobur, Temur kabi tariximiz siymolarining badiiy obrazini yaratish ishqi bilan yashadi.

Oybek zamonning maromi bilan ish tutdi.

Oqimga sira qarshi bormagan edi. Bu buyuk qarshilik balki uning qalbida qoldi.

Choʻlpon, A. Qodiriy, U. Nosirniki singari qatagʻonga dastak boʻlguvchi “atributlar”ni undan topolmas edilar.

Tarix haqida yozsa, ustidan qora chiziq tortilmagan hazrat Navoiy haqida yozdi. Bu “nomaʼqul” ish emasdi shoʻro hukumati uchun.

Yaʼni, zamonga yot mafkura unga ham yot edi.

Oila ham zamonga monand edi. Xotini ham, oʻzi ham rus tilida leksiyalar oʻqirdi. Farzandlarining tili ham “mama”, “papa”dan boshlangan edi.

Baʼzan topshiriq bilan, topshiriq boʻlmasa-da, qalbi bilan shoʻro tuzumini quvvatlovchi asarlarni ketma-ket yozaverdi.

Akademik boʻlganidan tashqari u Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik ham qildi, deputat boʻlib turli uchrashuvlar, sessiyalarda qatnashdi. Qaynoq ishlab, qaynoq yashashga intildi.

Binobarin, oʻz mehnatining totli mevalaridan bahramand boʻlishga u haqli edi.

Nazarimizda, unga shoʻro hukumati biror ayb toʻnkasa, bu gʻoyat gustohlik boʻlardi. Axir, bundan ortiq ideal shaxs, ideal ijodkorni qaysi goʻshada qaysi ona tugʻib ulgʻaytirib qoʻyibdi? Boʻlsa shunchalik boʻlar-da inson degani. Shoʻroga yana nima kerak? Tagʻin qanday xizmat qilish mumkin shoʻroga?!

Biroq… 1937 yil shamollari Oybekka ham tegmay oʻtolmas edi. U ishdan haydaladi, Uyushma safidan chiqariladi, gazeta-jurnallar uning asarlarini bosmay qoʻyadi. Aslida u turli tadbirlar, jamoat ishidan charchagan, ijodga vaqt topolmay yurardi. Ammo zamon tahlikali edi. Xullas, hali u, hali bu hamrohi, doʻsti, ustozi birin-ketin qamalib turgan kezda koʻngilga ijod sigʻishi mushkul edi.”… bir qancha tengdoshlari sekin-asta gʻoyib boʻlayotgan, uning oʻziga ham qamalish navbati kelgan payt edi. Shunday tahlikali ayyomda ijod bilan shugʻullanish har kimning ham qoʻlidan kelavermaydi. Ammo Oybek buyuk iroda egasi edi. Shuning uchun ham u oʻta tahlikali va fojiali kunlarda, gʻurbat yutib, kechirilgan hayotda “Qutlugʻ qon”day goʻzal va oʻlmas bir asarni yaratdi”.

Aslida ham ijodkorning mansabi boʻlmaydi. Mansab uning ijodiga xalaqit beradi, xolos. Sevib yaratgan asari, uning ortidan topgan obroʻsi har qanday lavozimdan ustun turmaydimi?

Shu oʻrinda bundan talay yillar muqaddam Yozuvchilar uyushmasida boʻlib turadigan toʻpolonlar yodga keladi. Toʻpolonchilar uyushma rahbariyatini xalqqa, adabiyotga “xiyonat” qilganlikda, yoshlarga yoʻl bermayotganlikda ayblar edilar. Aslida guruh-guruh boʻlib mansab talashardilar. Koʻp oʻtmay gʻalvir suvdan koʻtariladigan payt ham keldi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida bugun oʻqiladigan sheʼr, bugun oʻqiladigan nasr kerak boʻlganida ne ahvolga tushdik? Demak, xalq uchun yozuvchilarning lavozimlari ahamiyatsiz ekan. Birdaniga boʻshliq hosil boʻldi. Xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev “Adabiyot oʻladimi?” deya bezovta boʻlib maqola yozsa, barchamiz yoqasidan oldik, “nimalar deyapsiz, adabiyot oʻlmaydi!”

Holbuki yozuvchi kinoya qilgan ekan. Indallosini aytganda adabiyot oʻlishi ham mumkin, shekilli. Oʻlmaydigan boʻlsa, mustaqillikdan soʻng qanday oʻlmas asar yaratildi? Shaxsan men Sh. Xolmirzayevning “Dinozavr” romanidan boshqa bugunning ruhida yozilgan, bugunning hayoti ifoda etilgan yirik, puxta jiddiy asar koʻrganim yoʻq.

