UN-YORMA SANOATI

UN-YORMA SANOATI

UN-YORMA SANOATI — oziq-ovqat sanoatiimng galla donlarini qayta ishlaydigan tarmogʻi. Asosiy mahsuloti un va yorma. Un tortish qadimdan maʼlum. Dastlab donlar yorgʻuchoq (toshyorma) va oʻgʻirda yanchilgan, qoʻl tegirmonda yorma yoki un qilingan, keyinchalik suv tegirmonlari, 17-a. da kam suvli joylarda shamol tegirmonlari qurildi. 1786-y. Buyuk Britaniyada, 1818-y. da Rossiyada bugʻ bilan ishlaydigan dastlabki tegirmonlar paydo boʻldi. Elektr energiyasi paydo boʻlishi bilan tegirmonlar asosan shu energiya bilan ishlatila boshlandi va soha jadal rivojlandi.

Ensiklopediya.uz
UN-YORMA SANOATI