14-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida loydan buyum
Web Mar 14, 2022 1-4-sinflar uchun Texnologiya fani doirasida tayyorlangan animatsion videodarslarning 1-mavzusi – Eski disklardan turli buyumlar yasash.
From youtube.com
Author Milliy ta’lim resurslari Views 7K
Keraksiz Narsalardan Buyumlar Yasash Food
Web Mar 14, 2022 1-4-sinflar uchun Texnologiya fani doirasida tayyorlangan animatsion videodarslarning 1-mavzusi – Eski disklardan turli buyumlar yasash.
From youtube.com
Author Milliy ta’lim resurslari Views 7K
KERAKSIZ PLASTMAS BUTILKALARNI FOYDALI …
Web Mahoratimizni ishga solib yaroqsiz narsalardan foydali narsalar yasaymiz. Agar siz biror bir keraksiz bo’lib qolgan narsalarni qayta foydali narsalarga aylantira olsangiz …
From odam.uz
KERAKSIZ NARSALARDAN QUTULISH #RISEUP_UZ #REK #REKOMENдации …
Web Dec 16, 2022 927 Likes, TikTok video from RiseUp (@riseup_uz): “Keraksiz narsalardan qutulish #riseup_uz #rek #rekomenдации #dovranbekturdiev”. original sound – RiseUp.
From tiktok.com
UYNI TOZA SAQLASH UCHUN 14 TA SODDA MASLAHATLAR
Web 2. To’g’ri chiziqlar va burchaklar. Tadqiqotlarga ko’ra, odamlar to’g’ri chiziqlar va burchaklarni tartib va tozalik bilan bog’lashadi. Bu qiyinchiliksiz uyni toza va tartibli …
From odam.uz
ASLIDA FOYDA BERMAYDIGAN, LEKIN TASHLAB YUBORISHGA HAM KO‘Z …
Web Mar 4, 2022 Aslida foyda bermaydigan, lekin tashlab yuborishga ham ko‘z qiymaydigan keraksiz buyumlar. Hammamiz ham ba’zan marketing hiylalariga uchamiz: hayotni …
From daryo.uz
ESKI FUTBOLKANI QANDAY QILIB ZAMONAVIY AKSESSUARLARGA AYLANTIRISH .
Web Nov 13, 2021 Chunki ayrim keraksiz narsalardan boshqa buyumlar yasash mumkin. Foto: “Domashniy ochag” Zamonaviy zargarlik buyumlarini yaratish uchun shunchaki …
From daryo.uz
KERAKSIZ NARSALARNING IKKINCHI HAYOTI. UY UCHUN DIY …
Web Keraksiz narsalarning ikkinchi hayoti tabiatni himoya qilish, pulni tejash va original hunarmandchilikni yaratish imkonini beradi. Qadimgi jinsi shimlardan biz zamonaviy ish …
From uz.designhomebox.com
KERAKSIZ NARSALARNI SOTISH UCHUN ENG YAXSHI DO’KONLAR VA SAYTLAR
Web Aug 13, 2017 Bahorda, shkafda, garajda yoki bolalar yotoqlari ostida uyni keraksiz narsalardan tozalash istagi doimo mavjud. Buning bir usuli – garaj savdosini tashkil …
From forumdaily.com
-14-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida loydan buyum
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
-14-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida loydan buyum
-
Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 15-16-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasida applikatsiya ishiga orgatishning vazifalari va turlari. (2 soat)
13-14-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida loydan buyum
yasashga urgatish. (2 soat)
Reja.
1. Modellashtirish-badiiy ijodiyotning aniq shakli.
2. Loy ishida qo’llaniladigan usullar.
3. Modellashtirish texnikasi.
Tayanch tushunchalar: modellashtirish, konstruktiv uslub, haykaltaroshlik
uslubi.
Plastilin, loy ishi, chinni xamir tasviriy san’atning haykaltaroshlik va
amaliy san’atning muhim turlaridan bo’lgan kulolchilik, sopoldo’zlik xalq
hunarmandchiligi san’atlari bilan mustahkam bog’liqdir.
Modellashtirish – badiiy ijodiyotning eng aniq shaklidir. Bola yaratgan
narsanini nafaqat ko’radi, qo’liga oladi, paypaslaydi, kerak bo’lsa o’zgratiradi.
Modellashtirishning asosiy asbobi qaychi, qalam, mo’yqalam emas balki
qo’ldir, to’g’rirog’i ikki qo’lidir, shu sababli mahorat darajasi o’z qo’llarning egalik
darajasiga bog’liq. SHu nuqtai nazardan qaraganda, modellashtirish texnikasi
oddiy, sodda va o’zini rivojlantirish uchun eng qulay vosita deb hisoblash
mumkin.
Modellashtirish, ya’ni loy ishi mashg’ulotlari, bola rivojlanishida
kompleks ta’sir etadi:
· SHakl, hajm, plastik, rangni idrok etish hissiyotini, sensor
sezuvchanligini rivojlantiradi;
Mayda qo’l motorikasini, fazoviy taffakurni va tasavvurni rivojlantiradi;
· ikkala qo’l ishini sinxronlashtiradi;
· ishni rejalashtirish, amalga oshirish, natijani bashoratlash va unga
erishish, kerak bo’lsa o’zgartirish kiritish ishlarida ko’nikma, malakalari
shakllanadi;
Loy ishida qo’llaniladigan usullar
1. YUmaloqlik – bir bo’lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar
yasaladi.
2. SHar yasash, so’ngra uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun
kabilarga aylantirish.
3. YAssilash – sharikdan yassi non yasaladi, qo’lning holati doimo
o’zgarib turadi.
4. CHo’zish – sharikning bir qismi cho’ziladi.
5. Surish (yamash) buyumning ayrim qismlarini o’zaro biriktirish.
Loy bilan ishlash mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazishda ish joyini
bekamu-ko’st jihozlanganligi muhim ahamiyatga.
Modellashtirish texnikasi
Modellashtirish texnikasining usul va metodlarning xilma-xil, rang-
barangligiga qaramay maktabgacha yoshdagi bolalar oson egallab olishadi.
Konstruktiv uslub Modellashtirishning bu uslubi konstruktor qismlaridan
kabi alohida qismlardan yaratiladi (nomi ham shundan kelib chiqqan).