Hamkasblarim kaminani maʼzur tutsinlar. “Aybdorlar” sirasiga avval oʻzimniyam qoʻshgan holda illo yirik nasrni nazarda tutyapman bu yerda. Aslo boshqa janrni emas.

Oshkoralik davrining ura-ur paytida bir talay adabiyotimizning ustun vakillari haqida ixlosimizni tamom soʻndiradigan maqolalar oʻqidik. Oʻsha paytda shunaqa gaplarga ham gʻoyat tashna ekanmiz-da chogʻi. Ammo hozir oʻylab qarasam, domla Oybek oʻsha talotoʻplardan ham nisbatan “betalofat” chiqdilar. Qolganlari (Mirtemir va boshqa oʻzlarini chetga olib yurganlardan tashqari) chaqimchi, xiyonatchi, jallod boʻlib gavdalandilar.

Bular barisi zamonning oʻta ogʻir, sertashvishligidan boʻlgan asli. Oʻsha chogʻ ogʻiz koʻpirtirib oshkoralik davri qahramonlariga aylanganlar ham taqdir taqozosi bilan 30-, 50-yillarda yashab koʻrganlarida edi, balki bu qadar hukm gaplar aytishga uyalib turishardi…

Endi bilsak, uloqni olib qolish, yaʼni “ochko” jamgʻarish uchun aytilgan ekan bir xillari. Bugun esa oʻsha toʻplangan ochkolardan kimga naf?

Zamon odamlarni, xususan, yozuvchilarni ham bir-bir elakdan oʻtkazgan. Mening tasavvurimda Oybek ul davrlardan ham ustiga oq libos yopinib kirib keladi. Yuzi ham nurli.

“Bir kecha uyimiz oldida mashina toʻxtab, eshik qoqildi. Ichki ishlar ministrligidan kelgan odam Oybekni olib ketajagini aytdi. Mening oyoq-qoʻllarimda mador qolmadi. Qaltirab ketdim. Koʻzlarimdan qaynoq yoshlar quyular ekan, Oybek ostonada turib, meni quchdi-da:

– Qoʻrqma, sabr qil, balki soʻroq uchun chaqirilgandirman, – dedi.

Oybekning rangi oʻchgan, ichki asabiy titrogʻi sezilib turibdi. Men dovdiragan holda uning choʻntagiga ozgina aqcha soldim.

– Zarifa, keragi yoʻq! Olib qolsalar, avval yonimni tintib-tozalaydilar!

Xullas, Oybekni olib ketdilar. Goʻyo koʻksimni pichoqlab, qalbimni uzib tashlagandek tuyuldi menga.

Shu kuni oyim biznikida edi. U boʻzday oqargan, muttasil pichirlab, ixlos bilan duo qilar, “Parvardigorim, Oʻzingga topshirdim! Oʻzing saqla!” deb shivirlar edi.

Tong koʻkardi. Na oyim boshini yostiqqa qoʻydi, na men. U uydan bu uyga tentirab, tovushsiz yigʻlayman, koʻz yoshlarimni tindira olmayman.

Oybekni olib ketgan Ivanov degan rus zobiti ertalab uni qaytarib olib keldi. Oshiqib, eshikni ochdim.

– Qoʻrqma! Nega buncha titraysan? Tinchman! – dedi bagʻriga bosib Oybek.

U eshikni ilgandan soʻnggina oʻpkamni bosdim. Oybek – u nihoyat horgʻin edi, rangi-roʻyida qon koʻrinmasdi – oʻzini divanga tashladi. Oyim choy qaynatish bilan ovora. Men Oybekning qarshisiga oʻtirdim. U sukunatning oʻzi savol ekanligini angladi.

– Toʻgʻri ministrning oldiga olib bordilar. Uning kabinetida ikki-uch soat kutdim. Soʻng shohi toʻnga oʻralib chiqdi u kishi, Xudoyorxonda ham boʻlmagan bunday toʻn! – soʻylay boshladi Oybek. – Ministrni baʼzan tantanalar hayʼatida, sahnada koʻrardim. Baland boʻyli, yirik gavdali, devday bahaybat, koʻzlariga qahr-gʻazab quyilgan bir kishi u! Gruzin boʻlsa ham ismi-sharifini oʻzbekchaga muvofiqlab, Kabulov qilib olgan. Aslida Kabulidze boʻlgan.

