Ko‘p qo‘llaniladigan formatga ega bo‘lgan fayllarni ochish (dasturlar ro‘yxati)

Ko‘p qo‘llaniladigan formatga ega bo‘lgan fayllarni ochish (dasturlar ro‘yxati)

Pedagogik nashrlarda “darslik” tushunchasi tegishli fanga oid ilmiy bilimlar asoslarini dasturga mos holda qiluvchi kitob deb ta’riflanadi. Darslik dastur mazmunini aniq ko‘rinishda ifoda etadi va bir vaqtning o‘zida unga teskari ta’sir ko‘rsatgan holda uni yana ham aniqlashtiradi, rivojlantiradi va takomillashtiradi.

O’QUV DASTURI. DARSLIK.

O‘quv dasturi bu xujjat xisoblanib, bo‘lajak mutaxassis shaxsiga ko‘yilgan talablarga mos holda ta’lim mazmunini va uni o‘quvchi (talaba) lar tomonidan o‘zlashtirishni tashkil etish usullarini o‘zida aks ettiradi. O‘quv dasturlarida umum insoniy tajriba, shuningdek, ta’lim va tarbiya tajribasi ma’lum ko‘rinishda (yoki shaklda) saqlanadi. Bu taj- riba bo’lajak mutaxassis o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan turli xil axborotlar va bu tajriba o‘qitish jarayonida qanday uzatilishi kerakligi tug‘risida ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.

O‘quv dasturida UE maqsadi aniq belgilanishi, mazmuni esa ma’lum didaktik tamoiyllari tushunarlilik, ilmiylik, ko‘rsatmalilik asosida ko‘rilishi kerak. Dasturda o‘quv materialining tushunarli tarzda berilishi muxim ahamiyat kasb etadi. O‘quv materialining tushunarli bulishi uchun u ma’lum murakkablik darajasida bayon etiladi. Shu boisdan didaktikada “oddiydan murakkablikka” qoidasi mavjud. Bu qoidaga ta’lim mazmunini izchil va ketma- ket yoritishda rioYa qilinadi.

Dastur o‘qitish jarayonida o‘zlashtirish kerak bo‘lgan savollar ro‘yxatidan iborat bo‘lganligi uchun bilimlar mazmunini to‘liq yoritib berolmaydi. Shuningdek, ular xajmini va chuqurligini, ko‘nikma va malakalar mazmunini va harakterini ham aniqlamaydi. Dastur o‘qitish darajasi ilmiynazariy va siyosiy jixatdan qanday bo‘lishi kerakligini o‘quvchilarda dunyoqarashning qaysi qirralarini shakllantirish zarurligini ko‘rsatsa, darslik bu muammolarni aniq tushuntirib beradi.

DARSLIK.

Pedagogik nashrlarda “darslik” tushunchasi tegishli fanga oid ilmiy bilimlar asoslarini dasturga mos holda qiluvchi kitob deb ta’riflanadi. Darslik dastur mazmunini aniq ko‘rinishda ifoda etadi va bir vaqtning o‘zida unga teskari ta’sir ko‘rsatgan holda uni yana ham aniqlashtiradi, rivojlantiradi va takomillashtiradi.

Darslik bu pedagogik tizimning axborotli modelidir. Nima uchun model? CHunki har bir o‘quv jarayo ning ma’lum bosqichlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Darxaqiqat, o‘quvchilar darslik mavzularini o‘qib, undagi topshiriqlarni ma’lum harakatlar ko‘rinishida bajarishadi: tekshiradi, echadi, javob beradi va xakozo. Bu harakatlar darslik matnlarida ochiq yoki yashrin shaklda berilishi mukin. Bu, demak; darslikda ma’lum pedagogik jarayon u yoki bu holatda bayon etilishidan dalolat beradi. SHunday qilib pedagogik jarayon, muallif tomonidan darslikda ma’lum darajada aks ettirilgan moddiy mavudlik, yangilikdir.

Nima uchun darslik – pedagogik tizim modeli? CHunki pedagogik jarayon har doim aniq boshqariladigan tizim doirasida amalga oshiriladi, darslik esa uzida pedagogik tizimning aloxida xususiyatlari va tomonlarini aks ettiradi Afsuski, xozirga qadar olimlarimiz darslikdan pedagogik tizim modeli sifatida, ya’ni bo‘lgusi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni modellashtirish vositasi ekanligidan foydalanishmaydi. SHuni aloxida qayd etish lozimki, darslik o‘z-o‘zidan pedagogik tizimni modellashtirmaydi va o‘quv jarayoniga aylantirmaydi bularning hammasini pedagog darslikdan foydalangan holda amalga oshiradi.

Nixoyat, biz nima uchun darslik-pedagogik tizimning axborotli modeli deb atadik? Bu savolga javob sodda: chunki model axborotlarning ma’lum bayoni tarzda beriladi.

SHunday qilib, darslik avtonom ta’lim vositasi sifatida pedagogik tizim elementlarining axborotli modeli xisoblanib pedagogik jarayonni boshqarishni avtomatlashtirish uchun muljallangandir.