Tarbiyachi dastavval bolalarning diqqatini o’sha predmetning yirik
qismlariga, uning mayda qismlariga, shakliga, rangiga jalb etadi. Dastlabki
mashg’ulotlarda tarbiyachi tasvirlashning texnik usullarini ko’rsatib tushuntirib
beradi.
SHuningdek, tarbiyachi bolalarni loydan narsalar yasashda ko’proq
o’yin usullaradan foydalanadi. Bu guruhda loy mashg’ulotlari predmetli
xarakterga ega bo’ladi, ya’ni bolalar alohida, yakka predmetlarni yasaydilar, bu
guruhda bolalar ishiga yoki faoltyatiga baho berish ham muhim
usullardan hisoblanadi. Tarbiyachi albatta bolalarni, ular qanday
ishlaganlarini va ishni qanday bajarganlarini aytib o’tish lozim.
Bola o’ylab topgan obrazni tasavvur qilib, qanday qismlardan
iboratligini aniqlashtirib, yasaydi. Konstruktorlik uslubi bilan bolalar 2-3
yoshdan boshlab yasashni boshlaydilar va ko’pincha o’zlariga bu
“yangilikni” mustaqil “ochishadi”.
Ko’p hollarda kichik yoshdagi bolalarda modellashtirish quyidagi
variantlarda namoyon bo’ladi:
– ikkita bir xil shaklni birlashtirish (munchoq, devor);
– oxshash, ammo turli hajmdagi shakllarni birlashtirish (halqachalar,
piramida, qorbobo, sarak-sarak qo’g’irchoq, minora);
– turli shakllarni birlashtirish (qo’ziqorin, kapalak, qush)
Haykaltaroshlik uslubi.
Bu uslubni yana plastik yoki butun bo’lakdan modellashtirish deb
atashadi. Bolalarni loy bo’lagining mayda qismlarini. Kombinatsiyalashgan
uslub. Bu uslub ikkita uslubni o’z ichiga oladi: konstruksiyalash va
haykaltaroshlik uslublaridir. Bola hayotining 6-chi yilida uning tevarak- atrof
haqidagi bilimlari, turmush tajribasi kengaya boradi. Uning qo’l muskullari
mustahkamlanib taraqqiy etadi. U ko’l barmoqlari bilan nozik harakatlarni bajara
oladigan bo’ladi. Uning psixikasida ham sifat o’zgarishi yuz beradi. Xotirasi
o’sadi, barqaror bo’ladi, diqqat ham tobora barqaror bo’ladi. Bolalar oldin
predmetni yasashda uning qismlarini va qismlarning shakli, uning
xususiyatlarini aniq tasavvur eta oladilar. SHu bilan birgalikda bolalar
predmetlarni ko’proq harakatda tasvirlashga harakat qiladilar. Bolalarni loy
ishlariga o’rgatishda quyidagi vazifalar turadi: predmet shaklini, proporsiyasini,
uning tuzilishini, xarakterli qismlarini va harakatini tasvir etish va boshqalard ir.
Bolalar idishlar yasab, so’ng uni bo’yaydilar, dekorativ plstinkalar yasab ularni
bezaydilar. Bu guruhda bolalar syujet mazmun asosida yashlaydilar. Texnik
usullar ham bu guruhda murakkablashadi. 4 yoshli bolalar qismlardan yasashsa,
5-6 yoshga kelib butun bir loy bo’lagidan yasaydilar. SHu bilan birga stek bilan
ishlashga ham keng imkoniyat yoki o’rin ajratiladi. Bolalar dastavval o’zlariga
tanish bo’lgan sodda predmetlarni yasaydilar. Ular loy bilan ishlashning ikki
usuli: konstruktorlik va haykaltaroshlik usullaridan foydalanib, turli xil meva
va sabzavotlar yasaydilar. Bodring, lavlagi, sabzi, olmaning ikki xil sorti.
Bolalar shu ikki usulda odam; figurasini va hayvonlarni yasaydilar. Bu
ishlarning mazmuni asosan hali o’yinchoqlaridan olinadi.
Obrazni jihozlash, dekoratsiyalash vosita va usullari Plastik materiallar
bilan ishlashda turli yordamchi usul va metodlardan foydalaniladi. Bolalarni
predmetning sifatlarini loydan tasvirlashga o’rgatib boriladi. Masalan: uzun,
qisqa, ingichka, kalta, shuningdek, predmetlarni vertikal, tik holatda o’rnatadilar,
qismlarni
mahkam
biriktirishga,
birlashtirilgan
qismlarni
silliqlashga
o’rganadilar. Bolalar asta-sekin o’z ishlariga mazmun berishni keng tadbiq
etadilar, asosan bir butun loy bo’lagidan haykaltaroshlik usulida yasaydilar.
Masalan: mushuk, kuchuk, quyon va boshqalar. Butun bir loy bo’lagidan
lentasimon usuli bilan idishlar yasaydilar, so’ng ularni bezaydilar. Bolalar
o’zlariga tanish texnik usullar yordamida turli narsalarni yasaydilar. Masalan:
xo’roz, tovuq, o’rdak, jo’ja va boshqalarni yasab, parrandalar shaklini
mazmunida ishlaydilar. Ko’proq natura asosida, ixtiyoriy loy ishlarini
bajaradilar. Dastavval predmetni yoki naturani kuzatib, ko’rib chiqiladi.
predmetnning shaklini, qismlarini, proporsiyasini barmoq harakatlari bilan ko’rib
chiqishlari mumkin. Agarda bolalar yasash usulini bilishsa, unda mustaqil
yasaydilar, agarda bilishmasa, unda tarbiyachi qisman ko’rsatib berishi mumkin.
Ishlarni bajarishda turli vostilardan foydalasa bo’ladi. Flomaster, turli
idishlarning qalpoqchalaridan yasalgan baliqning “tangachalarini” iz qoldirish
uchun ishlatish tavsiya etiladi.
Stek yordamida ko’p harakatlar bajarish mumkin. Masalan: yasalgan
buyum ustida shtrixlar, “qanotchalarni” bo’rttirib chiqarsa bo’ladi.
YAsalgan o’yinchoqlarga munchoqlar, tugmalar, qushlar patlari,
chig’anoqlar yordamida mayda qismlarni bezaklar berib kombinatsiyalshatirsa
bo’ladi.