Oybek davom etdi:

“Sen yozuvchisan. Yozuvchilar orasida shubhali unsurlar, xalq dushmanlari koʻp. Nega biror marta kelib aytmaysan? Bizga xizmat qilishni istamaysan!” – dedi u dagʻdagʻa qilib. Men: “Axir men shoirman, adibman, bunday ishlarni eplay olmayman”, dedim. Shundan keyin uning gʻazabi koʻpirib ketdi, soʻkdi, itdan badtar qilib haydadi meni…

Oybek koʻchaga chiqqanida, Ivanov unga:

“Xafa boʻlmang! Ministrimiz bir oz qoʻrs, qoʻpol odam. Uning ishi shuni taqozo etadi”, deb avf soʻragansimon gapiribdi.

– Ministringizga ayting, – debdi Oybek unga javoban. – Agar u ichki ishlar ministri boʻlsa, men sheʼriyat ministriman. U bugun ministr boʻlsa, ertaga uning oʻrniga boshqa odam keladi, men esam, adabiyot olamida abadiy ministr boʻlib qolaman!”

Har qanday faqir, oddiy odamning ham nafsoniyatiga tegaversang, oxir oqibat, u ham jillaqursa, sen qatori men ham Xudoning bandasiman-ku, men ham odamman-ku, deb yuboradi. Oybek esa oddiy odam emasdi – adabiyot maydonining manaman degan peshqadamlaridan edi. Uning ichki madaniyati, tabiati, yozuvchilar, yoshlar davrasida zinhor “sheʼriyat ministriman!” deyishga yoʻl qoʻymas edi. Ammo ichki ishlar ministrining uni odam oʻrnida koʻrmay, mensimay muomala qilishi, nihoyat, oriyatini qoʻzgʻagan. Har qalay adabiyotga jon berib xizmat qilyapman-ku, degan nidoni pesh qila bilgan.

“Men Oybekning bu soʻzlaridan tezda mamnun boʻldim, – deydi Z. Saidnosirova. – Koʻnglimga gʻurur tuygʻusi toʻlib ketdi shu topda.

Bir necha yildan soʻng Oʻzbekistonga oʻsha gruzin oʻrniga Gogidze degan boshqa bir gruzin ministr boʻlib keldi. Buning koʻzlari avvalgisinikidan ham yomon, oʻzi ham undan battar badbaxt kishi edi. Ularning har ikkovlari 1953 yildan soʻng Beriya bilan birga otildilar”.

Sinchiklab tekshirilsa, Oybekning ham(!) ijodidan qusurlar, ayb topish mumkin ekan. Jumladan u Navoiyni haddan ziyod “ideallashtirgan” edi. Tushkun-pessimistik kayfiyatda asarlar bitgan, yaʼni erta bir kun keladigan kommunizmga ishonchsizlik ruhida sheʼrlar yozgan. Oybek sil kasaliga yoʻliqib, pulsiz, ilojsiz, Leningradda talaba chogʻida koʻp azob tortadi. “Xastimom” degan sheʼri oʻsha paytda yoziladi.

Sirasini aytganda, shoirning xastaligidan mutaassir boʻlishga haqqi yoʻqmi? U ham issiq jon, shu holatini ifodalash mumkin emasmi? Dushmanlar bu fikrga obraz bagʻishlab “mamlakatni xasta qilib koʻrsatayotir” deyishadi. Ana dastak sizga. Demak, shu jihatlarini ushlab olib jazolash mumkin edi.

Yozuvchilar uyushmasidan Sheverdin, Milchakov va bir necha bizga nomlari tanish, aslida Oybekning adabiyotdagi hamrohlari, doʻstlari shu ayblarni toʻnkaydilar. Ruhan ezadilar, asarlarining chiqishiga yoʻl bermay qoʻyadilar. “Xalq dushmani” degan tamgʻani bosishga chinakam urinadilar. Bular asli koʻrolmaslik bilan qilinayotgan harakatlar edi. Rost-da, nega kimsan falonchi-falonchilar qamalib, otilib, surgun qilinib ketadilaru, bu gigant yozuvchi aqalli biron marta qamalmasa-ya. Juda boʻlmaganda tanqidga uchrab, badnom boʻlsin axir!

Badniyatlar bunga erisholmaydilar, chunki bu gal ham omad degan narsa Oybekdan yuz oʻgirmagan edi. Faqat bir ayanchli asorat qoladi: Oybekning qon bosimi haddan ortiq koʻtarilib insultga uchraydi, tildan qoladi. Uzoq muolaja va ehtiyotkorlik, parhez natijasida soʻzlay olish qobiliyati nisbatan tiklanadi. Ammo bundan bu yogʻiga u ehtirosga berilmasligi, hayajonlanmasligi, qaygʻurmasligi kerak edi.