Darslikda pedagogik tizimni modellashtirish jarayoni va ketma- ketligi quyidagi tartibda borishi mumkin:

-dastlab pedagogik tizim mavjudligini maqsadi aniqlanadi va to‘liq yoritiladi;

-keyin quyidagi umum didaktik tamoyillarni xisobga olgan holda ta’lim mazmunini yoritish amalga oshiriladi: ketma-ketlik, tushunarlilik, ilmiylik, ko‘rsatmalilik. Ta’lim mazmunida shunday axborotlar bo‘lishi kerakki, ular o‘quvchi o‘zlashtirayotgan faoliyatning yo‘naltirilgan asoslarini (qoida, ta’rif, xususiYat, tamoil, algoritm, metod) tashkil etilishi zarur. Ta’lim mazmunini tanlash uning maqsadiga mos holda darslikda yoritilishi kerak;

  • darslikni yaratishning keyingi bosqichi va unda pedagogik tizimning aniqlanishi didaktik jarayonlarni tanlash va ishlab chiqishdan iborat. Bu bos- kich darslikda o‘quvchilarning bilishiga qaratilgan harakatlarini ma’lum tizimda ifodalashga va ta’lim maqsadiga mos holda bu faoliyatni bajarishni ta’minlashga tegishlidir;
  • darslikni yaratishning yakuniy bosqichi ta’limning tashkiliy shakllarini chegaralash xisob- lanadi. Darslikda mavzular bo‘yicha o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi o‘qitishning maqbul shakllariga (dars, amaliy mashg‘ulot, masala, topshiriq, uy ishi va xokazo) mos holda yoritilishi kerak. Bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning darslikdan foydalanish faoliyatini tartibga solib turadi.

Yuqorida biz darslik yaratishga yangicha tizimli yondoshish yo‘lini ko‘rsatishga harakat qildik. Umuman olganda darslikni takomillashtirish ikki yunalishda borishi mumkin: 1-mazmunini yangilash, 2-yangi didaktik echimlarni izlab topish.

Zamonaviy darslik mazmunini o‘quvchi (talaba) larda o‘zining o‘zbek millatiga mansubligini anglab etishi, davlatimizning tashki va ichki siyosatiga sodiqligini tarbiyalash kerak. Bu degan so‘z mamlakatimizda mustakillik yillarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iktisodiy isloxotlar, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi yutuqlar darslikda o‘z o‘rnini etarlicha topishi kerakligini ko‘rsatadi. Bu nafaqat ijtimoiy-gumanitar sikldagi fanlarga, balki tabiiy, matematika fanlariga ham bir xilda tegishlidir.

Darslik mazmunini takomillashtirishda uning politexnik jixatlarini chuko‘rlashtirish aloxida ahamiyat kasb etadi. Darsliklar u yoki bu ixtisoslikka mos holda o‘quvchi (talaba) larni zamonaviy ishlab chiqarishning asosiy yunalishlari, uning bosh sohalari, etakchi kasblari, yangi texnika va texnologiyalari, mexnatni tashkil etish asoslari bilan tanishtirish kerak.

Didaktik nuqtayi nazardan o‘z echimini darslikda topishi kerak bo‘lgan muammolar qatorida o‘quv predmeti sikllari bo‘yicha ichki bog‘lanishga ham, predmetlararo bog‘lanishni ta’minlashga ham aloxida e’tibor qaratish, darsliklarga kiritilayotgan yangi tushunchalarni ham obdon o‘ylab, tushunarli bo‘lishini xisobga olib kiritishi kabi masalalarni ko‘rsatish mumkin.

Shunday qilib, yaratilgan darslik ma’lum fan sohasining o‘quv uslubiy majmuasidan( o‘quv dasturi, ko‘llanma, o‘qitish vositalar va boshqa) markaziy o‘rnini egallashi uning zamonaviyligini ko‘rsatib beradi.

Ko‘p qo‘llaniladigan formatga ega bo‘lgan fayllarni ochish (dasturlar ro‘yxati)

Kompyuterda har xil turdagi fayllar mavjud, bu fayllarning formatlari ham xar hil. Hozirda eng ko‘p ishlatiladigan fayl formatlari quyidagilar: doc, xls, pdf, rar, zip, iso, swf, txt va boshqalar. Bulardan tashqari kompyuter faqat o‘zi tushunadigan fayllar ham bor, ularni ochish va o‘zgartirish tavsiya qilinmaydi, ko‘p hollarda ochishga ruhsat ham bermaydi.

Fayllarni ochishda(xatosiz ochishda) fayl formatlarini bilish juda muhim, shunga qarab ularni to‘g‘ri ochib beradigan dastur tanlanadi.

Maqolada, ko‘p ishlatiladigan fayl formatlarini qaysi dasturlar orqali ochish mumkinligini yozib o‘taman.

Dastlab, siz ochmoqchi bo‘lgan fayl formatini qanday bilish kerakligini ko‘rsataman. Fayl belgilanadi va sichqonchani o‘ng tugmasini bosgan holda «Svoystva» menyusi tanlanadi va hosil bo‘lgan oynadan «Tip fayla» qismi orqali, fayl formati bilib olinadi.