Nazorat savollari
1. Plastilin, loy ishi, chinni xamir bilan ishlash qaysiamaliy tasviriy
san’atning turlari bilan bog’liq?
2. Modellashtirishdagi plastik materiallarni afzalliklari haqida ma’lumot
bering.
3. Loy ishida qo’llaniladigan usullar haqida so’zlab bering.
4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni loyishi mashg’ulot tuzilmasiga
izoh bering.
15-16-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasida applikatsiya ishiga
o’rgatishning vazifalari va turlari. (2 soat)
Reja
1. Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o’rgatish.
2. O’rta guruhda applikatsiya qilishga o’rgatish.
3. Katta guruhda applikatsiya qilishga o’rgatish.
4. Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o’rgatish.
Tayanch tushunchalar: fazoviy tushunchalar, borliqni tasavvur qilish,
timsol
Applikatsiya ishiga o’rgatishning asosiy maqsadi–tevarak-atrofdagi
borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuvchanlikni
rivojlantirmoq, estetik go’zallik hissini tarbiyalamoq hamda tasvirlab berish
usullarini o’rgatmoqdir. Bu bilan birga tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi
– ma’lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallari bilan turli xil
predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy bolalarda shakllantirish
amalga oshiriladi.
Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o’rgatish. Applikatsiya so’zi
lotincha so’zdan olingan bo’lib, «joylashtirish» degan ma’noni anglatadi.
Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turidir. Applikatsiyada ishlatiladigan ashyo
o’ziga xosligi bilan ajraladi. Qog’oz, somon, quritilgan o’simlik o’ramga
joylashtirilib, turli xil elim bilan elimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq – ularga
esa tikiladi. Applikatsiya bir xil rangli yoki rangli bo’ladi. Bir xil applikatsiya
grafik tus bersa, ko’p ranglisi esa go’zallik. Uni ham buni ham badiiylik bo’ladi.
Applikatsiyaing chamalash asosiy belgisi bo’lib hisoblanadi.
Applikatsiya
o’ziga
xosligi
katta
doirachalardan
iborat.
Rang
applikatsiyaning ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir. SHuning uchun
applikatsiya ishida ranglarning uyg’unlashuviga mos tushishi xayoliy va
dekorativ
kompozitsiyaning
ifodaliligi
garmoniyasini
izlab
topishdir.
Applikatsiya qog’ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi.
Tarbiyalanuvchi tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak.
Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individualdan belgisini ko’ra
olishiga o’rgatadi, ularni o’zaro bog’liqligi, butun, qismlar, simmetrik chamalash
rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma–bosqich ko’rsatish
malakasini ko’rsata oladi.
Kichik maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar esa tayyor shakllarni va
ularning rangini bir-biriga moslab, tanlab yopishtiradilar. Juda yaxshi estetik
effekt bilan qilingan ishlar, ayniqsa dekorativ bezaklar guruh xonasini bezatish
mumkin. SHunday qilib, olib borilgan tekshirish ishlari shuni ko’rsatadiki,
yaxshi
uyushtirilgan
appilikatsiya
mashg’ulotlari,
bolalarni
boshqa
mashg’ulotlarga, dekorativ, predmetli va syujetli mashg’ulotlariga ijobiy ta’sir
etadi. Bolalarda sensor madaniyat oshadi, qo’l bilan tahlil qobiliyati o’sadi va
badiiy didlari shakllanadi.
O’rta guruhda applikatsiyaga o’rgatish. Bola hayotining 5yoshida ham
psixologik, ham jismoniy tomondan o’sadi. Bu esa bolaning applikatsiya
bo’yicha bajaradigan ishning sifat jihatidan o’zgarishiga olib keladi.
Bolalar tuzilish jihatdan ancha murakkab bo’lgan predmetlarni tasvirlashga
o’rganadilar.
O’rta guruh bolalari kichik guruhga nisbatan malaka va ko’nikmalarini
ancha egallagan bo’ladilar. Bu guruh bolalari 2-3 qismli emas, balki
4-5 qismdan iborat predmetlarni tuzishga o’rganadilar. Dastlab, bu guruhga
qaychi bilan ishlash kiritiladi. Bolalar qaychini to’g’ri ushlashga, uni
richagini yopishga va ochish to’g’ri qirqim olishga o’rganadilar. Buning
uchun oldin eskiz, keyin esa enli yoki keng qog’oz lentalar qirqishga
o’rganadilar. Bu guruhda bolalar elimlash mmalakasini egallashi davom
ettiradilar. Bola hayotining 5 yilida doira, kvadratdan tashqari uchburchak, oval,
o’zun to’g’ri to’rtburchakni biladilar. Trapetsiya shaklini esa kichik guruhda
bo’lgani kabi obrazli tasvirida davom etadi. Masalan: tom, qayiqcha, kichik
guruhga yana qo’shimcha havo rang, pushti, kulrangni sezishga va to’g’ri
aytishga o’rganadilar. Ular qog’oz varog’ida tez va osonlik bilan mo’ljal
olishga o’rganadilar. Ular orqada, ketma-ket, teng masofada va boshqa fazoviy
tushunchalarni egallaydilar. Bolalar to’g’ri kesmalar qirqishdan tashqari
aylanaviy shakllar qirqishga o’rganadilar. Ular kvadrat va to’g’ri to’rtburchakning
burchaklarini dumaloqlashga o’rganadilar. Ana shu qirqib olingan aylanaviy
shakllardan qo’ziqorin, minorcha, qorbobo kabi predmetlarni hosil qilishga
o’rganadilar.
Yopishtiriladigan qismlar soni ham ko’payadi, masalan: uychani tasvirida
faqat devori emas, balki eshik va derazalarni ham tasvirlaydilar. SHakl va rang
bilan ishlash ham rivojlanadi: to’rtburcha, kvadrat, doira, uchburchak, pushti
rang, kulrang, havo rang va boshqalar. Bu guruhda qog’oz varag’ida to’g’ri
mo’ljallashga o’rganadilar va quyidagi tushunchalar bilan tanishib boradilar.
Masalan, orasida, chekkada, bir xil masofada va boshqalar. O’rta guruhda
tarbiyachi o’zining asosiy diqqatini bolalarni qaychi bilan ishlashga qaratiladi.
Yil davomida tarbiyachi bolalarni qirqishning turli usullari bilan tanishtiradi.