Oybekda yuz bergan xastalik ham ularga quvonch bagʻishlaydi.

Koʻrolmaslik naqadar bedavo illat!

Yigirma yilcha burun katta bir yigʻinda Prezidentimiz qatagʻon yillari qurbonlarining hurmat-ehtiromini joyiga qoʻyish tashabbusi bilan chiqdilar. Shunda bir adib ularning qatagʻonga uchrashiga sabab boʻlgan aybdorlarni ham ochiq aytib, xalqqa oshkor qilaylik, dedi.

Bunday olganda xalqdan yashirin narsa oʻzi yoʻq.

Jabr koʻrgan, qamalgan, qurbon boʻlgan insonlarga ehtirom koʻrsatilishining oʻziyoq, nihoyat, ular uchun adolat qaror topganligini, qolaversa, aybdorlarni qoralaganimizni bildiradi. Prezidentimiz aybdorlarni nomma-nom ayblashga shu sababli qarshi ekanligini bildirdilar. Chunki men oq edimu u qora edi, degan tortishuv, oʻzaro adovat tagʻin yuzaga kelishini taʼkidladilar…

Bunday adolatli fikr oldida hamma bosh egadi.

Oybek oʻsha ministr oldida oʻziga xayrixoh, keyinchalik oyogʻiga chang solishi mumkin boʻlganlarni “chaqib, ularga ayb toʻnkab, oʻzini oqlab” chiqsa ham boʻlardi. Ehtimol, uning oʻrnida boʻlganda kimdir shunday qilardi. Demak, uning koʻnglida birovga yomonlik sogʻinish aslo boʻlmagan. Shuning uchun eng avvalo, oʻzini qiyin ahvolga qoʻyib chiqdi. Bu ham mardlik. Bu – jasorat!

Agar 30-yillar adabiyot olamida yuz bergan talotoʻp, sarosimaliklarga eʼtibor berib nigoh tashlasangiz, A. Qodiriy ijodi va shaxsini qoralamagan birorta adib yoki adabiyotshunosni topish qiyin. Biroq, birgina Oybek Qodiriy haqida ijodiy fazilatlarini, ulkan yozuvchi ekanini taʼkidlab, tahlil qilib maqolalar yozgan, yozolgan edi. Bu ham mardlik emasmi?

Oybek koʻpgina tarixiy asarlar yozishni moʻljallagan edi. Temur, Bobur, Buxoro amirligining soʻnggi kunlari haqida ashyolar toʻplab yurgan edi. U oʻzining xastaligini oʻylab koʻp bezovta boʻlmasdi. Imkon borida yozish kerak derdi. Malomat yogʻilsa ham, ochiq dushmanlik tugʻilsa ham ichiga yutardi, qarshi kurashishga vaqt sarflab oʻtirmasdi.

Ehtimol, shuning uchundir, Oybek nisbatan qisqa umr koʻrdi. Adabiyotimiz toqini mangu bezashi mumkin boʻlgan yirik nasriy asarlarini oʻz qalbi bilan olib ketdi. Biroq, baribir undan ulkan adabiy meros, juda tiniq, juda jozibali, ehtirosli sheʼrlar qoldi.

Va… goʻzal oila qurdi, bu oilani bir qoʻrgʻon kabi asray bildi, farzandlarining barchasi katta ziyolilar, hatto akademik boʻlib yetishdi. Muhimi, u qalbini, oʻzini ham saqlay bildi, sotilmadi, sotmadi. Mirtemir kabi armonlari oʻzi bilan ketdi.

Men Oybek xonadoni bilan tanish emasman. Biror tadbir yoxud yubiley munosabati bilan ham yozayotganim yoʻq bu gaplarni.

Oybek dahosiga, Oybek salohiyatiga, qolaversa, metindek matonatiga ellik yillar ortdagi avlodlarning bir iqrori, tasannosi deb qaralsa boʻlar.

Zero, zamonlar, davrlar oʻtar, avlodlar oʻzgarar, biroq Oybek fenomeni, Oybekning bizga zamonning beayov zarblari qoshidagi temir irodasi, zahmati, mehnati namuna boʻlib qolaveradi. Taʼzim deymiz.

Sobir OʻNAR

Qiziqarli malumotlar
OYBEGIM MENING” – ZAMON ADIBLARINING TAQQOSLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»