Formatni bilib oldik endi formatga qarab qaysi dastur kerak bo‘lishini bilib olamiz, demak, ma’lum bir formatga tegishli bo‘lgan formatlarni ochish kerak bo‘ladigan dasturlar ro‘yxati:

ISO — «obraz» fayli hisoblanadi, o‘yinlar, dasturlar, operatsion tizimlar shu formatda bo‘lishi mumkin. Quyidagi dasturlar orqali ochish mumkin:

— Daemon Tools Lite

— WinRar

— PowerISO

— UltraISO

— ISO Master

SWF — Adobe Flash fayli hisoblanadi. Har xil interaktiv xizmatlar — o‘yinlar, animatsiyali roliklar bo‘lishi mumkin. Adobe Flash Player orqali ochish mumkin. Agar brauzeringizda Flash plagin qo‘yilgan bo‘lsa, u bilan ham ochish mumkin.

FLV, MKV — video rolik yoki filmlarda qo‘llaniladigan format. Bu formatni ochish uchun, Windows tizimiga K-Lite Codec Pack kodekini o‘rnatish lozim, aks holda bu formatni ocha olmaysiz, ochishingiz mumkin, lekin xato(Ovoz bor video yo‘q, video bor ovoz yo‘q) bilan ochasiz.

PDF — asosan kitoblar uchun format, lekin kitoblardan tashqari, jurnallar, qo‘llanmalar ham shu formatda tayyorlanishi mumkin. Bu formatni ochadigan dasturlar:

— Adobe Reader

— Foxit Reader

— PDF Master

— Sumatra PDF

— STDU Viewer

DJVU— bu format ham asosan kitoblar uchundir, bu formatdagi fayl hajmi kichikroq bo‘ladi, chunki fayl shu format orqali siqilgandir. Bu formatli faylni ochadigan dasturlar:

— WinDjView

— DJVU Reader

— DJVU Viewer

— Sumatra PDF

— STDU Viewer

FB2 — bu format elektron kitoblar uchun chiqarilgan format. Asosan elektron kitoblarni o‘qish uchun mo‘ljallangan BookReader qurilmasi ishlatadi. Shunday bo‘lsa ham, bu formatdagi kitoblarni Windows tizimida ham ochish kerak bo‘lib qoladi. Bunday holda, sizga quyidagi dasturlardan biri kerak bo‘ladi:

— FB2 Reader

— Calibre

— STDU Viewer

— CoolReader

— AIReader

DOCX — Microsoft Word formati hisoblanadi, ochish mumkin bo‘lgan dasturlar:

— Microsoft Word 2007/2010

— File Viewer Lite

— Microsoft Word Viewer

— Microsoft SkyDrive

RAR, ZIP, 7z — arxivga tegishli bo‘lgan formatlar. Bu formatlar orqali fayllar siqilgan holda saqlanadi, bu formatni ochadigan dasturlar:

— WinRar

— Hamster Lite Archive

— 7-ZIP

— WinZip

— PeaZip

PPT — prezentatsiyalarni o‘zida saqlaydigan Microsoft’ga tegishli bo‘lgan format. Bu formatni ochib bera oladigan dasturlar:

— Microsoft Power Point

— PPT Viewer

— FileViewPro

— kingsoft Presentation Free

JPG, PNG, BMP, GIF — har xil turdagi rasmlar uchun format, ularni hammasini quyidagi dasturlar ochib bera oladi:

— Adobe Photoshop

— Microsoft Windows Photo Gallery Viewer

— ACDSee Photo Manager

RTF — katta hajmdagi matnlarni saqlash uchun format. Formatni yaxshi ochib bera oladigan dasturlar:

— Microsoft Word

— WordPad

— Open Office

— TextMaker Viewer

3GP — mobil telefon orqali olingan video format. Hajmi ham ancha kichik bo‘ladi, quyidagi dasturlar bu formatni Windows tizimida ochadi:

— K-Lite Mega Codec Pack

— Light Alloy

— Media Player Classic

— QuickTime Player

TXT, LOG, XML, INI, CFG — barchasi, yozuv ko‘rinishidagi fayl formatlari. Matnni o‘qiy oladigan istalgan dastur bilan ochish mumkin:

— Notepad

— Notepad ++

— Microsoft Word

— WordPad

— AkelPad

MP3, Wav — musiqaga oid format, wav haqiqiy musiqa formati bo‘lsa, mp3 shu formatni ancha siqilgan ko‘rinishi, bularni ochib beradigan dasturlar:

— Real Player

— Winamp

— Windows Media Player

— QuickTime Player

— FormatFactory

Asosiy va ko‘p ishlatiladigan formatlar shulardan iborat, agar sizga notanish format uchrab qolsa, dastlab uni Notepad’da ochib ko‘ring, agar ochilmasa keyin boshqa dastur qidirishga kirishing.

Qiziqarli malumotlar
Ko‘p qo‘llaniladigan formatga ega bo‘lgan fayllarni ochish (dasturlar ro‘yxati)