Tarbiyachi qaychini, qog’ozni to’g’ri ushlashga o’rgatib boradi. YOpishtirish
malakasi esa mustahkamlanib boradi. Bu guruhda asosiy vazifa bolalarni qirqish
texnikasini egallab olishga qaratilgandir. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni
predmetli dekorativ, mazmunli applikatsiyaga o’rgatib boradilar. Sodda
predmedlardan murakkab predmedlarni tasviriga o’rgatiladi. Tarbiyachi bolalarni
qaychi bilan ishlashga, uni to’g’ri ushlashga o’rgatib boriladi. Masalan: yulduzlar,
bayroqchalar,
gullar.
Keyingi
applikatsiya
mashg’ulotlarida
bolalarni
to’rtburchak, kvadratni diagonali bo’yicha, trapetsiya va uchburchak hosil
qilishga o’rgatiladi. SHarf, sochiqni kvadrat va uchburchaklar bilan bezaydilar,
shuningdek, kvadrat – gilamga, dastrumolcha, doira-taxsimchani ham bezaydilar.
Tayyor siluetlar ham berish mumkin. Bolalar oval va doira shaklni hosil qilib
qirqishga ancha qiynaladilar. Ular doiraviy shakldagi predmetlardan: tursa
yiqilmas qo’g’irchoq, meva-sabzavotlar, piramida va boshqalarni qirqib
yopishtiradilar. O’quv yilining davomida bolalarga mazmunli applikatsiya
ishlarini ham taklif etishi ham mumkin. Masalan: Bo’g’irsoq yo’ldan dumalab
ketayapti, o’tloqdagi jo’jalar, qo’ziqorinlar va hokazo.
Bu guruhda bolalarni jamoa bo’lib ishlashga o’rgatamiz. Masalan: katta
gilam yoki sabzavot mevalardan tashkil topgan vitrinani yoki havoda, osmonda
samalyotlarni tasvir etishlari mumkin. Bundan tashqari bolalar o’z xohishlari
bo’yicha xilma-xil applikatsiya ishlarini bajaradilar. Masalan: onam uchun
sovga, tayyor siluetni naqshlar bilan bezatish mumkin. Masalan: fartuk, qo’lqop,
shapkani qirqib yopishtirish yoki bezatish mumkin.
Tarbiyachi bu guruhda ham hilma-xil metod va usullardan foydalanadi.
Muhim bo’lgan metodlardan biri inshaklsion – retseptiv hisoblanadi. Bu
metod tasviri lozim bo’lgan predmetni har tomonlama ko’rib chiqish va
tahlilni o’z ichiga oladi. Tarbiyachi bu guruhda ko’proq bolalarning o’zlariga
tasvirlanayotgan predmeti haqida gapirib berishni, uning sifat, belgisini konkret
aytib berishga, tasviriy yo’llarini mustaqil bilishga o’rgatib boradi. Bolalar
predmetining tasvirini tuzish orqali, o’sha predmet shaklini qirqishga, uning
tuzilishini to’g’ri tasviriga, qismlarning kattaligini to’g’ri berishga o’rganib
boradilar. Bu guruhda qirqish birinchi marta kiritiladi.
SHuning uchun eng muhim diqqat-e’tiborni qaychini ushlashga, qirqish
usullarini ko’rsatishga bog’liq bo’ladi.
Dastlabki mashg’ulotlarda tarbiyachi qaychi bilan qanday ishlash
kerakligini ko’rsatib beradi (richagini ochib, yopishni qanday, qaerdan
ushlashni ko’rsatib beradi). Qog’oz qirqishni bolalarga namoyish qilish orqali
qaychini oldingi qanday qilib harakat qilishni ko’rsatadi. Bolalarni kvadratlardan
doiraviy shakllar qirqishda ularning faqat burchaklarini qirqish
kerakligini ko’rsatish kerak va qog’ozni qo’lda biroz harakat qildirish
kerakligini namoyish qilib beradi. Bu usulda bolalarga oq qog’oz, so’ng rangli
qog’oz berish tavsiya etiladi. Tarbiyachi tanish bo’lgan qirqish usullarini birorta
bolani chaqirib, bolalar uchun namoyish qilib berishni taklif etish mumkin. Har
bir harakatni tarbiyachi so’zi bilan tushuntirib borishi kerak.
Agarda murakkab applikatsiyani tuzish kerak bo’lsa, tarbiyachi
flanigrafdan o’sha narsani illyustrativ rasmlarni ko’rib chiqishni taklif etish
mumkin. Masalan: qo’ziqorin, uning oyoqchasi va shapkachasi bor, oyoqchasi
pastda, shapkasi yuqorida joylashgan. So’ng tarbiyachi bolalarga savollar
beradi, obrazli so’zlardan foydalanadi, qo’l bilan shakl ko’rinishini tasvirlovchi
harakatlarni bajarishlari mumkin. SHuningdek, tarbiyachi namuna ko’rsatishda
foydalanadi.
Mashg’ulotda eng muhim metodlardan biri yopishtirishni ko’rsatish va
tushuntirish hisoblanadi. YOpishtirish jarayonini hamma bolalarga ko’rinadigan
qilib, namoyish qilish lozim. Buning uchun doska yoki molbertdan foydalanish
mumkin. SHuningdek, yopishtirish jarayonida ketma-ketlikni bolalar yaxshlab
o’zlashtirib olishsa, uni bolalarning o’zlariga taklif etish mumkin yoki
ko’rsatishni o’rniga, faqatgina og’zaki tushuntirish bilan kifoyalanib qolish
mumkin. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda o’yin usuldan keng foydalanish
mumkin va lozim. CHunki bu usul bolalarni mashg’ulotga nisbatan qiziqishni
uyg’otib, ularni faollashtiradi. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda indiviudal
ishlash, muhim rol o’ynaydi.
Tarbiyachi bir bolaga yopishtirishni ko’rsatsa, ikkinchisiga nimasini
qilish kerakligini tushuntirib beradi. Bolalar ishini ko’rib chiqish ham muhim
metod va usullardan biri bo’lib hisoblanadi. Tarbiyachi bolalar ishini ko’rib
chiqish va tahlil qilish faqatgina barcha bolalarni ishini maqtash lozim.
