ULVA
ULVA (Ulva), dengiz salati — ulvadoshlar oilasiga mansub suvoʻtlar turkumi. Tanasi yaproqsimon, yaxlit ikki qavat hujayralardan tuzilgan. Uz. 30—150 sm ga yaqin. 20 turi, asosan, subtropik va moʻtadil mintaqalarda tarqalgan. Yaponiya va b. baʼzi mamlakatlarda isteʼmol qilinadi.
Ensiklopediya.uz
ULVA