Keyingi mashg’ulotlarda tarbiyachi bolalar ishini tahlil qilishda ishning ozoda
bajarilganligi,
rangning
to’g’ri
tanlanganligi
va
qog’ozda
to’g’ri
joylashtirilganligini hisobga olib, tahlil qiladi va bolalarni ham shunga o’rgatib
boradi. Masalan: bolalar tursa yiqilmas qo’g’irchog’ini ichida chiroyli, singillari
ham borligini aytishga o’rganadilar. Bunga tarbiyachi bolalarni yilning II
yarimidan boshlab o’rgatib boradi.
O’rta guruhda bolalar tayyor shakllardan applikatsiya tuzish bilan birga
o’zlari ham mustaqil qirqib yopishtiradilar. Naturani tahlil qilishda bolalarni
diqqati faqatgina rang va shaklga tortilmay, balki qismlarning o’lchami va
soniga ham tortiladi. Masalan: tursa yig’ilmas qo’g’irchoq u sharchalardan
katta, o’rtacha va ikki shardan iboratligini aniqlaydilar. Murakkab topshiriqlarni
bajarish jarayonida ularga material alohida beriladi.
Masalan, uyni yopishtirish. Uning devor, tom va oynaga mos bo’lgan
o’lchamdagi rangli qog’ozlar beriladi. Bu guruhda naturani ko’rib chiqish
namunasi bilan birga olib borilishi shart emas. Namunani tahlilini o’zi etarli
bo’ladi. Namunani qurib chiqishda tarbiyachi bolalarining diqqatini uni yaxshlab
qurib chiqishga tortib, quyidagi savollarni beradi: Predmet qanday
shakllardan tuzilgan? Bu qanday shakl? Rangi qanday? va boshqalar.
Tarbiyachi predmetning qismlarini yoki naqsh elementlarini yopishtirish
tartibini ko’rsatib beradi. Bu guruhda tarbiyachi faqatgina qismini ko’rsatib
berishdan ham foydalanadi. Masalan: uyni yopishtirishda uni tomini qirqishi
ko’rsatib beradi, xolos qolganini bolalarning o’zlari bajaradilar. Bu
guruhda alohida ahamiyat qaychi bilan ishlashga beriladi. Tarbiyachi bolalarga
qaychi bilan ishlash texnikasini ko’rsatib tushuntiradi. Qo’lni qaychining
richagini qanday harakatlantirishini o’rgatadi. Qaychi bilan dastlabki mashqlarni
yaxshisi 8-10 bola bilan o’tkazgan ma’qul, chunki ularni kuzatish va o’z vaqtida
yordam ko’rsatish mumkin bo’ladi.
Mashg’ulotning oxirida tarbiyachi bolalar bilan birgalikda bajarilgan
applikatsiyani
ko’rib
chiqadi:
predmetga
o’xshaydimi,
shakllar
toza
yopishtirilganmi? Tarbiyachi bolalarning tahliliga yakun yasab, bolalar diqqatini
yaxshi ishlarga jalb etadi.
Katta guruhda applikatsiya qilishga o’rgatish. Katta guruhlarda ko’pincha
mashg’ulotining ma’lum bir qismi ikki va undan ortiq bolalar bilan birga
ishlaydigan jamoa ish sifatida tashkil etish lozim. Bolalar birgalikda oldida
turgan vazifani muhokama qiladilar, ish tartibini rejalashtirishadi, bir-birlariga
yordam ko’rsatadilar. Applikatsiya mashg’uloti shartsiz ravishda bolalarda ijodiy
qobiliyatlarining o’sishga ta’sir ko’rsatadi.
Bola hayotining 6-yilida kuzatishlar, o’yin sensor tarbiyaning ta’siri ostida
bolalarda predmetning rangi, shakli, kattaligi va boshqa sifatlari to’g’risida bilim
va tasavvurlari shakllana boradi. Bu yoshga kelib bolalarda tasviriy o’kuvi va
texnik usullari mavjud bo’ladi, qo’l muskullari rivojlangan bo’lib, qaychi bilan
qiladigan harakatlari ancha aniq va ishonchli bo’ladi, bu esa o’z-o’zidan
applikatsiyaga o’rgatishning ancha murakkab vazifalarini hal etishni taqozo
etadi. Applikatsiya mashg’ulotlari jarayonida predmet to’g’risida xilma-xil
ma’lumotlar berib boriladi. Bolalar xilma-xil shakllarni atashga, kvadrat,
to’rtburchakni bir-biridan farq qilishga, ularning asosiy belgilarini to’g’ri
atashga o’rgatib boriladi. SHuningdek, bolalarni oval, doira, uchburchakni to’g’ri
ajratishga farq qilishni o’rgatadi. SHunday qilib, bolalar faqat shakllar bilan
emas, balki ranglar bilan tanishib boradilar. Masalan: och, to’q, yorqin
ranglar va boshqalar. Bular orqali bolalar rangni sezishga, uni tanlay bilishga
o’rganib boradilar. Applikatsiya jarayonida figuralarni bir-biri bilan taqqoslashga
o’rganadilar, baland-past, keng-tor ya’ni qalin-ingichka kabi tushunchalarni
egallab, tushunib boradilar. SHuningdek, qog’oz varag’ini mo’ljallay bilish
bilan bog’liq bo’lgan tushunchalar, tepada, pastda, o’rtasida, ketma-ket
tushunchalarni egallashga harakat qiladilar. Bu ishda bolalarni qaychi bilan
qirqish usullariga o’rgatib borish davom ettiriladi. Bu bilan o’rgatib borish davom
ettiriladi, bu bilan bolalar o’rta guruhda egallagan qirqish usullarini
takrorlab, mustahkamlaydilar va yangi kirqish usullarini egallaydilar. Bular
quyidagilar: qog’ozni 2 buklab bir xil shakllar qirqish usuli, simmetrik shakllarini
ham bir necha marta buklab (garmoshka qilib taxlab) qirqishga o’rganadilar.
Masalan: gullar, barglar va hokazo.
Bu guruhda tarbiyachi bolalarning diqqatini doimo ishning sifatiga
qaratib boradi. CHunki qirqish va yopishtirishning sifati butun bir ishning,
applikatsiyaning sifatiga ta’sir etadi. O’quv yilining boshida bolalar bilan
doiraviy shakllarni qirqish ustida ishlanadi, chunki bolalar bu usulni o’rta
guruhda etarli darajada egallamagan bo’ladilar. Bolalar predmetlarni qismlarga
bo’lib, qirqib yopishtirishni o’rgangach, ularning qirqishning ratsional usuli,
ya’ni garmoshka usulida qog’ozni buklab qirqishga o’rganadilar. Ammo yilning
boshida dumaloq shaklidagi predmetlarni qirqishni mustahkamlashga tarbiyachi
quyidagi mavzularda ishlar berishi mumkin. Masalan: kuzgi barglar, sabzavot,
mevalar, qo’ziqorinlar va hokazo. O’quv yili davomida bolalar predmetli
applikatsiya ishlarini bajaradilar. Masalan: samolyot, raketa, mashinava
hokazo. Qog’ozni garmoshka usulida buklab qirqishga turli hil predmetlarni
taklif qilish mumkin. Masalan: bargli shoxcha, gullar, archa o’yinchoqlari.
SHuningdek, dekorativ applikatsiya bo’yicha ham shar, sochiq, kvadrat, gilam,
doira, tarelka va shuningdek tayyor siluetlarni zontik, choynak, fartuk kabilarni
bezatishni taklif etish mumkin. Bolalarni simmetrik figuralarni qirqishga
o’rgatishda tarbiyachi simmetrik tuzilishga ega bo’lgan predmetlarni taklif etadi.
Masalan: guldon, nok, kapalak, masxaraboz va hokazo. Bolalar predmetli,
dekorativ applikatsiyadan tashqari mazmunli applikatsiya ham bajaradilar.
Masalan: quyonning bo’g’irsoq bilan uchrashuvi, qor bosgan uycha, qiz bayroq
ushlab turibdi va hokazo. Katta guruhda bolalar o’z ixtiyorlari bilan ham
applikatsiya ishlarini bajaradilar. Bolalar olgan bilim, malakalar asosida o’zlari
mustaqil applikatsiya ishlarini bajaradilar. Applikatsiya mashg’ulotlarida bolalar
jamoa ishlar bajaradilar. Gullar va afsonaviy qushlar tasvirlangan gilam, sevimli
o’yinchoqlari va boshqalar.
Katta guruhda ham applikatsiya mashg’ulotida tasvirlash kerak bo’lgan
predmetlarni tahlil qilishga katta o’rin ajratiladi va unda bolalarni savollar bilan
faollashtirilsa, katta guruhlarda esa bolalarni mustaqilligini qo’proq ta’minlaydi.
Tahlil jarayonida bolalar predmetning shakliga, rangiga, turli xil xususiyatlariga
e’tibor berishi lozim. Xalq amaliy san’ati asarlarini ko’rib tahlil qilishga,
bolalarga
ranglar
garmoniyasining
go’zalligini
sezishga,
ko’pincha
kompozitsiyaning mazmundorligini ochishga o’rgatiladi. Bu guruhdan
namunadan ayrim hollarda, ya’ni ishning yakunini namoyish qilishda
foydalanish mumkin. Har bir qirqish usullarini ko’rsatib berishga maqsadga
muvofiq bo’lmadi. Tarbiyachi ko’proq bolalarning o’zlarini faollashtirib,
bolalarning o’zlariga mustaqil ravishda qirqish yo’llarini, yopishtirish tartibini
qidirib topishga undaydi. Agarda yangi qirqish yo’llari kiritiladigan bo’lsa,
tarbiyachining o’zi qirqish yo’llarini ko’rsatib beradi. Masalan: qat-qat usulida
qirqish, ayniqsa, simmetrik figuralarni qirqishda bolalar ancha qiynaladilar.
SHuningdek, tarbiyachi ayrim predmetning qog’ozdagi tasviridan foydalanish
mumkin (qo’l harakatlari bilan yurgizib chiqish). Dastlab tarbiyachi
«predmetning yarmi» deb tushuntirish asosida bolalar usulni tushunib etadilar.
Bu guruhda bolalar qog’ozni qo’l bilan yirtib, mayda bo’lakchalardan foydalanib
tasvirini hosil qilishga o’rganadilar. Tarbiyachi bolalarni mustaqil, ijodiy
ishlashga o’rgatib, mazmundor applikatsiya yaratishga, tayyorlov guruhga
o’tgach ularning applikatsiya bo’limi ancha murakkablashadi. Ular qirqimning
yangi usullarini egallay boshlaydilar. Bu usullari – bir necha marta
buklangan qog’ozdan qirqish va siluet qirqish hisoblanadi. SHu bilan bu guruh
bolalarni turli xil shakllarda dekorativ naqsh tuzishga va bir necha qismdan
tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli applikatsiya tuzishda
predmetlarni joylashtirishga o’rganadilar. SHu bilan birga rang spektrining
barcha ranglaridan foydalanishga o’rganadilar.
Siluet qirqish – eng murakkab usullardan biridir. Siluet kiritish jarayonida
bola doimo predmetning obrazni xotirasida tutib turishga va uning
konstruksiyasi va proporsiyasini kuzatib turishga, qo’l harakatini hosil
qilinayotgan shaklning yo’nalishiga moslashishga to’g’ri keladi. shuning uchun
bolalarni siluet kirishga o’rgatishni sodda shakllaridan baliqlar, sabzavot,
mevalardan boshlash lozim. Katta guruhda bolalarni applikatsiya qilishga
o’rgatishda quyidagi vazifalar turadi: Bolalarni to’g’ri harakat bo’ylab
qirqish, dumaloq shakllarni va ikkiga buklangan qog’ozni qirqishga
o’rgatiladi. Bir nechta qismdan tuzilgan predmetlarni hosil qilishga,
geometrik shakllaridan chiroyli dekorativ naqsh tuzishga o’rganadilar.
Demak, bu guruhda asosiy vazifa qirqishning xilma-xil usullarini egallashdan
iborat ekan. Oldin bu guruhda ham o’rta guruhdagi kabi mavzularda, faqat
qismlar soni ko’paytirilib qorbobo, qalpog’i
boshida yoki qo’lida xaltasi bilan, samolyot esa qanotlarida yulduzi bilan
va qorboboning yuz qismidan mayda qismlarini: burun, ko’z va boshqalar. Bu
guruhda bolalar ba’zi shakllarni ikkiga buklangan qog’ozdan, shoxchasi
barglari bilan. Bu usullarni ishlatilishi vaqtni ancha tejaydi va chiroyli mazmun
yoki kompozitsiyani tayyorlash mumkin. Qog’ozni ikkiga buklab qirqish, bir-
biriga simmetrik shakllarni qirqishni osonlashtiradi. Bu usuldan foydalanib
bolalar vaza, barglar, sabzavot va mevalarni shaklini qirqadilar. Katta guruhda
bolalar shakllarni qog’ozning uchini qo’li bilan tekislab, barmoqlarda qirqishga
o’rganadilar. Katta guruh bolalarning ishlaydigan ish mazmuni shu bolalarda
qirqishning ko’nikma va malakasini rivojlantirishdir. Dekorativ applikatsiya
ishlarida esa, bu guruhda faqatgina tayyor geometrik shakllar berilmay, balki
xilma-xil o’simlik shakllaridan barg gullar va boshqalarni elementlari kiritiladi.
Tayyorlov guruhga o’tgach, ularning appilikatsiya bo’limi ancha
murakkablashadi ular qirqishning yangi usullarini egallay boshlaydilar. Bu
usullar-bir necha marta buklangan qog’ozdan qirqish va siluet qirqish
hisoblanadi. SHu bilan birga bu guruh bolalarini turli xil shakllarda dekorativ
naqsh tuzishga va bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda
mazmunli Applikatsiya tuzishda predmetlarni joylashtirishga o’rganadilar. SHu
bilan birga spektrning barcha ranglaridan foydalanishga o’rganadilar.
Siluet qirqish – eng murakkab usullaridan biridir. Siluet qirqish
jarayonida bola doimo predmetining obrazini xotirasida tutib turishga va uning
konstruksiyasi va proporsiyasini kuzatib turishga, qo’l harakatini hosil
qilishayotgan shaklining yo’nalishiga moslashishga to’g’ri keladi. SHuning uchun
bolalarni siluet qirqishga o’rgatishni sodda shakllaridan (baliqlar, sabzavot va
mevalar) dan boshlash lozim. Egallash muhim ahamiyatga egadir. Bolalarning
tasavvuriga asoslangan holda tarbiyachi bolalar bilan naturani, uning qismlari,
tuzilishini tahlil qilib, alohida qimlarga ajratib ko’rsatadi. Namunada bolalar
predmetni birinchi marta tasvirlayotgan bo’lishsa foydalanish mumkin. Uni tahlil
qilishni bolalarning o’ziga topshirish mumkin bo’ladi. Agar bolalar o’zlariga
tanish predmetni bir necha qismlari bilan tasvirlanayotgan bo’lishsa, namuna
o’rnini natura bilan almashtirish mumkin bo’ladi. Masalan, oddiy uyni emas,
afsonaviy uyni yoki bayramga bezatilgan uyni; katta va tayyorlov guruhlarda bir
necha namunalardan foydalanib, ko’rsatish tavsiya etiladi. CHunki bu narsa
bolalarning ijodiy faolligini tarbiyalaydi. Bu guruhda bolalar qog’ozni ingichka
buklab simmetrik shakllar qirqishga o’rganadilar. Bu albatta qiyin usul,
shuning uchun I.A.Gusakova bolalarni bu usul bilan dastlab tanishtirishda
qog’ozni buklab chizilgan kontur berishni tavsiya etadi. Bolalar bu usulni egallab
olgach ularni qunt bilan chamalab qirqishga o’rgatiladi. Katta guruhda jamoa
bo’lib applikatsiyalar bajariladi. Masalan: «Akvariumdagi baliqlar», «O’tloqdagi
gullar», «Ko’chadagi uy va mashinalar». Har bir bola ishning qaysidir qismini
bajaradi. Keyin har bir qism umumiy fondga birlashtiriladi. Tarbiyachi ishni
bolalarni hoxishiga qarab taqsimlaydi. Ba’zi jamoa ishlarni bajarishda bolalar
4-5 ta bo’lib, guruhchalarga birlashishadi.
Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o’rgatish. Tayyorlov guruh
bolalari bilan dasturda mazmunli applikatsiyalarni berish ko’zda tutiladi. Ular
ko’cha, akvarium kabi mavzularda shuningdek, «Bo’g’irsoq» kabi ertaklarga
illyustratsiyalar bajarishlari mumkin.
Tayyor shakllarni yopishtirish tayyorlov guruhida ham davom ettiriladi.
Simmetrik shakllardan naqishlar tuzishda ularga turli razmer va rangdagi tayyor
shakllar beriladi va bu guruhda ham katta guruhdagi kabi qog’ozni qo’l bilan
yirtish usulidan foydalanish davom etadi.
Tayyorlov guruh bolalari bilan dasturda mazmunli applikatsiyalarni
bajarish ko’zda tutilgan. Ular «Ko’cha», «Akvarium» kabi mavzularda,
shuningdek, «Bo’g’irsoq» kabi ertaklarga illyustratsiyalar bajarishlari mumkin.
Tayyor shakllarni yopishtirish tayyorlov guruhida ham davom ettiriladi.
Simmetrik shakllardan naqshlar tuzishda turli o’lcham va rangdagi tayyor
shakllar beriladi. Bu guruhda ham katta guruhdagi kabi qog’ozni qo’l bilan
yirtish
usulidan foydalanishi davom etiladi. Ikkinchi kichik guruhda
bolalarni appilikatsiya qilishga o’rgatishga ish uchun beriladigan
materiallar va mashg’ulotni tashkil etish muhim ahamiyatga egadir.
Materialning rangi bolalarni diqqatini o’ziga tortib ularni chalg’itadi. SHuning
uchun dastlab mashg’ulotlarda material alohida paketlarda tushuntirilib
bo’lgandan so’ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo’lgandan so’ng
material tarqatilib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda qog’oz
varag’ida terib chiqadilar. Tarbiyachi dastlab elementlarni qo’yib
yig’ilganligini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga elim ishlatish uchun
beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatishi namuna bilan
birgalikda olib borishi kerak. Namunani ko’rayotgan jarayonidatarbiyachi
shaklning rangini aniq atashi va barmog’i bilan uni ko’rsatib, shu shaklning
xususiyatlarini bolaga aniq ko’rsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan ishni
bajarilishini ko’rsatib berilishi bolalarni turli malaka va o’quvini vujudga
kelishida muhimdir. SHuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan
ko’rsatib beradi. Qanday shaklni oldi, qanday qilib quyib elim surtdi va
boshqalar. Tarbiyachi o’zining har bir harakatini so’z bilan birgalikda
olib boradi.
Tayyorlov guruhda ishning dastur materialiga siluet qirqish usuli
kiritiladi. SHuning uchun o’rgatish usullarining xarakteri bir muncha
o’zgaradi. Naturani tahlil qilishda tarbiyachi ularning diqqatini predmetni
konturiga tortadi, barmoq harakati orqali. Bunda harakatni qirqish qaysi qismdan
boshlanadigan bo’lsa o’sha qismdan boshlash lozim. Bu guruhda bolalar endi
predmet konturiga qandaydir qism qirqishga o’rganadilar (tipratikan ignalari
bilan). Albatta bolalarga bu qiyn. SHuning uchun bu ishda ikki etapdan
foydalaniladi. Oldin tayyorlangan qog’ozdan umumiy kontur qirqiladi.
So’ngra uning qismlari, masalan: oyog’i yoki suzgichlari qirqiladi. Ba’zi
vaqtlarda siluet qirqish oldindan chizilgan kontur asosida qirqiladi. Bu narsa
ko’proq murakkab o’simlik elementlaridan dekorativ shakllar tuzishda
qo’llaniladi. Bu guruhda qog’ozni ikkiga buklab qirqishning murakkabroq usuli
bilan tanishtiriladi. Masalan: archa, odam, hayvon shakllari. YAna bu guruhda
qirqishning murakkab usuli-qog’ozni bir necha marta buklash orqali qirqishga
o’rgatish usuli o’rgatiladi. Bu usul salfetka, qor parchalari hosil qilishda
qo’llaniladi.
Nazorat savollari
1.Applikatsiyaga o’rgatishning asosiy maqsadini ayting.
2.Applikatsiya turlari haqida ma’lumot bering.
3.Applikatsiya ishini bajarishda ishlatiladigan kerakli asbob uskunalarga
bo’lgan talablar haqida ma’lumot bering.
4.Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiiy va tashlandiq materiallar
bilan ishlashga o’rgatishda mashg’ulot tuzilmasiga izoh bering.
Karton yordamida uy uchun kerakli buyumlar yasaymiz (foto)
Karton qutisini chiqindiga tashlashga shoshmaslik zarur. Undan ro‘zg‘orda unumli foydalanish mumkin.
Tortma uchun bo‘lmalar
Foto: “Domashniy ochag”
Agar kiyim tortmasi tartibsiz bo‘lsa, karton yordamida buni bartaraf etish mumkin. Buning uchun karton, chizg‘ich va pichoq kerak bo‘ladi.
Foto: “Domashniy ochag”
Avval tortma qutisining hamma tomoni o‘lchanadi va o‘lchamga mos ravishda bo‘y va eniga moslab karton bo‘laklari kesib olinadi.
Foto: “Domashniy ochag”
So‘ngra karton bo‘laklarini bir-birining ichiga kiritish uchun bir tomoni kesib chiqiladi va tortma ichiga joylashtiriladi.
Foto: “Domashniy ochag”
Qushlarni oziqlantiruvchi
Foto: “Domashniy ochag”
Bunday oziqlantiruvchini yozda deraza yoki hovliga osib qo‘yish mumkin. Dastlab eski karton yurakcha shaklda kesib olinadi.
Foto: “Domashniy ochag”
Daraxtga osib qo‘yish osonroq bo‘lishi uchun kartondan teshik hosil qilinadi. Keyin unga yopishqoq massa yoki xamir surtib, ustiga donlar sepiladi.
Palitra
Foto: “Domashniy ochag”
Hech bir rassom palitrasiz rasm chiza olmaydi. Shunday qilib, rassomlar bu oddiy g‘oyadan foydalanishi mumkin.
Bo‘yash uchun joy
Foto: “Domashniy ochag”
Kichik hajmdagi buyumlarni bo‘yash uchun karton qutisi qo‘l keladi. Aks holda boshqa joyda bo‘ylagan buyumlardan keyin qolgan rangni tozalab bo‘lmasligi mumkin.
Mushuk uchun uya
Foto: “Domashniy ochag”
Karton qutisi ustiga keraksiz futbolka kiydirib, mushuk uchun uycha hosil qilish mumkin. Faqat qutining ichiga yumshoq narsalarni solish kerak.
Savatcha
Foto: “Domashniy ochag”
Bunday savatlar ko‘pincha do‘konlarda sotiladi, lekin uni uyda ham yasash mumkin. Avval uni ichki qismiga qoplama tikiladi. So‘ngra ustiga yelim surtilib, qalin arqon aylantirib, yopishtirib chiqiladi.
Uy kinoteatri
Foto: “Domashniy ochag”
Kartonning bir tomoni smartfon yoki planshet o‘lchamiga mos ravishda kesilib, uy kinoteatri yasash mumkin.
Aytgancha, agar uyda katta lupa va kattalashtiruvchi oynadan bo‘lsa, kichik poyabzal qutisidan projektor yasash mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”
- Yo‘qolgan zirakni topish, singan sopoldan mozaika va keraksiz buyumlarga ikkinchi hayot bag‘ishlaydigan boshqa ajoyib layfxaklar (foto)
- Eski jihozlarni yangi buyumga aylantirishda qo‘l keladigan layfxaklar (foto)
- Eski futbolkani qanday qilib zamonaviy aksessuarlarga aylantirish mumkin? (foto)
Кто-то пишет комментарии.
Asosiy yangiliklar
Bugun, 12:42
Bugun, 14:06
Bugun, 11:47
Ko‘proq yangiliklarni yuklash
- Daryo
- Internet-nashr
- Tahririyat haqida
- Aloqa ma’lumotlari
- Foydalanish shartlari
- Maxfiylik siyosati
- Yangiliklar arxivi
- Instagram | Rasmiy
- Instagram | Lifestyle
- Instagram | Sport
- Facebook | Rasmiy
- OK | Rasmiy
- YouTube
- Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
- Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
- Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
- Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
- Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
- Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar
“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz
© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023
Yosh bo‘yicha cheklov
Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing
Qiziqarli malumotlar
14-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida loydan buyum